|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.12.2025
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3276-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilayotgan taʼlim muassasalari tarmogʻini kengaytirish, mazkur faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish hamda nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibini soddalashtirish orqali litsenziya daʼvogarlariga qulay imkoniyatlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki, 2018-yil 1-apreldan boshlab nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan litsenziyalanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligi har bir tuman (shahar) maktabgacha va xalq taʼlimi boʻlimlaridan malakali mutaxassislarni nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalashda ekspertiza xulosalarini tayyorlash va litsenziya daʼvogariga taqdim etish jarayoniga jalb etish choralarini koʻrsinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi oʻn besh kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatishga litsenziya daʼvogarlarining arizalarini davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilish va koʻrib chiqish tizimini ishlab chiqib amaliyotga joriy etsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari 2018-yil 1-apreldan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.V. Akmalov va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi U.N. Tashkenbayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 27-mart,
241-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-martdagi 241-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2018-yil 1-apreldan boshlab oʻz kuchini yoʻqotayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Nodavlat taʼlim muassasalari faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2004-yil 1-martdagi 100-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2004-y., 9-son, 107-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga ilovaning 42-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-son qaroriga ilovaning 24-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga 1-ilovaning 57-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-iyundagi 169-son qaroriga 4-ilovaning 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2013-y., 25-son, 324-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-fevraldagi 139-son qaroriga 2-ilovaning 2-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2018-y., 09/18/241/0960-son, 06.06.2018-y., 09/18/408/1315-son; 29.04.2019-y., 09/19/361/3033-son; 25.12.2019-y., 09/19/1028/4222-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 15.01.2020-y., 09/20/24/0053-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi 05.05.2021-y., 09/21/272/0419-son, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son, 13.08.2021-y., 09/21/511/0793-son, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son; 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)