1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.13.00 Kinematografiya]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Milliy madaniyatimiz rivojiga katta hissa qoʻshgan sanʼatkorlarni hamda oʻzbek sanʼatini dunyo sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-maydagi PQ-3022-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston madaniyat va sanʼat sohasini takomillashtirish boʻyicha 2017 — 2021-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturi ijrosini taʼminlash, shuningdek, madaniyatimiz va sanʼatimiz rivojiga katta hissa qoʻshgan taniqli sanʼatkorlarni hamda sanʼatkor yoshlarni ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.22.00.00 Pul va boshqa mukofotlar]
1. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.02.00 Madaniyat sohasida boshqaruv. Madaniyat sohasida faoliyatni amalga oshirishni litsenziyalash]
Milliy madaniyatimiz rivojiga katta hissa qoʻshgan sanʼatkorlarni hamda oʻzbek sanʼatini dunyo sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotgan yoshlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.02.00 Madaniyat sohasida boshqaruv. Madaniyat sohasida faoliyatni amalga oshirishni litsenziyalash]
Milliy madaniyatimiz rivojiga katta hissa qoʻshgan sanʼatkorlarni hamda oʻzbek sanʼatini dunyo sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotgan yoshlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan ragʻbatlantirish boʻyicha respublika komissiyasining tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.02.00 Madaniyat sohasida boshqaruv. Madaniyat sohasida faoliyatni amalga oshirishni litsenziyalash]
Milliy madaniyatimiz rivojiga katta hissa qoʻshgan sanʼatkorlarni hamda oʻzbek sanʼatini dunyo sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotgan yoshlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan ragʻbatlantirish boʻyicha hududiy komissiyalarning namunaviy tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.06.00 Ijtimoiy va boshqa sohalarni moliyalashtirish]
2. Belgilab qoʻyilsinki, mukofotlash va sertifikat blankasini tayyorlash uchun zarur mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining madaniy tadbirlarni moliyalashtirish uchun har yili nazarda tutiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan ajratiladi.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 6-aprel,
271-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-apreldagi 271-son qaroriga 1-ILOVA
Milliy madaniyatimiz rivojiga katta hissa qoʻshgan sanʼatkorlarni hamda oʻzbek sanʼatini dunyo sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotgan yoshlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.22.00.00 Pul va boshqa mukofotlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.18.00 Sanʼat va madaniyatning boshqa turlari]
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston sanʼati va madaniyati rivojiga katta hissa qoʻshgan sanʼatkorlarni hamda jahon miqyosidagi nufuzli koʻrik-tanlov va festivallarda yuqori oʻrinlarni egallagan, oʻzbek sanʼati va madaniyatini dunyo sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotgan yoshlarni (keyingi oʻrinlarda madaniyat sohasi vakillari deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan ragʻbatlantirish (keyingi oʻrinlarda mukofotlash deb ataladi) tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.18.00 Sanʼat va madaniyatning boshqa turlari]
2. Mukofotlashga, qoida tariqasida, quyidagi sohalarda faoliyat yuritayotgan madaniyat sohasi vakillari tavsiya etiladi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.10.00 Tasviriy sanʼat, haykaltaroshlik, musiqa]
kompozitor, bastakor va sanʼatshunoslar;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.12.00 Teatr-konsert faoliyati;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.13.00 Kinematografiya]
teatr, kino va ommaviy tadbirlar aktyorlari, rejissorlari;
dirijorlar, baletmeysterlar;
musiqa, xor, raqs, sirk, orkestr, ansambl ijrochilari va ushbu jamoalarning badiiy rahbarlari;
doston ijrochiligi namoyandalari;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.11.00 Adabiyot. Kutubxona ishi]
shoir va yozuvchilar;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.05.00 Madaniy meros obyektlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.15.00 Muzey ishi va koʻrgazma faoliyati]
muzey hamda moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlar;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.10.00 Tasviriy sanʼat, haykaltaroshlik, musiqa]
tasviriy va amaliy sanʼat vakillari, dizaynerlar.
Mukofotlashga madaniyat sohasining boshqa yoʻnalishlarida faoliyat yuritayotgan nomzodlar ham tavsiya etilishi mumkin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.16.00 Tanlovlar. Koʻriklar. Festivallar]
3. Nomzodlarni koʻrib chiqish va tanlab olish ikki bosqichda amalga oshiriladi.
Birinchi bosqichda (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha) nomzodlarni koʻrib chiqish va tanlab olish Milliy madaniyatimiz rivojiga katta hissa qoʻshgan sanʼatkorlarni hamda oʻzbek sanʼatini dunyo sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotgan yoshlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan ragʻbatlantirish boʻyicha hududiy komissiyalar (keyingi oʻrinlarda hududiy komissiya deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Birinchi bosqich yakunlari boʻyicha hududlardan mukofotlashga tanlab olingan (tavsiya etilgan) nomzodlar tanlovning ikkinchi bosqichida ishtirok etish huquqiga ega boʻladi.
Ikkinchi bosqich (respublika boʻyicha) Milliy madaniyatimiz rivojiga katta hissa qoʻshgan sanʼatkorlarni hamda oʻzbek sanʼatini dunyo sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotgan yoshlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan ragʻbatlantirish boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Respublika komissiyasi deb ataladi) tomonidan oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
4. Mukofotlashga tavsiya etilayotgan nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish ushbu Nizomga ilovaga sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.02.00 Madaniyat sohasida boshqaruv. Madaniyat sohasida faoliyatni amalga oshirishni litsenziyalash]
5. Respublika komissiyasi va hududiy komissiyalar jamoatchilik asosida faoliyat yuritadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi respublika komissiyasining ishchi organi hisoblanadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi hududiy komissiyalarning ishchi organi (keyingi oʻrinlarda hududiy komissiyaning ishchi organi deb ataladi) hisoblanadi.
2-bob. Mukofotlashga tavsiya etilayotgan nomzodlarni tanlab olish mezonlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.22.00.00 Pul va boshqa mukofotlar]
6. Mukofotlashga tavsiya etilayotgan nomzodlar quyidagi mezonlar asosida tanlab olinadi:
Oʻzbekistonda doimiy istiqomat qilgan holda ijodiy faoliyat yuritayotganligi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.16.00 Tanlovlar. Koʻriklar. Festivallar]
jahon miqyosidagi koʻrik-tanlov va festivallarda yuqori oʻrinlarni (1-4-oʻrinlar) egallaganligi;
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.05.00 Madaniyat sohasidagi xalqaro hamkorlik]
oʻzbek sanʼati va madaniyatini dunyo sahnalarida muntazam ravishda muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotganligi;
munosib ijodiy kadrlarni tayyorlaganligi, oʻzining oʻquv adabiyotlari, ilmiy ishlari, katta amaliy tajribasi bilan ularni tarbiyalashga salmoqli hissa qoʻshganligi (Oʻzbekiston sanʼati va madaniyati rivojiga katta hissa qoʻshgan sanʼatkorlar uchun);
soʻnggi besh yil mobaynida madaniyat va sanʼat sohasini rivojlantirish yoʻlidagi ijodi bilan bir qatorda milliy istiqlol gʻoyalari va madaniy-maʼnaviy qadriyatlarni yoshlarga singdirish va eʼtiqodini yuksaltirishdagi ibratli xizmati va yoshlarning alohida yutuqlari.
Ushbu bandning toʻrtinchi — oltinchi xatboshlarida nazarda tutilgan mezonlar asosida mukofotlashga tavsiya etilayotgan nomzodlarni tanlab olish har bir nomzodning mukofotlashga munosibligi Respublika komissiyasi va hududiy komissiyalar tomonidan haqqoniy va xolisona baholagan holda hal etiladi.
3-bob. Mukofotlashga tavsiya etilayotgan nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.22.00.00 Pul va boshqa mukofotlar]
7. Madaniyat va sanʼat sohasidagi tashkilotlar oʻz tashabbusiga koʻra har yili 1-iyunga qadar mukofotlashga tavsiya etiladigan nomzodlarni tanlab oladi va nomzod toʻgʻrisida tashkilotning birinchi rahbari tomonidan imzolangan tavsiyanomani hududiy komissiyaning ishchi organiga taqdim etadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.01.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (yigʻin)]
8. Madaniyat sohasining vakili (nomzod), uning ota-onasi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxs fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining tavsiyanomasini ushbu Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan muddatda hududiy komissiyaning ishchi organiga taqdim etishi mumkin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
9. Ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan tavsiyanomalarga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
(9-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-iyuldagi PF-6269-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.20.00 Audio va video yozuvlar]
ommaviy axborot vositalarida nomzod haqida berilgan koʻrsatuv va eshittirishlarning CD diskdagi yozuvi yoki mamlakatimizda va chet ellarda chop etilgan maqolalar nusxasi (agar boʻlsa);
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.02.00 Mualliflik huquqi]
nomzodning ijodiy ishlari, faoliyati va erishgan yutuqlarini aks ettiruvchi hujjatlar (mualliflik asarlari yoki repertuar roʻyxati, video-audio albomlari, turli tadbirlarda qoʻlga kiritgan sovrinli oʻrinlar uchun sertifikat va diplomlar nusxasi) toʻplami.
Nomzodlardan ushbu bandda koʻrsatilmagan boshqa hujjatlar talab etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
4-bob. Tavsiya etilayotgan nomzodlarning hujjatlarini koʻrib chiqish tartibi
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
10. Hududiy komissiyaning ishchi organi taqdim etilgan hujjatlarni ushbu Nizomning 9-bandiga muvofiq toʻliqligi yuzasidan koʻrib chiqadi.
Hujjatlar toʻliq boʻlmagan holda taqdim etilgan taqdirda, ular uch ish kuni mobaynida ushbu hujjatlarni taqdim etuvchiga kamchiliklar hamda hujjatlarni qayta taqdim etishning aniq muddati koʻrsatilgan holda qaytariladi.
Ushbu Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq boʻlgan taqdirda, ular hududiy komissiyaning ishchi organi tomonidan hududiy komissiyaga koʻrib chiqish va tegishli qaror qabul qilish uchun taqdim etiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.02.00 Madaniyat sohasida boshqaruv. Madaniyat sohasida faoliyatni amalga oshirishni litsenziyalash]
11. Hududiy komissiya nomzodlarning ushbu Nizomda belgilangan talablarga muvofiqligini oʻrganib chiqadi.
Oʻrganish natijalari boʻyicha har bir hududiy komissiya mukofotlash uchun tavsiya etiladigan 3 nafar nomzodni aniqlab, ular toʻgʻrisida hujjatlarni har yili 15-iyunga qadar koʻrib chiqish uchun Respublika komissiyasiga kiritadi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.02.00 Madaniyat sohasida boshqaruv. Madaniyat sohasida faoliyatni amalga oshirishni litsenziyalash]
12. Respublika komissiyasi hududiy komissiyalar tomonidan taqdim etilgan nomzodlarning ushbu Nizomda belgilangan talablarga muvofiqligini koʻrib chiqib, mukofotlash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridan tavsiya etiladigan jami 20 nafar nomzodni aniqlaydi hamda ular yuzasidan takliflarni har yili 1-iyulga qadar kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taqdim etadi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Respublikaning biror viloyatidan munosib nomzod tavsiya etilmagan taqdirda ushbu hududga ajratilgan oʻrin Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va boshqa viloyatlarga berilishi mumkin.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi]
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan nomzodlar roʻyxati (tanlov gʻoliblari) Respublika komissiyasining tegishli qarori bilan tasdiqlanadi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Tanlov gʻoliblari ularni ragʻbatlantirish toʻgʻrisida Respublika komissiyasining tegishli qarori asosida ushbu qaror qabul qilingan kunda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan moddiy ragʻbatlantiriladi va ularga mukofotlanganlik toʻgʻrisida sertifikat topshiriladi.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
5-bob. Taqdirlash marosimini tashkil etish va oʻtkazish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.23.00.00 Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar]
14. Mukofotlash marosimi har yili Toshkent shahrida Mustaqillik bayrami arafasida oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.22.00.00 Pul va boshqa mukofotlar]
15. Ushbu Nizom talablari asosida mukofotlash takroran amalga oshirilmaydi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.06.00 Ijtimoiy va boshqa sohalarni moliyalashtirish]
16. Mukofotlash uchun zarur mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining madaniy tadbirlarni moliyalashtirish uchun har yili nazarda tutiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan ajratiladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot]
17. Mukofotlanadigan madaniyat va sanʼat vakillari roʻyxati respublika ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
18. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Milliy madaniyatimiz rivojiga katta hissa qoʻshgan sanʼatkorlarni hamda oʻzbek sanʼatini dunyo sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotgan yoshlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Mukofotlashga tavsiya etilayotgan nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-apreldagi 271-son qaroriga 2-ILOVA
Milliy madaniyatimiz rivojiga katta hissa qoʻshgan sanʼatkorlarni hamda oʻzbek sanʼatini dunyo sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotgan yoshlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan ragʻbatlantirish boʻyicha respublika komissiyasining
TARKIBI
A.Aripov
—
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Respublika komissiyasi raisi
B.Sayfullayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri, Respublika komissiyasi raisi oʻrinbosari
K.Akilova
—
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining oʻrinbosari
Sh.Rizayev
—
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari
F.Tashmuhamedov
—
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisining oʻrinbosari
S.Saidov
—
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston xalq shoiri
X.Raximov
—
Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi oʻrinbosari, Oʻzbekiston sanʼat arbobi
Sh.Toxtasimov
—
Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi rektori
S.Begmatov
—
Oʻzbekiston Milliy maqom sanʼati markazi rahbari, sanʼatshunoslik fanlari nomzodi, professor
B.Qurbonov
—
R. Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi direktori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiyi, professor
F.Zokirov
—
Oʻzbekiston xalq artisti
Yo.Ahmedov
—
Oʻzbekiston xalq artisti
Z.Zoirov
—
Vazirlar Mahkamasining yetakchi mutaxassisi, Respublika komissiyasi masʼul kotibi
Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda komissiya tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-apreldagi 271-son qaroriga 3-ILOVA
Milliy madaniyatimiz rivojiga katta hissa qoʻshgan sanʼatkorlarni hamda oʻzbek sanʼatini dunyo sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotgan yoshlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan ragʻbatlantirish boʻyicha hududiy komissiyalarning namunaviy
TARKIBI
lavozimiga koʻra
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, Komissiya raisi
lavozimiga koʻra
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyat vaziri, viloyat madaniyat boshqarmasi boshligʻi va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi boshligʻi, Komissiya raisining oʻrinbosari
lavozimiga koʻra
—
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining hududiy boʻlinmasi rahbari
lavozimiga koʻra
—
“Oʻzbekkino” milliy agentligining hududiy boʻlimi rahbari
lavozimiga koʻra
—
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining Badiiy ijodkorlar uyushmasi hududiy boʻlimi raisi
lavozimiga koʻra
—
Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining hududiy boʻlimi raisi
lavozimiga koʻra
—
Akademik va xalq badiiy jamoalari direksiyasining hududiy boʻlinmalari rahbari
Izoh.
1. Komissiyalarning shaxsiy tarkibi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori bilan tasdiqlanadi;
2. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda komissiya tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoki zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/271/1043-son; 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)