Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 31.07.2017
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDA GEODEZIYA VA KARTOGRAFIYA BOShQARMASINI TAShKIL ETISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 529-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi hamda Er munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to‘g‘risida” Qonunining 8-moddasiga asoslanib, respublika xalq xo‘jaligini topografiya-geodeziya materiallari, kartografiya mashg‘ulotlari bilan ta’minlash va davlat kadastri asoslarini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Geodeziya va kartografiya boshqarmasi tashkil etilsin.
Geodeziya va kartografiya boshqarmasi apparati xodimlari soni 10 nafardan iborat qilib va ish haqi fondi 107 ming so‘m miqdorida belgilansin.
Geodeziya va kartografiya boshqarmasiga quyidagi asosiy masalalarni hal qilish yuklatilsin:
O‘zbekiston Respublikasi hududida topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarini istiqbolli rivojlantirish konsepsiyalarini ishlab chiqish;
korxona va tashkilotlarni, ular kimning tasarrufida ekanligi va mulkiy egaligidan qat’i nazar, yuqorida qayd etilgan ishlarni olib borishi ustidan geodezik nazoratni amalga oshirish;
geodeziya, astronomiya, gravimetriya ishlarini bir koordinat tizimida bajarish hamda respublika hududida, aholi yashaydigan punktlar va dengiz shelf zonasi bilan birgalikda har qanday masshtabdagi topografik suratga olish ishlarini va kartografik monitoringni olib borish.
2. Geodeziya va kartografiya boshqarmasining ixtiyoriga sobiq SSSR geodeziya va kartografiya qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan va ilovada qayd etilgan korxona, tashkilotlari olib berilsin.
3. Geodeziya va kartografiya boshqarmasi bir oy muddat ichida Boshqarma faoliyatiga tegishli masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot qo‘mitasi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 16-yanvar,
19-son
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 16-yanvardagi 19-son qaroriga
ILOVA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI GEODEZIYA VA KARTOGRAFIYA BOShQARMASINING TARKIBIGA KIRUVChI KORXONA VA TAShKILOTLARNING RO‘YXATI
O‘zbekiston aerogeodeziya korxonasi, Toshkent shahri
“Tabiat” (“Priroda”) davlat ilmiy-tekshirish va ishlab chiqarish markazining O‘zbekiston tarmog‘i, Toshkent shahri
O‘zbekiston davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi, Toshkent shahri
Toshkent kartografiya fabrikasi