O‘zbekiston Respublikasining qonuni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTISHLAR VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilsin:
I. O‘zbekiston Respublikasi 1990-yil 31-oktabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1990-yil, № 31-32, 371-modda, 1993-yil, № 5, 235-modda; 1994-yil, № 11-12, 285-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda) 7-moddasining 5-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Toshuyjoyjamg‘armabank”ning egasi ko‘rsatilgan obligatsiyalariga ega bo‘lgan shaxs imtiyozli kreditni to‘liq uzsa yoki sotib olinayotgan kvartira qiymatini to‘liq to‘lasa, ana shu kvartiraning huquqini qo‘lga kiritadi”;
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishli ravishda uchinchi va to‘rtinchi qismlari deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(II bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-sonli Qonuniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(III bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-sonli Qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi,1997-y., 4-5-songa ilova)
Oldingi tahrirga qarang.
(IV bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2002-yil 12-dekabrdagi 437-II-sonli Qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 12-son, 218-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(V bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-138-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
VI. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 29-modda, № 6, 266-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 145-modda) 39-moddasining birinchi qismi uchinchi xat boshisidagi “viloyatlar xo‘jalik sudlarining” degan so‘zlar “viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(VII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyuldagi O‘RQ-163-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 29-30-son, 278-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(VIII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyuldagi O‘RQ-703-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 03/21/703/0723-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(IX bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 30-avgustdagi 479-I-sonli Qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 235-modda)
X. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda):
1) 48-modasining ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
2) 50-modasining to‘rtinchi va beshinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan erkaklarga nisbatan:
a) ehtiyotsizlik oqibatida uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni manzil-koloniyalarda;
b) qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan va og‘ir jinoyat sodir etganligi uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni umumiy tartibdagi koloniyalarda;
v) o‘ta og‘ir jinoyati uchun hukm qilinayotgan yoxud ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tab chiqib, qasddan yangi sodir etgan jinoyati uchun hukm qilinayotgan shaxslarga nisbatan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda;
g) o‘ta xavfli retsidivistlarga nisbatan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘tash tayinlanadi. Afv etilib, o‘lim jazosi ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar ham jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘taydilar.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan ayollarga nisbatan:
a) o‘ta og‘ir jinoyat uchun va o‘ta xavfli retsidivist deb topilganlarga jazoni qattiq tartibli koloniyalarda;
b) ehtiyotsizlik oqibatida uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlarga jazoni manzil-koloniyalarda;
v) boshqa jinoyatlar uchun jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash tayinlanadi”.
3) 72-moddasining yettinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Shartli jazo belgilash tartibi o‘ta og‘ir jinoyati uchun hukm qilinganlarga, shuningdek ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar, birinchi va ikkinchi guruh nogironlari, ayollar, shuningdek oltmish yoshdan oshgan shaxslar bundan mustasno”;
4) 80-moddasi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Agar jazoni o‘tab chiqqan shaxs sudlanganlik holatining muddati tugamay, yana jinoyat sodir etsa, sudlanganlik holatini tugatuvchi muddatning o‘tishi to‘xtatiladi. Ilgari sodir etilgan jinoyat uchun sudlanganlik holatining tugash muddati oxirgi sodir etilgan jinoyat uchun (asosiy va qo‘shimcha) jazoni amalda o‘tab bo‘lganidan boshlab hisoblanadi”;
5) 82-moddasining birinchi qismidan birinchi gap chiqarib tashlansin;
6) 83-moddasining birinchi qismidan “o‘n olti yoshga to‘lgan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
7) 84-moddasidan “hukm chiqarilgan paytdan o‘n olti yoshga to‘lgan shaxslarga nisbatan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
uchinchi qismi jazo bandidagi “sakkiz yilgacha” degan so‘zlar “o‘n yilgacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismi jazo bandidagi “sakkiz yildan” degan so‘zlar “o‘n yildan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 248-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tegishli ruxsatnomasiz o‘qotar qurol, shuningdek o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalari tayyorlash, olish, olib yurish, saqlash, olib o‘tish yoki jo‘natish —
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘qotar qurolni, o‘q-dorilarni, portlovchi moddalarni yoki portlash qurilmalarini o‘tkazish, —
mol-mulk musodara qilinib, o‘n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan buyumlarni o‘z ixtiyori bilan topshirgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi”.
XI. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda):
1) 38-moddasining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish tizimini boshqarish organlarining boshliqlari, qamoq tarzidagi jazoni ijro etish muassasalarining, jazo ijro etish koloniyalari, tarbiya koloniyalari, tergov izolyatorlari hamda turmalarning boshliqlari — shu muassasalar xodimlari xizmatni o‘tashning belgilangan tartibiga qarshi qilgan jinoyatlarga doir ishlar, xuddi shuningdek mazkur muassasalar hududida sodir etilgan boshqa jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha”;
2) 243-moddasining birinchi qismidagi “ushlab turilgan” degan so‘zlardan keyin qo‘yilgan vergul olib tashlansin;
3) 244-moddasi quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Boshqa tumanda (shaharda) saqlanayotgan mahkum prokurorning qaroriga binoan, tergovchining prokuror roziligini olib chiqargan qaroriga binoan boshqa yerga ko‘chiriladi. Boshqa yerga ko‘chirish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining maxsus bo‘linmalari zimmasiga yuklatiladi”;
4) 290-moddasining to‘rtinchi qismidagi “prokurorning roziligini olib chiqargan qaror bo‘yicha” degan so‘zlar “qarori bo‘yicha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 377-moddasining birinchi qismidagi “Gumon qilinuvchi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
6) 378-moddasining matnidagi “gumon qilinuvchi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
7) 388-moddasining birinchi qismi “Shu sudga ish bilan birga sud majlisida tekshirish va hal etish uchun barcha iltimoslar va shikoyatlar yuboriladi” degan jumla bilan to‘ldirilsin;
8) 395-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“395-modda. Jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayinlash yoxud boshqacha qaror qabul qilish tartibi
Sudya jinoyat ishini ayblov xulosasi bilan yoki tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash masalasini ko‘rib chiqish uchun ishni sudga yuborish to‘g‘risidagi qaror bilan qabul qilib olgach, quyidagi hal qiluv qarorlaridan birini qabul qilish to‘g‘risida qaror (ajrim) chiqaradi:
1) ishni sudda ko‘rish uchun tayinlash to‘g‘risida;
2) jinoyat ishi yuzasidan ish yuritishni to‘xtatib turish to‘g‘risida;
3) jinoyat ishi yuzasidan ish yuritishni tugatish to‘g‘risida.
Ishni sudda ko‘rish uchun tayinlash to‘g‘risidagi yoxud boshqacha qaror qabul qilish haqidagi masala sudya tomonidan ish sudga kelib tushgan kundan boshlab, yetti sutkadan kechiktirmay hal qilinishi lozim. Ushbu muddat shu sudning raisi tomonidan ko‘pi bilan uch sutkagacha uzaytirilishi mumkin”;
sarlavhasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayinlash to‘g‘risidagi qaror”;
birinchi xatboshisidagi “ajrimda” degan so‘z “qarorda” degan so‘z bilan almashtirilsin;
3-bandidagi “ayblanuvchining” degan so‘zlar “sudlanuvchining” degan so‘z bilan almashtirilsin;
10) 403-moddasining matnidagi “ajrimida” degan so‘z “qarorida” degan so‘z bilan almashtirilsin;
11) 405-moddasining matnidagi “ajrimi” degan so‘z “qarori” degan so‘z bilan almashtirilsin;
12) 494-moddasining ikkinchi qismidagi “hukm bekor qilinishi” degan so‘zlar “kassatsiya tartibida hukm bekor qilinishi” degan so‘z bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “uch kundan kechiktirmay” degan so‘zlar “o‘n kundan kechiktirmay” degan so‘z bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “o‘n” degan so‘z “yigirma” degan so‘z bilan almashtirilsin;
14) 511-moddasining ikkinchi qismi 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3) Qurolli Kuchlar Harbiy sudining raisi, Qurolli Kuchlar Harbiy prokurori — garnizonlar harbiy sudlarining hukmlari va ajrimlari ustidan, ishni kassatsiya tartibida ko‘rib chiqqan Qurolli Kuchlar Harbiy sudining ajrimlari ustidan”;
XII. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda):
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ro‘zg‘orda elektr, issiqlik energiyasi yoki gaz tarmoqlarini o‘zboshimchalik bilan ulab olish —
eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
ikkinchi qismi jazo bandidagi “bir baravardan uch baravarigacha” degan so‘zlar “ikki baravardan to‘rt baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 103-moddasining birinchi qismi jazo bandidagi “bir baravaridan ikki baravarigacha” degan so‘zlar “ikki baravardan uch baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 146-moddasi quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Havo, temir yo‘l, suv va avtomobil transportida yuklarning but saqlanishini ta’minlash qoidalarini buzish —
mansabdor shaxslarga eng kam oylik ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”.
4) 163-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“163-modda. Vodoprovod yoki kanalizatsiya tarmoqlarini o‘zboshimchalik bilan ulab olish va vodoprovod yoxud kanalizatsiyadan foydalanish qoidalarini buzish
Uy-joylarni, jamoat, ishlab chiqarish obyektlari va boshqa obyektlarni, shuningdek, yer uchastkalarini vodoprovod yoki kanalizatsiya tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulab olish, tarkibidagi ifloslantiruvchi moddalar yo‘l qo‘yiladigan darajadan ortiq bo‘lgan oqova suvlarni kanalizatsiyaga oqizish hamda vodoprovod yoxud kanalizatsiyadan foydalanish qoidalarini, yer ishlari va boshqa ishlarni bajarayotganda vodoprovod yoki kanalizatsiya tarmoqlarini muhofaza qilish qoidalarini boshqacha tarzda buzish, basharti bu hol ularning shikastlanishiga sabab bo‘lsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
5) 245-moddasining birinchi qismi “142-moddasining uchinchi qismida” degan so‘zlardan keyin “146-moddasining uchinchi qismida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
6) 248-moddasining birinchi qismidagi va ikkinchi qismining 1-bandidagi “145, 146” raqamlari “145-moddalari, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida” degan so‘zlar “145-moddalari, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin, 250, 251, 252 va 254-moddalarining birinchi qismidagi “145, 146-moddalarida” degan so‘zlar “145-moddalarida, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(XIII-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 31-oktabrdagi O‘RQ-987-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 2-fevral — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 03/24/987/0873-son)
XIV. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova) 48-moddasining to‘rtinchi qismi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Agar yuridik shaxsning nochorligi (bankrotligi) shu yuridik shaxs uchun majburiy ko‘rsatmalarni berish huquqiga ega bo‘lgan muassis (ishtirokchi) sifatidagi shaxsning yoki yuridik shaxs mol-mulki mulkdorining g‘ayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga keltirilgan bo‘lsa, yuridik shaxsning mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda bunday shaxs zimmasiga uning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgarlik yuklatish mumkin.
Muassis (ishtirokchi) yoki yuridik shaxs mol-mulkining mulkdori shu yuridik shaxsning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan taqdirdagina majburiy ko‘rsatmalar berish huquqiga ega.
Yuridik shaxs uchun majburiy ko‘rsatmalar berish huquqiga ega bo‘lgan muassis (ishtirokchi) yoki mulkdor yuridik shaxsning muayyan harakatni amalga oshirish oqibatida nochor (bankrotlik) bo‘lib qolishni oldindan bilib, o‘z huquqidan uning ana shunday harakatni amalga oshirishini ko‘zlab foydalangan holdagina yuridik shaxsning nochorligi (bankrotligi) ularning tomonidan vujudga keltirilgan deb hisoblanadi.”
Oldingi tahrirga qarang.
(XV bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-138-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
XVI. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 54-modda) 38-moddasi quyidagi mazmundagi qism bilan to‘ldirilsin:
“Banklar o‘z mijozlari bo‘lgan korxonalarning operatsiyalari to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni ular soliq to‘lovlarni to‘liq va to‘g‘ri to‘layotganliklarini nazorat qilish uchun soliq organlarining so‘roviga binoan taqdim etadilar”.
XVII. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5 - 6, 61-modda) 4-moddasining beshinchi va oltinchi qismlari quyidagi mazmundagi beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Agar jamiyatning jamiyat uchun majburiy ko‘rsatmalarni berish huquqiga ega bo‘lgan aksiyador sifatidagi shaxsning g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari tufayli vujudga keltirilgan bo‘lsa, mazkur aksiyador zimmasiga jamiyatning mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda uning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkin.
Aksiyadorlik jamiyatining ustavida tegishli huquq nazarda tutilgan taqdirdagina, aksiyador majburiy ko‘rsatma berish huquqiga ega bo‘ladi.
Jamiyat uchun majburiy ko‘rsatmalar berish huquqiga ega bo‘lgan aksiyador jamiyatning muayyan harakatni amalga oshirishi oqibatida nochor (bankrot) bo‘lib qolishini olindan bilib, o‘z huquqidan uning ana shunday harakatni amalga oshirishini ko‘zlab foydalangan holdagina jamiyatning nochorligi (bankrotligi) aksiyadorning harakatlari tufayli vujudga keltirilgan deb hisoblanadi”;
yettinchi qismi sakkizinchi qism deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(XVIII O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 29-avgustdagi 475-I-sonli Qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 233-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(XIX bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-maydagi 222-II-sonli Qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2002-y., 2-son, 14-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(XX bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyuldagi O‘RQ-703-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 03/21/703/0723-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(XXI bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyuldagi O‘RQ-703-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 03/21/703/0723-son)
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 27-dekabr,
357-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 56-modda; 9-son, 233-modda, 235-modda; 4-5-songa ilova, 2001-y., 1-2-son, 23-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 2-son, 14-modda; 2007-y., 52-son, 533-modda; 2008-y., 29-30-son, 278-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 12-son, 218-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 03/21/703/0723-son; 01.11.2024-y., 03/24/987/0873-son)