Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 31.01.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining
buyrugʻi
Maxsus axborot portali operatorining davlat xaridlarini tashkil etish hamda oʻtkazish borasidagi faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 21-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3015]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 22-yanvardagi 323-sonli ““Maxsus axborot portali operatorining davlat xaridlarini tashkil etish hamda oʻtkazish borasidagi faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3015-3, 30.01.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan buyuraman:
1. Maxsus axborot portali operatorining davlat xaridlarini tashkil etish hamda oʻtkazish borasidagi faoliyati toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor Sh. SADIKOV
Toshkent sh.,
2018-yil 15-may,
186-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining 2018-yil 15-maydagi 186-son buyrugʻiga
ILOVA
Maxsus axborot portali operatorining davlat xaridlarini tashkil etish hamda oʻtkazish borasidagi faoliyati toʻgʻrisidagi
NIZOM
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq maxsus axborot portali operatoriga (bundan buyon matnda Operator deb yuritiladi) nisbatan umumiy talablarni va maxsus axborot portalida (bundan buyon matnda portal deb yuritiladi) davlat xaridlarini tashkil etish boʻyicha uning faoliyati tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Operator sifatida ushbu Nizom talablariga javob beradigan yuridik shaxs Iqtisodiyot va moliya vazirligi (bundan buyon matnda Iqtisodiyot va moliya vazirligi deb yuritiladi) belgilanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
avans toʻlovi — Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan, davlat buyurtmachisi (bundan buyon matnda buyurtmachi deb yuritiladi) va xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi tomonidan kiritiladigan, operatorning vositachilik yigʻimlarini va tomonlarning zakalatini oʻz ichiga olgan moliyaviy mablagʻlar summasi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
elektron davlat xaridlariga kiritish — ushbu Nizomga muvofiq Operator tomonidan buyurtmachi va xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisini elektron xarid qilish tartib-taomillaridan foydalanishga kiritish tartib-taomili;
shaxsiy kabinet — elektron davlat xaridlarida ishtirok etish, hamda zarur axborotni joylashtirish va undan foydalana olishi taʼminlaydigan, buyurtmachi yoki xarid qilish tartib-taomili ishtirokchisining portaldagi individual sahifasi;
hisob-kitob-kliring palatasi (bundan buyon matnda HKKP deb yuritiladi) –buyurtmachi yoki xarid qilish tartib-taomili ishtirokchisi tomonidan kiritiladigan pul mablagʻlarini hisobga olish va ular oʻrtasidagi hisob-kitoblarni amalga oshirishni taʼminlaydigan Operatorning tarkibiy boʻlinmasi;
xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi (bundan buyon matnda ishtirokchi deb yuritiladi) — xarid qilish tartib-taomilida davlat xaridlarini ijro etish uchun talabgor sifatida ishtirok etayotgan Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti va norezidenti. Xarid qilish tartib-taomillari yakunlari boʻyicha gʻolib deb topilgan va u bilan shartnoma tuzilgan ishtirokchi davlat xaridlari ijrochisi hisoblanadi (bundan buyon matnda ijrochi deb yuritiladi).
2-bob. Operator
§ 1. Operatorga talablar
3. Operatorlarga quyidagi talablar qoʻyiladi:
davlat xaridlari toʻgʻrisidagi axborotni joylashtirishni va unga kirishni, davlat xaridlari boʻyicha statistik maʼlumotlarni qayta ishlash, davlat xaridlarini amalga oshirishda tovarlar (ishlar, xizmatlar) klassifikatoridan foydalanishni, elektron davlat xaridlarini oʻtkazish, elektron xarid qilish tartib-taomillari natijalariga koʻra shartnomalar tuzishni va HKKP orqali majburiyatlarni bajarish kafolatlarini taʼminlaydigan axborot tizimining mavjudligi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 24-fevraldagi 8-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3015-2, 13.04.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/3015-2/0448-son)
elektron tijorat va axborot texnologiyalari sohasida malakali xodimlar mavjudligi;
portalni Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi apparat-texnika vositalarida joylashtirish;
unga nisbatan bankrotlik tartib-taomillari qoʻllanilmaganligi.
4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Operator funksiyasini bajarishni istagan yuridik shaxsdan (bundan buyon matnda Arizachi deb yuritiladi) davlat xaridlari sohasida malakali xodimlar mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotlarni soʻrashga haqli.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
§ 2. Operatorni aniqlash
5. Arizachi oʻzining ushbu Nizom talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarini hamda qonunchilik talablariga muvofiq ishlab chiqilgan Odob-axloq qoidalari loyihasini ilova qilgan holda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ariza yuboradi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ariza olingandan boshlab bir oy muddatda taqdim etilgan hujjatlarni ushbu Nizomda oʻrnatilgan talablarga muvofiqligini oʻrganadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
7. Oʻrganish natijalari boʻyicha Iqtisodiyot va moliya vazirligi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
arizani qanoatlantirish va Operator funksiyalarini Arizachiga yuklash haqida;
arizani qanoatlantirishni rad etish haqida.
8. Arizachiga Operator funksiyalari yuklatilganda, u bilan kelishuv tuziladi, unda buyurtmachi va ishtirokchilardan Operator foydasiga olinadigan vositachilik yigʻimi miqdori nazarda tutiladi. Vositachilik yigʻimi miqdori barcha Operatorlar uchun yagona hisoblanadi.
9. Operator kelishuvni bekor qilish haqida Iqtisodiyot va moliya vazirligiga kamida besh oy oldin xabarnoma yuborgan holda oʻz tashabbusi bilan Operatorlik funksiyalarini bajarishdan voz kechishga haqli.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
10. Iqtisodiyot va moliya vazirligi qarori bilan, Operator quyidagi hollarda oʻz funksiyalarini bajarishidan chetlashtirilishi mumkin:
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
u tomonidan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari jiddiy buzilganda;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
unga nisbatan bankrotlik tartib-taomillari qoʻllanilganda.
11. Operator oʻz vazifalarini bajarishdan chetlashtirilgan taqdirda Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Operator oʻrtasida tuzilgan kelishuv ushbu kelishuvda oʻrnatilgan tartibda bekor qilinadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
§ 3. Operatorning funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari
12. Operator quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
portalning uzluksiz ishlashini, unga joylashtirilgan axborotning but saqlanishini va bir butunligini, mazkur portalning tegishli davlat boshqaruvi organlarining rasmiy veb-saytlari va axborot tizimlari bilan belgilangan tartibda uygʻun ishlashini taʼminlaydi;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq axborotning elektron shaklda saqlanishini, shu jumladan elektron hujjatlar va elektron xabarlar saqlanishini taʼminlaydi;
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
portalda davlat boshqaruvi organlari oʻrtasida axborot almashinuvini tashkil etadi;
portalni Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi apparat-texnika vositalariga joylashtiradi;
portalni texnik qoʻllab-quvvatlash ishlarini amalga oshiradi;
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzinjiniring” respublika loyihalashtirish instituti va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
(12-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
davlat xaridlari boʻyicha statistik maʼlumotlarni shakllantiradi;
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 24-fevraldagi 8-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3015-2, 13.04.2020-y.) asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/3015-2/0448-son)
qonunchilik hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiyani tuzadi va uning faoliyatini tashkil etadi, uning ishchi organi funksiyalarini bajaradi.
(12-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Operator qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
(12-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
13. Operatorning majburiyatlari:
oʻz faoliyatini qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshirish;
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
buyurtmachilar va ishtirokchilarga elektron davlat xaridlarida qatnashish uchun portaldan bepul foydalanishlarini taʼminlash;
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 24-fevraldagi 8-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3015-2, 13.04.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/3015-2/0448-son)
qonunchilik hujjatlariga muvofiq portalda mavjud boʻlgan axborotdan jismoniy va yuridik shaxslarning bepul erkin foydalanishni taʼminlash;
(13-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
davlat xaridlari sohasidagi hisobotni texnik qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash;
integratsiya masalalari hamda davlat axborot tizimlari va davlat elektron axborot resurslari xavfsizligini taʼminlash boʻyicha maxsus vakolatli organ bilan hamkorlikni amalga oshirish;
davlat xaridlariga taalluqli axborotning butligini taʼminlash;
portalda Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrini joylashtirish;
tuzilgan shartnomalar reyestrini shakllantirish;
davlat xaridlari natijalari haqida portal orqali Iqtisodiyot va moliya vazirligini xabardor etish;
(13-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga davlat xaridlari bilan bogʻliq axborotni taqdim etish;
(13-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
yagona yetkazib beruvchilar reyestrini yuritish;
davlat xaridlari natijalari boʻyicha tovarlar, ishlar, xizmatlar narxlari maʼlumotlar bazasini tashkil etish va yangilab borish;
portalni uzluksiz ishlashini taʼminlash;
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 37-soni buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3015-1, 22.04.2019-y.) asosan oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 1019/3015-1/2982-son)
odob-axloq qoidalariga rioya etish;
Operator qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.
(13-bandning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
14. Operator quyidagi huquqlarga ega:
portalga joylashtiriladigan fayllarga nisbatan texnologik talablar, shuningdek, axborot xavfsizligi boʻyicha talablar oʻrnatishga;
buyurtmachi tomonidan xaridlarni amalga oshirish toʻgʻrisida eʼlon va xaridlar reja-jadvallar joylashtirilmagan hollarda, xaridlarni amalga oshirish natijalari haqidagi axborotni chop etish.
Operator qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi mumkin.
(14-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
15. Operator:
ishtirokchi, ijrochi sifatida davlat xaridlarida ishtirok etishga, ularning affillangan shaxsi boʻlishga;
davlat xaridlarini amalga oshirish va narx belgilash jarayoniga aralashishga, kontragentlarni tanlashda va shartnomalar tuzishda davlat xaridlari subyektlarining erkinligini cheklashga, shuningdek davlat xaridlari subyektlarining huquqlarini boshqacha tarzda cheklashga, bundan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno;
(15-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
oʻtkazib beriladigan, olinadigan va saqlanadigan elektron hujjatlar hamda elektron xabarlarning ishonchliligini, shuningdek agar qonunchilik hujjatlarida yoki kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ularning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini nazorat qilishga yoki tekshirishga;
(15-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
davlat xaridlari subyektlari tomonidan joylashtiriladigan elektron hujjatlar va elektron xabarlarning mazmunini oʻzgartirishga haqli emas.
3-bob. Elektron davlat xaridlariga kiritish
16. Buyurtmachilar va ishtirokchilarni elektron davlat xaridlariga kiritish (bundan buyon matnda xaridga kiritish deb yuritiladi) tartib-taomili ularda elektron raqamli imzo (bundan buyon matnda ERI deb yuritiladi) mavjud boʻlgan holda amalga oshiriladi.
17. Budjet buyurtmachilarni xaridga kiritish avtomatik rejimda Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Operatorning maʼlumotlar bazasini elektron hamkorlik orqali Operator tomonidan markazlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
18. Korporativ buyurtmachilarni xaridga kiritish ular tomonidan portaldagi elektron shakldagi soʻrovnoma-arizani (bundan buyon matnda soʻrovnoma deb yuritiladi) toʻldirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
19. Ishtirokchilarni xaridga kiritish ular tomonidan portaldagi soʻrovnomani toʻldirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
20. Ishtirokchilarni xaridga kiritish, ularning quyidagi mezonlarga muvofiq boʻlganda amalga oshiriladi:
shartnoma tuzish uchun qonuniy huquqqa egalik;
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash boʻyicha qarzdorlikning mavjud emasligi;
oʻziga nisbatan joriy etilgan bankrotlik tartib-taomillarining mavjud emasligi;
Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrida qayd etilmaganligi.
21. Soliq organlari tomonidan berilgan ERI mavjudligi ishtirokchini shartnoma tuzishga huquqini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 37-soni buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3015-1, 22.04.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 1019/3015-1/2982-son)
23. Ishtirokchi soʻrovnomada unga nisbatan qoʻllanilgan bankrotlik tartib-taomillari mavjud emasligi hamda soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlik mavjud emasligi haqida maʼlumotlarni tasdiqlaydi.
24. Ishtirokchi tomonidan soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng, portal tomonidan Insofsiz ijrochilarning yagona reyestri maʼlumotlarini unda ishtirokchi haqida yozuv mavjud emaslik holati tekshiriladi.
25. Operator ishtirokchilarga nisbatan ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilmagan qoʻshimcha mezonlarni oʻrnatishga haqli emas.
26. Buyurtmachilar va ishtirokchilarni xaridga kiritish bepul amalga oshiriladi.
27. Buyurtmachilar va ishtirokchilarni xaridga kiritish portalga zarur maʼlumotlar kiritilgandan soʻng bir ish kuni davomida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 37-soni buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3015-1, 22.04.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 1019/3015-1/2982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 37-soni buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3015-1, 22.04.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 1019/3015-1/2982-son)
30. Operator:
buyurtmachilar va ishtirokchilarga HKKPda alohida shaxsiy hisob raqamlar ochadi;
buyurtmachilar va ishtirokchilarga shaxsiy kabinetlar tashkil etadi.
31. Ishtirokchini elektron xaridlardan chetlatish qonunchilik hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 42-moddasi.
4-bob. Shartnomaviy majburiyatlar ijrosini taʼminlash
32. Buyurtmachi va ishtirokchi elektron davlat xaridlarida oʻzlarining ishtiroklarini faqatgina ERI orqali amalga oshiradilar.
Buyurtmachi va ishtirokchi oʻrtasida ERIdan foydalangan holda portalda tuzilgan shartnoma tegishli shaklda tuzilgan hisoblanadi.
33. Operator hisob-kitoblarni tashkil etish, hisobini yuritish, hamda korporativ buyurtmachilar va ishtirokchilarning shartnomaviy majburiyatlarini bajarilishini taʼminlash maqsadida Operatorga xizmat koʻrsatuvchi bankda HKKP uchun alohida ikkilamchi hisob ochadi.
Operator shartnomaviy majburiyatlarni bajarilishini taʼminlash va alohida hisobini yuritish boʻyicha korporativ buyurtmachilar va ishtirokchilar uchun HKKPda hisob raqam ochadi.
34. Korporativ buyurtmachi va ishtirokchi elektron davlat xaridlarida ishtirok etish uchun oʻzlarining HKKPdagi hisob raqamlariga zakalat toʻlovlarini oʻtkazadilar.
35. Iqtisodiyot va moliya vazirligi budjet buyurtmachilarining hisob-kitoblarini tashkil etish, shartnoma boʻyicha majburiyatlarini bajarilishi hisobini yuritish va taʼminlash maqsadida Operator uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida maxsus shaxsiy hisobvaraqlar ochadi va unga ushbu hisobraqamlardagi pul mablagʻlarini boshqarish uchun ruxsat beradi.
(35-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Operator budjet buyurtmachilariga hisobini alohida-alohida yuritish va shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarilishini taʼminlash uchun HKKPda hisob raqamlar ochadi.
351. Budjet buyurtmachilar elektron davlat xaridlarida ishtirok etish uchun oʻzlarining HKKPdagi hisob raqamlariga operatorning vositachilik yigʻimini oʻtkazadilar.
(351-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 37-soni buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3015-1, 22.04.2019-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 1019/3015-1/2982-son)
36. Budjet buyurtmachisi tomonidan shaxsiy kabinet orqali elektron auksion, elektron tanlov va elektron tender oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlon (bundan buyon matnda eʼlon deb yuritiladi) joylashtirilganidan yoki elektron doʻkonda ishtirokchining ofertasi tanlangandan (bundan buyon matnda oferta deb yuritiladi) soʻng, portal elektron davlat xaridlari yakunlariga koʻra tuziladigan shartnomaviy majburiyatlarni bajarish uchun, moliyalashtirish manbalarini inobatga olgan holda, kerakli summaga band qoʻyish toʻgʻrisidagi axborotni Iqtisodiyot va moliya vazirligining davlat moliyasini boshqarish axborot tizimidan (bundan buyon matnda DMBAT deb yuritiladi) olgandan soʻng ushbu eʼlonni yoki tanlangan oferta boʻyicha narxlar soʻrovi mexanizmini aktivlashtiradi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
37. Korporativ buyurtmachilar va ishtirokchilar, ularning HKKPdagi hisob-raqamlarida avans toʻlovining yetarli miqdori mavjud boʻlgan taqdirda elektron davlat xaridlarida ishtirok etadilar.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 37-soni buyrugʻi (roʻyxat raqami 3015-1, 22.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 1019/3015-1/2982-son)
371. Budjet buyurtmachilari eʼlon yoki oferta boʻyicha DMBAT tomonidan band qoʻyilgan summasining, shuningdek ularning HKKPdagi hisobraqamlarida operatorning vositachilik yigʻimi summasining yetarli miqdori mavjud boʻlgan taqdirda, elektron davlat xaridlarida ishtirok etadilar.
(371-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 37-soni buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3015-1, 22.04.2019-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 1019/3015-1/2982-son)
38. Auksion ishtirokchilarining kiritilgan avans toʻlovlari boshqa ishtirokchilar tomonidan beriladigan past narx taklifi kelib tushgunga qadar band qilib qoʻyiladi.
Elektron doʻkon ishtirokchilarining kiritgan avans toʻlovlari gʻolib aniqlangunga qadar band qilib qoʻyiladi.
Auksion va elektron doʻkon oʻtkazishda korporativ buyurtmachisi va ijrochining kiritgan zakalatlari shartnoma boʻyicha majburiyatlar toʻliq bajarilgan yoki belgilangan tartibda bekor qilingunga qadar band qilib qoʻyiladi.
(38-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 24-fevraldagi 8-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3015-2, 13.04.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/3015-2/0448-son)
Budjet buyurtmachi tomonidan elektron tanlov yoki elektron tender oʻtkazishda ishtirokchilarning zakalati gʻolib aniqlangunga qadar xatlab qoʻyiladi. Elektron tanlov yoki elektron tender gʻolibining zakalati shartnoma tuzilguniga qadar band qilib qoʻyiladi.
Korporativ buyurtmachi tomonidan elektron tanlov yoki elektron tender oʻtkazishda ishtirokchilar tomonidan zakalat kiritish zarurati va miqdori korporativ buyurtmachi tomonidan belgilanadi hamda kiritilgan zakalat elektron tanlov yoki elektron tender gʻolibi bilan shartnoma tuzilguniga qadar xatlanadi. Bunda zakalat miqdori tovar (ish, xizmat) qiymatining 3 foizidan oshmasligi kerak.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 24-fevraldagi 8-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3015-2, 13.04.2020-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/3015-2/0448-son)
381. Iqtisodiyot va moliya vazirligi maʼlumotlar bazalarining elektron hamkorligi orqali Operator bilan elektron hujjatlar aylanmasini hamda davlat xaridlarini tashkil etish uchun zarur boʻlgan axborot almashinuvini taʼminlaydi.
(381-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
39. Elektron davlat xaridlarining yakuniga koʻra, portal tomonidan avtomatik ravishda namunaviy shakl asosida shartnoma shakllantiriladi va shartnoma tomonlarining shaxsiy kabinetlariga yuboriladi, shuningdek tuzilgan shartnomalar elektron reyestriga kiritish orqali roʻyxatdan oʻtkaziladi.
40. Operator tuzilgan shartnomalar boʻyicha axborotni Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Operatorning maʼlumotlar bazalari elektron hamkorligi orqali Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yuboradi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
41. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi (bundan buyon matnda gʻaznachilik deb ataladi) shartnomalar tuzilganligi toʻgʻrisidagi axborotni qabul qilgandan soʻng bir ish kuni mobaynida avtomatik tartibda DMBATda roʻyxatdan oʻtkazadi yoki hisobga oladi, shuningdek elektron doʻkon yoki auksion orqali tuzilgan shartnoma summasini HKKPga oʻtkazib beradi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Budjet buyurtmachisi elektron tanlov yoki elektron tender natijasida tuzilgan shartnoma boʻyicha toʻlovlarni HKKPdagi shaxsiy hisob raqamlardan foydalanmagan holda amalga oshiradi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 24-fevraldagi 8-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3015-2, 13.04.2020-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/3015-2/0448-son)
Bunda oldindan toʻlov shartlari shartnomada nazarda tutiladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 37-soni buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3015-1, 22.04.2019-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 1019/3015-1/2982-son)
42. Korporativ buyurtmachilar elektron doʻkon yoki auksion natijasida tuzilgan shartnoma boʻyicha toʻlovlarni toʻliq hajmda amalga oshirish uchun ushbu shartnoma portalda roʻyxatga olingan paytdan boshlab, besh ish kuni mobaynida oʻzlarining HKKPdagi hisob raqamlariga pul mablagʻlarini oʻtkazadilar. Bunda zakalat, shartnoma boʻyicha toʻlash summasiga qoʻshib hisoblanadi.
Korporativ buyurtmachilar elektron tanlov yoki elektron tender natijasida tuzilgan shartnoma boʻyicha toʻlovlarni HKKPdagi shaxsiy hisob raqamlardan foydalanmagan holda amalga oshiradi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 24-fevraldagi 8-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3015-2, 13.04.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/3015-2/0448-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 37-soni buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3015-1, 22.04.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 1019/3015-1/2982-son)
44. Agarda, korporativ buyurtmachi elektron doʻkon yoki auksion orqali tuzilgan shartnomada belgilangan muddatda toʻlovni amalga oshirmagan taqdirda, uning zakalati uch ish kunida, mazkur muddat tugaganidan soʻng, keyinchalik unga xizmat koʻrsatuvchi bank hisobiga oʻtkazish uchun, ijrochining HKKPdagi tegishli hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 24-fevraldagi 8-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3015-2, 13.04.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/3015-2/0448-son)
45. HKKP buyurtmachidan elektron doʻkon yoki auksion orqali tuzilgan shartnoma boʻyicha kelib tushgan toʻlov summasini band qilib qoʻyadi va pul mablagʻlari kelib tushgan kunning ertasidan bir ish kunidan kechikmagan muddatda elektron shaklda toʻlovni amalga oshirish boʻyicha ijrochiga xabarnoma yuboradi.
Mazkur xabarnoma ijrochiga tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 24-fevraldagi 8-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3015-2, 13.04.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/3015-2/0448-son)
46. Ijrochi tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) HKKP tomonidan toʻlov amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi xabarnomasiz yetkazib berilgan taqdirda, buyurtmachi tomonidan tovarlar uchun toʻlovni amalga oshirmaslik xavfi ijrochining zimmasida boʻladi.
47. Korporativ buyurtmachi tovarni (ishni, xizmatni) qabul qilgandan keyin uch ish kuni mobaynida Operatorga oʻzining shaxsiy kabinetidan foydalangan holda elektron doʻkon yoki auksion orqali tuzilgan shartnoma asosida tovarni (ishni, xizmatni) toʻliq hajmda qabul qilganlik toʻgʻrisidagi axborotni yuborishga majbur.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 24-fevraldagi 8-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3015-2, 13.04.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/3015-2/0448-son)
48. Budjet buyurtmachisi tovarni (ishni, xizmatni) qabul qilgandan soʻng uch ish kuni mobaynida shartnoma asosida tovarni (ishni, xizmatni) toʻliq hajmda qabul qilganlik toʻgʻrisidagi axborotni, budjet tashkilotlarining hisobi va hisobotlari avtomatlashtirilgan tizimining dasturiy kompleksi (bundan buyon matnda OʻzBTAD deb yuritiladi) orqali DMBATga kiritishga va yuborishga majbur.
49. DMBAT, budjet buyurtmachisi tomonidan shartnoma asosida tovarni (ishni, xizmatni) yetkazib berganlik toʻgʻrisidagi axborotni olgandan keyin bir ish kuni mobaynida maʼlumotlar bazalarining elektron almashinuvi orqali Operatorga yuboradi.
50. Operator, tovarlar (ishlar, xizmatlar) elektron doʻkon yoki auksion orqali tuzilgan shartnoma boʻyicha toʻliq hajmda yetkazilganligi haqida maʼlumotni olgandan soʻng, bir ish kuni davomida:
(50-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 24-fevraldagi 8-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3015-2, 13.04.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/3015-2/0448-son)
elektron toʻlov topshiriqnomasini shakllantiradi va DMBATga yuboradi, u esa toʻlov topshiriqnomasini olgandan soʻng bir ish kuni davomida budjet buyurtmachilarining pul mablagʻlarini ijrochiga yuboradi;
elektron toʻlov topshiriqnomasini shakllantiradi va Operatorga xizmat koʻrsatuvchi bankka yuboradi, u esa toʻlov topshiriqnomasini olgandan soʻng, bir ish kuni mobaynida korporativ buyurtmachilarning pul mablagʻlarini ijrochiga yuboradi;
ijrochining zakalatiga qoʻyilgan bandni bekor qiladi;
zakalatni banddan yechadi va korporativ buyurtmachining tegishli shaxsiy hisob raqamiga qaytaradi;
(50-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 37-soni buyrugʻi (roʻyxat raqami 3015-1, 22.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 1019/3015-1/2982-son)
elektron doʻkon yoki auksion orqali tuzilgan shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilganligi haqidagi maʼlumotni portalga joylashtiradi.
(50-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 24-fevraldagi 8-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3015-2, 13.04.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/3015-2/0448-son)
501. Operator elektron tanlov yoki elektron tender natijasida shartnoma tuzilganidan soʻng, bir ish kuni davomida zakalatni banddan yechadi va uni ijrochining tegishli shaxsiy hisob raqamiga qaytaradi.
Korporativ buyurtmachi tomonidan oʻtkazilgan elektron tanlov yoki elektron tenderda ishtirokchilar tomonidan zakalat kiritilgan taqdirda, u Operator tomonidan shartnoma tuzilganidan soʻng, bir ish kuni davomida banddan yechiladi va ijrochining tegishli shaxsiy hisob raqamiga qaytariladi.
(501-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 24-fevraldagi 8-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3015-2, 13.04.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/3015-2/0448-son)
51. Elektron doʻkon yoki auksion orqali tuzilgan shartnoma boʻyicha yetkazib berish muddati tugagandan soʻng, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berganligi haqidagi maʼlumot mavjud boʻlmasa, portal bir ish kuni mobaynida avtomatik rejimda buyurtmachi va Iqtisodiyot va moliya vazirligini xabardor qiladi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
52. Buyurtmachi tomonidan elektron doʻkon yoki auksion orqali tuzilgan shartnoma boʻyicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berilganligi haqidagi maʼlumot taqdim qilinmaganda, HKKP ushbu shartnoma boʻyicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berish muddati tugagach uch ish kunidan soʻng:
(52-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 24-fevraldagi 8-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3015-2, 13.04.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/3015-2/0448-son)
budjet buyurtmachilarning shartnoma boʻyicha pul mablagʻlariga sud yoki davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiyaning tegishli qarori qabul qilinguniga yoki u bekor qilingunga qadar band qoʻyadi;
korporativ buyurtmachi tomonidan shartnoma boʻyicha kiritilgan mablagʻlardan, zakalatdan tashqari, bandni bekor qiladi;
korporativ buyurtmachi va ijrochining zakalatiga sud yoki davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiyaning tegishli qarori qabul qilinguniga yoki u bekor qilingunga qadar band qoʻyadi;
bajarilmagan shartnomalar boʻyicha maʼlumotlarni Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yuboradi.
(52-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
53. HKKP sudning qonuniy kuchga kirgan qarori yoki davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya qarori asosida zakalatni banddan yechishni va/yoki tegishli hisob raqamga oʻtkazishni amalga oshiradi.
Bunda, HKKP ijrochining zakalati jarima sifatida budjet buyurtmachisiga oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi sudning qonuniy kuchga kirgan qarori yoki davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya qarori asosida zakalatni budjet buyurtmachisining budjetdan tashqari tegishli hisob raqamiga oʻtkazishni amalga oshiradi.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 37-soni buyrugʻi (roʻyxat raqami 3015-1, 22.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 1019/3015-1/2982-son)
54. Portal, elektron davlat xaridlarining yakunlariga koʻra, bitimning haqiqiy summasidan operatorning vositachilik yigʻimini buyurtmachi va ishtirokchining avans toʻlovlaridan ushlab qoladi.
55. Ishtirokchilarning va korporativ buyurtmachilarning bandi bekor qilingan pul mablagʻlari, ularning topshiriqlariga asosan boshqa elektron davlat xaridlarida avans toʻlovlari sifatida foydalanilishi mumkin yoki xizmat koʻrsatadigan banklardagi ularning hisob raqamlariga qaytariladi.
5-bob. Yakuniy qoidalar
56. Operator mazkur Nizomni buzganlik uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(56-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1758-moddasi.
57. Buyurtmachilar va ishtirokchilar Operatorga taqdim etilgan maʼlumotlarning ishonchliligi va oʻz vaqtida taqdim etish uchun javobgar boʻladi.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 37-soni buyrugʻi (roʻyxat raqami 3015-1, 22.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 1019/3015-1/2982-son)
58. Operator davlat xaridlari subyektlarining ushbu operatorga beriladigan elektron hujjatlari va elektron xabarlarining, shu jumladan boʻlajak davlat xaridlari toʻgʻrisida maxsus axborot portalida joylashtiriladigan axborotning mazmuni bilan bogʻliq huquqiy oqibatlar uchun javobgar boʻlmaydi.
59. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
2018-yil 14-may
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2018-y., 10/18/3015/1248-son; 22.04.2019-y., 1019/3015-1/2982-son; 13.04.2020-y., 10/20/3015-2/0448-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)