Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3270-son “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 29-martdagi 8/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 3003-4, 27.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2023-y., 10/23/3003-4/0227-son)
1. Oʻzbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 24-fevral,
7/14-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 24-fevraldagi 7/14-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 29-martdagi 8/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 3003-4, 27.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2023-y., 10/23/3003-4/0227-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki hududlarda naqd pullarning zaxirasini shakllantirish hamda muomalaga chiqarilmagan naqd pullarni saqlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻyicha Bosh boshqarmalarida (bundan buyon matnda Bosh boshqarmalar deb yuritiladi) zaxira jamgʻarmalarini tashkil etadi.
2. Tijorat banklari va ularning filiallari (bundan buyon matnda banklar deb yuritiladi) mijozlarning naqd pullarga boʻlgan talabini oʻz vaqtida qondirish uchun majburiy tartibda aylanma kassalarini, shuningdek naqd pullar zaxirasini tashkil etadilar.
3. Ushbu Yoʻriqnomada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
naqd pullar — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan muomalaga kiritilgan banknotlar va tangalar;
naqd pul muomalasi — tovar va xizmatlar uchun, shuningdek aholi, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va banklar oʻrtasidagi hisob-kitoblarni amalga oshirishda banknot va tanga koʻrinishida naqd pullarning uzluksiz harakati;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 30-martdagi 6/6-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3003-2, 17.04.2019-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 10/19/3003-2/2955-son)
maksimal limit — Bosh boshqarmalar Hisob-kitob kassa markazlari (bundan buyon matnda HKKM deb yuritiladi) aylanma kassalarida kun oxirida qolishi mumkin boʻlgan naqd pul qoldigʻining eng yuqori chegarasini belgilaydigan meʼyor;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 3003-3, 15.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.06.2020-y., 10/20/3003-3/0762-son)
naqd pullarning zaxira jamgʻarmasi — tegishli hududdagi banklarni yetarli miqdorda naqd pullar bilan taʼminlash maqsadida Bosh boshqarmalarda tashkil etilgan banknotlar va tangalarning zaxirasi;
naqd pul zaxirasi — aholi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning naqd pulga boʻlgan talablarini oʻz vaqtida va toʻliq qondirilishini taʼminlash maqsadida banklarda tashkil etilgan banknot va tangalarning zaxirasi;
naqd pullar kirimi — bank kassalariga banknot va tanga koʻrinishidagi naqd pullarning tegishli hujjatlar asosida qabul qilinishi;
naqd pullar chiqimi — bank kassalaridan banknot va tanga koʻrinishidagi naqd pullarning tegishli hujjatlar asosida chiqim qilinishi;
madad pullari — banklarning aylanma kassalarini Bosh boshqarmalarning HKKM aylanma kassalaridagi, zarur hollarda zaxira jamgʻarmalaridagi naqd pullar hisobidan taʼminlash;
kassa ramzlari — bank kassalari orqali naqd pullarning kirim manbalari va chiqimi maqsadlari boʻyicha tahlil qilish, shuningdek banklararo naqd pullar harakatini aks ettirishda foydalaniladigan ramzlar toʻplami.
2-bob. Naqd pul muomalasini tashkil etish
4. Banklar naqd pul muomalasining holatini muntazam ravishda oʻrganadilar va tahlil qiladilar, shuningdek aholi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning naqd pulga boʻlgan talablari oʻz vaqtida qondirilishini taʼminlaydilar.
5. Banklar:
bank kassalarida amalga oshirilgan naqd pullarning kirim va chiqim amaliyotlarini tahlil qilishda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadigan kassa ramzlaridan foydalanadilar;
bank kassalariga kirim qilingan naqd pullarni filiallar, mijozlar va kirim manbalari boʻyicha doimiy ravishda monitoring qilib boradilar;
naqd pullar zaxirasini tashkil etadilar va zarur boʻlganda ulardan foydalanadilar;
mijozlarning naqd pulga boʻlgan talablarini amalga oshirish uchun bank kassalarida naqd pullarning yetarli miqdorda boʻlishini taʼminlash choralarini koʻradilar.
6. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar naqd pul tushumlarini bankka topshirish tartibi va muddatini hamda ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar uchun naqd pullarni bank kassasidan olish muddatini, shuningdek oʻz kassasida kun oxirida qolishi mumkin boʻlgan naqd pul qoldigʻiga limitni belgilash boʻyicha har yilning yanvar oyi mobaynida, yangi hisobvaraq ochgan mijozlar keyingi oydan kechikmasdan, mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasidagi hisob-kitob maʼlumotnomasini ikki nusxada toʻldirgan holda xizmat koʻrsatuvchi bankka taqdim etadilar.
Bank tomonidan ushbu hisob-kitob maʼlumotnomasi xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari bilan birgalikda kelishilgan holda toʻldirilgandan soʻng ushbu maʼlumotnomaning bir nusxasi xoʻjalik yurituvchi subyektga qaytariladi va ikkinchi nusxasi bankning naqd pul muomalasi boʻlimi (masʼul xodim)da har yil uchun alohida tarzda yigʻib boriladi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 30-martdagi 6/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 3003-3, 17.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 10/19/3003-2/2955-son)
Mazkur hisob-kitob maʼlumotnomasining almashinishi xoʻjalik yurituvchi subyekt va bank oʻrtasida elektron shaklda amalga oshirilishi ham mumkin.
7. Banklar naqd pul muomalasining holatini hamda bu holatni tavsiflovchi koʻrsatkichlarni tahlil qilish asosida naqd pullarning bank kassalariga kelib tushishi, aholi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning naqd pulga boʻlgan talablarini oʻz vaqtida qondirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqishlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga kiritishlari mumkin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3916, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)
8. Bosh boshqarmalar zimmasiga tegishli hududda naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish hamda banklarning bu boradagi faoliyatini monitoring qilgan holda muvofiqlashtirish va tartibga solish vazifasi yuklatiladi.
9. Bosh boshqarmalar:
tegishli hududda naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etadilar va uning samarali tarzda amalga oshirilishini taʼminlaydilar;
tegishli hududda naqd pul muomalasining holatini oʻrganadilar, banklarning kassa aylanmalarini, shuningdek naqd pul muomalasining holatini tavsiflovchi koʻrsatkichlarni jamlaydilar va tahlil qiladilar, naqd pul muomalasini tartibga solishga va banklarning faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etishga doir koʻrsatmalar beradilar;
zarur hollarda naqd pullarning bank kassalariga kelib tushishi va naqd puldagi toʻlovlarning belgilangan muddatlarda toʻlanishi boʻyicha asoslangan takliflarni tayyorlab, mahalliy davlat boshqaruvi organlari muhokamasiga kiritadilar;
tegishli hududdagi aholi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning naqd pulga boʻlgan talabi oʻz vaqtida qondirilishini taʼminlash maqsadida banklar oʻrtasida naqd pullarni qayta taqsimlaydilar.
3-bob. Bosh boshqarmalar HKKM aylanma kassalaridagi naqd pul qoldiqlariga limitlar belgilash va ularga rioya etilishini nazorat qilish
(3-bob nomi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 3003-3, 15.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.06.2020-y., 10/20/3003-3/0762-son)
10. Oʻzbekiston Respublikasi hududida Bosh boshqarmalar HKKM aylanma kassalariga naqd pullar qoldiqlari boʻyicha limitlar belgilanishi shart.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 3003-3, 15.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.06.2020-y., 10/20/3003-3/0762-son)
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/11-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3003-3, 15.06.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.06.2020-y., 10/20/3003-3/0762-son)
12. Bosh boshqarmalar HKKM aylanma kassalaridagi naqd pullar qoldigʻiga limitlar — Markaziy bank tomonidan, har bir hududning oʻziga xos xususiyatlari inobatga olingan holda belgilanadi va lozim boʻlgan taqdirda oʻzgartiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 3003-3, 15.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.06.2020-y., 10/20/3003-3/0762-son)
13. Bosh boshqarmalar HKKM aylanma kassalaridagi limitdan ortiqcha pullar naqd pullar zaxira jamgʻarmalariga shu kuni oʻtkazilishi shart.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 3003-3, 15.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.06.2020-y., 10/20/3003-3/0762-son)
14. Bosh boshqarmalar HKKM aylanma kassalaridagi naqd pul qoldiqlariga limitlar oʻrnatish, ularni oʻzgartirish va unga rioya etilishiga doir barcha yozishma, topshiriq va koʻrsatmalar faqat “Xizmat doirasida foydalanish uchun” ustxati qoʻyilgan holda va ushbu hujjatlar bilan ishlash qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 3003-3, 15.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.06.2020-y., 10/20/3003-3/0762-son)
15. Bosh boshqarmalar HKKM aylanma kassalaridagi naqd pullar qoldiqlariga belgilangan limitlarga rioya etilishi Markaziy bankning Naqd pul muomalasini tashkil etish departamenti va Bosh boshqarmalar tomonidan balans maʼlumotlari asosida monitoring qilib boriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 3003-3, 15.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.06.2020-y., 10/20/3003-3/0762-son)
16. Bosh boshqarmalar HKKM aylanma kassalaridagi naqd pul qoldiqlariga oʻrnatilgan limitlarga doir maʼlumotlarni toʻplash, umumlashtirish va ulardan foydalanish “Xizmat doirasida foydalanish uchun” ustxati qoʻyilgan va ushbu hujjatlar bilan ishlash qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 3003-3, 15.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.06.2020-y., 10/20/3003-3/0762-son)
4-bob. Xoʻjalik yurituvchi subyekt kassasidagi naqd pullar qoldigʻiga limit oʻrnatish va naqd pul tushumlarini bank kassalariga topshirish
17. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻz kassalarida kassadagi naqd pul qoldiqlari limiti doirasida naqd pullarga ega boʻlishlari mumkin. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar kassasidagi naqd pullar qoldigʻiga limit oʻrnatish tartibi faqat banklarda oʻzining alohida depozit hisobvaragʻiga, shuningdek kassasiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga taalluqlidir.
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar kassasidagi naqd pullar qoldigʻiga limit har yili mijozning bankka taqdim etgan mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasidagi hisob-kitob maʼlumotnomasiga asosan banklar tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan kelishilgan holda, naqd pul aylanmasi va ularning ishlash sharoitini hisobga olgan holda oʻrnatiladi.
18. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar kassasidagi naqd pullar qoldigʻiga limitlar quyidagi tartibda belgilanadi:
doimiy naqd pul tushumiga ega va tushum pullarini har ish kuni oxirida bankka topshirishi lozim boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun — keyingi ish kuni ertalab oʻz faoliyatini belgilangan tartibda davom ettirishlari uchun zarur boʻlgan miqdorda (bank kassasiga kirim qilish uchun topshirilgandan soʻng kassaga kirim qilingan naqd pullar oʻrnatilgan limitga kiritilmaydi);
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 15-dekabrdagi 39/20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3003-1, 28.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/3003-1/2391-son)
naqd pul tushumlarini keyingi ish kunida bankka topshirishi lozim boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun — oʻrtacha bir kunlik naqd pul tushumidan ortiq boʻlmagan miqdorda;
naqd pul tushumlarini bir necha kunda bir marta topshirish huquqiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun — bir kunlik oʻrtacha tushum summasi va uni bankka topshirishi boʻyicha belgilangan muddatni inobatga olgan holda;
doimiy naqd pul tushumiga ega boʻlmagan xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun — oʻrtacha kunlik naqd pul xarajatlari doirasida (ish haqi, vaqtinchalik ishga layoqatsizlik boʻyicha nafaqa, mukofot puli, stipendiya va boshqa ijtimoiy toʻlovlar uchun xarajatlardan tashqari).
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tayyorlovchi va qayta ishlovchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar kassalaridagi naqd pullar qoldigʻiga oʻrnatilgan limitga aholidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish maqsadida bankdan olingan naqd pullar kiritilmaydi.
19. Mustaqil balansga va bankda alohida depozit hisobvaragʻiga ega boʻlmagan boʻlinmalarni oʻz ichiga oluvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar kassasi qoldigʻiga limit oʻrnatishda ushbu tarkibiy boʻlinmalar kassasidagi qoldiqlar ham inobatga olinishi lozim.
Bunday xoʻjalik yurituvchi subyektlarga oʻrnatilgan kassa qoldigʻi limiti uning tarkibiy boʻlinmalariga ushbu xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbarining buyrugʻiga asosan yetkaziladi.
20. Xoʻjalik yurituvchi subyekt joylashgan hududdan tashqarida faoliyat yurituvchi alohida balansga va depozit hisobvaragʻiga ega boʻlgan vakolatxonalari, filiallari va boshqa alohida boʻlinmalari kassalaridagi naqd pullar qoldiqlariga limit ushbu tarkibiy boʻlinmalarning tegishli depozit hisobvaraqlariga xizmat koʻrsatuvchi banklar tomonidan belgilanadi.
Xoʻjalik yurituvchi subyektni banklarda bir nechta depozit hisobvaraqlari mavjud boʻlgan taqdirda, uning kassasidagi naqd pullar qoldigʻiga limit xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan oʻrnatiladi. Shundan soʻng, xoʻjalik yurituvchi subyekt kassasidagi naqd pullar qoldigʻiga limit belgilanganligi toʻgʻrisidagi xabarnomani uning boshqa depozit hisobvaraqlari ochilgan banklarga joʻnatadi.
21. Mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasidagi hisob-kitob maʼlumotnomasini bankka taqdim etmagan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning kassa qoldigʻi limiti “nolga teng” va bankka topshirilmagan naqd pullari “limitdan ortiqcha naqd pullar” deb hisoblanadi.
22. Zarur hollarda xoʻjalik yurituvchi subyekt kassasidagi naqd pullar qoldigʻiga oʻrnatilgan limit summasi yil davomida qayta koʻrib chiqilishi mumkin. Kassa aylanmalari summasi katta boʻlmagan, savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlari kassasida kun oxirida qoladigan naqd pullar limiti bunday xoʻjalik yurituvchi subyektlar rahbarlarining roziligi bilan bank tomonidan 2 yilga tasdiqlanishi mumkin.
23. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻz kassalarida naqd pullarni belgilangan limitlardan ortiqcha miqdorda faqat oʻz xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan (nafaqa, pensiya, stipendiya va boshqa ijtimoiy) toʻlovlarni toʻlash uchun bankdan olingan kunni qoʻshib hisoblagan holda, 3 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddat mobaynida saqlash huquqiga ega. Ushbu muddat tugagach, bankdan olingan va belgilangan maqsad uchun ishlatilmagan naqd pullar bank kassalariga qaytarilishi lozim.
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarga kutilayotgan kelgusi xarajatlar uchun belgilangan limitdan ortiq naqd pullarni oʻz kassalarida yigʻib, toʻplab turishga ruxsat etilmaydi.
24. Kun oxirida xoʻjalik yurituvchi subyektlar kassalaridagi naqd pullar qoldigʻi xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan oʻrnatilgan limitdan oshmasligi lozim. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar kassasidagi naqd pullar qoldigʻining limitdan ortiqcha qismi, banklardagi oʻz depozit hisobvaragʻiga kirim qilish uchun topshirilishi shart.
25. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar naqd pul tushumlarini banklardagi depozit hisobvaraqlariga kirim qilish uchun:
bankning aylanma kassasiga va bank xizmatlari ofislari kassalariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda;
(25-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
bankka topshirish uchun inkassatorlarga;
keyinchalik inkassatorlar orqali bankka topshirish uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlar huzuridagi birlashgan kassalarga topshirishlari mumkin.
26. Naqd pul tushumlarini topshirish muddatlari va tartiblari banklar tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari bilan kelishilgan holda mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasidagi mijozning hisob-kitob maʼlumotnomasi asosida belgilanadi.
27. Banklar xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan naqd pul tushumlarining oʻz vaqtida topshirilishini doimiy ravishda monitoring qilib boradilar.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 15-dekabrdagi 39/20-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3003-1, 28.12.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/3003-1/2391-son)
29. Bankning naqd pul muomalasi boʻlimi (masʼul xodim) naqd pul tushumiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan naqd pul tushumlarini inkassatsiya xizmatiga yoki topshirishning boshqa usullari orqali bank kassasiga topshirmaganligining sababini oʻrganib boradi.
5-bob. Bank kassalaridan mijozlarga naqd pul berilishini tashkil etish
30. Aholiga va barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlarga bank kassalaridan naqd pullarni berish, ularning bankdagi depozit hisobvaraqlaridagi mablagʻlari doirasida, kassa hujjatlarida koʻrsatilgan maqsadlar uchun amalga oshiriladi.
Qonunchilikda belgilangan hollarda aholiga va xoʻjalik yurituvchi subyektlarga ularning bankdagi ssuda hisobvaraqlaridan naqd pullar berilishi mumkin.
Banklar aholiga va xoʻjalik yurituvchi subyektlarga naqd pullarni ularning birinchi talabi boʻyicha uzluksiz tarzda chiqim qilib berilishini taʼminlaydilar.
Bunda, bank kassalaridan mijozlarga naqd pullarni chiqim qilish ustuvor ravishda ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, pensiya, nafaqa, stipendiya, xizmat safari xarajatlari uchun, shuningdek aholi omonatlarini qaytarish va unga hisoblangan foizlarni toʻlash uchun amalga oshiriladi.
31. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, shu jumladan budjet tashkilotlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan, boshqa ijtimoiy toʻlovlar, stipendiyalar uchun naqd pullarni, ularning jamoa shartnomalari yoki boshqa lokal meʼyoriy hujjatlariga asosan hamda xizmat koʻrsatuvchi bank bilan kelishilgan muddatlarda, bank kassalaridan olgan holda toʻlaydilar.
32. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarga ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar uchun bank kassalaridan naqd pullarni berish muddatlarini kelishish vaqtida banklar tomonidan oydagi barcha kunlarga naqd pullarni oluvchi mijozlarni (ular bank kassasidan oladigan naqd pullar summalarini) imkon qadar bir tekisda taqsimlash zarurligi hisobga olinishi lozim.
33. Banklar naqd pullar zaxirasini tartibga solish hamda mijozlarning naqd pulga boʻlgan talablari oʻz vaqtida va toʻliq qondirilishiga erishish uchun har oyda mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasiga muvofiq “Ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarga bank kassalaridan naqd pullarni berish kalendari”ni tuzadilar.
Kalendarda xoʻjalik yurituvchi subyektlarga naqd pullarni berishning kelishilgan muddatlari va beriladigan naqd pullarning aniq miqdori oyma-oy qoʻyib boriladi.
Bunda, oydagi barcha kunlar, shu jumladan ish kunidan tashqari kunlar (dam olish va bayram kunlari) boʻyicha ham ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar imkon qadar teng taqsimlab chiqilishi lozim.
“Ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarga bank kassalaridan naqd pullarni berish kalendari”ga bank kassasidan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar uchun beriladigan naqd pullarning barcha summasi kiritiladi. Kalendarga xoʻjalik yurituvchi subyektlar xodimlariga pochta aloqa korxonalari orqali, shuningdek banklardagi jismoniy shaxslarning omonat yoki bank plastik karta hisobvaraqlariga pul mablagʻlarini naqd pulsiz hisob-kitoblar orqali oʻtkaziladigan toʻlovlarning summalari kiritilmaydi.
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarga ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlash uchun naqd pullar bank kassasiga naqd pul tushumi holatidan kelib chiqib kalendarda belgilangan muddatdan oldin berilishi mumkin.
34. Bosh boshqarmalarning HKKM qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan mijozlariga naqd pullar ular bilan kelishilgan muddatda hamda tegishli toʻlov hujjati asosida beriladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
35. Ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, ijtimoiy toʻlovlar, stipendiyalarni toʻlash muddatlari dam olish yoki bayram kunlariga toʻgʻri kelib qolganida ushbu toʻlovlarni toʻlash uchun banklar tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga bir kun oldin naqd pullar beriladi.
Xoʻjalik yurituvchi subyekt oʻz xodimlari bilan mehnat shartnomasini bekor qilayotganida yoki ularning xodimlari mehnat taʼtiliga chiqayotganida, shtatdan (roʻyxatdan) tashqari xodimlar bilan hisob-kitoblar amalga oshirilayotganida, shuningdek xizmat safari uchun xarajatlar banklar tomonidan ushbu xoʻjalik yurituvchi subyektlarga naqd pullar kalendarda belgilab qoʻyilgan muddatlardan qatʼi nazar beriladi.
36. Bosh boshqarmalar tegishli hududda ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy toʻlovlar toʻlanishi ahvolini doimiy ravishda tahlil qilib, banklar tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning depozit hisobvaraqlaridagi ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy toʻlovlar uchun zarur boʻlgan mablagʻlar doirasida oʻz vaqtida naqd pul bilan taʼminlanishini monitoring qilib boradilar.
37. Amalga oshirilgan monitoring natijasida banklar tomonidan ish haqi va ijtimoiy toʻlovlarni naqd pullar bilan taʼminlashda kechikish yoki uzilishlar mavjudligi aniqlansa, Bosh boshqarmalar belgilangan tartibda tegishli hududdagi banklar bilan birgalikda naqd pullarni qayta taqsimlash, shuningdek Bosh boshqarmalardan banklarga madad pullarini ajratish choralarini koʻradilar.
6-bob. Bosh boshqarmalar tomonidan banklarni naqd pullar bilan taʼminlash
38. Banklar tomonidan naqd pullarni mijozlarga berish, birinchi navbatda banklarning aylanma kassasidagi naqd pullar, shuningdek naqd pullar zaxirasi hisobidan amalga oshiriladi.
Banklar mijozlarining naqd pullarga boʻlgan talablarini oʻz kassalarida mavjud boʻlgan va barcha manbalardan tushishi kutilayotgan tushumlari hisobidan qondirish choralarini koʻrishlari lozim.
Banklar mijozlarining naqd pullarga boʻlgan talabini qondirish uchun har kuni naqd pullar aylanmasini, jumladan kassadagi naqd pullar, shuningdek naqd pullar zaxirasining kun davomida tushishi kutilayotgan naqd pul tushumlari naqd puldagi xarajatlarni amalga oshirish uchun yetarliligini tahlil qilib boradilar.
39. Agarda, bank kassasidagi naqd pullar qoldigʻi va oʻzining kunlik naqd pul tushumlari kun davomida amalga oshirilishi lozim boʻlgan naqd puldagi chiqimlarni qoplashga yetarli emasligi aniqlansa, u holda bank oʻz aylanma kassasiga madad pullarini olish uchun oldindan Bosh boshqarmalarga mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasiga muvofiq buyurtma beradi.
40. Bosh boshqarmalar:
tegishli hududdagi banklardan madad puli olish boʻyicha kelib tushgan buyurtmalarni oʻrganib, tahlil qilib chiqadi;
bank aylanma kassasiga talab qilinayotgan madad pullari summasi va aylanma kassalarni naqd pullar bilan taʼminlashga ruxsat berishni hisobga olish uchun 4-ilovada keltirilgan qaydnomadan foydalaniladi (ushbu qaydnoma asosida banklarga madad pullarini yetkazish uchun tegishli farmoyish tayyorlanadi);
tegishli hududdagi banklar oʻrtasida naqd pullarni qayta taqsimlash yoki Bosh boshqarmalar HKKM aylanma kassasidagi naqd pullar hisobidan tijorat banklarining naqd pulga boʻlgan talablarini qondirish boʻyicha tezkor choralarni koʻradi.
41. Banklar aylanma kassalarini naqd pullar bilan taʼminlash banklarning vakillik hisobvaragʻidagi mablagʻlar doirasida, zarur hollarda Bosh boshqarmalarning HKKM zaxira jamgʻarmalaridagi naqd pullardan foydalangan holda, cheklanmagan miqdorda amalga oshiriladi.
42. Bosh boshqarmalar oʻzining HKKMdagi aylanma kassasini zarur hollarda Markaziy bankning zaxira jamgʻarmasidagi naqd pullar bilan toʻldirishga ruxsat soʻrab, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga maxsus dastur orqali telegramma bilan buyurtma beradi.
Mazkur telegramma Bosh boshqarma boshligʻi tomonidan imzolanib, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Naqd pul muomalasini tashkil etish departamentiga yuboriladi.
Bosh boshqarmalarning HKKM aylanma kassasini Markaziy bankning zaxira jamgʻarmasidagi naqd pullar bilan taʼminlashga ruxsat berilishini soʻrab joʻnatilgan telegrammada quyidagilar koʻrsatiladi:
dastlabki uchta belgi Bosh boshqarmaning aylanma kassasiga naqd pul berish haqida oxirgi marta olingan ruxsatnoma raqamining oxirgi uchta raqamiga, oxirgi ikkita raqami esa telegrammaning tartib raqamiga muvofiq beshta belgidan iborat nazorat raqami (telegrammalarga har yili yangilanadigan tartib raqamlari qoʻyiladi);
aylanma kassani zaxira jamgʻarmasidagi naqd pullar bilan taʼminlashga ruxsat soʻrab berilgan buyurtma (kodli soʻz bilan);
aylanma kassani taʼminlash uchun zarur boʻlgan naqd pul summasi (kodli soʻz bilan).
43. Bosh boshqarmalarning HKKM aylanma kassasini naqd pullar bilan taʼminlashga ruxsat soʻrash tegishli hududdagi tijorat banklaridan kelib tushgan buyurtmalar ham hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
44. Bosh boshqarmalarning HKKM aylanma kassasini Markaziy bankning zaxira jamgʻarmasidagi naqd pul bilan taʼminlash boʻyicha ruxsatnoma buyruq asosida Markaziy bankning zaxira jamgʻarmalarini tasarruf etish vakolati berilgan Markaziy bank Raisining oʻrinbosari tomonidan imzolanadi va maxsus dastur orqali yuboriladi.
45. Bosh boshqarmalarning HKKM aylanma kassasidan banklarning aylanma kassalariga madad pullarini yetkazib berish, Bosh boshqarmalar farmoyishiga asosan, inkassatsiya xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
46. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Naqd pul muomalasini tashkil etish departamenti Bosh boshqarmalarning HKKM aylanma kassasini madad pullari bilan taʼminlash boʻyicha olingan buyurtmalar va berilgan ruxsatnomalar hisob-kitoblarini yuritadilar.
Bosh boshqarmalarning HKKM aylanma kassasini naqd pullar bilan taʼminlash uchun soʻralayotgan buyurtmalar va berilayotgan ruxsatnomalar hisobini yuritish uchun mazkur Yoʻriqnomaning 5-ilovasiga muvofiq qaydnomadan foydalaniladi.
7-bob. Bosh boshqarmalar tomonidan tegishli hududdagi banklar oʻrtasida naqd pullarni qayta taqsimlash
47. Tegishli hududdagi banklarning naqd pulga boʻlgan talablarini oʻz vaqtida qondirish maqsadida naqd pullarning banklar oʻrtasida qayta taqsimlanishi Bosh boshqarmalar tomonidan amalga oshiriladi.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/11-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3003-3, 15.06.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.06.2020-y., 10/20/3003-3/0762-son)
49. Banklarning 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” va 10111 — “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar” hisobvaragʻidagi qoldiqlardan kelib chiqqan holda Bosh boshqarmalarning tegishli farmoyishlariga asosan ehtiyojidan ortiqcha naqd pullar HKKMga yoki naqd pul soʻrab buyurtma bergan banklarga joʻnatiladi.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 3003-3, 15.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.06.2020-y., 10/20/3003-3/0762-son)
50. Banklardan naqd pullarni Bosh boshqarmalarning HKKM aylanma kassasiga olib kelish yoki qayta taqsimlash hisobiga boshqa banklarga yetkazib berish Bosh boshqarmalar farmoyishiga asosan, inkassatsiya xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda, banklar oʻrtasida Markaziy bankning “Naqd pullarning elektron maydoni” dasturiy majmuasi orqali naqd pullarni yetkazib berish boʻyicha kelishuv amalga oshirilgan hollarda naqd pullarni tashish uchun Bosh boshqarmalar tomonidan farmoyish chiqarilishi talab etilmaydi.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 29-martdagi 8/6-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3003-4, 27.04.2023-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2023-y., 10/23/3003-4/0227-son)
51. Mazkur Yoʻriqnoma talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan loyihalashtirildi
Bank tomonidan oʻrnatildi*
20__ yil amalda
20__ yil uchun loyiha
I. Kassa qoldigʻiga limit oʻrnatish tartibi
1. Oʻtgan yili bank kassasiga topshirilgan naqd pullar summasi
Shu jumladan:
1.1. Oʻrtacha bir oyda topshirilgan summa (1./12 oyga)
1.2. Oʻrtacha bir kunda topshirilgan summa (1.1./ish kunlariga)
2. Oʻtgan yil davomida xoʻjalik yurituvchi subyekti kassasidan qilingan xarajatlar summasi
Shu jumladan:
2.1. Oʻrtacha bir oylik xarajatlar summasi (2/12 oyga)
2.2. Oʻrtacha bir kunlik xarajatlar summasi (2.1./ish kunlariga)
3. Xoʻjalik yurituvchi subyekti kassasidagi naqd pullar qoldiq limiti
II. Naqd pullarni topshirish tartibi va muddatlari
1. Naqd puldagi tushumlarni topshirish tartibi
2. Naqd puldagi tushumlarni topshirish muddatlari
III. Naqd pulda toʻlanadigan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar
1. Naqd pulda toʻlanadigan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni amalga oshirish sanasi
Shu jumladan:
1.1. Avans
1.2. Oylik
1.3. Boshqalar
* banklar tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan kelishilgan holda kassaga naqd pullar qoldigʻi limiti, naqd pul tushumini topshirish tartibi, muddati va naqd pulda ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni amalga oshirish sanasi qatori toʻldiriladi.
Xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari
(imzo)
F.I.O.
Bosh (katta) buxgalter yoki uning
majburiyatlarini bajaruvchi shaxs
(imzo)
F.I.O.
Bank rahbari
(imzo)
F.I.O.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 30-martdagi 6/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 3003-3, 17.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 10/19/3003-2/2955-son)
Oʻzbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 2-ILOVA
Ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarga bank kassalaridan naqd pullarni berish kalendari
viloyati boʻyicha Bosh boshqarmasi boshligʻi _________________(imzo)
________________ viloyati (respublikasi, shahri) boʻyicha bank aylanma kassalarini naqd pul bilan taʼminlash QAYDNOMASI 20__ yil “___” ___________ uchun
mln soʻm
t/r
Banklar nomi
Naqd pul soʻrab berilgan buyurtmaning sanasi
Soʻralayotgan naqd pul summasi
Naqd pul olishga ruxsat berildi
Hisob-kitob kassa markazining aylanma kassalaridagi naqd pullar hisobidan
Hududda naqd pullarni qayta taqsimlash hisobidan
Markaziy bankning Zaxira fondidan
Summa
Summa
Summa
1
2
3
4
5
6
7
Naqd pul muomalasini tashkil etish boshqarmasi boshligʻi
(imzo)
F.I.O.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 30-martdagi 6/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 3003-3, 17.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 10/19/3003-2/2955-son)
Oʻzbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 5-ILOVA
Ruxsat berilgan madad pulining umumiy summasi _______________________________ (mln. soʻm) Markaziy bank Raisi oʻrinbosari ______________________________ imzo
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha Bosh boshqarmalari Hisob-kitob kassa markazi aylanma kassasini naqd pul bilan taʼminlash QAYDNOMASI 20 ____ yil “____”___________uchun
(mln. soʻm)
N t/r
Bosh Boshqarma nomi
Naqd pul soʻrab berilgan telegrammalar sanasi
Soʻralayotgan naqd pul summasi
Bosh boshqarma tomonidan joʻnatilgan telegrammalar- ning raqami
Naqd pul olishga ruxsat berildi
kalit
summasi
Ruxsatnoma raqami
1
2
3
4
5
6
7
8
Naqd pul muomalasini tashkil etish departamenti direktori
(imzo)
F.I.O.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2018-y., 10/18/3003/1140-son, 28.12.2018-y., 10/18/3003-1/2391-son, 17.04.2019-y., 10/19/3003-2/2955-son; 15.06.2020-y., 10/20/3003-3/0762-son; 15.06.2020-y., 10/20/3003-3/0762-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 28.04.2023-y., 10/23/3003-4/0227-son; 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)