O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ugom-Chotqol davlat biosfera rezervatini tashkil etish to‘g‘risida
“Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish, shuningdek, Toshkent viloyatining alohida ekologik, tarixiy va estetik ahamiyatga molik tabiiy obyektlarini keyinchalik saqlab qolish, tabiiy resurslarini muhofaza qilish, qayta tiklash va ulardan barqaror foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari hududlarining bir qismida buyurtma qo‘riqxona tashkil etilganligi va u doimiy foydalanish huquqi bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari hududlarining bir qismida buyurtma qo‘riqxona negizida umumiy maydoni 42952,81 gektar bo‘lgan Ugom-Chotqol davlat biosfera rezervati (keyingi o‘rinlarda davlat biosfera rezervati deb ataladi) ilovaga muvofiq tashkil etilsin.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
biosfera rezervati “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ yurituvida bo‘ladi;
biosfera rezervatining qo‘riqlash xodimlari tegishli huquqlar va imtiyozlar berilgan holda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha davlat inspektorlariga tenglashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga berilayotgan biosfera rezervatiga faoliyatni moliyalashtirish manbalari, shu jumladan qonunchilikda taqiqlanmagan moliyalashtirishning boshqa manbalari, muhofaza etiladigan hududlarga beriladigan imtiyozlar va preferensiyalar saqlanib qoladi.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
4. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ:
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda biosfera rezervati hududini zonalarga bo‘lsin, har bir zonaning (qo‘riqxonaga aylantirilgan zona, oraliq zona, o‘tish zonasi) chegaralarini batafsil tavsiflasin;
Ugom-Chotqol davlat biosfera rezervati to‘g‘risidagi nizom loyihasini bir oy muddatda tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
biosfera rezervatidan samarali foydalanilishini, tabiiy obyektlar va majmualarni saqlash, qayta tiklash va tiklash chora-tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi B.T. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 16-may,
367-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-maydagi 367-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlarida joylashgan Ugom-Chotqol davlat biosfera rezervati hududi
I. Hududlar ro‘yxati
|
Kontur zonalari |
Hududlar nomi |
Berilayotgan tabiatni muhofaza qilish obyektlari |
Maydoni, |
|
1. |
Parkent tumani |
“Parkent” o‘rmon xo‘jaligining 1-uchastkasi |
9 207,7 |
|
2. |
“Changi” massivi hududi |
401,31 | |
|
3. |
“Gulbog‘” massivi hududi |
44,0 | |
|
4. |
“Parkent” o‘rmon xo‘jaligining 2-uchastkasi |
7 785,3 | |
|
5. |
Kon melioratsiyasi sinov punkti |
1 066,0 | |
|
6. |
Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasining Boshqizilsoy uchastkasi* |
11 018,0 | |
|
7. |
“Parkent” o‘rmon xo‘jaligining 3-uchastkasi |
641,0 | |
|
8. |
“Parkent” o‘rmon xo‘jaligining 1-uchastkasi |
1 433,5 | |
|
9. |
Bo‘stonliq tumani |
“Burchmulla” o‘rmon xo‘jaligi |
256,0 |
|
10. |
Ohangaron tumani |
“Shovvozsoy” o‘rmon xo‘jaligi |
11 100,0 |
|
Jami |
42 952,81 | ||
* Ushbu hududda davlat qo‘riqxonalari uchun nazarda tutilgan qo‘riqxona zonasi saqlanib qoladi.
II. Kontur zonalari bilan hududlar chegarasi
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.05.2018-y., 09/18/367/1237-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)