|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.09.2020
|
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi banklari tomonidan valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 4-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1839-2]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 29-avgustdagi 18/5-sonli “O‘zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3281, 31.08.2020-y.) asosan 2020-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 28-iyundagi 15/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1839, 2008-yil 24-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 29-30-son, 293-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi banklari tomonidan valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 28-aprel,
16/6-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/6-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi banklari tomonidan valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 1-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“valyutaviy svop operatsiyalari bo‘yicha bank mijozlari (bundan keyingi o‘rinlarda bank mijozlari deb yuritiladi) — tijorat banklarida chet el valyutasida talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga ega bo‘lgan va qonunchilikka muvofiq joriy xalqaro operatsiyalarni amalga oshiradigan xo‘jalik yurituvchi subyektlardir;”;
beshinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
uchinchi xatboshidagi “vakolatli banklar” degan so‘zlar “tijorat banklari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yettinchi va sakkizinchi xatboshilar tegishlicha to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
o‘n birinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilar tegishlicha oltinchi — to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“svop bitimining bazaviy kursi — svop bitimi tuziladigan sanadagi spot-kurs. So‘m va chet el valyutasi yoki ikki chet el valyutasi o‘rtasidagi svop bitimini tuzishda svop bitimining bazaviy kursi (spot-kurs) tomonlarning ixtiyoriga ko‘ra erkin belgilanadi;”.
2. 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Mazkur Nizomga muvofiq valyutaviy svop operatsiyasi:
Markaziy bank va tijorat banklari o‘rtasida;
tijorat banklari o‘rtasida o‘zaro;
bank mijozlari va tijorat banklari bilan amalga oshirilishi mumkin.”.
3. 3-banddan “valyuta pozitsiyasi tuzilishini yaxshilash,” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
4. 4-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. O‘zbekiston Respublikasi banklari tomonidan valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirishda chet el valyutasi sifatida ularning xohishiga ko‘ra istalgan chet el valyutalaridan foydalanilishi mumkin.”.
5. 5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Markaziy bank va tijorat banklari o‘rtasidagi, shuningdek tijorat banklarining o‘zaro valyutaviy svop operatsiyalari Savdo tizimida tuziladi va bajariladi.”.
7. 27-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“27. Markaziy bank va tijorat banklari o‘rtasidagi valyutaviy svop operatsiyalari Markaziy bank va tijorat banki o‘rtasida valyutaviy svop operatsiyalarini o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan Bosh shartnomaga (bundan keyingi o‘rinlarda Bosh shartnoma deb yuritiladi) muvofiq o‘tkaziladi.
Bosh shartnomada qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa shartlar bilan bir qatorda, quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:
svop bitimi tuziladigan ikki asbobning nomi;
Markaziy bank va tijorat banklari o‘rtasida svop bitimini amalga oshirishning majburiy shartlari;
Bosh shartnomaning amal qilish muddati.”
8. 28-bandda:
birinchi xatboshidagi va “a” kichik banddagi “vakolatli bank” degan so‘zlar “tijorat banki” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“b” kichik banddagi “vakolatli bankning” degan so‘zlar “tijorat bankining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
9. 30-banddagi “vakolatli banklarga” degan so‘zlar “tijorat banklariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
10. 34-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“34. Valyutaviy svop operatsiyalari bo‘yicha xarid qilingan chet el valyutasi faqatgina joriy xalqaro operatsiyalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan to‘lovlar uchun sarflanishi mumkin.”
11. 35-bandda:
birinchi va uchinchi xatboshilardagi “vakolatli banklar” degan so‘zlar “tijorat banklari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
oltinchi va yettinchi xatboshilardagi “vakolatli banklarning” degan so‘zlar “tijorat banklarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilardagi “vakolatli bankning” degan so‘zlar “tijorat bankining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
12. 40, 43 va 44-bandlardagi “vakolatli bank” degan so‘zlar “tijorat banki” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
13. 1-ilovada:
1-bo‘limdagi “vakolatli bank” degan so‘zlar “tijorat banki” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“vakolatli banklar” degan so‘zlar “tijorat banklari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“vakolatli bank” degan so‘zlar “tijorat banki” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/1839-2/1318-son)