Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Importni tariflar bilan boshqarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 24-fevraldagi 80-son qarorida 1-bandning beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Import isteʼmol tovarlari olib kelish va sotishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 24-iyundagi 242-son qarorining 5-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarning ayrim turlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelishni tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 8-iyuldagi 262-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2001-yil 24-avgust,
350-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 15-16-son, 108-modda)