1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.21.00 Engil, mahalliy sanoat]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-dekabrdagi PF-5285-son Farmonining o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy qilish, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi hududida joylashgan paxta tozalash korxonalari va paxta tayyorlash punktlarining ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:
a) O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan “O‘zpaxtasanoat” AJ va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari hududida joylashgan 16 ta paxta tozalash korxonasi va 68 ta paxta tayyorlash punkti xatlovdan o‘tkazilib, ularning holati baholangan;
b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-dekabrdagi PF-5285-son Farmoni bilan tashkil etilgan Paxta-to‘qimachilik klasterlarini o‘rta muddatli istiqbolda rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi komissiya tomonidan o‘tkazilgan xatlov natijalari bo‘yicha:
paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari hududida joylashgan 1-ilovaga muvofiq paxta tozalash korxonalari va paxta tayyorlash punktlarining bino hamda inshootlarini ularning tashkilotchilariga 5 yil muddatga bo‘lib to‘lash sharti bilan baholash qiymatida sotish;
paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilari tomonidan ularning hududida joylashgan paxta tozalash korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan 2018-yilda paxta xomashyosini qaytarib berish va ijara asosida qayta ishlash uchun foydalanish to‘g‘risidagi masalalarni paxta tozalash korxonalari aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishlarida ko‘rib chiqish uchun kiritish tavsiya etilgan.
2. Belgilansinki:
a) paxta tozalash korxonalari va paxta tayyorlash punktlarining bino hamda inshootlari paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari hamda klasterlari tashkilotchilariga ishlab chiqarishni 2 yildan ortiq bo‘lmagan vaqt davomida modernizatsiyalash sharti bilan sotiladi;
b) paxta tozalash korxonalari va tayyorlov punktlarining ishlab turgan uskunalari va boshqa asosiy vositalari paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari hamda klasterlari tashkilotchilariga ijaraga:
modernizatsiyalash amalga oshiriladigan davrgacha berilishi mumkin;
mulk va yer solig‘i hamda amortizatsiya ajratmalari hisobga olingan holda, davlat mulki uchun belgilangan eng kam stavkalar bo‘yicha beriladi.
3. “O‘zpaxtasanoat” AJ O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda:
ushbu qarorga 1-ilovada qayd etilgan paxta tozalash korxonalari va paxta tayyorlash punktlarining bino hamda inshootlari bir oy muddatda baholanishini;
paxta tozalash korxonalari boshqaruv organlarining yig‘ilishlarini ikki oy muddatda o‘tkazish tashabbusini va Ishchi komissiyaga ko‘rib chiqish uchun tavsiya etilgan (ushbu qarorning 1-bandi “b” kichik bandiga muvofiq) masalalar kun tartibiga kiritilishini;
paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilari bilan tegishli shartnomalar tuzilishini ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 25-yanvardagi 53-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.S. Otajonov va “O‘zpaxtasanoat” AJ boshqaruvi raisi A.I. Maqsudov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 31-mart,
253-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 253-son qaroriga 1-ILOVA
Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari hududida joylashgan, bino va inshootlarini (uskunalaridan tashqari) investitsiyalar kiritish hamda 5 yil muddatga bo‘lib to‘lash sharti bilan baholash qiymatida sotish taklif etilayotgan paxta tozalash korxonalari va paxta tayyorlash punktlarining
* Izoh. Zavod huzuridagi paxta tayyorlash punktlari hisobga olingan holda.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-avgustdagi 477-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.08.2022-y., 09/22/477/0781-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 253-son qaroriga 2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 25-yanvardagi 53-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar
1. 3-banddagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. 4-bandning uchinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg‘armasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. 6-bandning ikkinchi xatboshidagi “fermer xo‘jaligining maxsus hisob raqamiga” so‘zlari “fermer xo‘jaligining maxsus hisob raqamiga, shuningdek, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari tashkilotchilari bilan tuzilgan shartnomalar asosida paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari tashkilotchilari, moddiy-texnika resurslari yetkazib beruvchilar va xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. 10-banddagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. 13-bandga “Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari” so‘zlaridan so‘ng “va paxtachilik-to‘qimachilik klasterlari” so‘zlari qo‘shilsin.
7. 14-banddagi “va suv” so‘zlari chiqarib tashlansin.
8. 15-banddagi “-Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri” so‘zlari chiqarib tashlansin.
9. 1-ilovaning “Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishining tashkilotchilari” ustunida:
a) 1-pozitsiyadagi ““Boston klaster” MChJ” so‘zlaridan so‘ng ““Xorazm teks” MChJ” so‘zlari qo‘shilsin;
b) 2-pozitsiyadagi ““Xanteks” MChJ” so‘zlari ““Khantex Group” MChJ va “Khantex Agro Servis” MChJ” so‘zlari bilan almashtirilsin;