1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini kengaytirish va Navoiy viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Davlat mulki bo‘lgan obyektlar va ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalanish, investitsiyalarni faol jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish, raqobatbardosh yangi zamonaviy ishlab chiqarishlar va kichik korxonalarni rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash, ularni muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasi tashkil etilgan alohida hududlarda joylashtirishni ta’minlash va shu asnoda ishlab chiqarish sohasida yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholining bandlik va farovonlik darajasini oshirish maqsadida:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qo‘mitalar]
1. Navoiy viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining:
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini 1-ilovaga muvofiq “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi (keyingi o‘rinlarda — EIZ deb ataladi) hududiga kiritish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.07.00 Kichik sanoat zonalari]
foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlari negizida 2-ilovaga muvofiq Navoiy viloyatida kichik sanoat zonalarini (keyingi o‘rinlarda — KSZ deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi manfaatdor davlat boshqaruvi organlari bilan birgalikda foydalanilmayotgan tegishli ishlab chiqarish maydonlari va davlat mulki obyektlarini ushbu qarorning 2-ilovasiga muvofiq bir oy muddatda Navoiy viloyati hokimligiga belgilangan tartibda o‘tkazilishini ta’minlasin.
3. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.01 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yig‘imlar]
KSZ hududidagi davlat ko‘chmas mulki tadbirkorlik subyektlariga biznes-rejalarni bajarish, ish o‘rinlarini yaratish va saqlash, barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash sharti bilan keyinchalik mulk huquqi taqdim etilgan holda 10 yillik uzoq muddatli ijaraga beriladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha imtiyozlar hamda preferensiyalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.07.00 Kichik sanoat zonalari]
KSZ hududidagi ko‘chmas davlat mulkidan ijara davrida foydalanish uchun ijaraga olingan maydonda amalga oshirilayotgan faoliyat turidan kelib chiqqan holda ortib boradigan koeffitsiyentni qo‘llamasdan ijara to‘lovining eng kam stavkasi belgilanadi;
KSZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-oktabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3356-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-son Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.07.00 Kichik sanoat zonalari]
4. Navoiy viloyati Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashi bir oy muddatda KSZ direksiyasini tashkil etish choralarini ko‘rsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.02.00 Valyuta boyliklari / 07.27.02.01 Chet el valyutasi;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablag‘ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
6. O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi KSZ hududida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun tijorat banklari orqali 50 mln. AQSH dollari miqdoridagi kredit liniyalari ikki oy muddatda belgilangan tartibda ochilishini ta’minlasin.
7. Belgilab qo‘yilsinki:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.13.00 Kredit (shuningdek, 07.22.00.00, 07.23.00.00 larga qarang);
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import]
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining kredit liniyasi mablag‘lari import uskunalar va ularga butlovchi qismlar xarid qilish uchun ajratiladi;
kreditlarni so‘ndirish uning jadvaliga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kreditni uzish kunidagi kursi bo‘yicha milliy valyutada amalga oshirilishi mumkin.
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.07.00 Kichik sanoat zonalari]
8. Navoiy viloyati Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AJ bilan birgalikda ikki oy muddatda Navoiy viloyati KSZlarini muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasi bilan ta’minlash yuzasidan takliflarni ularni moliyalashtirish manbalari ko‘rsatilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.10.00 Tadbirkorlar birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar va b.) / 09.01.10.01 Savdo-sanoat palatasi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.07.00 Kichik sanoat zonalari;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
9. Navoiy viloyati Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va tijorat banklari bilan birgalikda belgilangan tartibda:
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
Navoiy viloyati iqtisodiyotining talab-ehtiyojlari, shuningdek, mavjud mineral-xom ashyo, qishloq xo‘jaligi resurslarini va infratuzilmani inobatga olgan holda, Navoiy viloyati KSZlari hududida import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlarini ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish bo‘yicha ikki oy muddatda aniq takliflar — “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilishini;
Navoiy viloyati KSZlari hududida o‘zlashtirish uchun taklif qilinayotgan import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning tadbirkorlik subyektlariga yetkazilishini;
KSZlar hududida loyihalarni amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyektlarini jalb etish, ular bilan tizimli ishlar olib borish, shuningdek, Navoiy viloyati KSZlari hududida ishlab chiqarishlarni joylashtirish bo‘yicha investitsiya buyurtmanomalari sifatli va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini;
Navoiy viloyati KSZlari hududida ishlab chiqarishlarni tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihalarining biznes-rejalarini ishlab chiqishda tadbirkorlik subyektlariga ko‘maklashishni ta’minlasinlar.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
Amalga oshirilgan chora-tadbirlarning samaradorligi va natijadorligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 2018-yil 15-iyul va 2019-yil 15-yanvarga qadar axborot berilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmuradov, Iqtisodiyot vaziri B.A. Xodjayev va Navoiy viloyati hokimi K.B. Tursunov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 5-iyun,
PQ-3774-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PQ-3774-sonli qaroriga 1-ILOVA
“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi hududiga kiritilayotgan foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining
Sobiq “UPP” AJga qarashli ishlab chiqarish bazasining bino va inshootlari
Navoiy shahri, S. Ayniy ko‘chasi, 27-uy
34,1
42 199,7
2.
Sobiq “UPP” AJga qarashli qurilish materiallari zavodining bino va inshootlari
Navoiy shahri, S. Ayniy ko‘chasi, 27-uy
23,0
49 323,0
3.
Sobiq “Avtotransstroy-mexanizatsiya” AJning bino va inshootlari
Navoiy shahri, S. Ayniy ko‘chasi, 69-uy
24,07
82 175,65
Jami:
81,17
173 698,35
* O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklari bilan birgalikda aniqlanadi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PF-57-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 06/25/57/0291-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PQ-3774-sonli qaroriga 2-ILOVA
Navoiy viloyatida foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlari negizida tashkil etilayotgan kichik sanoat zonalarining
Zarafshon 18-dala qidiruv ekspeditsiyasi bino va inshootlari
0,8
1 013,5
2.
Navoiy shahar KSZ
Sobiq non kombinatining bino va inshootlari
1,2
4 352,9
4.
Xatirchi tumani KSZ
“Mustaqillik” MFY hududidagi foydalanilmayotgan yer maydoni
35,0
-
Jami:
38,2
6 882,8
* O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklari bilan birgalikda aniqlanadi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-son Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.06.2018-y., 07/18/3774/1309-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son; 01.04.2025-y., 06/25/57/0291-son)