Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 24.10.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON TRANSPORT VA TRANSPORT KOMMUNIKATSIYALARI UYuShMASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 24-oktabrdagi PQ-715-sonli “Oʻzbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasini tugatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 11-oktabrdagi PF-3498-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda respublika hududida har xil transport turlari faoliyatini muvofiqlashtirishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasining muassislari tarkibi hamda tashkiliy tuzilmasi 1 va 1a-ilovalarga muvofiq;
Uyushma xodimlarining cheklangan umumiy soni 30 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 25 nafar boʻlgan ijro etuvchi apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Uyushma boshqaruvi raisiga zarurat boʻlganda Uyushmaning ijro etuvchi apparati tuzilmasiga xodimlarning cheklangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi yuridik shaxs huquqlariga ega boʻlgan notijorat tashkilot hisoblanadi;
Oʻzbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi ijro etuvchi apparatining taʼminoti Uyushma ustaviga muvofiq uning muassislari ajratmalari hisobiga amalga oshiriladi.
3. “Toshtemiryoʻlloyiha” va “Oʻzyoʻlloyiha” loyihalash tashkilotlarining ularning tegishli aksiyadorlik kompaniyalari tarkibidan chiqishi hamda bevosita Oʻzbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasiga uning muassislari huquqlari bilan kirishi toʻgʻrisidagi qarorlariga rozilik berilsin.
4. Oʻzbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi bir oy muddatda:
Uyushmaning taʼsis yigʻilishini oʻtkazsin va uning ijro etuvchi apparatini yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlagan holda shakllantirsin;
Uyushma ustavini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
5. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Oʻzbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasini belgilangan tartibda zarur aloqa turlari, shu jumladan Hukumat aloqasi bilan taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasining ijro etuvchi apparati Toshkent shahar, Oʻzbekiston koʻchasi, 16“a”-uyga joylashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi Toshkent shahar, Oʻzbekiston koʻchasi, 16“a”-uyda joylashgan bino kommunikatsiyalarini Toshkent shahar hokimligi binolardan foydalanish direksiyasi balansidan Oʻzbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi balansiga bepul oʻtkazsinlar.
Belgilab qoʻyilsinki, oʻtkazilayotgan bino qiymati qoʻshilgan qiymat soligʻini va daromad (foyda) soligʻini hisoblashda soliq solish obyekti hisoblanmaydi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Oʻzbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasini belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsin;
Oʻzbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 12-oktabr,
470-son
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 12-oktabrdagi 470-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi muassislarining tarkibi
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi
“Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi
“Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” — Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
“Davavianazorat” — Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Xalqaro avtomobillarda yuk tashuvchilar uyushmasi
Xalqaro ekspeditorlar uyushmasi
“Oʻztranssanoat” uyushmasi
“Toshtemiryoʻlloyiha” AJ
“Boshtransloyiha” OAJ
“Aviamaxsusmontaj” MChJ
“Oʻzyoʻlloyiha” instituti
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 12-oktabrdagi 470-son qaroriga
1a-ILOVA
Oʻzbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasining tashkiliy tuzilmasi
Oldingi tahrirga qarang.
(1a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-fevraldagi 64-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 7-son, 57-modda)
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 12-oktabrdagi 470-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasining ijro etuvchi apparati tuzilmasi
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 40-41-son, 438-modda; 2005-y., 7-son, 57-modda)