Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 29.02.2016
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
YuRIDIK ShAXS BO‘LMASDAN TADBIRKORLIK FAOLIYATI BILAN ShUG‘ULLANUVChI JISMONIY ShAXSLAR VA DEHQON XO‘JALIKLARI A’ZOLARINI DAVLAT TOMONIDAN IJTIMOIY SUG‘URTALASh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-fevraldagi 46-sonli “Chet elda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib bo‘lmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lash tartibini, shuningdek ularning pensiyani hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar va dehqon xo‘jaliklari a’zolarining davlat tomonidan sug‘urtalanishga doir konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarish va ular to‘lagan sug‘urta badallarining shaxsiy hisobga olib borilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning mehnat stajini hisobga olish va ularning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga badallar ajratishi Tartibi 1-ilovaga muvofiq;
Dehqon xo‘jaliklari a’zolarini ijtimoiy sug‘urtalash va ularning ijtimoiy ta’minoti to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi hamda Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi aholi o‘rtasida o‘zini o‘zi ish bilan ta’minlash orqali daromad oluvchi fuqarolarni davlat tomonidan sug‘urtalash maqsadlari, tamoyillari va mexanizmi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali faol tushuntirish ishlarini olib borsinlar.
3. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning mehnat stajini hisobga olish va ularning Pensiya jamg‘armasiga badallar ajratishi tartibini tasdiqlash to‘g‘risida” 1998-yil 28-yanvardagi 47-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 1-son, 4-modda);
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Dehqon xo‘jaliklari a’zolarini ijtimoiy sug‘urtalash va ularning ijtimoiy ta’minoti to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1998-yil 9-iyuldagi 289-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 25-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
2001-yil 24-avgust,
351-son
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 24-avgustdagi 351-son qaroriga
1-ILOVA
Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning mehnat stajini hisobga olish va ularning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga badallar
tartibi
Mazkur Tartib yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hamda O‘zbekiston Respublikasining budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy sug‘urta badallari to‘lash hisobiga olinadigan pensiya ta’minotiga va davlat ijtimoiy sug‘urtasiga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlari ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan va majburiy sug‘urta badallari to‘lanishining shaxsiy hisobini olib borish, mehnat daftarchalarini yuritish, pensiya va nafaqalar tayinlash va to‘lash uchun mehnat staji va daromadni hisoblab chiqish tartibini belgilab beradi.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Tartib yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarga (shu jumladan, yuridik shaxs bo‘lmasdan oilaviy tadbirkorlik shaklida faoliyatni amalga oshiruvchi oila a’zolariga), (keyingi o‘rinlarda tadbirkor deb yuritiladi), shuningdek tadbirkorlik faoliyatini mashg‘ulotning istalgan boshqa turi (boshqa ish) bilan qo‘shib olib boruvchi fuqarolarga tatbiq etiladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
2. Tadbirkor davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish bilan bir paytda budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga badal to‘lovchi sifatida davlat ijtimoiy sug‘urtalanadigan shaxsga aylanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Tadbirkor budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lagan taqdirda “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq pensiya bilan ta’minlanish huquqiga ega bo‘ladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-iyundagi 174-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 24-son, 249-modda)
4. Tadbirkorning pensiya olishga bo‘lgan huquqi u pensiya yoshiga to‘lganda yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda boshlanadi.
Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqa, agar ushbu nafaqani olish huquqi tadbirkor tomonidan sug‘urta badallari to‘lash davrida boshlangan bo‘lsa beriladi.
II. Tadbirkor tomonidan sug‘urta badallarini to‘lash tartibi
5. Tadbirkor o‘zi uchun o‘zidagi mavjud imkoniyatlardan va pensiya bilan ta’minlanish va ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqaning o‘zi istaydigan miqdoridan kelib chiqib budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari miqdorini mustaqil ravishda belgilaydi, biroq u badallarning qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmasligi kerak.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-iyuldagi 219-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 31-son, 411-modda)
Tadbirkor tomonidan mehnat shartnomasi bo‘yicha yollangan har bir xodim uchun tadbirkor har oyda eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badali to‘laydi;
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-iyuldagi 219-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 31-son, 411-modda)
Tayinlanadigan pensiya, shuningdek ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqa miqdori budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘lanadigan sug‘urta badallari miqdoriga hamda tadbirkorning mehnat stajiga bog‘liq bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
6. Tadbirkor belgilangan tartibda tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatib turgan paytida sug‘urta badallari to‘lanmaydi, va bu davr stajga qo‘shilmaydi.
7. Fuqarolarning sug‘urta badallarini to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilanadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
8. Sug‘urta badallari tadbirkor yashab turgan yoki faoliyatni amalga oshirayotgan tuman (shahar) budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hisob raqamiga naqdinasiz hisob-kitob yoki naqd pul o‘tkazish yo‘li bilan to‘lanadi.
Sug‘urta badallari naqdinasiz hisob-kitob bo‘yicha to‘langan taqdirda sug‘urta badali to‘langanligi haqidagi to‘lov hujjatida ko‘rsatilgan sana sug‘urta badali to‘langan kun hisoblanadi.
9. To‘langan sug‘urta badali qaytarilmaydi.
10. Tadbirkorlar soliq haqidagi qonunlarga muvofiq sug‘urta badallari o‘z vaqtida to‘lanishi uchun javob beradilar.
III. Sug‘urta badallari to‘lanishining shaxsiy hisobini olib borish
11. Sug‘urta badallari to‘lanishining hisobi umumiy belgilangan tartibda tadbirkorning yashash joyidagi davlat soliq xizmati organlarida yuritiladi.
Sug‘urta badallari tadbirkorlar o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan joyda to‘langan taqdirda soliq organlari har chorakda tadbirkorning yashash joyidagi soliq organiga ma’lumotlar taqdim etadi.
Soliq organlari tomonidan yilning har choragida tadbirkordan tushgan sug‘urta badallari yakuni chiqariladi va to‘lanmagan yoki muddati o‘tkazib yuborilgan to‘lovlar aniqlangan taqdirda, tadbirkorlarga ularning qarzi miqdori haqida ushbu qarz hosil bo‘lgan davr, shuningdek to‘lov muddati o‘tkazib yuborilganligi uchun qo‘shilgan penya miqdori ko‘rsatilgan holda bildirishnoma yuboriladi.
Tadbirkor tomonidan yollangan xodimlarning sug‘urta badallarini hisobga olish ushbu Nizomda oilaviy tadbirkorlik subyektining oila a’zolari uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi;
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-iyuldagi 219-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 31-son, 411-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Joylarda soliq organlari tadbirkorlardan sug‘urta badallari tushishi ustidan doimiy nazorat olib boradilar va har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 20-kunigacha tadbirkorning yashash joyidagi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlariga:
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 22-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 52-modda)
1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha hisobot choragida hisobga qo‘yilgan (hisobdan chiqarilgan) tadbirkorlar to‘g‘risidagi axborotni;
2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ular tomonidan budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘langan badallar miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.
13. Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari:
tadbirkorning hisobga qo‘yilganligi (hisobdan chiqarilganligi) to‘g‘risida davlat soliq xizmati organlarining axboroti asosida 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha Sug‘urta badallari to‘lanishini hisobga olishning shaxsiy kartochkasi (keyingi o‘rinlarda hisobga olish kartochkasi deb yuritiladi) ochadilar (yopadilar), ushbu hisobga olish kartochkasi doimiy ravishda Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining bo‘limida saqlanadi;
davlat soliq xizmati organlarining sug‘urta badallari to‘langanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlari asosida hisobga olish kartochkasiga badallar summasi (sug‘urta badallari o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun qo‘shiladigan penyani hisobga olmagan holda) va ular to‘langan davrlar to‘g‘risidagi yozuvlarni qayd etadi.
Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari, shuningdek davlat soliq xizmati organlarining axboroti va ma’lumotlari asosida mazkur Tartibning 20—22-bandlariga muvofiq tadbirkorning mehnat daftarchasiga tegishli yozuvlarni qayd etadi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 22-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 52-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Tadbirkorda saqlanadigan 4-ilovaga muvofiq Sug‘urta badallari to‘lanishini hisobga olish daftarchasi (keyingi o‘rinlarda hisobga olish daftarchasi deb yuritiladi) sug‘urta badallari to‘langanligini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi. Hisobga olish daftarchasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining bo‘limi tomonidan ushbu faoliyatga birinchi marta kirishgan tadbirkorga ochiladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 22-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 52-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Tadbirkorning xohishiga ko‘ra Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi tadbirkor tomonidan budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘langan to‘lov hujjatlari bilan tasdiqlangan badallarni hisobga olish kartochkasi va hisobga olish daftaridagi yozuvlar bilan solishtirishi shart. Solishtirish natijalari hisobga olish kartochkasi va hisobga olish daftariga kiritiladi hamda tadbirkorning va Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining bo‘limi mas’ul xodimining imzosi, shuningdek bo‘lim muhri bilan tasdiqlanadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 22-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 52-modda)
16. Sug‘urta badallari to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjatlari tadbirkor tomonidan to‘langan badallar hisobga olish kartochkasi va hisobga olish daftaridagi yozuvlar bilan solishtirilgunga qadar tadbirkorda saqlanadi.
17. Tadbirkorlik faoliyati to‘xtatilganda (shu jumladan, oila a’zosi yuridik shaxs bo‘lmasdan oilaviy tadbirkorlik subyekti qatnashchilari tarkibidan chiqqan) yoki ro‘yxatdan o‘tkazish joyi o‘zgargan taqdirda Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining bo‘limi hisobga olish kartochkasi va hisobga olish daftariga hisobdan chiqarilganlik to‘g‘risida tegishli belgilar qo‘yadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
IV. Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi
18. Mehnat daftarchasi tadbirkorning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi.
19. Mehnat daftarchasi tadbirkor ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limida uning mazkur tumandagi (shahardagi) tadbirkorlik faoliyatining butun muddati mobaynida saqlanadi va yuritiladi.
Agar fuqaro tadbirkorlik faoliyati boshlangunga qadar mehnat daftarchasiga ega bo‘lmagan bo‘lsa, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi belgilangan tartibda mehnat daftarchasi ochadi.
Agar tadbirkorlik faoliyati fuqaro uchun o‘rindoshlik hisoblansa, uning mehnat daftarchasi asosiy ish joyida yuritiladi.
Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik bilan o‘rindoshlik bo‘yicha shug‘ullanuvchi shaxsning xohishiga ko‘ra mehnat daftarchasiga tadbirkor sifatidagi faoliyat davri to‘g‘risidagi yozuv kiritilishi mumkin. Yozuv ro‘yxatdan o‘tkazish joyidagi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi tomonidan kiritiladi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 22-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 52-modda)
20. Tadbirkor mehnat daftarchasining:
a) “Sana” ustunida budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lash boshlangan, to‘xtatib qo‘yilgan va tiklangan sana, shuningdek tadbirkorlik faoliyati to‘xtatilgan sana to‘g‘risidagi yozuv yoziladi.
Tadbirkor badal to‘lagan oyning birinchi kuni budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lash boshlangan sana hisoblanadi.
Tadbirkor badal to‘lashni to‘xtatgan oyning oxirgi kuni budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lash to‘xtatib qo‘yilgan sana hisoblanadi.
Badal to‘lash tiklangan oyning birinchi kuni budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lash tiklangan sana hisoblanadi.
Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari hisobdan chiqarish kunigacha to‘langan taqdirda — soliq organlarida hisobdan chiqarilgan sana, sug‘urta badallari ushbu kungacha to‘lanmagan taqdirda tadbirkor badal to‘lashni to‘xtatgan oyning oxirgi kuni tadbirkorlik faoliyati to‘xtatilgan sana hisoblanadi;
b) “Ishga qabul qilish, boshqa ishga o‘tkazish va ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi ma’lumotlar” ustunida tegishli ravishda quyidagi yozuvlar yoziladi:
Oldingi tahrirga qarang.
“Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadi”, shuningdek tadbirkorning davlat soliq xizmati organlarida va bo‘limning nomi to‘liq ko‘rsatilgan holda Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limida ro‘yxatdan o‘tkazish raqami ko‘rsatiladi;
(20-bandning “b” kichik bandining ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 22-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 52-modda)
“Sug‘urta badallari to‘lashni to‘xtatib qo‘ydi”;
“Sug‘urta badallari to‘lashni tikladi”;
“Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatdi”;
v) “Qaysi hujjatga asosan yozilgan” ustuniga “______tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasining 200__ y. “___”___________-son ma’lumoti asosida” deb yoziladi.
21. Tadbirkor tomonidan budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga badal belgilangan muddatdan keyin bir oy mobaynida to‘lanmagan taqdirda, mehnat daftarchasiga “Sug‘urta badallari to‘lashni to‘xtatib qo‘ydi” degan yozuv yoziladi. Agar tadbirkor mazkur yozuv yozilgandan keyin budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga badal to‘lashni tiklasa, mehnat daftarchasiga “Sug‘urta badallari to‘lashni tikladi” deb yoziladi.
22. Tadbirkorlik faoliyati to‘xtatilgan (shu jumladan, oila a’zosi yuridik shaxs bo‘lmasdan oilaviy tadbirkorlik subyekti qatnashchilari tarkibidan chiqqan) taqdirda mehnat daftarchasiga “Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatdi” deb yoziladi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
23. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni to‘xtatgan (shu jumladan, oila a’zosi yuridik shaxs bo‘lmasdan oilaviy tadbirkorlik subyekti qatnashchilari tarkibidan chiqqan) yoki ro‘yxatdan o‘tkazish joyini o‘zgartirgan shaxsning talabi bo‘yicha Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining bo‘limi mehnat daftarchasini uning qo‘liga beradi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
V. Mehnat staji va daromadni hisoblab chiqarish tartibi
24. Tadbirkorning mehnat stajiga u budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lagan davrlar kiritiladi.
25. Pensiya va davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash uchun mehnat stajini hisoblab chiqishda, agar to‘langan badallar summasi ushbu yilning barcha oylari uchun belgilangan eng kam badaldan kam bo‘lmasa (to‘langan penyalarni hisobga olmagan holda), stajga kalendar yil qo‘shiladi.
Tadbirkorning vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lanishidan qat’i nazar, pensiya va davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash uchun mehnat stajiga qo‘shiladi.
To‘liq kalendar yil mobaynida tadbirkorning asosiy faoliyati qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlash bo‘lgan hollarda, agar mazkur yilda badallar kamida 9 oy mobaynida to‘langan bo‘lsa stajga kalendar yil qo‘shiladi.
26. Mehnat daftarchasi bo‘lmagan yoki yo‘qotilgan taqdirda tadbirkorning pensiya yoki ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqa tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish staji hisobga olish kartochkasi yoki hisobga olish daftaridagi yozuvlar bo‘yicha hisoblab chiqiladi.
Tadbirkor sifatidagi ish faoliyati va uning davomiyligi guvohlik ko‘rsatmalari bilan tasdiqlanmaydi.
27. Pensiya miqdorini hisoblab chiqishda hisobga olinadigan aniq bir oy uchun tadbirkorning daromadi to‘langan oylik sug‘urta badali summasini ish beruvchilar va xodimlar uchun sug‘urta badallari ajratishning qonun hujjatlarida belgilangan jami foiziga bo‘linadi va olingan natijani 100 ga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 22-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 52-modda)
Tadbirkor tomonidan yollangan xodimning pensiya miqdorini hisoblab chiqishda hisobga olinadigan aniq bir oy uchun daromadi sug‘urta badallari to‘langan oydagi mehnatga haq to‘lashning qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik miqdoriga teng qilib olinadi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-iyuldagi 219-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 31-son, 411-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 22-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 52-modda)
VI. Pensiya va nafaqalarni tayinlash va to‘lash
Oldingi tahrirga qarang.
29. Pensiya yashash joyida, ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqa esa tadbirkor Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan joyda amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tayinlanadi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 22-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 52-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari;
(30-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 22-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 52-modda)
pensiyalarni tadbirkorning ixtiyoriga ko‘ra uning yashash joyidagi pochta aloqa bo‘limlari yoki Xalq banki bo‘limiga omonat o‘tkazish yo‘li bilan;
ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqani tadbirkorning foizsiz shaxsiy hisob raqamiga nafaqa summasini o‘tkazish yo‘li bilan Xalq banki bo‘limi orqali to‘laydilar.
Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik
faoliyati bilan shug‘ullanuvchi
jismoniy shaxslarning mehnat stajini
hisobga olish va ularning budjetdan
tashqari Pensiya jamg‘armasiga badallar
ajratishi Tartibiga
1-ILOVA
200 ____yilning______________choragida __________________tuman (shahar)
davlat soliq inspeksiyasida hisobga qo‘yilgan (hisobdan chiqarilgan) tadbirkorlar to‘g‘risida
ma’lumotlar

Tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi

‎‏Identifikatsiya raqami

Pasport
‎(seriya, tartib raqami)‎‏

Ro‘yxatdan o‘tgan yashash manzili‎‏

Ro‘yxatdan o‘tgan sana

Hisobdan chiqarilgan sana‎

‎‏Pensioner
‎ (ha, yo‘q)

Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i

‎‎_________________
‎imzo‎

‎‎200__yil “__”_________

Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik
faoliyati bilan shug‘ullanuvchi
jismoniy shaxslarning mehnat stajini
hisobga olish va ularning budjetdan
tashqari Pensiya jamg‘armasiga badallar
ajratishi Tartibiga
2-ILOVA
200 ____yilning ____________choragida tadbirkorlar tomonidan budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘langan sug‘urta badallari to‘g‘risida
ma’lumotlar

T/r‎

Tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi‎

Identifikatsiya raqami‎

Qaysi davr uchun
‎ (oy ko‘rsatilsin)

Summa (so‘m)‎

‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏

chorak uchun hammasi‎

‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏

chorak uchun hammasi‎

‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏

chorak uchun hammasi

Jami‎

Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i

_______________
imzo‎

200_yil “__”‎________

Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning mehnat stajini hisobga olish va ularning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga badallar ajratishi Tartibiga
3-ILOVA
_______- son hisobga olish kartochkasi

_________________________
(Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining bo‘limi)‎‎

________________________
(tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi)

___________________tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan

Tadbirkorlik faoliyatini davom etish‎‎

________________________
(ro‘yxatdan o‘tgan yashash manzili)‎‎

_________________-son identifikatsiya raqami berildi

Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami‎‎

Sana‎‎‎‎

‎‎

________________________
(pasport seriyasi, tartib raqami, berilgan vaqti)

‎‎Badallarni hisobga olish kartochkasi ochilgan sana
200_y. ‎“__”___________

‎‎‎ ‎‎‎

‎‎Tuman Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining bo‘limi mudiri

‎‎‎

‎‎M. O‘. PJ daromadlar va xarajatlar shu’basi mudiri

‎‎‎ ‎‎‎

Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘langan sug‘urta badallari to‘g‘risida
‎Ma’lumotlar

Yil

Yil

Yil

Oy‎

Summa‎

Asos‎

Imzo‎

Oy‎

Summa‎

Asos‎

Imzo‎

Oy‎

Summa‎

Asos‎

Imzo

Yanvar‎

Yanvar‎

Yanvar‎

Fevral‎

Fevral‎

Fevral‎

Mart‎

Mart‎

Mart‎

Hammasi‎

Hammasi‎

Hammasi‎

Aprel‎

Aprel‎

Aprel‎

May‎

May‎

May‎

Iyun‎

Iyun‎

Iyun‎

Hammasi‎

Hammasi‎

Hammasi‎

Iyul‎

Iyul‎‎

Iyul‎‎

Avgust‎

Avgust‎‎

Avgust‎‎

Sentyabr‎

Sentyabr‎‎

Sentyabr‎‎

Hammasi‎

Hammasi‎

Hammasi‎

Oktyabr‎

Oktyabr‎‎

Oktyabr‎‎

Noyabr‎

Noyabr‎‎

Noyabr‎‎

Dekabr‎

Dekabr‎‎

Dekabr‎‎

Hammasi‎

Hammasi‎‎

Hammasi‎‎

Jami‎

Jami‎

Jami

(Orqa tomoni)‎‎

Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘langan sug‘urta badallari to‘g‘risidagi ma’lumotlar

Yil‎‎

Yil‎‎

Yil‎‎

Oy‎

Summa‎

Asos‎

Imzo‎

Oy‎

Summa‎

Asos

Imzo‎

Oy‎

Summa‎

Asos

Imzo

Yanvar‎

Yanvar‎

Yanvar‎

Fevral‎

Fevral‎

Fevral‎

Mart‎

Mart‎

Mart‎

Hammasi

Hammasi ‎

Hammasi ‎

Aprel‎

Aprel‎

Aprel‎

May‎

May‎

May‎

Iyun‎

Iyun‎

Iyun‎

Hammasi

Hammasi ‎

Hammasi

Iyul‎

Iyul‎‎

Iyul‎‎

Avgust‎

Avgust‎‎

Avgust‎‎

Sentyabr‎

Sentyabr‎‎

Sentyabr‎‎

Hammasi

Hammasi

Hammasi

Oktyabr‎

Oktyabr‎‎

Oktyabr‎‎

Noyabr‎

Noyabr‎‎

Noyabr‎‎

Dekabr‎

Dekabr‎‎

Dekabr‎‎

Hammasi

Hammasi

Hammasi

Jami‎

Jami‎

Jami‎

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-iyundagi 174-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 24-son, 249-modda)
Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning mehnat stajini hisobga olish va ularning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga badallar ajratishi Tartibiga
4-ILOVA



‎‎O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi
‎ budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi





Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga
‎sug‘urta badallari to‘lanishini hisobga olish


‎‎DAFTARChASI










‎‎

‎(Muqova)

(Sarvaraq)‎
‎‎____________________________________Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan ‎tashqari
‎Pensiya jamg‘armasi
Familiyasi_________________________________________________________________‎
Ismi‎‎_______________________Otasining ismi__________‎‎_______________________‎
Tug‘ilgan sanasi_______________________________‎‎‎

(yil, oy, kun)‎

Pasport: seriya________, №_____________, ______________________‎tomonidan berilgan

Hisobga olish daftari 200_y.“___”__________da berilgan‎‎‎

budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi
‎bo‘limining mudiri
imzosi________‎
Tadbirkorning imzosi__________‎
M. O‘.‎

________________________________Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi


‎TO‘LANGAN SUG‘URTA BADALLARI HAQIDA
‎MA’LUMOTLAR

Tadbirkor‎‎________________________, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami_________________

‎‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)

200_yil‎

T/r

Oylar‎

Badal summalar

Asos‎

Mas’ul shaxsning imzosi

1.‎ Yanvar‎
2.‎ Fevral‎
3.‎ Mart‎
4.‎ Aprel‎
5.‎ May‎
6.‎ Iyun‎
7.‎ Iyul‎
8.‎ Avgust‎
9.‎ Sentyabr‎
10.‎ Oktyabr‎
11.‎ Noyabr‎
12.‎ Dekabr‎
Hammasi‎
‎‎200_yil “___”_____________da___________tomonidan solishtirib chiqildi
‎(budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limining
xodimi familiyasi, ismi, otasining ismi)
Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ‎bo‘limining mudiri imzosi_______

Tadbirkorning imzosi_________‎

(Navbatdagi sahifalar)

(jadval O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 22-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 52-modda)
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 24-avgustdagi 351-son qaroriga
2-ILOVA
Dehqon xo‘jaligi a’zolarini ijtimoiy sug‘urtalash va ularning ijtimoiy ta’minoti to‘g‘risida
nizom
Mazkur Nizom dehqon xo‘jaligi a’zolarining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hamda O‘zbekiston Respublikasining budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ixtiyoriy sug‘urta badallari to‘lash hisobiga olinadigan pensiya ta’minotiga va davlat ijtimoiy sug‘urtasiga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlari ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan va to‘langan sug‘urta badallarining shaxsiy hisobini olib borish, mehnat daftarchalarini yuritish, pensiya va nafaqalar tayinlash va to‘lash uchun mehnat staji va daromadni hisoblab chiqish tartibini belgilab beradi.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom ijtimoiy sug‘urtalanish xohishini bildirgan dehqon xo‘jaligi a’zolariga tatbiq etiladi.
Dehqon xo‘jaligi a’zolari ixtiyoriylik asosida ijtimoiy sug‘urta qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom qoramol boqish va chorvachilik mahsulotlari yetishtirish bilan band bo‘lgan dehqon xo‘jaliklari a’zolariga tatbiq etilmaydi.
(1-band xatboshi bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 31-maydagi 102-sonli qaroriga muvofiq to‘ldirilgan— O‘R QHT, 2006-y., 22-son, 197-modda)
2. Ijtimoiy sug‘urtalanish xohishini bildirgan dehqon xo‘jaligi a’zosi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga badal to‘lovchi sifatida davlat soliq xizmati organlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Dehqon xo‘jaligi a’zosi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lagan taqdirda “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq pensiya bilan ta’minlanish huquqiga ega bo‘ladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-iyundagi 174-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 24-son, 249-modda)
4. Dehqon xo‘jaligi a’zosining pensiya olishga bo‘lgan huquqi u pensiya yoshiga to‘lganda yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda boshlanadi.
Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqa, agar ushbu nafaqani olish huquqi dehqon xo‘jaligi a’zosi tomonidan budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lash davrida boshlangan bo‘lsa beriladi.
II. Dehqon xo‘jaligi a’zolari tomonidan budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini to‘lash tartibi
5. Dehqon xo‘jaligi a’zosi o‘zidagi mavjud imkoniyatlardan va pensiya bilan ta’minlanish va ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqaning o‘zi istaydigan miqdoridan kelib chiqib budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari miqdorini mustaqil ravishda belgilaydi, biroq u badallarning mazkur Nizomda belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmasligi kerak.
Tayinlanadigan pensiya, shuningdek ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqa miqdori budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘lanadigan sug‘urta badallari miqdoriga hamda dehqon xo‘jaligi a’zosining mehnat stajiga bog‘liq bo‘ladi.
6. Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘lanadigan sug‘urta badallarining eng kam miqdori bir yilda eng kam oylik ish haqining to‘rt yarim barobaridan kam bo‘lmagan miqdorni tashkil etishi kerak.
7. Sug‘urta badallari hisobot yilining 1-oktabriga qadar to‘lanadi. Bunda sug‘urta badallari miqdori to‘lov kuniga belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
(6 va 7-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 515-modda)
8. Sug‘urta badallari dehqon xo‘jaligi a’zosi yashab turgan yoki faoliyatni amalga oshirayotgan tuman (shahar) budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hisob raqamiga naqdinasiz hisob-kitob yoki naqd pul o‘tkazish yo‘li bilan to‘lanadi.
Sug‘urta badallari naqdinasiz hisob-kitob bo‘yicha to‘langan taqdirda sug‘urta badali to‘langanligi haqidagi to‘lov hujjatida ko‘rsatilgan sana sug‘urta badali to‘langan kun hisoblanadi.
9. To‘langan sug‘urta badali qaytarilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Dehqon xo‘jaligi a’zosi tomonidan mazkur Nizomning 7-bandida belgilangan muddatdan keyin uch oy mobaynida uzrsiz sabablarga ko‘ra budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lanmasa, soliq organi bu haqda dehqon xo‘jaligi a’zosi ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga mehnat daftarchasiga mehnat staji to‘xtatilganligi to‘g‘risidagi yozuvni kiritish uchun xabar qiladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 22-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 52-modda)
III. Sug‘urta badallari to‘lanishining shaxsiy hisobini olib borish
Oldingi tahrirga qarang.
11. Davlat soliq xizmati organlari har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 20-kunigacha Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlariga:
(11-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 22-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 52-modda)
1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha hisobot choragida hisobga qo‘yilgan (hisobdan chiqarilgan) dehqon xo‘jaligi a’zolari to‘g‘risidagi axborotni;
2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ular tomonidan budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘langan badallar miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.
12. Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari:
dehqon xo‘jaligi a’zosining hisobga qo‘yilganligi (hisobdan chiqarilganligi) to‘g‘risida davlat soliq xizmati organlarining axboroti asosida 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha Sug‘urta badallari to‘lanishini hisobga olishning shaxsiy kartochkasi (keyingi o‘rinlarda hisobga olish kartochkasi deb yuritiladi) ochadilar (yopadilar), ushbu hisobga olish kartochkasi doimiy ravishda Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining bo‘limida saqlanadi;
davlat soliq xizmati organlarining sug‘urta badallari to‘langanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlari asosida hisobga olish kartochkasiga badallar summasi (sug‘urta badallari o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun qo‘shiladigan penyani hisobga olmagan holda) va ular to‘langan davrlar to‘g‘risidagi yozuvlarni qayd etadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 22-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 52-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Dehqon xo‘jaligi a’zosida saqlanadigan Sug‘urta badallari to‘lanishini hisobga olish daftarchasi (keyingi o‘rinlarda hisobga olish daftarchasi deb yuritiladi) sug‘urta badallari to‘langanligini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi. Hisobga olish daftarchasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining bo‘limi tomonidan 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga badal to‘lash xohishini birinchi marta bildirgan dehqon xo‘jaligi a’zosiga ochiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 22-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 52-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Dehqon xo‘jaligi a’zosining xohishiga ko‘ra Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi dehqon xo‘jaligi a’zosi tomonidan budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘langan to‘lov hujjatlari bilan tasdiqlangan badallarni hisobga olish kartochkasi va hisobga olish daftaridagi yozuvlar bilan solishtirishi shart. Solishtirish natijalari hisobga olish kartochkasi va hisobga olish daftariga kiritiladi hamda dehqon xo‘jaligi a’zosining va Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining bo‘limi mas’ul xodimining imzosi, shuningdek bo‘lim muhri bilan tasdiqlanadi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 22-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 52-modda)
15. Sug‘urta badallari to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjatlari dehqon xo‘jaligi a’zosi tomonidan to‘langan badallar hisobga olish kartochkasi va hisobga olish daftaridagi yozuvlar bilan solishtirilgunga qadar dehqon xo‘jaligi a’zosida saqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Sug‘urta badallari to‘lash, dehqon xo‘jaligida ishlash to‘xtatilganda yoki ro‘yxatdan o‘tkazish joyi o‘zgargan taqdirda Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining bo‘limi hisobga olish kartochkasi va hisobga olish daftariga hisobdan chiqarilganlik to‘g‘risida tegishli belgilar qo‘yadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 22-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 52-modda)
IV. Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi
17. Mehnat daftarchasi dehqon xo‘jaligi a’zosining mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi.
18. Yuridik shaxs bo‘lmasdan tashkil etilgan dehqon xo‘jaligi a’zosining mehnat daftarchasi dehqon xo‘jaligi a’zosi ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limida u sug‘urta badallari to‘laydigan butun muddat mobaynida saqlanadi va yuritiladi.
Agar dehqon xo‘jaligi a’zosi sug‘urta badallari to‘lash boshlangunga qadar mehnat daftarchasiga ega bo‘lmagan bo‘lsa, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining bo‘limi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda unga mehnat daftarchasi ochadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 22-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 52-modda)
19. Yuridik shaxs tashkil etgan holda barpo etilgan dehqon xo‘jaligi a’zosining mehnat daftarchasi dehqon xo‘jaligining ixtiyoriga ko‘ra dehqon xo‘jaligi boshlig‘i tomonidan yoxud Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining bo‘limi tomonidan saqlanadi va yuritiladi.
Yuridik shaxs tashkil etgan holda barpo etilgan dehqon xo‘jaligi a’zosining mehnat daftarchasidagi dehqon xo‘jaligi boshlig‘i tomonidan yozilgan yozuvlar Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining bo‘limi tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Dehqon xo‘jaligining boshlig‘i tomonidan dehqon xo‘jaligida ishlash davrlari to‘g‘risida mehnat daftarchasiga yozilgan va Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining bo‘limi tomonidan tasdiqlanmagan yozuvlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 22-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 52-modda)
20. Agar dehqon xo‘jaligida ishlash fuqaro uchun o‘rindoshlik hisoblansa, uning mehnat daftarchasi asosiy ish joyida yuritiladi.
21. Dehqon xo‘jaligi a’zosining mehnat daftarchasining:
a) “Sana” ustunida budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lash boshlangan va to‘xtatilgan sana to‘g‘risidagi yozuv yoziladi.
Dehqon xo‘jaligi a’zosi badal to‘lagan oyning birinchi kuni uning mehnat stajini hisoblash boshlangan sana hisoblanadi.
Dehqon xo‘jaligi a’zosi badal to‘lashni to‘xtatgan oyning oxirgi kuni uning mehnat stajini hisoblash to‘xtatilgan sana hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
b) “Ishga qabul qilish, boshqa ishga o‘tkazish va ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi ma’lumotlar” ustunida – “Dehqon xo‘jaligida ish bilan shug‘ullanadi”, degan yozuv yoziladi, shuningdek dehqon xo‘jaligi a’zosining davlat soliq xizmati organlarida va bo‘limning nomi to‘liq ko‘rsatilgan holda Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limida ro‘yxatdan o‘tkazish raqami ko‘rsatiladi;
(21-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 22-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 52-modda)
v) “Qaysi hujjatga asosan yozilgan” ustuniga “_______ tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasining 200__ y. “____”____________-son ma’lumoti asosida” deb yoziladi.
22. Dehqon xo‘jaligi a’zosi tomonidan budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga badal to‘lash to‘xtatilgan taqdirda Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining bo‘limi:
mehnat daftarchasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining bo‘limi tomonidan yuritilgan hollarda — unga “Sug‘urta badallari to‘lashni to‘xtatib qo‘ydi” degan yozuvni yozadi;
mehnat daftarchasi dehqon xo‘jaligi boshlig‘i tomonidan yuritilgan hollarda — dehqon xo‘jaligi a’zosining mehnat daftarchasiga mehnat staji to‘xtatilganligi haqidagi yozuvni kiritishni talab qilgan holda davlat ijtimoiy sug‘urtasiga bo‘lgan huquq to‘xtatilishi haqida dehqon xo‘jaligi boshlig‘ini xabardor qiladi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 22-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 52-modda)
23. Agar dehqon xo‘jaligi a’zosi mehnat daftarchasiga uning mehnat staji to‘xtatilganligi haqidagi yozuv kiritilgandan keyin budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga badal to‘lashni tiklasa, mehnat daftarchasiga badal to‘lash tiklangan oyning birinchi kunidan boshlab “Sug‘urta badallari to‘lashni tikladi”, degan yozuv yoziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Sug‘urta badallari to‘lashni, dehqon xo‘jaligida ishlashni to‘xtatgan yoki yashash joyini o‘zgartirgan shaxsning talabi bo‘yicha Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining bo‘limi mehnat daftarchasini uning qo‘liga beradi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 22-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 52-modda)
V. Mehnat staji va daromadni hisoblab chiqarish tartibi
25. Dehqon xo‘jaligi a’zosining mehnat stajiga u budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lagan davrlar kiritiladi.
26. Pensiya va davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash uchun mehnat stajini hisoblab chiqishda, agar dehqon xo‘jaligi a’zosi ushbu yilda 12 oy ishlagan va kamida 9 oy badal to‘lagan bo‘lsa, stajga kalendar yil qo‘shiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Stajni hisoblab chiqishda hisobga olinadigan va bu vaqt davomida dehqon xo‘jaligi a’zolariga sug‘urta badallari to‘lamaslik huquqi berilgan oylar (bir yilda uch oy) berilgan ariza asosida Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limining qarori bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu oylarga mazkur Nizom 22-bandining amal qilishi joriy etilmaydi.
(26-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 22-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 52-modda)
Boshqa hollarda staj sug‘urta badallari to‘langan oylar soniga mutanosib tarzda hisobga olinadi.
Dehqon xo‘jaligi a’zosining vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lanishidan qat’i nazar, pensiya va davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash uchun mehnat stajiga qo‘shiladi.
27. Dehqon xo‘jaligi a’zosining mehnat daftarchasi bo‘lmagan yoki yo‘qotilgan taqdirda pensiya yoki ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqa tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish staji hisobga olish kartochkasi yoki hisobga olish daftaridagi yozuvlar asosida hisoblab chiqilishi mumkin.
Dehqon xo‘jaligi a’zosi tomonidan sug‘urta badallari to‘lanishi va uning qancha davom etganligi guvohlik ko‘rsatmalari bilan tasdiqlanmaydi.
28. Pensiya miqdorini hisoblab chiqishda hisobga olinadigan aniq bir oy uchun dehqon xo‘jaligi a’zosining daromadi to‘langan oylik sug‘urta badali summasini ish beruvchilar va xodimlar uchun sug‘urta badallari ajratishning qonun hujjatlarida belgilangan jami foiziga bo‘lish va olingan natijani 100 ga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 22-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 52-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 22-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 52-modda)
VI. Pensiya va nafaqalarni tayinlash va to‘lash
Oldingi tahrirga qarang.
30. Pensiya va ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqa dehqon xo‘jaligi a’zosining yashash joyidagi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi tomonidan amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tayinlanadi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 22-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 52-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari:
(31-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 22-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 52-modda)
pensiyalarni dehqon xo‘jaligi a’zosining ixtiyoriga ko‘ra uning yashash joyidagi pochta aloqa bo‘limlari orqali yoki Xalq banki bo‘limiga omonatga o‘tkazish yo‘li bilan;
ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqani dehqon xo‘jaligi a’zosining foizsiz shaxsiy hisob raqamiga nafaqa summasini o‘tkazish yo‘li bilan Xalq banki bo‘limi orqali to‘laydilar.
Dehqon xo‘jaliklari a’zolarini ijtimoiy
sug‘urtalash va ularning ijtimoiy
ta’minoti to‘g‘risidagi Nizomga
1-ILOVA
200 ___yilning ________choragida _________________tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasida hisobga qo‘yilgan (hisobdan chiqarilgan) dehqon xo‘jaliklari a’zolari to‘g‘risida
ma’lumotlar

Tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi

‎‏Identifikatsiya raqami

Pasport
‎(seriya, tartib raqami)‎‏

Ro‘yxatdan o‘tgan yashash manzili‎‏

Ro‘yxatdan
‎o‘tgan sana

Hisobdan chiqarilgan
‎ sana‎

‎‏Pensioner
‎ (ha, yo‘q)

Davlat soliq
‎inspeksiyasi boshlig‘i


‎‎‎________________
‎imzo‎

‎‎
‎200__yil “__”_________

M.O‘.‎
Dehqon xo‘jaliklari a’zolarini ijtimoiy
sug‘urtalash va ularning ijtimoiy
ta’minoti to‘g‘risidagi Nizomga
2-ILOVA
200 ___yilning ________choragida dehqon xo‘jaliklari a’zolari tomonidan budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘langan sug‘urta badallari to‘g‘risida
ma’lumotlar

T/r‎

Dehqon xo‘jaligi,
‎a’zosining familiyasi, ismi,
‎otasining ismi‎

Identifikatsiya
‎raqami‎

Qaysi davr uchun
‎ (oy ko‘rsatilsin)

Summa (so‘m)‎

‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏

chorak uchun hammasi‎

‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏

chorak uchun hammasi‎

‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏

chorak uchun hammasi

Jami‎

Davlat soliq
‎ inspeksiyasi boshlig‘i


‎_______________
imzo‎


‎200_yil “__”‎________

M.O‘.‎

Dehqon xo‘jaliklari a’zolarini ijtimoiy sug‘urtalash va ularning
ijtimoiy ta’minoti to‘g‘risidagi Nizomga
3-ILOVA
______________-son hisobga olish kartochkasi

_________________________
(Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining bo‘limi)‎‎

________________________
(dehqon xo‘jaligi a’zosining familiyasi, ismi, otasining ismi)

___________________tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan

Sug‘urta badallarini to‘lashni
‎ davom etish
‎‎

________________________
(ro‘yxatdan o‘tgan yashash manzili)‎‎

_________________-son identifikatsiya raqami berildi

Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami‎‎

Sana‎‎‎‎

‎‎

________________________
(pasport seriyasi, tartib raqami, berilgan vaqti)

‎‎Badallarni hisobga olish kartochkasi ochilgan sana
200_y. ‎“__”___________

‎‎‎ ‎‎‎

‎‎Tuman Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining bo‘limi mudiri

‎‎‎

‎‎M. O‘. PJ daromadlar va xarajatlar shu’basi mudiri

‎‎‎ ‎‎‎

Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘langan sug‘urta badallari to‘g‘risida
‎Ma’lumotlar

Yil

Yil

Yil

Oy‎

Summa‎

Asos‎

Imzo‎

Oy‎

Summa‎

Asos‎

Imzo‎

Oy‎

Summa‎

Asos‎

Imzo

Yanvar‎

Yanvar‎

Yanvar‎

Fevral‎

Fevral‎

Fevral‎

Mart‎

Mart‎

Mart‎

Hammasi‎

Hammasi‎

Hammasi‎

Aprel‎

Aprel‎

Aprel‎

May‎

May‎

May‎

Iyun‎

Iyun‎

Iyun‎

Hammasi‎

Hammasi‎

Hammasi‎

Iyul‎

Iyul‎‎

Iyul‎‎

Avgust‎

Avgust‎‎

Avgust‎‎

Sentyabr‎

Sentyabr‎‎

Sentyabr‎‎

Hammasi‎

Hammasi‎

Hammasi‎

Oktyabr‎

Oktyabr‎‎

Oktyabr‎‎

Noyabr‎

Noyabr‎‎

Noyabr‎‎

Dekabr‎

Dekabr‎‎

Dekabr‎‎

Hammasi‎

Hammasi‎‎

Hammasi‎‎

Jami‎

Jami‎

Jami


‎(Orqa tomoni)‎‎

Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘langan sug‘urta badallari to‘g‘risidagi
‎ma’lumotlar

Yil‎‎

Yil‎‎

Yil‎‎

Oy‎

Su�ma‎

Asos‎

Imzo‎

OyŽ

Summa‎

Asos

Imzo‎

Oy‎

Summa‎

Asos

Imzo

Yanvar‎

Yanvar‎

Yanvar‎

Fevral‎

Fevral‎

Fevral‎

Mart‎

Mart‎

Mart‎

Hammasi

Hammasi ‎

Hammasi ‎

Aprel‎

Aprel‎

Aprel‎

May‎

May‎

May‎

Iyun‎

Iyun‎

Iyun‎

Hammasi

Hammasi ‎

Hammasi

Iyul‎

Iyul‎‎

Iyul‎‎

Avgust‎

Avgust‎‎

Avgust‎‎

Sentyabr‎

Sentyabr‎‎

Sentyabr‎‎

Hammasi

Hammasi

Hammasi

Oktyabr‎

Oktyabr‎‎

Oktyabr‎‎

Noyabr‎

Noyabr‎‎

Noyabr‎‎

Dekabr‎

Dekabr‎‎

Dekabr‎‎

Hammasi

Hammasi

Hammasi

Jami‎

Jami‎

Jami‎

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-iyundagi 174-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 24-son, 249-modda)
Dehqon xo‘jaliklari a’zolarini ijtimoiy
sug‘urtalash va ularning ijtimoiy
ta’minoti to‘g‘risidagi Nizomga
4-ILOVA



‎‎O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
‎huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi






Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga
‎sug‘urta badallari to‘lanishini hisobga olish


‎‎DAFTARChASI










‎‎

‎(Muqova)

Dehqon xo‘jaliklari a’zolarini ijtimoiy
‎sug‘urtalash va ularning ijtimoiy
‎ta’minoti to‘g‘risidagi Nizomga
‎4-ILOVA‎ning davomi

(Sarvaraq)‎
‎‎_______________________________________________ Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi

‎Familiyasi_____________________________________________________________________‎

‎Ismi‎‎_______________________Otasining ismi__________‎‎____________________________‎

‎Tug‘ilgan sanasi________________________________‎‎‎

(yil, oy, un)‎

Pasport: seriya________, №________________, ______________________‎tomonidan berilgan.


‎Hisobga olish daftari 200_y. “___”__________da berilgan‎‎‎.


budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limi mudirining imzosi____________‎

‎Dehqon xo‘jaliklari a’zosining
‎imzosi___________________‎

‎M. O‘.‎

____________________________________________Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi


‎TO‘LANGAN SUG‘URTA BADALLARI HAQIDA
‎MA’LUMOTLAR

Dehqon xo‘jaliklari a’zosi ‎‎________________________________________________________‎

‎‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami_____________________________________________

‎200_yil‎

(Navbatdagi sahifalar)

T/r

Oylar‎

Badal
‎summalar

Asos‎

Mas’ul
‎shaxsning
‎imzosi

1.‎ Yanvar‎
2.‎ Fevral‎
3.‎ Mart‎
4.‎ Aprel‎
5.‎ May‎
6.‎ Iyun‎
7.‎ Iyul‎
8.‎ Avgust‎
9.‎ Sentyabr‎
10.‎ Oktyabr‎
11.‎ Noyabr‎
12.‎ Dekabr‎
Hammasi‎

‎‎200_yil “___”_____________da____________________________________________________
‎(budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limining xodimi familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎‎tomonidan solishtirib chiqildi

budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limi mudirining imzosi_____________


‎Dehqon xo‘jaligi a’zosining
‎ imzosi__________________

(jadval O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 22-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 52-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 15-16-son, 109-modda; 2006-y., 22-son, 197-modda; 2007-y., 27-28-son, 287-modda; 2008-y., 52-son, 515-modda; 2010-y., 6-7-son, 52-modda; 2011-y., 24-son, 249-modda; 2013-y., 52-son, 690-modda; 2015-y., 31-son, 411-modda)