

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3604601" id="onLBC-3604601">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6950"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bogʻdorchilik. Uzumchilik;</span></div><div id="LBC6951"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.05 Sabzavotchilik]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-3604601" id="onLS-3604601">[<b>TSZ:</b><div id="LS3740"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-3606340" id="-3606340">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3606341" id="-3606341">Farmoni</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-3606342" id="-3606342">Oʻzbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3606344" id="-3606344"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3606345" id="-3606345">Respublikada ishlab chiqarishni kengaytirish, meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va eksport qilishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3606346" id="-3606346">Meva-sabzavotchilikni intensiv rivojlantirishga doir loyihalarni amalga oshirish uchun ekin maydonlari sezilarli ravishda kengaytirildi, meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash boʻyicha quvvatlar ishga tushirildi, moliyaviy resurslar, jumladan, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari faol ravishda jalb etilmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3606347" id="-3606347">Shu bilan birga xorijiy meva-sabzavot mahsulotlari bozorlaridagi yuqori darajadagi raqobat agrotexnikaning xamda ishlab chiqarish va mahsulot yetkazib berish jarayonlarini boshqarishning zamonaviy uslublarini jadal ravishda joriy etishni talab qilmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3606348" id="-3606348">Biroq qator salbiy omillar mamlakatimiz agrosanoat sohasi salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirishga toʻsqinlik qilmoqda. Ular jumlasiga kuyidagilar kiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3606349" id="-3606349">birinchidan, meva-sabzavot mahsuloti ishlab chiqaruvchilari va tayyorlovchilari oʻrtasida meva-sabzavot ekinlari bozorida xaridorgir ekinlar va ularning navlarini joylashtirish masalalarida oʻzaro hamkorlikning bozor mexanizmlaridan toʻliq foydalanmaslik;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3606350" id="-3606350">ikkinchidan, tuzilgan shartnomalarni oʻz vaqtida, sifatli, toʻliq yoki mutlaqo bajarmaslik kabi harakatlarda namoyon boʻluvchi kichik qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan shartnoma intizomiga rioya qilish darajasining pastligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3606351" id="-3606351">uchinchidan, qishloq xoʻjaligi mehnatini mexanizatsiyalashtirish, zamonaviy intensiv, avvalo, suvni tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, ularni saqlash va transportirovka qilish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining mustaqil ravishda tashqi bozorga chiqishi uchun moliya resurslarini jamgʻarish uchun qulay imkoniyatlarning yoʻqligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3606352" id="-3606352">toʻrtinchidan, qishloq xoʻjaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilarining bozorlarda xaridorgir boʻlgan yuqori hosildorlikka ega va sifatli navlarning urugʻi, koʻchati bilan qoniqarli ravishda taʼminlanmaganligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3606353" id="-3606353">beshinchidan, qishloq xoʻjaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilarining real ehtiyojlariga javob bermaydigan kadrlar tayyorlash tizimining past darajasi, jumladan, zamonaviy bilimlarga ega oʻrta va oliy boʻgʻinning yuqori malakali mutaxassislarini tayyorlash boʻyicha xalqaro hamkorlik yoʻlga qoʻyilmaganligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3606354" id="-3606354">oltinchidan, logistika va transport infratuzilmasi rivojlanmaganligi hosilning bir qismi nobud boʻlishi, shuningdek, yetishtirilgan mahsulotni arzon narxlarda sotish va natijada qishloq xoʻjaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilarining qoniqarsiz moliyaviy koʻrsatkichlariga sabab boʻlmoqda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3606355" id="-3606355">yettinchidan, turli ekinlar agrotexnologiyalarining dolzarb masalalari va ularni amaliyotga joriy etish boʻyicha chuqur ilmiy tadqiqotlarning yoʻqligi, ilmiy institutlar va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning past darajasi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3606356" id="-3606356">Meva-sabzavotchilikni jadal va samarali rivojlantirishni taʼminlash, yuqori sifatli va raqobatbardosh tayyor mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish, uni yirik xorijiy bozorlarga chiqarish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha <a href="/acts/-3107036#-3109146">Harakatlar strategiyasida </a>belgilangan vazifalarning izchil ijrosini taʼminlash maqsadida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3606359" id="-3606359">1. Surxondaryo viloyatida meva-sabzavot mahsulotlari sohasida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida klaster usulini yaratishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tajriba yoʻlga qoʻyilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3606360" id="-3606360">2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va tumanlar hokimliklari joriy qishloq xoʻjaligi yilidan boshlab:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3606361" id="-3606361">meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishdan to sotishgacha boʻlgan belgilangan jarayonni mustaqil ravishda amalga oshiruvchi yagona yoki oʻzaro bogʻliq korxonalar guruhi doirasida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3606364" id="-3606364">qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga qishloq xoʻjaligi yumushlarini tashkil qilish uchun ekish materiali, avans toʻlovlarini taqdim etuvchi va ulardan ishlab chiqarilgan mahsulotni kelishilgan narxlarda sotib oluvchi qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari, tayyorlovchi korxonalar, qayta ishlovchilar, eksport qiluvchilar oʻrtasida kafolatlangan shartnomalar asosida “urugʻ-koʻchat-mahsulot yetishtirish-tayyorlash-saqlash-qayta ishlash-transportirovka qilish-bozorga yetkazish” tamoyili boʻyicha uzluksiz zanjirni shakllantirishni koʻzda tutuvchi meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etishning klaster usulini (keyingi oʻrinlarda meva-sabzavot klasterlari deb yuritiladi) keng joriy etish boʻyicha chora-tadbirlarni qabul qilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3606365" id="-3606365">3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Z.T. Mirzayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari tegishli tartibda chigitdan boʻshagan yerlarda qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekishda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3606366" id="-3606366">logistika markazlari (meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash, birlamchi yoki chuqur qayta ishlash boʻyicha quvvatlar, qishloq xoʻjaligi texnikasi), shuningdek, ichki va tashqi bozorda meva-sabzavot mahsulotlarini sotish tajribasiga ega;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3606367" id="-3606367">zamonaviy issiqxona xoʻjaliklari va intensiv bogʻlar yaratish va ulardan foydalanish tajribasiga ega;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3606368" id="-3606368">qoʻshimcha qiymatlar zanjiri boʻyicha klaster usulida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish uchun shaxsiy va jalb qilingan moliyaviy mablagʻlariga ega;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3606369" id="-3606369">meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va sotish, jumladan eksport qilishni tashkil qilish, zamonaviy resurs va suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish, yangi ish oʻrinlari yaratish vazifalarini oʻz zimmasiga oladigan xoʻjalik yurituvchi subyektlariga (oʻzaro bogʻliq korxonalar guruhiga) birinchi navbatda erdan uzoq muddatli ijara shartlarida foydalanish huquqini taqdim etsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3606370" id="-3606370">4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3606371" id="-3606371">2018-yilda har bir hududda 1-2 ta meva-sabzavot klasterlari tashkil etsin va 2019-yildan boshlab meva-sabzavot yetishtirishga ixtisoslashgan barcha tumanlarni qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishini tashkil etishning klaster shakliga jalb etsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3606372" id="-3606372">meva-sabzavot klasterlariga ichki hamda tashqi bozordagi ehtiyoj va tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish, mahsulot yetishtirish hajmi, ularning navi va turini belgilash, shuningdek, fermer va dehqon xoʻjaliklari bilan ular tomonidan tayyorlanayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish yuzasidan shartnomalar tuzish boʻyicha mustaqil qaror qabul qilish huquqi taqdim etilsin;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5675002" id="edi-5675002"><a href="/acts/-3604601?ONDATE=30.03.2018 00#-3606373">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5675002" id="-5675002"><em>(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli </em><a href="/acts/-5671210?ONDATE=08.10.2021 00#-5671628">Farmoniga </a><em>asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3606374" id="-3606374">Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi bilan hamkorlikda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga irrigatsiya va kollektor qurilmalarini tozalashda yordam koʻrsatsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3606376" id="-3606376">5. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari S.R. Xolmurodov Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3606379" id="-3606379">xalqaro moliya tashkilotlari va institutlari kredit liniyalarini, jumladan meva-sabzavot klasterlari ustav kapitaliga keyinchalik ushbu hissalarni muassislar — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan sotib olish huquqi bilan jalb etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3606380" id="-3606380">meva-sabzavot klasterlarini, boshqa meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari va eksportchilarini eksportoldi moliyalashtirish uchun tijorat banklarida kredit liniyalarini ochish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3606382" id="-3606382">koʻchatzorlarni tashkil qilish, meva-sabzavot klasterlari logistika markazlari, issiqxonalar qurish va intensiv bogʻlar barpo etish boʻyicha loyihalarni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari kredit liniyalari hajmini kengaytirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3606384" id="-3606384">agronomlar va meva-sabzavot klasterlari, zamonaviy intensiv bogʻlar va issiqxona xoʻjaliklarining boshqa xodimlarini bir yilgacha boʻlgan muddatga yetakchi ixtisoslashgan xorijiy kompaniyalarga taʼlim olish va stajirovka oʻtashga yuborish uchun grant mablagʻlari va xalqaro tashkilotlarning texnik koʻmak mablagʻlarini jalb etish boʻyicha takliflar kiritsin.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3606386" id="onLBC-3606386">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6939"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.03.00 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun beriladigan imtiyozlar, dotatsiyalar va kompensatsiyalar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3606386" id="-3606386">6. Quyidagilar 2021-yil 1-yanvarga qadar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3606388" id="-3606388">koʻchatxonalar va issiqxonalarda urugʻ, koʻchat va payvandtag yetishtiruvchi va ularni qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga yetkazib beruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlari barcha turdagi soliq va yigʻimlar toʻlashdan (yagona ijtimoiy toʻlov bundan mustasno);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3606389" id="-3606389">chetdan olib kirilayotgan urugʻlar, koʻchatlar va payvandtaglar, mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni kimyoviy himoyalash vositalari, zamonaviy energiya tejovchi issiqxonalar va ularning butlovchi qismlari <a href="/acts/-3604601#-4461879">ilovaga </a>muvofiq bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻim bundan mustasno);</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4408427" id="edi-4408427"><a href="/acts/-3604601?ONDATE=30.03.2018 00#-3606390">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4408427" id="-4408427">(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PF-5755-sonli <a href="/acts/-4396717?ONDATE=28.06.2019 00#-4396830">Farmoniga</a> asosan chiqarilgan — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3606391" id="onLBC-3606391">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6938"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.02 Qishloq xoʻjalik mahsuloti narxlarining davlat tomonidan tartibga solinishi]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3606391" id="-3606391">7. 2018-yilning 1-yanvaridan meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchi tashkilotlarga daromadga vositachi tashkilotlar uchun koʻzda tutilgan stavka boʻyicha soliq solgan xolda mukofot summasidan yagona soliq toʻlovini toʻlash huquqi berilsin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5981248" id="edi-5981248"><a href="/acts/-3604601?ONDATE=30.03.2018 00#-3606393">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5981248" id="-5981248">(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli <a href="/acts/-5947775?ONDATE=09.04.2022 00#-5951921">Farmoniga </a>asosan 2022-yil 1-iyuldan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6665014" id="edi-6665014"><a href="/acts/-3604601?ONDATE=30.03.2018 00#-3606395">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6665014" id="-6665014">(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli <a href="/acts/-6658633?ONDATE=11.11.2023 00#-6659946">Farmoniga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3606398" id="-3606398">9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va sugʻurta tashkilotlari bilan birgalikda meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari va tayyorlovchilari oʻrtasida kontraktatsiya shartnomalarini sugʻurtalash mexanizmini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritsin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5861109" id="edi-5861109"><a href="/acts/-3604601?ONDATE=28.09.2020 00#-5042973">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5861109" id="-5861109"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5861115" id="-5861115">10. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bilan birgalikda, tajriba tariqasida, real natijalardan va hosilning saqlanishidan kelib chiqib yakuniy hisob-kitoblarning amalga oshirilishi va mukofot olishini hisobga olgan xolda fitosanitariya taʼminotini, oʻsimliklarni zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlardan himoyalashni taʼminlasin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5861118" id="-5861118"><em>(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-fevraldagi PF-67-sonli </em><a href="/acts/-5855651?ONDATE=12.02.2022 00#-5855940">Farmoni </a><em>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son)</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3606403" id="-3606403">11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda 2018-yilning 1-sentabrigacha boʻlgan muddatga Oʻsimliklarni zararkunandalar, kasalliklar, begona oʻtlar, bakteriyalar va viruslardan kompleks himoyalash, fitosanitariya nazoratini kuchaytirish va respublikada maqbul fitosanitariya holatini taʼminlash boʻyicha davlat dasturini ishlab chiqsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3606404" id="-3606404">12. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Tashqi savdo vazirligi 2018-yil 1-noyabrga qadar barcha qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari erkin foydalana oladigan salohiyatli xorijiy bozorlarning elektron maʼlumotlar bazasini yaratishni taʼminlasin, bunda meva-sabzavot mahsulotlari turlari, navlari, asosiy isteʼmolchilari boʻyicha ehtiyojlarning taxminiy hajmi, shuningdek, qoʻyiladigan talablari boʻyicha axborot olish imkoniyati koʻzda tutilsin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5042982" id="edi-5042982"><a href="/acts/-3604601?ONDATE=30.03.2018 00#-3606406">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5042982" id="-5042982"></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-5042985" id="onLBC-5042985">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7022"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.14.00 Bozorlarda savdo;</span></div><div id="LBC7699"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.04.00 Diplomatik va boshqa vakolatxonalar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5042985" id="-5042985">Belgilansinki, xorijiy bozorlar boʻyicha maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixonalari va savdo vakolatxonalarining xodimlarini jalb qilgan holda, shakllantiriladi va yangilanadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5042990" id="-5042990">(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli <a href="/acts/-5019106?ONDATE=28.09.2020 00#-5021579">Farmoni </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3606408" id="-3606408">13. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi tegishli ilmiy-tadqiqot institutlarini jalb etgan holda, qurgʻoqchilik, kasalliklar va zararkunandalarga chidamli qishloq xoʻjaligi ekinlarining seleksiyasini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3606411" id="-3606411">14. “Oʻzbekenergo” AJ (U. Mustafayev), “Oʻztransgaz” AJ (A. Mustafayev), shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari rahbarlari zimmasiga meva-sabzavot klasterlarining ishlab chiqarish va qayta ishlash quvvatlarini elektr energiya va tabiiy gaz bilan ularning tabiiy ehtiyojlariga muvofiq uzluksiz taʼminlash uchun shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3606414" id="-3606414">15. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov, Tashqi savdo vazirligi (J. Xodjayev) va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (X. Xasilov)ga bir oy muddatda quyidagilar boʻyicha takliflar kiritsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3606416" id="-3606416">meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilarga eksport kontraktlari bajarilishini taʼminlovchi muddatlarda temir yoʻl vagonlari, shu jumladan, vagon-refrijeratorlar berish tartibini maqbullashtirish va soddalashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3606418" id="-3606418">shu jumladan, xorijiy investorlarni jalb qilgan holda zamonaviy refrijeratorli konteynerlar ishlab chiqarilishi, xalqaro registrlarda sertifikatsiyalash va roʻyxatdan oʻtkazishni tashkil qilish, shuningdek, ularni meva-sabzavot klasterlari, tayyorlov tashkilotlari va boshqa manfaatdor foydalanuvchilarga, shu jumladan, lizing orqali sotish tartibini belgilash boʻyicha.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3606421" id="-3606421">16. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda agrotexnologiyalar sohasida yuqori malakali, zamonaviy bilimlarni egallagan mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyishni taʼminlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3606423" id="-3606423">17. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi viloyatlar hokimliklari, meva-sabzavot klasterlari va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining buyurtmalariga koʻra jalb etiladigan xorijiy mutaxassislar uchun 12 oygacha boʻlgan muddatga kirish vizalari va koʻp martalik vizalar rasmiylashtirishni taʼminlasin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5260176" id="edi-5260176"><a href="/acts/-3604601?ONDATE=30.03.2018 00#-3606425">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5260176" id="-5260176"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5260181" id="-5260181">18. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi viloyatlar hokimliklari, meva-sabzavot klasterlari va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining buyurtmalariga koʻra jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar uchun davlat bojini undirmagan xolda koʻp martalik vizalarni rasmiylashtirish, berish va uzaytirish, shuningdek, vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish hamda muddatini uzaytirishni taʼminlasin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5260185" id="-5260185">(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli <a href="/acts/-5242026?ONDATE=27.01.2021 00#-5242676">Farmoni </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3606426" id="-3606426">19. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi meva-sabzavot klasterlari buyurtmalariga koʻra belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasiga qishloq xoʻjaligi boʻyicha yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish uchun ruxsatnomalar berilishi, shuningdek, ushbu xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsat berish (uzaytirish)ni taʼminlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3606428" id="-3606428">20. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3606429" id="-3606429">21. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari N.S. Otajonov, Z.T. Mirzayev va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3606430" id="-3606430">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3606431" id="-3606431">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3606432" id="-3606432">2018-yil 29-mart,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-3606433" id="-3606433">PF-5388-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4461879" id="-4461879"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-4461884" id="-4461884">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PF-5388-son <a href="/acts/-4396717">Farmoniga</a> <br />ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-4461910" id="-4461910">Boj toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) ozod qilinadigan urugʻlik, koʻchatlar va payvand qoʻyiladigan tuplar, mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari, energiya tejaydigan zamonaviy issiqxonalarning butlovchi buyumlari </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-4461912" id="-4461912"><strong>ROʻYXATI</strong></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4461913" id="-4461913"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4461914" id="-4461914"><table style="BORDER-RIGHT: medium none; BORDER-TOP: medium none; BACKGROUND: white; BORDER-LEFT: medium none; BORDER-BOTTOM: medium none; BORDER-COLLAPSE: collapse" cellspacing="0" cellpadding="0" width="100%" border="1">
<tbody>
<tr>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: windowtext 1pt solid; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: windowtext 1pt solid; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal" align="center"><a name="4461914"><b><span style="FONT-SIZE: 12pt">T/r</span></b></a></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: windowtext 1pt solid; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" valign="top" width="65%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal" align="center"><span><b><span style="FONT-SIZE: 12pt">Tovarlar nomlanishi</span></b></span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: windowtext 1pt solid; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" valign="top" width="31%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal" align="center"><span><b><span style="FONT-SIZE: 12pt">TIF TN kodlari</span></b></span><b><span style="FONT-SIZE: 12pt"><a href="/acts/-3604601#-4461915"><span style="COLOR: teal; TEXT-DECORATION: none; text-underline: none">*</span></a></span></b></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: windowtext 1pt solid; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">1.</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" valign="top" width="65%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Koʻchatlar va payvand qoʻyiladigan tuplar</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" valign="top" width="31%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">060210, 060220</span></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: windowtext 1pt solid; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">2.</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" valign="top" width="65%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Gidroponika tizimi uchun kokos substrati</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" valign="top" width="31%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">5305000000</span></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: windowtext 1pt solid; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">3.</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" valign="top" width="65%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Kokos substrati uchun PVX yoki PPdan tayyorlangan novlar</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" valign="top" width="31%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">3926909705</span></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: windowtext 1pt solid; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">4.</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" valign="top" width="65%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Mineral oʻgʻitlar, insektitsidlar, rodentitsidlar, fungitsidlar, gerbitsidlar, begona oʻtlar chiqishiga qarshi vositalar va oʻsimliklarning oʻsishi regulyatorlari, dezinfeksiya qiluvchi vositalar</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" valign="top" width="31%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">3101 — 3105, 3808</span></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: windowtext 1pt solid; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">5.</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" valign="top" width="65%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Tukli arilarning klassik uyalari</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" valign="top" width="31%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">010641</span></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: windowtext 1pt solid; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">6.</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" valign="top" width="65%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Issiqxona qoplamalari</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" valign="top" width="31%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">3920108900, 5608199000, 7312108909, 7326200009</span></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: windowtext 1pt solid; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">7.</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" valign="top" width="65%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Energiyani tejash va soya tushirish tizimi</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" valign="top" width="31%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">5603121000, 7312104900, 7326905000</span></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: windowtext 1pt solid; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">8.</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" valign="top" width="65%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Issiqxonani boshqarish tizimi</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" valign="top" width="31%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">8501510000, 8483908909, 8425390004, 8537101000</span></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: windowtext 1pt solid; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">9.</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" valign="top" width="65%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Iqlimning kompyuter nazorati tizimi</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" valign="top" width="31%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">8537109100</span></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: windowtext 1pt solid; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">10.</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" valign="top" width="65%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Tumanlashtirish tizimi</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" valign="top" width="31%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">8424890009</span></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: windowtext 1pt solid; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">11.</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" valign="top" width="65%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Isitish tizimi</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" valign="top" width="31%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">8402200009, 8416202000, 7310299000, 8481409000 8419110000</span></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: windowtext 1pt solid; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">12.</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" valign="top" width="65%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Tomchilatib sugʻorish tizimi</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" valign="top" width="31%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">8424821000</span></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: windowtext 1pt solid; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">13.</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" valign="top" width="65%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Sirkulatsiya qiluvchi va tortuvchi ventilyatorlar</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" valign="top" width="31%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">8414510000, 8414598000</span></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: windowtext 1pt solid; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">14.</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" valign="top" width="65%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Zamonaviy issiqxona komplekslarining boshqa butlovchi buyumlari va detallari</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" valign="top" width="31%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">3926909709, 7326909807</span></p></td></tr></tbody></table></div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-4461915" id="-4461915">* Tovarlarning TIF TN boʻyicha uzil-kesil kodlari ularni bojxonada rasmiylashtirish vaqtida belgilanadi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-5485778" id="-5485778">Ilova norasmiy tarjima.</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-3606343" id="-3606343">(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2018-y., 06/18/5388/0970-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son; <em>Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son; </em><em>12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son</em>)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
