Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
Tibbiy ixtisoslashuvning tegishli turini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar, shu jumladan tibbiy texnikaga eng kam talablarning 2-ilovasiga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 14-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2905-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi PQ-3494-son “Shoshilinch tibbiy yordam tizimini jadal takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2017-yil 10-iyuldagi 90-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2905, 2017-yil 28-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 30-son, 756-modda) bilan tasdiqlangan Tibbiy ixtisoslashuvning tegishli turini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar, shu jumladan tibbiy texnikaga eng kam talablarning 2-ilovasiga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Vazir A. ShADMANOV
Toshkent sh.,
2018-yil 23-aprel,
22-son
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2018-yil 23-apreldagi 22-son buyrugʻiga
ILOVA
Tibbiy ixtisoslashuvning tegishli turini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar, shu jumladan tibbiy texnikaga eng kam talablarning 2-ilovasiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 66-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

66.

Tibbiy paxta 100 gr.

gr.

100 gr.

”;

2. 68 va 69-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

68.

Tibbiy bint (steril) 5 m. x 10 sm., yoki 7 m. x 14 sm.

dona

2

69.

Tibbiy bint (nosteril) 5 x 10 sm., yoki 7 m. x 14 sm.

dona

2

”;

3. 72-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

72.

Bir marta ishlatiladigan qoʻlqoplar

juft

20

”;

4. 76 — 78-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

76.

Shprits — 10,0 ml.

dona

10

77.

Shprits — 5,0 ml.

dona

10

78.

Shprits — 2,0 ml.

dona

10

”;

5. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
2018-yil 17-aprel
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2018-y., 10/18/2905-1/1220-son)