|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 26.06.2020
|
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrug‘i
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 10-mayda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2151-5]
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 26-iyundagi 147-mh-sonli “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3250, 26.06.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 29-oktabrdagi 232-mh-son “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2151, 2010-yil 29-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 44-45-son, 390-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish boshqarmasi hamda Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari A. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2018-yil 10-may,
270-mh-son
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 10-maydagi 270-mh-son buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Buyruqning muqaddimasidagi “2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi” degan so‘zlar “2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. Nizom 5-bandining uchinchi xatboshisidagi, 9-bandining ikkinchi xatboshisidagi va 12-bandining to‘rtinchi xatboshisidagi “Notariat, advokatura va FHDY organlari” degan so‘zlar “Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 10/18/2151-5/1195-son)