Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.09.2024
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARINI OʻZ KUCHINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASH TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston SSJ Prezidentining “Oʻzbekiston SSJ Fanlar akademiyasining maqomi toʻgʻrisida”gi Farmonini bajarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1991-yil 21-iyundagi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari ilova qilinayotgan roʻyxatga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi oʻrinbosari I. JOʻRABEKOV
Toshkent sh.,
1992-yil 15-yanvar,
16-son
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 15-yanvardagi 16-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING OʻZ KUCHINI YOʻQOTGAN QARORLARI ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirishni va respublika fanlar akademiyasiga yordam koʻrsatishni yaxshilash choralari toʻgʻrisida” 1962-yil 25-apreldagi 294-son qarori.
2. KPSS Markaziy Komiteti va SSSR Ministrlar Sovetining “SSSR Fanlar akademiyasi va ittifoqdosh respublikalar fanlar akademiyalarining faoliyatlarini yaxshilashga oid choralar toʻgʻrisida” 1963-yil 11-apreldagi 436-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1963-yil 25-maydagi 294-son qarori (OʻzSSR QT, 1963-yil, 4-son, 24-modda).
3. Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Ilmiy tashkilotlar ishining samaraliligini oshirishga hamda fan va texnika yutuqlaridan xalq xoʻjaligida foydalanishni tezlashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1969-yil 3-fevraldagi 59-son qarori (OʻzSSR QT, 1969-yil, 2-son, 10-modda).
4. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasining ilmiy tadqiqotlarini yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha choralar toʻgʻrisida” 1972-yil 30-iyundagi 270-son qarori.
5. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi Botanika bogʻining ishi toʻgʻrisida” 1977-yil 27-dekabrdagi 824-son qarori.
6. Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutiga yordam koʻrsatishga oid choralar toʻgʻrisida” 1978-yil 11-iyundagi 344-son qarorining 10-14-bandlari.
7. KPSS Markaziy Komiteti va SSSR Ministrlar Sovetining “Xalq xoʻjaligida fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishga oid choralar toʻgʻrisida” 1983-yil 18-avgustdagi 814-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1983-yil 19-sentabrdagi 542-son qarorining 2 va 3-bandlari.
8. KPSS Markaziy Komiteti va SSSR Ministrlar Sovetining “Qoraqalpogʻiston ASSRni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishni jadallashtirishga oid choralar toʻgʻrisida” 1986-yil 17-martdagi 340-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston Kompartiyasi Markazni Komiteti va Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1986-yil 15-apreldagi 200-son qarorining 5-bandi.
9. KPSS Markaziy Komiteti va SSSR Ministrlar Sovetining “Mahsulot sifatini tubdan yaxshilashga oid choralar toʻgʻrisida” 1986-yil 12-maydagi 540-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1986-yil 6-avgustdagi 389-son qarorining 6-bandi.
10. KPSS Markaziy Komiteti va SSSR Ministrlar Sovetining “Fan-texnika taraqqiyoti jarayonini jadallashtirishda, mutaxassislar tayyorlash sifatini yaxshilashda oliy oʻquv yurti ismining rolini oshirish toʻgʻrisida” 1987-yil 13-martdagi 326-son qarorini bajarish yuzasidan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1987-yil 4-iyuldagi 279-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining tadbirlari planining 7-bandi.
11. KPSS Markaziy Komiteti va SSSR Ministrlar Sovetining “Metalloyemkost”ning milliy daromadi metall sarfini pasaytirishning uzoq muddatli kompleks programmasi toʻgʻrisida” 1987-yil 23-iyundagi 859-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1987-yil 7-dekabrdagi 496-son qarorining 8-bandi.
12. KPSS Markaziy Komitetining (1988-yil) fevral Plenumi va Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti X Plenumining qarorlari asosida oʻrta va oliy maktabni qayta koʻrishning asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirish yuzasidan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1988-yil 28-sentabrdagi 374-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining Kompleks tadbirlar planining 4-bandi.
13. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasining Ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1989-yil 30-maydagi 180-son qarori (OʻzSSR QT, 1989-yil, 5-son, 14-modda).
14. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi Prezidiumi apparatining tashkiliy tuzilishi toʻgʻrisida” 1989-yil 30-martdagi 124-son qarori.