|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 21.06.2023
|
7-ILOVA
|
№ |
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Bajarish muddatlari |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Suv xoʻjaligi sohasini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish | ||||
|
1. |
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini zamonaviy talablarga muvofiqlashtirish maqsadida ularni tubdan qayta koʻrib chiqish. |
Tadbirlar rejasi |
2018-yil 1-iyunga qadar |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar |
|
2. |
Suv xoʻjaligi obyektlarini kapital qurish boʻyicha buyurtmachi sifatida faoliyat yurituvchi davlat unitar korxonalarini saqlab turish manbalarini qayta koʻrib chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjat |
2018-yil 1-avgustga qadar |
Suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi |
|
3. |
Suv xoʻjaligi tashkilotlarining sanoat va energetika tashkilotlari uchun texnik suv yetkazib berish xarajatlarini qoplash hamda ularni suv xoʻjaligini rivojlantirishga ishlatish tartibini tasdiqlash. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2018-yil 1-oktabrga qadar |
Suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar |
|
4. |
Birinchi navbatda, suvni tejash gʻoyasini ilgari surishni, shuningdek, suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi Suv xoʻjaligini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori |
2018-yil 1-noyabrga qadar |
Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, vazirlik va idoralar |
|
5. |
Bugungi kun holatini hamda mamlakatda olib borilayotgan islohotlarni inobatga olgan holda “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish. |
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni |
2018-yil 1-dekabrga qadar |
Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Davlat geologiya qoʻmitasi, vazirlik va idoralar |
|
6. |
Suvdan foydalanishni rejalashtirish va suv olish limitlarini belgilash tartibini takomillashtirish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2018-yil 1-noyabrga qadar |
Suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Davla� geologiya qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi |
|
II. Suv xoʻjaligi boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish va maqbullashtirish | ||||
|
7. |
Suv xoʻjaligi tizimida, shu jumladan suv xoʻjaligi obyektlarini qurish, boshqarish va ulardan foydalanish sohalarida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish. |
Normativ-huquqiy hujjat |
2018-yil 1-avgustga qadar |
Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, “Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi, Qurilish vazirligi |
|
8. |
Egasiz suv xoʻjaligi obyektlarini, shu jumladan sugʻorish quduqlarini aniqlash va ularni davlat balansiga oʻtkazish choralarini koʻrish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2018-yil 1-sentabrga qadar |
Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, “Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
|
9. |
Rekreatsiya zonalari, dam olish zonalari, turistik obyektlar barpo etish, baliq yetishtirish uchun hovuzlar qurish hamda taʼmirlash va boshqa tadbirlar orqali suv xoʻjaligi obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalaridan, shu jumladan suv omborlaridan samarali foydalanish choralarini koʻrish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2018-yil 1-sentabrga qadar |
Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi |
|
10. |
Zamonaviy texnologiyalarni joriy etishning bugungi holati va jarayonlarini, shuningdek, Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi har bir boshqaruv hamda yordamchi xodimlar lavozimlarining amaldagi ish hajmini inobatga olgan holda vazirlik tizimidagi xodimlar soni Normativlarini belgilashning yangi tartibini ishlab chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjat |
2018-yil 1-iyulga qadar |
Hisob palatasi, Moliya vazirligi, Bosh prokuratura, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari |
|
11. |
Suv isteʼmolchilari uyushmalarini tuman tamoyili asosida ularning amaldagilari oʻrniga tuzish, kelgusida ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, uyushmalarni malakali kadrlar bilan taʼminlash, irrigatsiya-melioratsiya ishlarida, nasoslardan foydalanishda ishtirok etayotgan hamda fermer xoʻjaliklariga suv xoʻjaligi xizmatini koʻrsatayotgan xodimlar mehnatini ragʻbatlant�rish choralarini joriy etish masalalarini oʻrganish. |
Normativ-huquqiy hujjat |
2018-yil 1-avgustga qadar |
Suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Bosh prokuratura, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Suv isteʼmolchilari uyushmalari |
|
12. |
Mavjud mol-mulkni puxta xatlovdan oʻtkazgan holda, suv isteʼmolchilari uyushmalari va fermer xoʻjaliklari balansida (foydalanishida) boʻlgan elektr tarmoqlarini hamda podstansiyalarni Suv xoʻjaligi vazirligining nasos stansiyalari va energetika boshqarmalariga oʻtkazish masalasini oʻrganish. |
Normativ-huquqiy hujjat |
2018-yil 1-oktabrga qadar |
Suv xoʻjaligi vazir�igi, Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ, Moliya vazirligi, Bosh prokuratura, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Suv isteʼmolchilari uyushmalari |
|
III. Suv omborlari, yirik gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalarini qurish hamda rekonstruksiya qilish ishlarini olib borish | ||||
|
13. |
Namangan viloyatida “Uychi” suv omborini qurish imkoniyatini oʻrganish. |
Tahliliy maʼlumotnoma |
2018-yil 15-mayga qadar |
Suv xoʻjaligi vazirligi, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi |
|
14. |
Toshkent viloyatida “Parkentsoy”, “Qizilsoy”, “Toshtepa”, Samarqand viloyatida “Bulungʻur”, Navoiy viloyatida “Sentabsoy” va Qashqadaryo viloyatida “Ayoqchisoy” suv omborlarini qurish ishlarini olib borish hamda ularni foydalanishga topshirish. |
Qurilishning manzilli dasturi |
2018-yil 1-iyunga qadar |
Suv xoʻjaligi vazirligi, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, vazirlik va idoralar |
|
15. |
“Tolimarjon guruhi”ning jihozlari, avtotexnikalari, elektr podstansiyalari va elektr uzatish tarmoqlarini xatlovdan oʻtkazish hamda ularning holatini baholash. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2018-yil 1-iyunga qadar |
Suv xoʻjaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ, Qashqadaryo viloyati hokimligi |
|
16. |
Energiya qurilmalaridan foydalanishning tashkiliy mexanizmlarini takomillashtirish uchun “QashRVVS”ning “Tolimarjon guruhi”ga balans jihatdan mansubligini oʻzgartirish masalasini oʻrganish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2018-yil 1-iyunga qadar |
Suv xoʻjaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ, Qashqadaryo viloyati hokimligi |
|
17. |
Jismonan eskirgan va oʻz xizmatini oʻtab boʻlgan nasos stansiyalarini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish hamda almashtirish, nasos stansiyalaridan foydalanishni va ularni boshqarishni avtomatlashtirish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2018-yil 1-oktabrga qadar |
Suv xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Qurilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi |
|
18. |
“Tolimarjon guruhi”ning chegaradosh hududlardagi elektr uzatish tarmoqlari va podstansiyalariga xizmat koʻrsatish uchun mutaxassislar hamda texnikalar tomonidan davlat chegarasini kesib oʻtish tartibini soddalashtirish, shuningdek, chegara naryadlarini oʻz vaqtida ajratish masalalarini oʻrganish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2018-yil 1-noyabrga qadar |
Tashqi ishlar vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ, |
|
19. |
Suv omborlari, yirik kanallar va gidrotexnika inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash, shuningdek, ularni boshqarishni avtomatlashtirish ishlarini olib borish dasturini ishlab chiqish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2018-yil 1-noyabrga qadar |
Suv xoʻjaligi vazirligi, Innovatsiya vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi |
|
IV. Suvdan foydalanishni va suv isteʼmolini nazorat qilish hamda ularning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish | ||||
|
20. |
Suv resurslaridan foydalanishga tejamkorona munosabatda boʻlishni mustahkamlash maqsadida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini suvdan foydalanish hamda suvni isteʼmol qilish sohalarini tabaqalashtirishni (differensiatsiyalashni) inobatga olgan holda qayta koʻrib chiqish. |
Oʻzbekiston R�spublikasi Prezidenti qarori |
2018-yil 1-iyunga qadar |
Suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi |
|
21. |
Suvdan foydalanish hamda suvni isteʼmol qilish qoidalarini buzganlik uchun jismoniy va yuridik shaxslarning javobgarligini kuchaytirish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2018-yil 1-iyunga qadar |
Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi |
|
22. |
Ekinlarni joylashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi tomonidan qaror qabul qilish tartibini takomillashtirish, shu jumladan tuman irrigatsiya boʻlimlari bilan kelishish hamda ularning xulosalarini olish tartibini joriy etish. |
Normativ-huquqiy hujjat |
2018-yil 1-oktabrga qadar |
Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, vazirlik va idoralar |
|
23. |
Qishloq xoʻjaligida suvdan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish tizimi va tartibini takomillashtirish, shu jumladan isteʼmolchi tomonidan suv resurslari hajmlaridan qishloq xoʻjaligida maqsadsiz foydalanish oqibatida davlatga yetkazilgan zararni qoplash tartibini joriy etish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2018-yil 1-oktabrga qadar |
Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Bosh prokuratura, Iqtisodiyot vazirligi |
|
V. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida suvni tejaydigan texnologiyalarni qoʻllash koʻlamini kengaytirish, suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni ragʻbatlantirish mexanizmlarini takomillashtirish | ||||
|
24. |
Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari qoshida suvni va resurslarni tejaydigan turli xil sugʻorish texnologiyalarini hamda suv resurslarini boshqarishning ilgʻor usullarini qoʻllagan holda koʻrgazmali tajriba uchastkalarini tashkil etish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2018-yil 1-iyunga qadar |
Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Innovatsiya vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
|
25. |
Suv taʼminoti darajasini va suvni yetkazib berish uchun qilinayotgan moliyaviy xarajatlarni aniq hududlar boʻyicha xaritalash asosida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish uchun tuman va massivlarni aniqlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2018-yil 1-oktabrga qadar |
Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Innovatsiya vazirligi, Fanlar akademiyasi |
|
VI. Suv resurslarini hisobga olish va hisobotini yuritish hamda suv isteʼmoli meʼyorlarini belgilash tizimini takomillashtirish | ||||
|
26. |
Sugʻorishning zamonaviy texnologiyalarini, shu jumladan BMTning oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) tomonidan tavsiya etilgan dasturlarni joriy etish. |
Vazirlar Mahkama�i qarori |
2018-yil 1-sentabrga qadar |
Suv xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari Innovatsiya vazirligi, vazirlik va idoralar |
|
27. |
Suv xoʻjaligi vazirligida davlat suv kadastrini yuritish uchun avtomatlashtirilgan Suv resurslarining yagona maʼlumotlar bazasini yaratish. Suv kadastri bilan bogʻliq axborotni olish, idoralararo oʻzaro axborot almashish, uni umumlashtirish va tahlil qilishni taʼminlaydigan avtomatlashtirilgan tezkor tizimni yoʻlga qoʻyish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2018-yil 1-oktabrga qadar |
Suv xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ, “Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi |
|
28. |
Suv xoʻjaligi vazirligi tizimida tarmoq hisobotlarini shakllantirish va topshirish jarayonini avtomatlashtirish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2018-yil 20-dekabrga qadar |
Suv xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi |
|
VII. Suv xoʻjaligi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarni joriy etish | ||||
|
29. |
Quyidagi masalalarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish: yirik gidrotexnika inshootlari, suv omborlari, magistral va xoʻjaliklararo kanallar, gidrouzellar va suv xoʻjaligining boshqa muhim obyektlaridagi suv oqimlari haqidagi maʼlumotlarni zamonaviy texnologiyalar asosida real vaqt rejimida toʻplash tizimini, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda joriy etishni; Suv xoʻjaligi vazirligining suv resurslari va suv xoʻjaligi obyektlari boʻyicha maʼlumotlar bazasini boshqarish hamda tahlil qilish uchun dasturiy taʼminot yaratishni; suvni boshqarishning va Suv xoʻjaligi vazirligi nasos stansiyalarida elektr energiyasi isteʼmolini real vaqt rejimida monitoring qilishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2018-yil 1-avgustga qadar |
Suv xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari Innovatsiya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha Moliya vazirligi |
|
30. |
Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzurida suv xoʻjaligini rivojlantirish sohasida innovatsion gʻoyalar, texnologiyalarni oʻrganishga, zamonaviy texnologiya va innovatsion gʻoyalarni joriy etish boʻyicha ilmiy tajriba hamda sinovlar oʻtkazishga moʻljallangan tajriba uchastkasini (konstruktorlik byurosini) tashkil etish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2018-yil 1-avgustga qadar |
Suv xoʻjaligi vazirligi, Innovatsiya vazirligi, Moliya vazirligi, “Suvmash” AJ |
|
VIII. Suv xoʻjaligi tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, ularni zamonaviy texnika va mexanizmlar bilan taʼminlash, suv xoʻjaligi xodimlarini ragʻbatlantirish, suv xoʻjaligi sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish | ||||
|
31. |
Foydalanuvchi suv xoʻjaligi tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash, ularni zamonaviy va tezkor meliorativ texnika bilan taʼminlash, shu jumladan mopedlar va videoregistratorlar bilan jihozlangan uchar dronlar sotib olish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2018-yil 1-iyulga qadar |
Suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Bosh prokuratura, Innovatsiya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha |
|
32. |
Suv xoʻjaligi sohasi xodimlarining kasbiy bayrami kunini belgilash hamda “Suv xoʻjaligi aʼlochisi” koʻkrak nishonini taʼsis etish. |
Normativ-huquqiy hujjat |
2018-yil 1-iyulga qadar |
Suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
|
33. |
Oliy taʼlim muassasalarida suv xoʻjaligi sohasida kadrlar tayyorlash sifatini oʻrganish va taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash. |
Tashkiliy tadbirlar |
2018-yil 1-dekabrga qadar |
Innovatsiya vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus |
|
IX. Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini taʼminlash tizimini takomillashtirish | ||||
|
34. |
Suv xoʻjaligining katta va oʻta muhim obyektlarini qoʻriqlash, ularning xavfsizligini taʼminlash va ishonchliligini oshirish tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek, ularning texnik holatini yaxshilash boʻyicha, shu jumladan, quyidagilarni nazarda tutuvchi dastur ishlab chiqish: suv xoʻjaligi obyektlari qoʻriqlanishini taʼminlashda axborot texnologiyalarini keng joriy etish, shuningdek, ularning hududlaridagi xavfsizlik punktlari sonini maqbullashtirish; suv xoʻjaligi obyektlarini muddatli harbiy xizmat oʻtayotgan harbiy xizmatchilarni jalb etgan holda qoʻriqlashni taʼminlash tartibini joriy etish. |
Normativ-huquqiy hujjat |
2018-yil 1-oktabrga qadar |
Suv xoʻjaligi vazirligi, Mudofaa vazirligi, Axborot texnologiyalari Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, vazirlik va idoralar |
|
35 |
Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini taʼminlash boʻyicha avariya moddiy-texnika zaxiralarini yaratish va ulardan foydalanishning yangilangan tartibini, shu jumladan avariya moddiy-texnika vositalarining roʻyxatini ishlab chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjat |
2018-yil 1-noyabrga qadar |
Suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, vazirlik va idoralar |
|
36. |
Yirik suv omborlari va gidrotexnika inshootlaridagi avariya holatlari hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olishning yagona avtomatlashtirilgan tizimini yaratish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2018-2019-yillarda |
Suv xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari “Oʻzbekgidroenergo” AJ, Favqulodda vaziyatlar vazirligi |
|
X. Suvdan foydalanish sohasida xalqaro munosabatlarni rivojlantirish, aholining suv resurslaridan foydalanish boʻyicha huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish yuzasidan chora-tadbirlarni kuchaytirish | ||||
|
37. |
Mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni jadallashtirish, shuningdek, suv omborlari va yirik gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini taʼminlash hamda texnik jihatdan ishonchliligini oshirishda xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasini oʻrganish, bunda: yirik suv omborlari va gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini taʼminlash sohasidagi hamkorlik boʻyicha mintaqaviy kelishuv ishlab chiqish va amalga oshirish masalasini Orol dengizi havzasidagi davlatlar bilan birgalikda koʻrib chiqish; milliy idoralarning suv omborlari va yirik gidrotexnika inshootlari xavfsizligini taʼminlash sohasidagi tajriba va xizmatlarini (gidrotexnika inshootlarining texnik holatini tabiiy sharoitda koʻzdan kechirish va diagnostika qilish, xavfsizlik mezonlarini ishlab chiqish, xavfsizlik deklaratsiyalarini tuzish va h.k.) mintaqa mamlakatlarida ilgari surish; toʻgʻonlar xavfsizligini hamda avariya holatlari va favqulodda vaziyatlarning oldini olish tizimini taʼminlash sohasida xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasini oʻrganish; Yirik toʻgʻonlar boʻyicha xalqaro komissiyaning texnik reglamentlari va tavsiyalarini Oʻzbekistonda qoʻllash va implementatsiya qilish yuzasidan takliflar tayyorlash nazarda tutiladi. |
Tashkiliy tadbirlar Tashkiliy tadbirlar Tashkiliy tadbirlar Tashkiliy tadbirlar |
2018-yil 1-oktabrga qadar 2018-2019-yillarda 2018-yil 1-noyabrga qadar 2018-yil 20-dekabrga qadar |
Suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekgidr�energo” AJ, Tashqi ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi |
|
38. |
Mobil ilovalar va veb-sahifalarni qoʻllash asosida suv resurslaridan foydalanish va ularni boshqarish, shuningdek, suv xoʻjaligi inshootlaridan foydalanish boʻyicha ommabop bilimlarning resurs bazasini yaratish hamda rivojlantirish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2018-yil 1-iyulga qadar |
Suv xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari Innovatsiya vazirligi |
|
39. |
Suvdan foydalanish madaniyatini oshirish boʻyicha oʻquv dasturlarini taʼlim tizimiga joriy qilish orqali yosh avlodni suvga nisbatan tejamkorona munosabatda boʻlish ruhida tarbiyalash. |
Tashkiliy ta�birlar |
Doimiy asosda |
Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi |
|
40. |
Qishloq xoʻjaligida oʻzboshimchalik bilan suv olish va suv resurslari hajmlaridan maqsadsiz foydalanishning salbiy oqibatlarini isteʼmolchilarga tushuntirish boʻyicha turkum radio eshittirishlar va telekoʻrsatuvlar tayyorlash. |
Tashkiliy tadbirlar |
Doimiy asosda |
MTRK, OʻzA, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Suv xoʻjaligi vazirligi |
8-ILOVA
|
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining hududiy boʻlinmasi masʼul xodimi, ishchi guruh rahbari | |
|
lavozim boʻyicha |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining hududiy boʻlinmasi masʼul xodimi |
|
lavozim boʻyicha |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining hududiy boʻlinmasi masʼul xodimi |
|
lavozim boʻyicha |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yongʻin xavfsizligi davlat xizmati hududiy boʻlinmasi masʼul xodimi |
|
lavozim boʻyicha |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boʻlinmasi masʼul xodimi |
|
lavozim boʻyicha |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining hududiy boʻlinmasi masʼul xodimi |
|
lavozim boʻyicha |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining masʼul xodimi* |
|
lavozim boʻyicha |
— |
|
|
lavozim boʻyicha |
— |
|
|
lavozim boʻyicha |
— |
|
|
lavozim boʻyicha |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasining hududiy boʻlinmasi masʼul xodimi |
|
lavozim boʻyicha |
— |
“Oʻzbekenergo” AJ hududiy boʻlinmasi masʼul xodimi |
|
lavozim boʻyicha |
— |
“Oʻzbekgidroenergo” AJ hududiy boʻlinmasi masʼul xodimi |
|
lavozim boʻyicha |
— |
tuman (shahar) hokimligining masʼul xodimi |