2018 — 2020-yillarda Xalqaro mehnat tashkilotining Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-yanvardagi 30-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini taʼminlash, faoliyati samaradorligini oshirish va kredit siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 21-dekabrdagi PQ-4071-son qarori)”gi qaroriga asosan 2020-yil 18-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Xalqaro mehnat tashkilotining Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini samarali amalga oshirishni davom ettirish, mehnat va huquqni qoʻllash amaliyoti sohasidagi milliy qonunlarni takomillashtirish, xalqaro tashkilotlar bilan amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Xalqaro mehnat tashkilotining Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini amalga oshirish boʻyicha 1-ilovaga muvofiq tarkibda Respublika idoralararo komissiya tuzilsin.
2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalarini amalga oshirish boʻyicha Respublika idoralararo komissiyaning (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) asosiy vazifalari etib belgilansin:
Xalqaro mehnat tashkilotining (keyingi oʻrinlarda XMT deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalari normalarini ijro etish boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
XMTning Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalari normalarini ijro etish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining maʼruzalarini shakllantirish;
XMTning bayonnomalari, tavsiyalari, deklaratsiyalarini, shuningdek, boshqa hujjatlarini oʻrganish va ularni milliy huquq tizimiga implementatsiya qilish yuzasidan takliflar tayyorlash;
mehnat, bandlik va mehnatni muhofaza qilish mavzulari boʻyicha yillik sharhlar, axborotlar va materiallar tayyorlanishini tashkil etish, shuningdek, ularni XMT, Birlashgan Millatlar Tashkilotining turli tuzilmalari eʼtiboriga yetkazish;
jamoatchilikni va fuqarolarni ularning mehnat va bandlik sohasidagi huquqlaridan xabardor qilish tizimini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
XMT, Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, Xalqaro ish beruvchilar tashkiloti, boshqa xalqaro tashkilotlar va XMTga aʼzo mamlakatlar hukumatlari bilan mehnat va bandlik masalalari boʻyicha hamkorlik qilish.
3. Quyidagilar:
Xalqaro mehnat tashkilotining Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini amalga oshirish boʻyicha Respublika idoralararo komissiya toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
2018 — 2020-yillarda Xalqaro mehnat tashkilotining Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini amalga oshirish boʻyicha tadbirlar majmui 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Komissiya (T. Narbayeva):
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Tadbirlar kompleksini oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun amaliy chora-tadbirlar koʻrilishini;
mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar ijrosi ustidan tizimli monitoring olib borish asosida xalqaro mehnat standartlarini XMT nazorat mexanizmining va respublika xalqaro majburiyatlarining talablariga toʻliq muvofiq holda bajarish boʻyicha Hukumat maʼruzalari shakllantirilishini;
XMTning munosib mehnat boʻyicha Konsepsiyasini samarali amalga oshirish maqsadida XMT, Jahon banki, Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, Xalqaro ish beruvchilar tashkiloti, boshqa xorijiy, xalqaro hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilotlar bilan amaliy hamkorlik davom ettirilishini;
XMTning Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalari normalari va talablarining tashkilotlarda ijro etilishi ustidan monitoring olib borish va nazorat qilishga Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi faol jalb etilishini, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar normalarini qoʻllash, majburiy mehnatga va bolalar mehnatiga yoʻl qoʻymaslik masalalari boʻyicha aniq maqsadga qaratilgan axborot-tushuntirish ishlari olib borilishini taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi T.K. Narbayeva hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 31-may,
407-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 407-son qaroriga 1-ILOVA
Xalqaro mehnat tashkilotining Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini amalga oshirish boʻyicha Respublika idoralararo komissiya
TARKIBI
1.
Narbayeva T.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, Komissiya raisi
2.
Kudbiyev Sh.
—
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, Komissiya raisining oʻrinbosari
3.
Ikramov A.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi, Komissiya raisining oʻrinbosari
4.
Maxmadaliyev B.
—
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi oʻrinbosari
5.
Bekturdiyev K.
—
Xalq taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari
6.
Xolmuxamedov M.
—
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari — Kasb-hunar taʼlimi markazi direktori
7.
Asadov B.
—
Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari
8.
Tashkulov A.
—
Adliya vazirining oʻrinbosari
9.
Pak V.
—
Moliya vazirining oʻrinbosari
10.
Ortikov �.
—
Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari
11.
Ergashev R.
—
Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari
12.
Basitxanova E.
—
Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari
13.
Xaitov A.
—
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi
14.
Marufova G.
—
Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari
15.
Tadjiyev O.
—
Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisining birinchi oʻrinbosari
16.
Muratova D.
—
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi
17.
Sulaymanov S.
—
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat huquq inspeksiyasi boshligʻi
18.
Isayev M.
—
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi apparati boʻlimi mudiri
19.
Omonov F.
—
Savdo-sanoat palatasining Tadbirkorlik asoslariga oʻqitishni tashkil etish boshqarmasi boshligʻi
20.
Alimuxamedov B.
—
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining XMT bilan ishlash va xalqaro aloqalar boʻyicha shuʼbasi boshligʻi, Komissiyaning masʼul kotibi
Izoh.
Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 407-son qaroriga 2-ILOVA
Xalqaro mehnat tashkilotining Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini amalga oshirish boʻyicha Respublika idoralararo komissiya toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Xalqaro mehnat tashkilotining Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini amalga oshirish boʻyicha Respublika idoralararo komissiyaning (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) maqomini, asosiy vazifalarini va funksiyalari, huquqlarini hamda javobgarligini, shuningdek, faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
2. Komissiya Xalqaro mehnat tashkilotining (keyingi oʻrinlarda XMT deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalari normalarini amalga oshirish boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi.
Komissiya Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan XMT konvensiyalari ijrosini taʼminlash, shuningdek, XMT, Jahon banki va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikni muvofiqlashtirish va amaliy muloqotni mustahkamlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalarida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining rolini kuchaytirish va javobgarligi darajasini oshirish maqsadida tashkil etiladi.
3. Komissiya tomonidan qabul qilinadigan qarorlar davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijro etilishi majburiydir, nodavlat notijorat tashkilotlari uchun esa tavsiyanoma xususiyatiga ega.
4. Komissiya oʻz ishida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
2-bob. Komissiyaning asosiy vazifalari va funksiyalari
5. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan XMT konvensiyalari normalarini amalga oshirish sohasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan XMT konvensiyalari normalarini amalga oshirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati maʼruzalarini shakllantirish;
XMT bayonnomalari, tavsiyalari, deklaratsiyalari, shuningdek, boshqa hujjatlarini oʻrganish hamda ularni milliy huquq tizimiga implementatsiya qilish boʻyicha takliflar tayyorlash;
mehnat va bandlik mavzulari boʻyicha yillik sharhlar, axborotlar va materiallar tayyorlashni tashkil etish, shuningdek, ularni XMT, Birlashgan Millatlar Tashkilotining (keyingi oʻrinlarda BMT deb ataladi) turli tuzilmalari eʼtiboriga yetkazish;
jamoatchilik va fuqarolarni mehnat hamda bandlik sohasidagi oʻz huquqlaridan xabardor qilish tizimini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar koʻrish;
mehnat va bandlik sohasida XMT, Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, Xalqaro ish beruvchilar tashkiloti, boshqa xalqaro tashkilotlar va XMTga aʼzo mamlakatlar hukumatlari bilan hamkorlik qilish.
6. Komissiya oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan XMT konvensiyalari normalarini amalga oshirish boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan XMT konvensiyalari normalarini ijro etish borasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar talablariga rioya etish boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini tahlil qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan XMT konvensiyalari normalarini amalga oshirish natijalari boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining hisobotlarini eshitadi;
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan XMT konvensiyalari normalarini amalga oshirish boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ijobiy ish tajribasini umumlashtiradi va ommalashtiradi, ularga tashkiliy-metodik yordam beradi;
mehnat va bandlik sohasidagi asos boʻluvchi prinsiplar va huquqlarni amalga oshirishga, shu jumladan, kasaba uyushmalariga birlashish erkinligiga doir huquqni amalda eʼtirof etishga, jamoaviy muzokaralar oʻtkazishga, majburiy mehnat va bolalar mehnatidan foydalanishni bartaraf etishga, mehnat va bandlik sohasida tahqirlanishga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan chora-tadbirlarni amaliyotda roʻyobga chiqarish boʻyicha xatti-harakatlarning aniq mexanizmlarini va strategiyasini belgilaydi;
b) Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan XMT konvensiyalari normalarini amalga oshirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati maʼruzalarini shakllantirish sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan XMT konvensiyalari, tavsiyalari, deklaratsiyalari va boshqa hujjatlari normalarini, Xalqaro mehnat konferensiyasi va uning qoʻmitalari qarorlarini amalga oshirish boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hisobotlarini koʻrib chiqadi va umumlashtiradi;
turli xalqaro va xorijiy tashkilotlar, XMTga aʼzo mamlakatlarning mehnat va bandlik sohasidagi konvensiyalari va tavsiyalarini qoʻllash boʻyicha XMT Ekspertlar qoʻmitasining toʻgʻridan toʻgʻri soʻrovlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqishga doir ishlarni tegishli axborotni tayyorlagan holda olib boradi;
XMT konvensiyalari va tavsiyalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining maʼruzalarini shakllantiradi, xalqaro konferensiyalar, majlislar, maslahatlashuvlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etadi hamda Oʻzbekiston Respublikasining mehnat va bandlik sohasidagi nuqtai nazarini bayon qiladi;
v) XMT bayonnomalari, tavsiyalari, deklaratsiyalari va boshqa hujjatlarini oʻrganish hamda ularni milliy huquq tizimiga implementatsiya qilish boʻyicha takliflar tayyorlash sohasida:
Xalqaro mehnat konferensiyasi va uning qoʻmitalari sessiyalarida qabul qilingan qarorlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasini mehnat toʻgʻrisidagi milliy qonunlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar va tavsiyalar tayyorlagan holda xabardor qiladi;
fuqarolarning, shu jumladan, voyaga yetmaganlarning mehnat huquqlariga rioya qilish bilan bogʻliq muammolarni hal etish holati oʻrganilishi va umumlashtirilishini tashkil etadi;
mehnat va bandlik sohasida tadqiqotlar olib borilishini tashkil etadi;
norasmiy sektorni rasmiylashtirish, barchani munosib ish bilan taʼminlash, majburiy mehnat va bolalar mehnatining barcha shakllariga, mehnat va bandlik sohasida kamsitishning eng nomaqbul shakllariga barham berish kabi XMT faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha tadqiqotlar va oʻrganishlarni tashkil etadi;
barcha mintaqalarda va iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat toʻgʻrisidagi qonunlarning toʻgʻri qoʻllanilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga amaliy va texnik koʻmak beradi;
g) mehnat va bandlik mavzulari boʻyicha yillik sharhlar, axborotlar va eʼlonlar tayyorlashni tashkil etish, shuningdek ularni XMT va BMTning turli tuzilmalari eʼtiboriga yetkazish sohasida:
respublikadagi mehnat va bandlik sohasidagi shart-sharoitlar holati toʻgʻrisida xalqaro tashkilotlar va OAV xulosalarining hamda mavzuga doir materiallarning muhokamasini tashkil etadi;
mehnat va bandlik sohasida olib borilayotgan ishlar va erishilgan yutuqlar toʻgʻrisida yillik sharhlar, hisobotlar, tahliliy materiallar va maqolalar tayyorlaydi;
respublikaning xalqaro imijini yaxshilash boʻyicha taʼsirchan va asoslangan chora-tadbirlar koʻradi, buni, shu jumladan, nodavlat notijorat tashkilotlarini respublikaning ijobiy tajribasini tatbiq etishda oʻzaro hamkorlik qilishga va birgalikda ishlarni bajarishga taklif qilish orqali amalga oshiradi;
XMTning Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini takomillashtirish uchun ilmiy doiralar vakillarini, milliy va xorijiy ekspertlarni jalb qiladi;
d) jamoatchilik va fuqarolarni mehnat va bandlik sohasidagi oʻz huquqlaridan xabardor qilish tizimini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar koʻrish sohasida:
mehnat va bandlik sohasida tadqiqotlar oʻtkazishga doir chora-tadbirlarni muvofiqlashtiradi;
mehnat va bandlik sohasida turli loyihalarni, shu jumladan, xalqaro loyihalarni tayyorlashni va amalda roʻyobga chiqarishni tashkil etish bilan bogʻliq ishlarni muvofiqlashtiradi;
mehnat va bandlik sohasidagi masalalarni Vazirlar Mahkamasiga, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga koʻrib chiqish uchun kiritadi;
e) mehnat va bandlik sohasida XMT, Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, Xalqaro ish beruvchilar tashkiloti, boshqa xalqaro tashkilotlar va XMTga aʼzo mamlakatlar hukumatlari bilan hamkorlik qilish sohasida:
mehnat va bandlik sohasidagi xalqaro shartnomalarda, BMT va XMT konvensiyalarida Oʻzbekiston Respublikasining ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida takliflar va xulosalarni ishlab chiqish borasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ishlarini muvofiqlashtiradi;
mehnat va bandlik sohasida munozaralar oʻtkazish uchun konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari tashkil etadi;
XMT konvensiyalarini implementatsiya qilish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqadi;
XMT konvensiyalarini toʻliq amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlari mablagʻlarini jalb qilish boʻyicha takliflarni shakllantiradi;
XMTning Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini bajarish boʻyicha respublikada olib borilayotgan ishlarning mamlakatimiz va xorijiy ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda xolisona yoritilishini taʼminlash strategiyasini ishlab chiqadi.
3-bob. Komissiyaning huquqlari va majburiyatlari
7. Komissiya oʻz zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun:
Komissiya vakolatiga kiradigan masalalar haqidagi axborotni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Komissiya vakolatiga kiradigan mehnat va bandlik sohasidagi masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtirishni yaxshilashga qaratilgan qarorlar qabul qilish;
mehnat sohasidagi huquqbuzarliklar koʻlami, holati va tendensiyalari toʻgʻrisidagi axborotni tahlil qilish natijalari boʻyicha XMTning Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini amalga oshirishga doir ishlarni yaxshilashga, shuningdek, mehnat va ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisidagi milliy qonunlarni yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar kiritish;
fuqarolarning mehnat va bandlik sohasidagi, shuningdek, birlashish va jamoaviy muzokaralar yuritishga doir huquqlarini taʼminlash boʻyicha faoliyat olib boradigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining xulosalari va maʼruzalarini eshitish;
Komissiya faoliyatiga doir masalalar boʻyicha takliflarni oʻrganish va tayyorlash uchun ish va (yoki) ekspert tahlil guruhlari tashkil etish, shuningdek, mutaxassislar va ilmiy xodimlarni ushbu guruhlarda ishlashga jalb qilish;
respublikada majburiy mehnat va bolalar mehnatidan foydalanish masalalari boʻyicha ishlarning haqiqiy holatini aniqlash maqsadida vaziyatli tahlil oʻtkazish;
Oʻzbekiston Respublikasida mehnat va bandlik hamda ijtimoiy sheriklik sohasidagi shart-sharoitlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish huquqiy ega.
8. Komissiya:
XMTning Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini bajarishga doir ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini ijro etishi;
Komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlarning oʻz vaqtida ijro etilishi ustidan samarali nazorat va monitoring olib borishi shart.
4-bob. Komissiya ishini tashkil etish tartibi
9. Komissiya doimiy tarzda faoliyat olib boradi va oʻz majlislarini zaruratga qarab, biroq bir chorakda kamida bir marta oʻtkazadi.
10. Komissiyaning qarorlari majlisda ishtirok etayotgan Komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolsa Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
11. Komissiyaning qarorlari majlisda ishtirok etgan Komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va Komissiya raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.
13. Ishchi organ:
Komissiya faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlaydi;
Komissiyaning ish rejasini ishlab chiqadi, ushbu reja bajarilishini nazorat qiladi, shuningdek, Komissiyaning joriy ishlarini tasdiqlangan rejaga muvofiq tashkil etadi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda Komissiyaning qabul qilingan qarorlari ijro etilishini nazorat qiladi, uning natijalari boʻyicha Komissiya raisiga tegishli axborot va takliflar kiritadi;
tushayotgan xat-xabarlarni koʻrib chiqadi va Komissiya vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlar tayyorlaydi;
XMTning Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini amalga oshirishga hamda mehnat va bandlik sohasidagi boshqa masalalarga bagʻishlangan konverensiyalar, forumlar, seminarlar va treninglar oʻtkazish, mehnat organlari xodimlarini XMT va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda ishtirok etish uchun xorijga yuborish, shuningdek, mehnat sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun ekspertlarni jalb qilish chora-tadbirlarini, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiradi;
XMT konvensiyalari amalga oshirilishini takomillashtirish, XMT, Xalqaro ish beruvchilar tashkiloti, Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha takliflar tayyorlashni va kiritishni tashkil etadi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 407-son qaroriga 3-ILOVA
2018 — 2020-yillarda Xalqaro mehnat tashkilotining Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini amalga oshirish boʻyicha
I. Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan XMT konvensiyalariga muvofiq milliy qonun hujjatlarini takomillashtirish
1.
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 225-moddasida nazarda tutilgan tartibotga muvofiq ayollar uchun qoʻlda ogʻir yuk koʻtarish va tashish boʻyicha cheklangan normalarni qayta koʻrib chiqish va unga oʻzgartishlar kiritish.
2018-yil III choragi
Bajaruvchilarning qoʻshma qarori
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi
2.
Mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar, shu jumladan, idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan XMT konvensiyalariga muvofiqligi yuzasidan qayta koʻrib chiqish maqsadida xatlov oʻtkazish.
2018-yil IV choragi
Tahliliy axborot
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi
3.
Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish imkoniyatini oʻrganish:
Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisa yuz berganda mehnat qiluvchilarga tovon toʻlash toʻgʻrisidagi 17-sonli;
Sanoat va savdoda mehnat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi 81-sonli;
Mehnat qiluvchilar — migrantlar toʻgʻrisidagi 97-sonli (qayta koʻrib chiqilgan);
Qishloq xoʻjaligida mehnat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi 129-sonli;
Haq toʻlanadigan taʼtillar toʻgʻrisidagi 132-sonli (1970-yilda qayta koʻrib chiqilgan);
Xalqaro mehnat normalari qoʻllanilishiga koʻmaklashish uchun uch tomonlama maslahatlashuvlar toʻgʻrisidagi 144-sonli;
Oilaviy majburiyatlari bilan mehnat qiluvchilar toʻgʻrisidagi 156-sonli;
Kasanachilik toʻgʻrisidagi 177-sonli;
Onalikni asrash toʻgʻrisidagi 1952-yilgi konvensiyani qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi 183-sonli;
Mehnat xavfsizligi va gigiyenasiga koʻmaklashuvchi asoslar toʻgʻrisidagi 187-sonli;
Majburiy mehnat toʻgʻrisidagi 29-sonli konvensiyaga 2014-yilgi qoʻshimcha protokol.*
(*Oʻrganilishi nazarda tutilgan konvensiyalar roʻyxati Xalqaro mehnat tashkilotining Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini amalga oshirish boʻyicha Respublika idoralararo komissiyasi qaroriga koʻra oʻzgartirilishi va toʻldirilishi mumkin).
2018 — 2020-yillar
Tahliliy axborot
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiya�i Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Tashqi ishlar vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz
II. Majburiy mehnat va bolalar mehnati masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan XMT konvensiyalarini bajarish
4.
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda NNT deb ataladi) tomonidan oʻz faoliyati sohasida majburiy mehnat xavf-xatarlarining oldini olish uchun chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqilishini taʼminlash.
Ishlab chiqish — 2018-yil iyun-avgust, amalga oshirish — 2018-2020-yillar
Majburiy mehnat xavf-xatarlarining oldini olish boʻyicha kompleks tadbirlarning idoraviy rejasi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Kasb-hunar taʼlimi markazi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, “Mahalla” fondi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpo�iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
5.
Mehnat va bandlik sohasidagi asos boʻluvchi prinsiplar va huquqlarga rioya etilishi boʻyicha chora-tadbirlar va milliy monitoring tizimini XMT metodologiyasi va vositalaridan foydalangan holda tahlil qilish.
Har yili belgilangan muddatlarda
Monitoring dasturi va tekshirishlar jadvali
Bolalar mehnati masalalari boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
6.
Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha oʻzaro aloqa milliy mexanizmining institutsional va texnik salohiyatini mustahkamlash.
2018 — 2020-yillar
Oʻzaro aloqa mexanizmi toʻgʻrisida nizom
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi
7.
Maktablar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilarining davomatini nazorat qilishga, sport seksiyalari, toʻgaraklar va qoʻshimcha mashgʻulotlar tashkil etish orqali ularning oʻqishdan tashqari boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishni taʼminlashga doir maxsus chora-tadbirlarni takomillashtirish.
Har yili belgilangan muddatlarda
Tadbirlar rejasi
Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Kasb-hunar taʼlimi markazi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
8.
Voyaga yetmaganlarning huquqlarini va Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan XMT konvensiyalarini oʻrganishga qaratilgan maxsus oʻquv dasturlarini ishlab chiqish hamda maktablarda (yuqori sinf oʻquvchilari uchun), akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida, malaka oshirish institutlarida joriy etish.
2018-2020-yillar
Bajaruvchilar qarori
Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Kasb-hunar taʼlimi markazi
III. XMT, Jahon banki va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish, hamkorlik dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish
9.
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan 29, 47, 52, 87, 98, 100, 103, 105, 111, 122, 135, 138, 154, 182-son konvensiyalar boʻyicha XMTga asoslangan axborot taqdim etish.
XMT Ustaviga muvofiq
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan XMT konvensiyalarini bajarish toʻgʻrisida har yili yangilab boriladigan axborot
Respublika idoralararo komissiya, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, manfaatdor vazirliklar va idoralar
10.
Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi bilan hamkorlikni, shuningdek, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo uchun XMT Byurosining javobgarlik zonasiga kiradigan mamlakatlarning kasaba uyushmalari markazlari bilan ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etish.
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga toʻla huquqli aʼzo boʻlishi haqidagi masalani koʻrib chiqish.
Tasdiqlash — 2018-yil
III choragi
amalga oshirish — 2018-2020-yillar
Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi bilan hamkorlik boʻyicha memorandum
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Tashqi ishlar vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar
11.
XMTga:
uch tomonlama milliy ijtimoiy muloqotni institutsionalizatsiya qilishda;
“Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan XMT konvensiyalari va ularni amalga oshirish vazifalari” mavzusida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, taʼlim muassasalari vakillari, fermyerlar, kasaba uyushmalari va OAV vakillari uchun mahalliy darajada seminarlar tashkil etishda ekspert koʻmak berish.
2018-yil
III choragi
2018-2020-yillar
Munosib mehnat boʻyicha mamlakat dasturini amalga oshirish rejasi
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar
12.
“Qishloq xoʻjaligida mehnatni muhofaza qilish” loyihasini amalga oshirish.
2018 — 2020-yillar
Munosib mehnat boʻyicha mamlakat dasturini amalga oshirish rejasi
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi,
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa
yer egalari kengashi
13.
Kollektiv shartnomalarga kiritish uchun tavsiyalar sifatida Kodifikatsiyalangan bazaviy ijtimoiy paketni ishlab chiqish va tasdiqlash.
Ishlab chiqish – 2018-yil
IV choragi,
tasdiqlash – 2019-yil I choragi
Tashkilotlarda qoʻllash uchun tavsiya etiladigan ijtimoiy kafolatlar roʻyxatiga ega boʻlgan Kodifikatsiyalangan bazaviy ijtimoiy paket
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi,
Savdo-sanoat palatasi
14.
Mehnat va bandlik sohasidagi asos boʻluvchi prinsiplar va huquqlarni amalga oshirishda ish beruvchilar tashkilotlarining rolini oshirish borasida Xalqaro ish beruvchilar tashkiloti bilan hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha tizimli ishlar olib borish.
2018-yil
II-III choragi
Ish rejasi
Savdo-sanoat palatasi,
Tashqi ishlar vazirligi,
manfaatdor vazirliklar
va idoralar
IV. XMTning Oʻzbekiston Respublikasidagi ijtimoiy hamkorlari salohiyatini oshirish
15.
Turindagi XMT oʻquv markazida Bandlik va mehnat
munosabatlari vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Savdo-sanoat palatasi xodimlarining malakasini oshirishni tashkil etish.
2018 — 2020-yillar
XMT bilan kelishilgan holda malaka oshirish dasturlari
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi,
Savdo-sanoat palatasi,
Bandlik va mehnat
munosabatlari vazirligi
16.
Quyidagilar uchun mehnat va bandlik sohasidagi asos boʻluvchi prinsiplar va huquqlarga rioya qilish masalalari boʻyicha aniq maqsadga qaratilgan seminarlar oʻtkazish:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklar, ichki ishlar organlari, prokuratura xodimlari:
oliy, oʻrta maxsus taʼlim muassasalari xodimlari va talabalari;
sogʻliqni saqlash muassasalarining tibbiy va tibbiy boʻlmagan xodimlari;
maktablar, maktabgacha taʼlim muassasalari, madaniyat muassasalari, musiqa va sanʼat maktablari xodimlari.
Har yili
Oʻqitish jadvali
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Ichki ishlar vazirligi,
Oliy va oʻrta maxsus
taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi,
Madaniyat vazirligi
17.
Fermyerlarni mehnat toʻgʻrisidagi xalqaro va milliy qonunlar boʻyicha oʻqitishni tashkil etish.
Tasdiqlash —
2018-yil III choragi
amalga oshirish –
2018-2020-yillar
Oʻqitish jadvali
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa
yer egalari kengashi,
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi,
Savdo-sanoat palatasi,
Bandlik va mehnat
munosabatlari vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
18.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining qisqa muddatli oʻquv dasturlariga, shuningdek, institutlarning oʻquv dasturlariga va vazirliklar va idoralar hamda NNT malaka oshirish kurslariga:
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining:
tumanlar va shaharlar hokimlarining, hokimlari oʻrinbosarlarining;
taʼlim muassasalari rahbarlarining;
tuman va shahar xotin-qizlar qoʻmitalari vakillarining;
“Mahalla” fondi va qishloq fuqarolar yigʻinlari vakillarining;
Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat va tuman boshqarmalari raislarining;
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari viloyat va tuman kengashlari vakillarining malakasini oshirishga yoʻnaltirilgan mehnat toʻgʻrisidagi xalqaro va milliy qonunlar boʻyicha taʼlim kurslarini kiritish.
Tasdiqlash –
2018-yil
III choragi
amalga oshirish –
2018-2020-yillar
Oʻqitish jadvali
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Kasaba uyushmalari
Federatsiyasi Kengashi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Kasb-hunar taʼlimi markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston
Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
19.
Oʻrta maxsus va oliy taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun “Mehnat huquqi” va “Xalqaro mehnat huquqi” fani boʻyicha darsliklar tayyorlashni va nashr etishni tashkil etish.
2018 — 2019-yillar
Darsliklar nashr etish
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi
20.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari vakillari uchun mehnat muhofazasi va xavfsizligi sohasida qoʻllanmalar tayyorlash va nashr etish.
2018-yil III-IV choragi
Qoʻllanmalar tayyorlash va nashr etish
Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, Kasb-hunar taʼlimi markazi, manfaatdor vazirliklar va idoralar
21.
Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakillar va kasaba uyushmalari tizimi mutaxassislari uchun mehnat va bandlik sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar toʻplamini tayyorlash hamda nashr etish.
2018-yil IV choragi
Normativ-huquqiy hujjatlar toʻplami
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi
V. XMTning Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalari masalalari boʻyicha axborot-tushuntirish ishlari
22.
Respublika aholisining milliy va xalqaro mehnat standartlari boʻyicha xabardorligini oshirish yuzasidan axborot-tushuntirish kampaniyasi konsepsiyasini ishlab chiqish va uni amalga oshirish.
Tasdiqlash — 2018-yil III-IV choraklari, amalga oshirish — 2018 — 2020-yillar
Bajaruvchilarning qoʻshma qarori
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentl�gi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, idoralar va NNT
23.
XMT Kotibiyati, Xalqaro kasaba uyushmalari konfedersiyasi, Xalqaro ish beruvchilar tashkiloti, Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun XMT Byurosi va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillarini taklif qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan XMT konvensiyalarini amalga oshirish boʻyicha seminarlar, konferensiyalar (yoki xorijiy sheriklarni jalb qilgan holda boshqa tadbirlar) oʻtkazish.
2018 — 2020-yillar
Seminar, konferensiya oʻtkazish dasturi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar
24.
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida quyidagi sanalarda davra suhbatlari tashkil etish va oʻtkazish:
aprel — Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni;
12-iyun — Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurashish kuni;
7-oktabr — Butunjahon munosib mehnat kuni.
Har yili
Davra suhbati dasturi
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar
Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/407/1295-son