1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining Nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 316-sonli “Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatuvchi Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 1-dekabrdagi PF-5270-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining Nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) bilan tasdiqlangan Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga yoʻnaltirilayotgan davlat bojlari, yigʻimlar va soliq boʻlmagan toʻlovlardan, maʼmuriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar miqdorlariga2-ilovaga muvofiq qoʻshimcha kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.V. Akmalov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 9-mart,
190-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-martdagi 190-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining Nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisida
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining Nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) faoliyatini boshqarish, uning mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
2. Jamgʻarma nogironligi boʻlgan shaxslarning ahvolini yaxshilash, tibbiy-ijtimoiy yordam berish va reabilitatsiya sifatini oshirish, protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalarini ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishga va texnologik yangilashga koʻmaklashish maqsadida tashkil etiladi.
3. Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida jamlanadi va ushbu Nizomda belgilangan maqsadlarga sarflanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
4. Jamgʻarma faoliyatini boshqarish, mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi
5. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasining 10 foizi miqdoridagi ajratmalar;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini yaratishga doir mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bajarilmaganligi uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasining 10 foizi miqdoridagi ajratmalar;
yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek, xalqaro tashkilotlarning homiylik xayriyalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
6. Jamgʻarmaning mablagʻlari:
nogironligi boʻlgan shaxslarni protez-ortopediya buyumlari, texnik reabilitatsiya vositalari va kreslo-aravachalar bilan taʼminlashni;
tashkilotlarda protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalarini ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnologik yangilash loyihalarini amalga oshirishni;
nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish, organizmning izdan chiqqan yoki yoʻqolgan funksiyalarini tiklash va ularni kompensatsiya qilish, hayot faoliyati cheklanganligini bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirishni;
nogironligi boʻlgan shaxslarga jamiyat hayotida boshqa fuqarolar bilan teng ishtirok etish imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni;
nogironligi boʻlgan shaxslar uchun yoʻnaltirilgan ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari faoliyatiga koʻmaklashishni;
nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan ish oʻrinlarini tashkil etish maqsadlarini moliyalashtirish uchun sarflanadi.
3-bob. Jamgʻarma faoliyatini boshqarish
7. Jamgʻarma faoliyatini boshqarish va uning mablagʻlarini taqsimlash Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktori raislik qiluvchi Jamgʻarma faoliyatini boshqarish kengashi (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Kengash tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi. Kengash tarkibiga nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlarini himoya qiluvchi va koʻmaklashuvchi jamoat birlashmalari vakillari kiritiladi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Kengash majlisi aʼzolarning yarmidan koʻpi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi. Qabul qilingan qaror bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi.
8. Kengash majlisi har chorakda bir marotaba, zarur boʻlganda navbatdan tashqari chaqiriladi.
9. Kengash:
har yili 25-dekabrgacha Jamgʻarmaning kelgusi yil uchun daromadlari va xarajatlari smetalarini tasdiqlaydi;
ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan tadbirlar Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga moliyalashtirilishini belgilaydi;
zarur hollarda tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi;
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qiladi;
Jamgʻarmaning chorak yakuni boʻyicha daromadlari va xarajatlari toʻgʻrisidagi hisobotini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi;
Jamgʻarmaga xorijiy kreditlar va grantlar jalb etilishiga koʻmaklashadi;
Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
10. Agentlikning Moliyalashtirish va buxgalteriya hisobi boʻlimi Jamgʻarmaning ishchi organi hisoblanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
11. Ishchi organ:
Jamgʻarmaning kelgusi yil uchun daromadlari va xarajatlari prognoz koʻrsatkichlarini ishlab chiqadi;
daromadlar va xarajatlar smetalarini tayyorlaydi;
Jamgʻarma tushumlarini koʻpaytirish va uning mablagʻlaridan samarali foydalanish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Jamgʻarmaning tushumlar manbalari hamda asosiy xarajatlar yoʻnalishlari boʻyicha daromadlari hisobini yuritadi;
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanish yuzasidan texnik va moliyaviy nazoratni olib boradi;
har chorakda kamida bir marta Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi toʻgʻrisida hisobot tayyorlaydi va Kengashga taqdim etadi.
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish yuzasidan hisob, hisobot va nazorat
12. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha hisob va hisobotlar Agentlikning budjetdan tashqari boshqa mablagʻlaridan alohida yuritiladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
13. Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari smetasi budjet tashkilotlari uchun budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi (choraklar, daromadlar manbalari va ulardan foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha) va Kengash tomonidan tasdiqlanadi.
14. Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari smetalarining bajarilishi boʻyicha yillik hisobot Oʻzbekiston Respublikasi Agentlik majlisida koʻrib chiqiladi va har yili 15-martgacha Kengash tomonidan tasdiqlanadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
15. Jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmay qolgan mablagʻlari keyingi yilga oʻtadi va olib qoʻyilmaydi.
16. Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliya nazorati bosh boshqarmasi tomonidan nazorat qilinadi.
5-bob. Yakunlovchi qoida
17. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining Nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidaa nizomga ILOVA
(ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining Nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarma faoliyatini boshqarish, mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
I-bosqich
Jamgʻarmaning ishchi organi
Jamgʻarma mablagʻlari kuyidagilar hisobiga shakllantiriladi:
nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun belgilangan tartibla solinadigan jarimalar summasining 10 foizi miqdoridagi ajratmalar;
nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini yaratishga doir mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bajarilmaganligi uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasining 10 foizi miqdoridagi ajratmalar;
Jarima summasi undirilgan vaqtda
yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek, xalqaro tashkilotlarning homiylik xayriyalari xamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Doimiy
II-bosqich
Jamgʻarmaning ishchi organi
Jamgʻarmaning kelgusi yil uchun daromadlari va xarajatlari prognoz koʻrsatkichlarini ishlab chiqadi:
daromadlar va xarajatlar smetalarini tayyorlaydi:
Har yili 1-dekabrgacha
Jamgʻarma tushumlarini koʻpaytirish va uning mablagʻlaridan samarali foydalanish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Doimiy
xar chorakda kamida bir marta Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi toʻgʻrisida hisobot tayyorlaydi va Kengashga taqdim etadi.
Har chorakda
Sh-bosqich
Jamgʻarma faoliyatini boshqarish kengashi
xar yili 25-dekabrgacha Jamgʻarmaning kelgusi yil uchun daromadlari va xarajatlari smetalarini tasdiqlaydi;
Har yili bir marotaba
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qiladi;
Doimiy
Jamgʻarmaning chorak yakuni boʻyicha daromadlari va xarajatlari toʻgʻrisidagi hisobotini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi.
Doimiy
IV-bosqich
Jamgʻarma faoliyatini boshqarish kengashi
Jamgʻarma mablagʻlaridan: nogironligi boʻlgan shaxslarni protez-ortopediya buyumlari, texnik reabilitatsiya vositalari va kreslo-aravachalar bilan taʼminlashga;
tashkilotlarda protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalarini ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnologik yangilash loyihalarini amalga oshirishga;
nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish. organizmning izdan chiqqan yoki yoʻqolgan funksiyalarini tiklash va ularni kompensatsiya qilish, hayot faoliyati cheklanganligini bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirishga:
nogironligi boʻlgan shaxslarga jamiyat hayotida boshqa fuqarolar bilan teng ishtirok etish imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga;
nogironligi boʻlgan shaxslar uchun yoʻnaltirilgan ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari faoliyatiga koʻmaklashishga;
nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan ish oʻrinlarini tashkil etish maqsadlarini moliyalashtirishga foydalaniladi.
Tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetalariga muvofiq
V-bosqich
Jamgʻarma faoliyatini boshqarish kengashi
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish yuzasidan hisob, hisobot va nazorat:
Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari smetasini budjet tashkilotlari uchun budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzish (choraklar, daromadlar manbalari va ulardan foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha) va Kengash tomonidan tasdiqlash;
Har yili bir marotaba. zarur boʻlganda qayta
Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari smetalarining bajarilishi boʻyicha yillik hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi majlisida koʻrib chiqadi va xar yili 15-martgacha Kengash tomonidan tasdiqlash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Har yili bir marotaba
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-martdagi 190-son qaroriga 2-ILOVA
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga yoʻnaltirilayotgan davlat bojlari, yigʻimlar va soliq boʻlmagan toʻlovlardan, maʼmuriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar miqdorlariga kiritilayotgan qoʻshimcha
Quyidagi tahrirdagi 36-pozitsiya qoʻshilsin:
“
36.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasi
10
”.
nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini yaratishga doir mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini bajarilmaganligi uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasi
10
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2018-y., 09/18/190/0877-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)