Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 16-noyabrdagi PQ-3389-son qaroriga muvofiq oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilishda test sinovlarini ochiq va oshkora oʻtkazish hamda bilimli yoshlarni oʻqishga qabul qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Bakalavriatga test sinovlarisiz, kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali oʻqishga qabul qilish boʻyicha taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.V. Akmalov, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori M.M. Karimov va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 3-aprel,
261-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining (keyingi oʻrinlarda oliy taʼlim muassasalari deb ataladi) bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Ushbu Nizom oʻqishga qabul qilish jarayonlari alohida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tartibga solinadigan oliy taʼlim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
abituriyent — belgilangan tartibda oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirish uchun roʻyxatdan oʻtgan va Bilim va malakalarni baholash agentligining ruxsatnomasiga ega boʻlgan, test sinovi qoidalariga qatʼi amal qilgan holda belgilangan guruhda test sinovlarida ishtirok etuvchi talabgor;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
abituriyent ruxsatnomasi — pasport (u boʻlmagan holda shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) bilan birgalikda abituriyentning belgilangan sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat beradigan hujjat;
Oldingi tahrirga qarang.
bino rahbari — Bilim va malakalarni baholash agentligi direktorining buyrugʻi bilan tayinlanadigan, belgilangan vazifa va majburiyatlar boʻyicha binodagi guruh nazoratchilari va abituriyentlar harakatlariga umumiy rahbarlikni bajaruvchi, nazorat qiluvchi va amaliy yordam koʻrsatuvchi xodim;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
Oldingi tahrirga qarang.
guruh nazoratchisi — Bilim va malakalarni baholash agentligi bilan tuzilgan shartnoma asosida shartnomada belgilangan vazifa va majburiyat boʻyicha test sinovlarida abituriyentlar harakatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, test sinovining belgilangan tartib boʻyicha oʻtishini qatʼiy nazorat qilishga masʼul boʻlgan va abituriyentlarga test sinovini topshirish tartibi boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish uchun jalb qilingan va test sinovlari oʻtkazilishi bilan bogʻliq seminarda ishtirok etgan shaxs;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
javoblar varaqasi — test topshiriqlari kitobidagi har bir topshiriqning bajarilishi natijasida tanlagan javobning bittasini belgilashga moʻljallangan va abituriyentning bilimini baholash uchun asos hisoblanadigan yagona hujjat;
oliy taʼlim muassasasining qabul komissiyasi (keyingi oʻrinlarda qabul komissiyasi deb ataladi) — oliy taʼlim muassasasi rektori (filial direktori)ning buyrugʻi bilan tasdiqlanadigan, belgilangan vazifalar boʻyicha taʼlim yoʻnalishlariga abituriyentlar hujjatlarini qabul qiluvchi, ularga test sinovlari jarayoni boʻyicha maslahatlar, koʻrsatmalar beruvchi, test sinovlarini oʻtkazishning tashkiliy masalalarida ishtirok etuvchi organ;
test topshiriqlari kitobi — belgilangan fanlar majmuasi boʻyicha test topshiriqlarini oʻz ichiga olgan savollar toʻplami;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi vakili (keyingi oʻrinlarda Bilim va malakalarni baholash agentligi vakili deb ataladi) — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi (keyingi oʻrinlarda Bilim va malakalarni baholash agentligi deb ataladi) direktorining buyrugʻi bilan tayinlanadigan, test sinovlari oʻtkaziladigan tegishli hudud va binoda belgilangan vazifa va majburiyatlar boʻyicha amalga oshiriladigan tadbirlarga umumiy rahbarlik qiluvchi hamda test sinovi ishtirokchilarining vazifalariga muvofiq harakatini nazorat qiluvchi va amaliy yordam koʻrsatuvchi xodim.
(3-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Test sinovlarini adolatli va xolisona oʻtkazish mazkur Nizom talablariga qatʼiy rioya etgan holda oliy taʼlim muassasalarining qabul komissiyalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Bilim va malakalarni baholash agentligi vakillari, bino rahbarlari, guruh nazoratchilari tomonidan taʼminlanadi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Mazkur Nizomda belgilangan talablarga muvofiq test sinovlarini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy ishlar mahalliy davlat hokimiyati organlari va oliy taʼlim muassasalarining qabul komissiyalari tomonidan taʼminlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Test sinovlari oʻtkaziladigan kunda Bilim va malakalarni baholash agentligining tegishli ruxsatnomasiga ega boʻlmagan shaxslarning test sinovlari oʻtkazilishi belgilangan hududga kirishi taqiqlanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Test sinovlari har yili iyul — avgust oylarida, qoida tariqasida, kuniga ikki smenada oʻtkaziladi. Birinchi smena soat 08:00 da, ikkinchi smena soat 15:00 da boshlanadi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
Abituriyent test sinovlari boshlanganidan soʻng binoga tegishli hududga kiritilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Hujjatlarni roʻyxatdan oʻtkazishning muddati yakunlanganidan soʻng, ikki hafta muddatda abituriyent ruxsatnomasini qabul komissiyasidan yoki Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytidan oladi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
Abituriyent ruxsatnomasida koʻrsatilgan sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etadi.
Abituriyent uchun mazkur sana va vaqt qatʼiy hisoblanib, unga boshqa sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsat berilmaydi.
8. Test topshiriqlari umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining umumtaʼlim fanlari oʻquv dasturlariga muvofiq tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, baholash mezonlari, test topshiriqlari soni va javoblar varaqasi namunasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi hamda test sinovlari boshlanishidan kamida 6 oy oldin eʼlon qilinadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Abituriyent oʻzi tanlagan hududda (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazi yoki Toshkent shahrida) tashkil etiladigan test sinovlarida ishtirok etish huquqiga ega.
11. Test topshiriqlarini bajarish uchun (javoblar varaqasini toʻldirish bilan birga) har 30 ta test topshirigʻiga 1 soat vaqt belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Abituriyentning test sinovida toʻplagan ballari haqidagi maʼlumot test sinovi oʻtkazilgan kunning ertasiga, uning talabalikka tavsiya etilganligi yoki etilmaganligi boʻyicha belgilangan tartibda tasdiqlangan tanlov natijasi roʻyxatdan oʻtishning ikkinchi bosqichi (abituriyentlar tomonidan oliy taʼlim muassasasi, taʼlim yoʻnalishi va taʼlim shaklini tanlash jarayoni) toʻliq yakunlangandan keyin bir hafta muddat ichida Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
13. Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini tashkil etish mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Test sinovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish
1-§. Test sinovlari oʻtkaziladigan joylarga qoʻyiladigan umumiy talablar
Oldingi tahrirga qarang.
14. Test sinovlari Toshkent shahridagi “Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazmalar majmuasi pavilyonlarida va uning hududida oʻrnatiladigan qoʻshimcha yigʻma pavilyonlarda, shuningdek, katta sigʻimdagi boshqa binolarda, viloyat markazlarida esa — Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi yoki boshqa tashkilotlarning katta sigʻimdagi binolarida oʻtkaziladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-dekabrdagi 731-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 09/22/731/1141-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Binolarni tayyorlash, videokuzatuvlar orqali jamoatchilik, shu jumladan, abituriyentlar ota-onalarining kirish test sinovlari jarayonini onlayn tarzda kuzatib borishlari, abituriyentlarni shaxsni identifikatsiyalash vositalari hamda videofiksatsiya qurilmalari orqali binoga tegishli hududga kiritish, binolardagi va xizmat postlaridagi video yozuvlarning saqlanishi uchun sharoitlar yaratish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Ichki ishlar vazirligining “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi tomonidan taʼminlanadi.
Ichki ishlar vazirligining “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi tomonidan tegishli joylar shaxsni identifikatsiyalash vositalari (videofiksatsiya va barmoq izlarini tekshiruvchi vositalar), videokuzatuv, mobil aloqa toʻlqinini toʻsuvchi qurilmalar bilan taʼminlanadi hamda Ichki ishlar vazirligi oʻtkazilgan test sinovlari jarayoni boʻyicha videoyozuvlarni saqlaydi va ularni test sinovlari oʻtkazilgan kunning ertasiga Bilim va malakalarni baholash agentligiga topshiradi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
16. Guruh nazoratchilari va abituriyentlarni test sinovlari oʻtkaziladigan hududga nazorat xizmati postlari orqali kiritish, tadbir jarayonida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda oliy taʼlim muassasalarining qabul komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Hudud boʻyicha bosh shtabda, test sinovlari oʻtkaziladigan har bir binoda Bilim va malakalarni baholash agentligining vakiliga test materiallarini saqlash, tarqatish va yigʻib olish uchun moʻljallangan yetarli miqdorda stol, stullar, kompyuter, skaner, statsionar telefon aloqasi, doimiy videokuzatuv va seyf bilan taʼminlangan maxsus xona (shtab) tayyorlanadi. Bunda binoning holati sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga toʻliq javob berishi lozim.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Binoda test sinovlari jarayonini toʻliq nazorat qilish maqsadida qoida tariqasida, bino elektron soat, ovoz kuchaytirish vositalari, 30 nafar abituriyent uchun bitta videokuzatuv tizimi oʻrnatilishi, jarayonni abituriyentlarning ota-onalari onlayn tarzda kuzatishi uchun zarur asbob-uskunalar bilan jihozlanishi shart.
Binoda bir nafar abituriyentga qoida tariqasida, bino elektron soat, ovoz kuchaytirish vositalari, 2 m2 dan kam boʻlmagan joy tayyorlanadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
19. Hududlar boʻyicha test sinovlari oʻtkaziladigan bino va guruhlarning alohida tartib raqami takrorlanmaydigan ketma-ketlikda raqamlangan boʻlishi lozim.
20. Har bir guruh alohida oʻtirish oʻrniga ega boʻlgan 30 tadan stol va stul bilan taʼminlanib, stollar birdan oʻttizgacha raqamlanishi lozim.
Guruh nazoratchisi uchun test materiallarini tarqatish va qabul qilishga alohida stol va stul ajratilib, stol uzluksiz videokuzatuv bilan taʼminlangan boʻlishi zarur.
21. Test oʻtkaziladigan har bir binoni tayyorlashda unga yorugʻlik tushishi, binoni shamollatish, abituriyentni tik tushgan quyosh nuridan himoyalash imkoniyatlari hisobga olinishi lozim.
22. Binoga tegishli hududda va binoga kirish joylarida guruh va abituriyentlar soni yozilgan koʻrsatkichlar ilib qoʻyilgan boʻlishi shart.
23. Test sinovlari oʻtkaziladigan har bir hududda test jarayoni uchun zarur axborot, texnik, tibbiy va maishiy sharoitlar yaratilgan boʻlishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-paragraf Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3-§. Test sinovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishda Bilim va malakalarni baholash agentligining vazifalari
(3-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Bilim va malakalarni baholash agentligi test sinovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish bilan bogʻliq quyidagi vazifalarni bajaradi:
(28-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
Oldingi tahrirga qarang.
test sinovlarini oʻtkazish jarayonida qoʻllaniladigan shakllar va jadvallarni ishlab chiqish;
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan imtiyozlarga ega boʻlmagan abituriyentlarni Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti orqali ham roʻyxatdan oʻtishiga imkoniyat yaratish;
(28-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
test materiallarining sifatli va nuqsonsiz tayyorlanishini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
test materiallarining belgilangan kunlarda Davlat feldyegerlik xizmati tomonidan Bilim va malakalarni baholash agentligi vakiliga yetkazilishini taʼminlash;
(28-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
test sinovlari oʻtkazilishi bilan bogʻliq seminarda ishtirok etgan malakali shaxslar tarkibidan, qoida tariqasida, har 30 nafar abituriyentga 2 nafar guruh nazoratchisini shartnoma asosida test sinovlari jarayoniga jalb etish;
Oldingi tahrirga qarang.
belgilangan tartibda abituriyentlar haqida tushgan maʼlumotlar asosida guruhlarni shakllantirish va ularning binolar boʻyicha oʻtirish oʻrinlarini belgilash hamda test sinovlari va tanlovni tashkil etish;
(28-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
Oldingi tahrirga qarang.
abituriyentlarning guruhlar boʻyicha taqsimlangan roʻyxatini ikki nusxada, bino rahbari va guruh nazoratchilari roʻyxatini ikki nusxada tayyorlash hamda tasdiqlangan holda Bilim va malakalarni baholash agentligi vakiliga yetkazish;
(28-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
kunlik test sinovlari tugagandan soʻng test materiallarining Davlat feldyegerlik xizmatiga topshirilishini nazorat qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Bilim va malakalarni baholash agentligiga olib kelingan javoblar varaqalari boʻyicha test sinovlari natijalarini hisoblash va eʼlon qilish.
(28-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bilim va malakalarni baholash agentligi mazkur Nizom va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
(28-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4-§. Test sinovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining vazifalari
(4-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
29. Quyidagilar test sinovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining vazifalari hisoblanadi:
(29-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
har yili 30-iyunga qadar test sinovlari oʻtkaziladigan binolarni mazkur bobning 1-paragrafida belgilangan talablar boʻyicha test sinovlariga tayyor holatga keltirish hamda bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligiga maʼlumot berish;
(29-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
abituriyentlarni test sinovlari oʻtkaziladigan hududga shaxsni identifikatsiyalash vositalari orqali tartibli kiritilishini taʼminlash;
test sinovlari jarayonini videokuzatuvlar orqali onlayn tizimda ota-onalarga koʻrsatish, bosh shtab va har bir binoda tezkor axborotlarni toʻplash uchun ularning zarur moddiy-texnika vositalari bilan toʻliq jihozlanishini taʼminlash;
abituriyentlarning ota-onalari va keng jamoatchilik uchun test sinovlarini onlayn rejimda kuzatishini taʼminlash maqsadida binoga tegishli hudud tashqarisida oʻtirish joylarini belgilash hamda kutish joylarini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
test sinovi boʻlib oʻtadigan binolarni zaxira energiya manbai bilan taʼminlash;
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
test sinovlarini oʻtkazish uchun transport vositalari bilan taʼminlashga amaliy yordam berish, har bir hudud xavfsizligini va test sinovlarining tartibli oʻtishini taʼminlash, nazorat xizmati postlarini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
test sinovlari oʻtkaziladigan binolarni sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga toʻliq javob berishini taʼminlash.
(29-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, qabul komissiyalari bino hududiga yoki binoga guruh nazoratchilari, abituriyentlar va boshqa shaxslar tomonidan mikrokalkulyator, lugʻat, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari, shpargalkalar va shu kabilarni olib kirishlariga ruxsat bersa yoki oʻzlari tashkillashtirsa, mazkur holat ularni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Test sinovlari oʻtkaziladigan hududga yoki binoga kirish joylarida tashkil etilgan nazorat xizmati postlarida xizmat olib borayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Raqamli texnologiyalar vazirligi xodimlari tomonidan tekshiruv vaqtida abituriyent va guruh nazoratchilarida mikrokalkulyator, lugʻat, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari, shpargalkalar mavjudligi, shuningdek, barmoq izlari va fotosurati tekshirilgan vaqtda shaxsi tasdiqlanmaganligi aniqlangan taqdirda, bu haqida Bilim va malakalarni baholash agentligining vakili xabardor qilinib, ularni test sinovlariga kiritmaslik toʻgʻrisida dalolatnoma rasmiylashtiradi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5-§. Test sinovlarini oʻtkazishda Bilim va malakalarni baholash agentligi vakili, bino rahbari, guruh nazoratchisi va abituriyentlarning vazifalari, huquqlari va majburiyatlari
(5-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
Oldingi tahrirga qarang.
32. Quyidagilar Bilim va malakalarni baholash agentligi vakilining vazifalari hisoblanadi:
(32-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
bino rahbarlari va guruh nazoratchilariga umumiy rahbarlik qilish hamda ularga amaliy yordam koʻrsatish;
Oldingi tahrirga qarang.
test sinovlarining boshlanishi va tugashini qatʼiy nazorat qilish, tezkor axborotlarni Bilim va malakalarni baholash agentligiga yuborish, test sinovlarini adolatli, xolisona va mazkur Nizomda belgilangan talablar asosida oʻtishini taʼminlash.
(32-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
Oldingi tahrirga qarang.
33. Bilim va malakalarni baholash agentligi vakili oʻziga yuklangan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va qabul komissiyalariga koʻrsatma berish, mazkur Nizom talablariga amal qilmagan bino rahbarini, guruh nazoratchisini va abituriyentni test sinovlari jarayonidan chetlashtirish hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi rahbariyati bilan kelishilgan holda chetlashtirilganlar oʻrniga boshqa bino rahbarini, guruh nazoratchisini tayinlash huquqiga ega.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
34. Quyidagilar Bilim va malakalarni baholash agentligi vakilining majburiyatlari hisoblanadi:
(34-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
oʻziga biriktirilgan binoda test oʻtkazish tartibiga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash;
belgilangan sanalarda ertalab soat 05:30 dan kechikmasdan oʻziga tegishli binoga yetib kelish va nazorat xizmati posti orqali pasporti (ruxsatnoma yoki guvohnoma) bilan kirish;
bino rahbarlari va guruh nazoratchilari roʻyxatini xizmat postlariga yetkazishni taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
(34-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
Oldingi tahrirga qarang.
guruh nazoratchilariga abituriyent tomonidan test sinovlari qoidalari buzilganda, uni test sinovlaridan chetlashtirish toʻgʻrisida koʻrsatma berish;
(34-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
Oldingi tahrirga qarang.
test sinovlari tugagandan soʻng abituriyentlarning guruhlar boʻyicha roʻyxati solingan va muhrlangan paketlarni, test materiallari qutilarini Davlat feldyegerlik xizmati xodimlariga topshirish.
(34-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
Oldingi tahrirga qarang.
35. Bilim va malakalarni baholash agentligi vakili abituriyentlarga mikrokalkulyator, lugʻat, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari, shpargalkalar va shu kabilarni bersa yoki foydalanilayotgan holatlarda ularni test sinovlaridan chetlashtirish toʻgʻrisida koʻrsatma bermasa, mazkur holat uni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
Oldingi tahrirga qarang.
36. Bilim va malakalarni baholash agentligi vakili Bilim va malakalarni baholash agentligi direktorining buyrugʻi bilan almashtirilishi mumkin.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
37. Mazkur Nizom talablari asosida oʻziga biriktirilgan binodagi guruh nazoratchilari faoliyatini va abituriyentlarning test topshirishini nazorat qilish bino rahbarining vazifasi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
38. Bino rahbari oʻziga yuklangan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun Bilim va malakalarni baholash agentligi vakilidan amaliy yordam olishi, mazkur Nizom talablariga amal qilmagan guruh nazoratchisini, abituriyentni test sinovlari jarayonidan chetlashtirish hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi vakili bilan kelishilgan holda guruh nazoratchisini tayinlash huquqiga ega.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
39. Quyidagilar bino rahbarining majburiyatlari hisoblanadi:
belgilangan sanalarda ertalab soat 05:30 dan kechikmasdan oʻziga tegishli binoga yetib kelish va nazorat xizmati posti orqali pasporti (ruxsatnoma yoki guvohnoma) bilan kirish;
Oldingi tahrirga qarang.
ertalab soat 06:00 dan 06:30 gacha guruh nazoratchilariga ularning ruxsatnomalarini tarqatish va taqsimotini rasmiylashtirish;
(39-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
Oldingi tahrirga qarang.
birinchi smenada soat 06:30 dan 07:00 gacha, ikkinchi smenada soat 13:30 dan 14:00 gacha abituriyentlarning guruhlar boʻyicha roʻyxatini (ikki nusxada) va test materiallarini tarqatish va qabul qilish bayonnomasini rasmiylashtirish;
(39-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
test materiallari solingan zaxira qutilarini seyfga joylashtirib, muhrlash;
Oldingi tahrirga qarang.
oʻziga biriktirilgan binodagi guruh nazoratchilaridan abituriyentlarning guruhlar boʻyicha roʻyxatining bir nusxasini test sinovlari jarayoni boshlangandan soʻng 30 daqiqa ichida yigʻib olish, undagi axborotning 30 daqiqa ichida Bilim va malakalarni baholash agentligiga elektron shaklda yuborilishini taʼminlash;
(39-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
Oldingi tahrirga qarang.
abituriyent test materialida tipografik xatolik borligi haqida murojaat qilsa, zudlik bilan zaxira qutilaridan taʼlim yoʻnalishi va tiliga mos test materiallarini guruh nazoratchisiga berish va zaxira test materiallarini tarqatish bayonnomasini rasmiylashtirish;
(39-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
Oldingi tahrirga qarang.
guruhlarda test sinovlarini oʻtkazish tartibini buzgan abituriyentlarning test sinovlaridan chetlashtirilishini nazorat qilish;
(39-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
test sinovining tugash vaqtiga qatʼiy amal qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
test sinovlari uchun belgilangan vaqt tugagandan soʻng 20 daqiqa ichida javoblar varaqasi paketi, test topshiriqlari kitobi qutisi guruhlarda muhrlanishini nazorat qilish hamda guruh nazoratchilaridan muhrlangan javoblar varaqasi paketi va test materiallari qutilarini qabul qilib olish;
Oldingi tahrirga qarang.
abituriyentlarning guruhlar boʻyicha roʻyxati solingan va muhrlangan paketni, test materiallari hamda bino boʻyicha toʻplangan javob varaqalari paketlari solingan va muhrlangan qutilarni Bilim va malakalarni baholash agentligi vakiliga (Davlat feldyegerlik xizmatiga) topshirish.
(39-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
40. Bino rahbari abituriyentlarga mikrokalkulyator, lugʻat, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari, shpargalkalar va shu kabilarni bersa yoki ishlatishga imkoniyat yaratsa, foydalanilayotgan holatda koʻrib turib test sinovlaridan chetlashtirish uchun koʻrsatma bermasa, mazkur holat uni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi.
41. Test sinovi oʻtkazilayotgan guruhda mazkur Nizom talablariga qatʼiy rioya qilish va adolatli oʻtkazilishini taʼminlash guruh nazoratchisining vazifasi hisoblanadi.
42. Guruh nazoratchisi oʻziga yuklangan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun bino rahbaridan amaliy yordam olishi, mazkur Nizom talablariga amal qilmagan abituriyentni test sinovlari jarayonidan chetlashtirish huquqiga ega.
43. Quyidagilar guruh nazoratchilarining majburiyatlari hisoblanadi:
test sinovlari oʻtkaziladigan kuni oʻzi biriktirilgan binoga soat 05:30 dan kechikmasdan ortiqcha buyumlarsiz (uyali telefon, mikrokalkulyator va shu kabilar) pasporti bilan yetib kelish va soat 06:00 dan 06:30 gacha bino shtabida oʻzlariga tegishli ruxsatnomalarni olish va oʻziga biriktirilgan guruhning test sinovlariga tayyorligini tekshirish, jarayonga salbiy taʼsir etuvchi omillar aniqlanganda, ularni bartaraf etish choralarini koʻrish;
guruhdagi stollarning ketma-ketlikda raqamlanganligini tekshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
belgilangan vaqtlarda bino rahbaridan abituriyentlarning guruhlar boʻyicha roʻyxatini hamda test materiallari qutisini qabul qilib olish;
(43-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
Oldingi tahrirga qarang.
abituriyentning ruxsatnomasi va pasporti asosida tekshirib ularni guruh roʻyxati boʻyicha belgilangan joyiga oʻtirishini taʼminlash hamda test sinovlariga kelmagan abituriyentlarning oʻrnini boʻsh qoldirish;
(43-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(43-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
Oldingi tahrirga qarang.
test materiallari qutisida abituriyentlar soniga mos test topshiriqlari kitobi, javoblar varaqasi, ishlatilmagan test topshiriqlari kitoblari, javoblar varaqasi uchun boʻsh paketlar va muhrlar mavjudligini tekshirish;
(43-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
abituriyentlarga test topshiriqlari kitobi va Davlat komissiyasi tomonidan namuna sifatida tasdiqlangan javoblar varaqalarini tarqatish;
(43-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2020-y., 09/20/562/1294-son)
test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasining nuqsonsizligini tekshirib chiqish hamda ularning tegishli boʻlimlarini rasmiylashtirish boʻyicha abituriyentlarga koʻrsatma berish;
(43-bandning sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
test topshiriqlari kitobida nuqson mavjudligi aniqlansa, uning birinchi betiga “nuqsonli” deb yozish, almashtirilgan vaqtini koʻrsatish hamda abituriyentning familiyasi, ismi, otasining ismini yozib, imzolash va ushbu holat haqida dalolatnoma tuzish;
Oldingi tahrirga qarang.
test sinovlariga kelmagan abituriyentning test topshiriqlari kitobini test sinovlari boshlanganidan soʻng 15 daqiqa oʻtgach ishlatilmagan test topshiriqlari kitobi paketiga solib muhrlash, abituriyentlarning guruh boʻyicha roʻyxatiga test sinovlariga kelmagan abituriyent ismi-sharifining toʻgʻrisiga “qatnashmadi” degan yozuv kiritish hamda uning javoblar varaqasi javoblar varaqasi paketiga solib qoʻyish;
(43-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
birinchi smenada soat 08:00 dan 08:20 gacha, ikkinchi smenada soat 15:00 dan 15:20 gacha abituriyentlarning guruhlar boʻyicha roʻyxatini rasmiylashtirish;
abituriyentlarning guruhlar boʻyicha roʻyxatining toʻldirilgan bir nusxasini bino rahbariga topshirish;
abituriyentlar bilan test topshiriqlari boʻyicha savol-javob qilmaslik;
test topshiriqlari uchun ajratilgan vaqt tugaganligini eʼlon qilish, abituriyentlarni oʻrinlaridan turishlarini talab qilish;
abituriyentlarga test materiallarini topshirish boʻyicha koʻrsatma berish;
test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasiga shikast yetmaganligini tekshirib qabul qilib olish;
barcha javoblar varaqalarini javoblar varaqalari paketiga solish;
test sinovlarida qatnashgan abituriyentlarning javoblar varaqalarini, “nuqsonli” deb topilgan test topshiriqlari kitobini, abituriyentlarning guruhlar boʻyicha roʻyxatining ikkinchi nusxasini javoblar varaqasi paketiga solib, paketni muhrlash;
Oldingi tahrirga qarang.
ishlatilmagan test topshiriqlari kitobi paketi hamda ishlatilgan test topshiriqlari kitoblarini test materiallari qutisiga solib muhrlash;
(43-bandning yigirmanchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
test sinovlari tugagandan soʻng guruhda abituriyentlar boʻlsa, ularni tashqariga chiqarish;
Oldingi tahrirga qarang.
test materiallarini bino rahbariga belgilangan vaqtlarda topshirish va topshirganligini tasdiqlash.
(43-bandning yigirma ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
44. Guruh nazoratchisi abituriyent test topshiriqlari kitobi nuqsonli ekanligi haqida murojaat qilsa, birinchi smenada 08:00 gacha, ikkinchi smenada 15:00 gacha quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
guruhda test sinovlarida qatnashmagan abituriyent uchun ajratilgan test topshiriqlari kitobini murojaat qilgan abituriyentga beradi;
(44-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
Oldingi tahrirga qarang.
guruhda ortiqcha test topshiriqlari kitobi boʻlmasa, bino rahbaridan zaxiradagi shu taʼlim yoʻnalishi va tiliga mos boʻlgan test topshiriqlari kitobini berishni soʻraydi. Bu jarayonni dalolatnoma bilan rasmiylashtiradi.
(44-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
45. Test sinovlarini oʻtkazishda guruh nazoratchilari abituriyentlarga mikrokalkulyator, lugʻat, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari, shpargalkalar va shu kabilarni bersa yoki ishlatishga imkoniyat yaratsa, foydalanilayotgan holatlarda test sinovlaridan chetlashtirmasa va ushbu holat uchun javoblar varaqasining 4-boʻlimini rasmiylashtirmasa, mazkur holat ularni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi.
46. Test sinovlari jarayonida abituriyent quyidagi huquqlarga ega:
test topshiriqlari kitobidan qoralama sifatida foydalanish;
test topshiriqlarini belgilangan muddatdan oldin bajarish, undan soʻng test materiallarini tartib bilan guruh nazoratchisiga topshirish hamda test sinovlari oʻtkaziladigan hududdan chiqib ketish.
Oldingi tahrirga qarang.
47. Abituriyent test sinovlari oʻtkaziladigan kuni binoga tegishli hududga soat 07:00 (ikkinchi smena soat 14:00) gacha, binoga soat 07:30 (ikkinchi smena soat 14:30) gacha faqat abituriyent ruxsatnomasi va pasporti bilan shaxsni identifikatsiyalash vositalari hamda videofiksatsiya qurilmalari orqali tartibli ravishda kirishi bilan birgalikda, birinchi smenada soat 07:30 dan 08:00 gacha, ikkinchi smenada soat 14:30 dan 15:00 gacha quyidagi ishlarni amalga oshirishga majbur:
(47-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(47-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
test materiallari nuqsonsizligini tekshirish va nuqson borligi aniqlansa, darhol guruh nazoratchisiga xabar berish;
javoblar varaqasi toʻgʻri toʻldirilishini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
test topshiriqlari kitobi muqovasida va javoblar varaqasida koʻrsatilgan tegishli joylarni rasmiylashtirish.
(47-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(47-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(47-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
48. Abituriyent mazkur Nizomning 47-bandida koʻrsatilgan majburiyatlardan tashqari quyidagilarga shaxsan javobgar hisoblanadi:
javoblar varaqasini havo rang pastali sharikli ruchka bilan toʻldirish;
javoblar varaqasini bukmaslik, marker chizigʻiga yozmaslik, javoblar varaqasi raqami ostida joylashgan doirachalarni boʻyamaslik;
javoblar varaqasi bilim darajasini belgilovchi asosiy hujjat boʻlganligi uchun uni toʻgʻri toʻldirish;
belgilangan vaqt tugaguniga qadar test topshiriqlari kitobida mavjud test topshiriqlarini bajargan holda javoblar varaqasining mos tartib raqamidagi tegishli doirachalarini boʻyab, test topshiriqlari kitobini va unga mos boʻlgan javoblar varaqasini guruh nazoratchisiga topshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Test sinovlari davomida abituriyent sogʻligi yomonlashishi sababli tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan olib ketilsa yoki oʻz ixtiyori bilan test oʻtkazilayotgan hududdan chiqib ketsa, uning test sinovi natijasi sogʻligi yomonlashishiga qadar javoblar varaqasiga belgilagan javoblari asosida hisoblanadi. Unga boshqa vaqtda test sinovini qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
49. Har bir test topshirigʻiga 4 tadan (“A”, “V”, “S”, “D”) muqobil javoblar beriladi.
50. Abituriyent tomonidan har bir test topshirigʻiga faqat bitta javob belgilanishi shart boʻlib, test topshiriqlari kitobida toʻgʻri deb hisoblangan javoblarni javoblar varaqasidagi mos tartib raqamli doirachadan bittasini boʻyaydi (javoblar varaqasida boʻyalgan javoblarni oʻzgartirish mumkin emas). Agar, javoblar varaqasidagi “belgilash uchun namuna” qoidasiga rioya etilmasa, jumladan, bitta test topshirigʻiga javoblar varaqasida tegishli doiracha boʻyalmasa yoki ikki va undan ortiq doiracha boʻyalsa yoxud toʻliq boʻyalmasa ushbu test topshirigʻiga ball berilmaydi.
51. Abituriyentning test sinovlarini topshirish vaqtida guruhdan chiqishi taqiqlanadi, chiqqan abituriyentlar qaytadan test sinovlariga qoʻyilmaydi. Test materiallarisiz, guruh nazoratchisi kuzatuvi ostida guruhdan chiqish hollari bundan mustasno.
52. Quyidagi hollarda abituriyent test sinovlari jarayonidan chetlashtiriladi va natijalari chiqarilmasligiga asos boʻladi:
test sinovlari oʻtkaziladigan hududga yoki binoga kirishda mikrokalkulyator, lugʻat, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa, olib kirgan boʻlsa yoki ulardan test sinovlari davomida foydalansa;
test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki ularga yordam bersa;
Oldingi tahrirga qarang.
test sinovlari jarayonida bir-biri bilan gaplashsa;
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
Oldingi tahrirga qarang.
test materiallarini binodan tashqariga olib chiqsa yoki olib chiqishga urinsa, test materiallarini tarqatsa, test topshiriqlari kitobi varagʻini yirtsa;
(52-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagandan soʻng test materiallarini topshirishdan bosh tortsa;
test sinovlari jarayonida videokuzatuvlar orqali abituriyentning tartib va qoidalarga amal qilmaganligi aniqlansa.
3-bob. Test sinovlari natijasi boʻyicha berilgan apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish
Oldingi tahrirga qarang.
53. Test sinovlari natijasidan norozi boʻlgan abituriyentlar yakuniy tanlov natijalari eʼlon qilingan kunning ertasidan boshlab oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan apellyatsiya komissiyasiga Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
Oldingi tahrirga qarang.
54. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish jarayonida qabul komissiyasi aʼzolarini, Bilim va malakalarni baholash agentligi vakillarini hamda guruh nazoratchilarini ularga tegishli masalalar boʻyicha jalb qilishga haqli.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
55. Apellyatsiya shikoyatini bergan abituriyent xabarnomada belgilangan kunda oʻzining pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi shart.
56. Apellyatsiya shikoyati koʻrilayotgan abituriyentga uning javoblar varaqasi nusxasi, test topshiriqlari notoʻgʻri bajarilgan javoblar roʻyxati hamda test sinovlarida abituriyentga taqdim etilgan test topshiriqlari kitobi beriladi.
Taqdim etilgan hujjatlar asosida abituriyent oʻzining har bir notoʻgʻri deb hisoblangan test topshirigʻiga javoblarini yozma ravishda bayon qiladi va qabul qilib olgan barcha test materiallari bilan birga apellyatsiya komissiyasiga taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
57. Apellyatsiya shikoyati apellyatsiya komissiyasi tomonidan faqat abituriyent ishtirokida, uning test sinovi jarayonida javoblar varaqasiga belgilagan javoblari toʻgʻriligini asoslovchi yozma ravishdagi bayoni asosida koʻrib chiqiladi. Abituriyentning yozma ravishdagi bayoni oʻz tasdigʻini topmagan boʻlsa, apellyatsiya komissiyasi test sinovlari natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
(57-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Abituriyent murojaat qilganda unga apellyatsiya shikoyati boʻyicha qabul qilingan qarordan koʻchirma beriladi.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
Oldingi tahrirga qarang.
58. Abituriyentning javoblar varaqasi, test topshiriqlari kitobi Bilim va malakalarni baholash agentligiga belgilangan tartibda yetkazilmagan, yirtilgan boʻlsa, shuningdek, test sinovlaridan chetlashtirilgan yoki oʻzining javoblarini yozma ravishda bayon qilmagan abituriyentning apellyatsiya shikoyati koʻrib chiqilmaydi.
(58-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
59. Apellyatsiya jarayonida quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi:
apellyatsiya oʻtkazilayotgan xonaga uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar (lugʻat, jadvallar bundan mustasno) olib kirishga harakat qilish yoki olib kirish;
apellyatsiya jarayonida test materiallarini boshqa abituriyentga uzatish, ularga yordam berish yoki yordam olish;
test topshiriqlari kitobining varagʻini yirtish.
60. Apellyatsiya komissiyasining qarori boʻyicha maʼlumot Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga apellyatsiya jarayoni toʻliq tugaganidan soʻng besh ish kuni ichida taqdim etiladi.
61. Abituriyent apellyatsiya komissiyasining apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilgan qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
4-bob. Yakunlovchi qoida
62. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini tashkil etish
SXEMASI

Bosqich

Talablar

Masʼullar

Bajarish muddati

I bosqich

Abituriyentlarning oʻqishga qabul qilish uchun roʻyxatdan oʻtkazish.

Oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari yoki Davlat xizmatlari markazlari

har yili

15-iyundan

15-iyulgacha

II bosqich

Xalqaro va respublika fan olimpiadalari, tanlov va musobaqalar gʻoliblari va shu kabi test sinovlarisiz oʻqishga kirish imtiyoziga ega boʻlgan abituriyentlar haqidagi maʼlumotni qabul komissiyasining raisi va masʼul kotibi tomonidan imzolangan holda Davlat test markaziga taqdim etadi.

Oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari

har yili

16-iyulda

III bosqich

Test sinovlari oʻtkaziladigan binolarni test sinovlariga tayyor holatga keltiradi hamda bu haqda Davlat test maʼlumot xabar beradi.

 

Mahalliy davlat hokimiyati organlari, oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari

har yili

16-iyulda

IV bosqich

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalarini maxsus dastur orqali bazaga kiritadi, rasmiylashtiradi va Davlat test markaziga taqdim etadi.

Oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari

har yili

22-iyulda

V bosqich

Murojaat etgan abituriyentlarga ruxsatnomasini chop etib, taqdim etadi.

Oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari

har yili

24-iyuldan

VI bosqich

1. Test sinovlari oʻtkaziladigan kuni abituriyentlarni belgilangan tartibda binoga kiritilishini taʼminlaydi.

2. Test sinovlarini belgilangan tartibda oʻtkazilishini taʼminlaydi.

Davlat test markazi, Ichki ishlar vazirligi, oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari

har yili

iyul-avgust

VII bosqich

Test sinovlari boʻyicha abituriyentlarning toʻplagan umumiy ballarini DTMning rasmiy dtm.uz saytida eʼlon qiladi.

Davlat test markazi

test sinovi oʻtkazilgan kunning ertasiga

VIII bosqich

Tanlov natijalarini eʼlon qiladi

Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi, Davlat test markazi

test sinovlari toʻliq yakunlangandan keyin bir hafta ichida

IX bosqich

Abituriyentlarning apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqadi va uning natijalarini eʼlon qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi, Davlat test markazi

har yili

21-avgust — 30-sentabr

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2 — 10-ilovalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-sentabrdagi 562-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2020-y., 09/20/562/1294-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qaroriga
2-ILOVA
Bakalavriatga test sinovlarisiz, kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali oʻqishga qabul qilish boʻyicha taʼlim yoʻnalishlari
ROʻYXATI

T/r

Bilim va taʼlim sohalari, taʼlim yoʻnalishlari

Nomi

Kod

GUMANITAR SOHA

Pedagogika

100 000

110 000

1.

Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi

5110800

2.

Musiqa taʼlimi

5111100

3.

Jismoniy madaniyat

5112000

Sanʼat

150 000

4.

Bastakorlik sanʼati

5150100

5.

Sanʼatshunoslik (turlari boʻyicha)

5150200

6.

Aktyorlik sanʼati (turlari boʻyicha)

5150300

7.

Rejissorlik (turlari boʻyicha)

5150400

8.

Dirijorlik (turlari boʻyicha)

5150500

9.

Vokal sanʼati (turlari boʻyicha)

5150600

10.

Cholgʻu ijrochiligi (turlari boʻyicha)

5150700

11.

Rangtasvir (turlari boʻyicha)

5150800

12.

Dizayn (turlari boʻyicha)

5150900

13.

Haykaltaroshlik (turlari boʻyicha)

5151100

14.

Amaliy sanʼat (turlari boʻyicha)

5151200

15.

Xoreografiya (turlari boʻyicha)

5151300

16.

Xalq ijodiyoti (turlari boʻyicha)

5151600

XIZMATLAR SOHASI

Xizmat koʻrsatish sohasi

600 000

610 000

17.

Sport faoliyati (faoliyat turlari boʻyicha)

5610500

Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan mazkur roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/261/1036-son, 05.07.2018-y., 09/18/502/1457-son; 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son, 17.08.2019-y., 09/19/681/3587-son; 17.09.2020-y., 09/20/562/1294-son, 13.10.2020-y., 09/20/646/1382-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/775/1206-son; 31.12.2022-y., 09/22/731/1141-son; 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)