Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutiga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2020-yil 30-iyundagi PQ-4768-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutiga tinglovchilarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Institutga istiqbolli kadrlarni qayta tayyorlash kursi boʻyicha bir oʻquv yiliga moʻljallangan qabul kvotasi 120 nafar (birinchi yarim yillikda 60 nafar tinglovchilar qabul qilinadi) va oʻquv jarayoni toʻrt oy etib belgilanadi hamda malaka oshirish kurslarining qabul kvotasi buyurtma asosida tashkil etilib, uning oʻquv jarayoni muddati bir oygachani tashkil qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
qabul kvotalariga muvofiq tinglovchilarni qayta tayyorlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi buyurtmasi asosida tashkil etiladigan malaka oshirish oʻquv kurslari bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Institutda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, jamoat tashkilotlarining buyurtmasi, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan toʻlov-kontrakt asosida qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv kurslari tashkil etiladi.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Institutning qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv rejalari hamda dasturlarini shakllantirishda amaliy yordam berilishini taʼminlasin.
4. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, yoshlar, maʼnaviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash masalalari kotibiyati zimmasiga yuklansin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 4-may,
336-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-maydagi 336-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutiga tinglovchilarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutiga (keyingi oʻrinlarda Institut deb ataladi) oʻqishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
2. Institutga tinglovchilarni oʻqishga qabul qilish qayta tayyorlash (toʻrt oylik) va malaka oshirish (bir oygacha) shaklida amalga oshiriladi.
3. Institutga tinglovchilarni qayta tayyorlash boʻyicha qabul qilishning har yilgi kvotasi 120 nafar (birinchi yarim yillikda 60 nafar tinglovchilar qabul qilinadi) etib belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Institutning malaka oshirish oʻquv kurslariga tinglovchilarni qabul qilishning har yilgi kvotasi Institut bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan belgilanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
5. Institutning qayta tayyorlash oʻquv kurslari bitiruvchilari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari tizimlaridagi rahbar kadrlar zaxirasiga kiritiladi hamda Institut va Agentlik tomonidan ularning lavozimi oshishi monitoringi yuritiladi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
Malaka oshirish oʻquv kurslari bitiruvchilari ish faoliyatidan kelib chiqqan holda yuqori lavozimlarga tavsiya etilishi mumkin.
2-bob. Institutning qayta tayyorlash oʻquv kurslariga qabul qilish
6. Institutning qayta tayyorlash oʻquv kurslariga 30 yoshdan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari, oliy maʼlumotli va oliy taʼlim muassasasini tugatgandan keyin kamida 2 yil ish stajiga ega boʻlgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlari rahbar xodimlari va mutaxassislari test sinovi va suhbat orqali ochiq tanlov asosida qabul qilinadi.
7. Tinglovchilarni Institutning qayta tayyorlash oʻquv kurslariga qabul qilish ushbu Nizomning 1-ilovasidagi sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Toʻlov-kontrakt asosida qayta tayyorlash qabul kvotasi umumiy bir oʻquv yiliga moʻljallangan qabul kvotasidan tashqari belgilanadi hamda bu koʻrsatkich bir oʻquv yiliga moʻljallangan qabul kvotasi umumiy sonining 50 foizidan oshmaydi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
8. Tinglovchilarning Institutdagi ishlab chiqarishdan ajralgan holda oʻqish davrida egallab turgan lavozimi va oʻrtacha oylik ish haqi saqlanadi.
9. Qayta tayyorlash oʻquv kurslariga ochiq tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar qabul qilinadi. Tinglovchilarni qabul qilish Institut direktorining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Tinglovchilarni qayta tayyorlash oʻquv kurslari bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
11. Qayta tayyorlash oʻquv kurslariga qabul qilishni tashkil etish uchun Qabul komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Komissiya aʼzolarining soni, tarkibi va uning ish reglamenti Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
12. Komissiya tinglovchilarni test sinovi va suhbat oʻtkazish yoʻli bilan qayta tayyorlash oʻquv kurslariga qabul qilishni tashkil etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Nomzodlar Komissiyaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlarining birinchi rahbarlari imzosi bilan tavsiyanoma;
Institut direktori nomiga yozilgan ariza;
soʻrovnoma, maʼlumotnoma-obyektivka (yaqin qarindoshlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan holda);
086-U shakl boʻyicha tibbiy maʼlumotnoma;
Nomzodning oliy maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplom maʼlumotlari, mehnat daftarchasining nusxasi va pasport (identifikatsiyalovchi ID-kartasi) nusxasi maʼlumotlari va fotosurati “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda olinadi.
Hujjatlarga nomzodning faoliyati davomidagi muayyan yutuqlarini (mukofotlari, ixtiro patentlari va boshqa erishgan yutuqlarini) aks ettiruvchi hujjatlar nusxalari ilova qilinishi mumkin.
Institutga oʻqishga tavsiya etishda nomzodlarning oʻziga va ularning hujjatlariga nisbatan qoʻyilgan talablarga qatʼiy rioya etish, hujjatlarning haqqoniyligi va toʻgʻriligi boʻyicha masʼuliyat tavsiya etayotgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda jamoat tashkilotlari rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Institutning qayta tayyorlash oʻquv kurslariga nomzodlar hujjatlarini qabul qilish boʻyicha eʼlon Institut va Agentlikning veb-saytlarida hamda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
15. Komissiya nomzodlarning hujjatlarini hujjatlarni qabul qilish eʼlon qilingan kundan boshlab bir oy mobaynida qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Komissiya tomonidan hujjatlar qabul qilish tugagandan soʻng, besh ish kuni mobaynida Nizomning 12-bandiga muvofiq nomzodlar hujjatlarini oʻrganadi, kirish sinovlariga ruxsat berilgan nomzodlar roʻyxatini shakllantiradi hamda Institut va Agentlikning veb-saytlarida eʼlon qiladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Institutning qayta tayyorlash oʻquv kurslariga kirish sinovlari test va suhbat shaklida oʻtkaziladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Test sinovi savollari qayta tayyorlash kursi maqsad va vazifalari asosida Institut tomonidan tuziladi.
Test sinovlarini oʻtkazish tartibi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan qayta tayyorlash kursiga qoʻyiladigan davlat taʼlim talablarida belgilanadi.
Test sinovi natijalari boʻyicha umumiy 100 balldan 55 ball va undan yuqori ball olgan nomzodlar suhbatdan oʻtishga tavsiya etiladi.
Test sinovidan oʻtganlar soni kvota boʻyicha ajratilgan tinglovchilar soniga teng yoki undan kam boʻlganda suhbat oʻtkazilmaydi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
20. Test sinovi natijalari test oʻtkazilgan kundan soʻng uch kun mobaynida eʼlon qilinadi.
21. Nomzodlar bilan suhbat Komissiya tomonidan test natijalari eʼlon qilingan kundan soʻng uch ish kuni mobaynida oʻtkaziladi.
22. Suhbat nomzodlarning boshqaruv qobiliyati, ijtimoiy va maʼnaviy-axloqiy darajasi, psixologik barqarorligi, tashkilotchiligi, yetakchiligi, vatanparvarlik xususiyatlarini va jamoa bilan ishlash koʻnikmalarini aniqlashga qaratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Suhbat ikki qismdan iborat boʻladi. Birinchi qismda nomzodning vaziyatlar tahlili, muammoning qoʻyilishi, muammoning yechimi, hayotiyligi, ijro mexanizmi va nazorati, ikkinchi qismda vatanparvarligi, yetakchiligi, rahbarlik kasbiy mahorati, tizimli fikrlashi, kreativligi va innovatsiyalar bilan samarali ishlashi baholanadi.
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-sentabrdagi 759-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2019-y., 09/19/759/3730-son)
Suhbat jarayoni har bir nomzod uchun suhbat varaqasi bilan baholanib, komissiya aʼzolari tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suhbatda eng yuqori ball — 100 ball etib belgilanadi.
(23-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-sentabrdagi 759-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2019-y., 09/19/759/3730-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(23-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-sentabrdagi 759-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2019-y., 09/19/759/3730-son)
Har bir nomzod uchun suhbatga 15 daqiqagacha vaqt ajratiladi.
Suhbat jarayoni videotasvirga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Suhbat oʻtkazilgan kundan soʻng uch ish kuni mobaynida test sinovlari va suhbat natijasi (ball) umumlashtirilib, har bir nomzodning umumiy ballari tegishli baholash varaqlarida qayd etiladi hamda Institut va Agentlikning veb-saytida eʼlon qilinadi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
25. Test sinovlari va suhbat natijalari boʻyicha eng yuqori ball olgan 60 nafar nomzodlar uch ish kuni mobaynida Komissiya qarori asosida Institut direktorining buyrugʻi bilan oʻqishga qabul qilinadi.
Qabul natijalariga koʻra nomzodlar toʻplagan ballar teng boʻlgan taqdirda, suhbat natijalariga koʻra yuqori ball toʻplagan nomzod imtiyozga ega boʻladi. Agar suhbat natijasiga koʻra bir xil ballga ega boʻlgan nomzodlar boʻlsa, ularning qoʻlga kiritgan yutuqlari eʼtiborga olinadi.
26. Institutning qayta tayyorlash oʻquv kurslariga kirish test sinovlari va suhbat natijalari yuzasidan nomzodlarning shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun Institut direktorining buyrugʻiga asosan Apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
27. Apellyatsiya komissiyasiga test sinovi hamda suhbat natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida Apellyatsiya komissiyasi raisi nomiga nomzodlar tomonidan shikoyat berilishi mumkin.
Apellyatsiya komissiyasi taqdim etilgan shikoyatlarni ular kelib tushgan kundan boshlab uch kun muddatda koʻrib chiqadi.
3-bob. Institutning malaka oshirish oʻquv kurslariga qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
28. Institutda Agentlik buyurtmasi asosida quyidagi malaka oshirish oʻquv kurslari tashkil etiladi:
(28-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlarining yosh istiqbolli kadrlari malakasini oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) boʻlimlari xodimlari malakasini oshirish.
(28-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
Oldingi tahrirga qarang.
29. Malaka oshirish oʻquv kurslariga tinglovchilarni qabul qilish Institut va Agentlik tomonidan belgilangan kvota doirasida amalga oshiriladi.
(29-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Har yil boshida Agentlik va Institutning malaka oshirish oʻquv kurslariga belgilangan kvotaga muvofiq tinglovchilar kontingentini aniqlaydi hamda Institut tomonidan yilning har choragi yakuniga qadar tinglovchilarning oʻqish yoʻnalishlari va egallab turgan lavozimiga koʻra reja — jadval tasdiqlanadi.
(29-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tashkil etiladigan malaka oshirish oʻquv kurslari bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(29-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
30. Tinglovchilarni Institutning malaka oshirish oʻquv kurslariga qabul qilish ushbu Nizomning 2-ilovasidagi sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
31. Oʻquv kurslarini tugatgan tinglovchilarga belgilangan tartibda tegishli sertifikat beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Nomzodlar Institutning malaka oshirish oʻquv kurslariga qabul qilinishi uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
ish joyidan tavsiyanoma;
Institut direktori nomiga yozilgan ariza;
soʻrovnoma, maʼlumotnoma-obyektivka (yaqin qarindoshlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan holda);
086-U shakl boʻyicha tibbiy maʼlumotnoma;
Nomzodning diplom maʼlumotlari, fotosurati va pasport (identifikatsiyalovchi ID-kartasi) nusxasi “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda olinadi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
33. Institutning malaka oshirish oʻquv kurslariga tinglovchilarni qabul qilish direktorning buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4-bob. Institutning qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv kurslariga toʻlov-kontrakt asosida qabul qilish
(4-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
34. Institutning malaka oshirish oʻquv kurslari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlarining buyurtmasiga binoan toʻlov-kontrakt shartnomasi asosida tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Toʻlov-kontrakt asosida qayta tayyorlash boʻyicha qabul ushbu nizomning 2-bobida belgilangan Institutning qayta tayyorlash oʻquv kurslariga qabul qoidalari asosida amalga oshiriladi. Komissiya tomonidan test va suhbat natijalarining umumiy balini inobatga olgan xolda toʻlov-kontrakt kvotalari doirasida nomzodlarni tinglovchilikka tavsiya etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin Institut bilan yuridik yoki jismoniy shaxslar oʻrtasida belgilangan tartibda kontraktlar rasmiylashtiriladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
35. Shartnoma shartlari, tomonlarning huquq va majburiyatlari, toʻlovlarni amalga oshirish tartibi qonun hujjatlari talablariga muvofiq belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 26-bobi.
36. Institut va nomzod (tashkilot) oʻrtasida toʻlov-kontrakt asosida oʻqish yuzasidan tegishli shartnoma tuziladi.
37. Tinglovchilarni Institutning malaka oshirish oʻquv kurslariga qabul qilish ushbu Nizomning 3-ilovasidagi sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
38. Qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv kurslari bilan bogʻliq xarajatlar Institut va nomzod (tashkilot) bilan kelishilgan holda belgilanadi va nomzod (tashkilot) tomonidan qoplanadi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
Oldingi tahrirga qarang.
39. Institutning qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv kurslariga tinglovchilar tegishli toʻlov-kontrakt shartnomasida nazarda tutilgan mablagʻni belgilangan muddatda toʻlagandan soʻng direktorning buyrugʻi bilan qabul qilinadi.
Qayta tayyorlash oʻquv kurslarini bitirgan tinglovchilarga 4-ilovada keltirilgan namunadagi diplom beriladi.
Malaka oshirish oʻquv kurslarini bitirgan tinglovchilarga 5-ilovada keltirilgan namunadagi sertifikat beriladi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
40. Mazkur Nizomda belgilangan masalalar yuzasidan nizolar qonun hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.
41. Tinglovchi Institutning oʻquv kursidan quyidagi holatlarda chetlashtirilishi mumkin:
oʻz xohishiga binoan;
salomatligi tufayli (tibbiy komissiya maʼlumotnomasi asosida);
oʻquv intizomini va Institutning ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun;
oʻqishi davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan (malaka oshirish oʻquv kurslari uchun 18 soat) ortiq qoldirganligi uchun;
darslarni oʻzlashtira olmaganligi uchun;
sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
vafot etganligi sababli.
42. Institut faoliyatini muvofiqlashtirib borish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutiga tinglovchilarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Institutning qayta tayyorlash oʻquv kurslariga qabul qilish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutiga tinglovchilarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Institutning malaka oshirish oʻquv kurslariga qabul qilish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutiga tinglovchilarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Institutning malaka oshirish oʻquv kurslariga toʻlov-kontrakt asosida qabul qilish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutiga tinglovchilarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutida tashkil etiladigan qayta tayyorlash oʻquv kurslarini bitirganlik haqida

DIPLOM NAMUNASI

Oʻzbekiston Respublikasining

Davlat gerbi tasviri

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

Qayta tayyorlash haqida

DIPLOM

QT № 000000

___________________________________________________________________________________________

(tinglovchining familiyasi, ismi, otasining ismi)

20______-yil “______”-___________________dan 20______-yil “______”-________________________gacha

___________________________________________________________________________________________

(qayta tayyorlash taʼlim muassasasining nomi)

_________________________________________________________________________________________da

_________________________________________________________________________ soatga moʻljallangan

___________________________________________________________________________________________

(qayta tayyorlash kursining nomi)

kursida taʼlim olib,

___________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________mavzusida bitiruv ishini

Yakuniy attestatsiya komissiyasida _____________________________ bahoga himoya qildi va qayta tayyorlash

oʻquv kursini muvaffaqiyatli tamomladi.

Yakuniy attestatsiya

komissiyasi raisi

______________________

Direktor

______________________

muhr oʻrni

________________

Qayd raqami

(sana)

_________________

Qayta tayyorlash haqida davlat namunasidagi diplomning
TAVSIFI
Qayta tayyorlash haqidagi diplom A4 formatli oq qogʻozda ofset usulida besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, koʻk, qizil ranglarda, fon uchun — och pushti rangda bosib chiqariladi.
Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda, eni 32 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm boʻlgan Davlat gerbi tasviri, past qismida esa — 35 mm oʻlchamli ikkita kvadrat qoʻshilishidan hosil boʻlgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning oʻrtasida muhr uchun 30 mm diametrli oq aylana joylashgan.
Varaqning qolgan qismida yuqorida lotin yozuvi bilan davlat tilida “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI. Qayta tayyorlash haqida DIPLOM” soʻzlari bosiladi. Diplom ikki lotin harfi — QT va olti raqamli sondan iborat tartib raqami bilan taʼminlangan. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och pushti rang fonda bosib chiqariladi.
Diplom:
bosib chiqarishning ikki usuli — ofset va yuqori usuli;
yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;
naqshli rastr;
har xil rangli rastrlardan foydalanish yoʻli bilan turli ranglarni tashkil etish;
maxsus qogʻozlar;
oʻzgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qoʻllangan holda oltita himoyaga ega.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutiga tinglovchilarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA

Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutida

tashkil etiladigan malaka oshirish oʻquv kurslarini bitirganlik haqida

SERTIFIKAT NAMUNASI

Oʻzbekiston Respublikasining

Davlat gerbi tasviri

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

Malaka oshirish haqida

SERTIFIKAT

MO № 000000

____________________________________________________________________________________________

(tinglovchining familiyasi, ismi, otasining ismi)

20_____-yil “_____”-___________________dan 20_____-yil “_____”-_____________________________gacha

__________________________________________________________________________________________da

(malaka oshirish taʼlim muassasasining nomi)

____________________________________________________________________________________________

jami ___________________________________________________________________________________ soatli

____________________________________________________________________________________________

(malaka oshirish kursining nomi)

boʻyicha malakasini oshirdi.

Direktor

_________________________

muhr oʻrni

_____________

Qayd raqami

(sana)

________________________

Malaka oshirish haqida davlat namunasidagi sertifikatning
TAVSIFI
Malaka oshirish haqidagi sertifikat A4 formatli oq qogʻozda ofset usulida besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, koʻk, qizil ranglarda, fon uchun — och kul rangda bosib chiqariladi.
Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda, eni 32 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm boʻlgan Davlat gerbi tasviri, past qismida esa-35mm oʻlchamli ikkita kvadrat qoʻshilishidan hosil boʻlgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning oʻrtasida muhr uchun 30 mm diametrli oq aylana joylashgan.
Varaqning qolgan qismida yuqorida lotin yozuvi bilan davlat tilida “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI. Malaka oshirish haqida SERTIFIKAT” soʻzlari bosiladi. Sertifikat ikki lotin harfi — MO va olti raqamli sondan iborat tartib raqami bilan taʼminlangan. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och kul rang fonda bosib chiqariladi.
Sertifikat:
bosib chiqarishning ikki usuli — ofset va yuqori usuli;
yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;
naqshli rastr;
har xil rangli rastrlardan foydalanish yoʻli bilan turli ranglarni tashkil etish;
maxsus qogʻozlar;
oʻzgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qoʻllangan holda oltita himoyaga ega.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qaroriga asosan 2021-yil 2-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 09/18/336/1161-son, 12.09.2019-y., 09/19/759/3730-son; 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522; 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son; 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)