1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qarorOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli “Turizm, madaniyat, madaniy meros va sport sohalarini yanada rivojlantirish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5368-son Farmoni ijrosi yuzasidan:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi markaziy apparatining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 55 nafar boʻlgan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining tuzilmasi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 3 va 4-ilovalarga muvofiq;
tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport boʻlimlarining namunaviy tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hududiy boʻlinmalari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 6-ilovaga muvofiq;
jismoniy tarbiya va sport boʻlimlari xodimlarining cheklangan sonidan kelib chiqqan holda, toifalangan shaharlar-viloyat markazlari, tuman (shahar)lar roʻyxati 7-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi terma jamoalarini shakllantirish uchun sportchilarni tanlab olish boʻyicha faoliyatni tashkil etish sxemasi 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziriga, zarur hollarda, jismoniy tarbiya va sport organlarining tashkiliy-shtat tuzilmasiga belgilangan son doirasida Bosh vazirning tegishli oʻrinbosari bilan kelishilgan holda oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(1-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6099/1450-son)
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jismoniy tarbiya va sport sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi, uning oʻz vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijro etilishi majburiy hisoblanadi;
tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport boʻlimlarining shtatlar soni, jumladan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalarining tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport boʻyicha bosh mutaxassislari sonini qisqartirish hisobiga shakllantiriladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi respublika hududida davlat sport obyektlari qurilishining maqsadga muvofiqligi yuzasidan ekspert xulosasini beradi va ulardan samarali foydalanilishini monitoring qiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-avgustdagi PF-5787-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2019-y., 06/19/5787/3650-son)
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-dekabrdagi PF-5600-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2018-y., 06/18/5600/2357-son)
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-dekabrdagi PF-5600-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2018-y., 06/18/5600/2357-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki oy muddatda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarini optimallashtirish natijasida boʻshatiladigan bino va inshootlar, inventar va uskunalarning bir qismi Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining hududiy boʻlinmalari balansiga oʻtkazilishini taʼminlasin.
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari umumtaʼlim maktablari va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarning doimiy asosda tashkil etilishi hamda oʻtkazilishini nazarda tutgan holda, tegishlicha mahalliy budjet mablagʻlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarning hududiy, tuman (shahar) kalendar rejalari har yili tasdiqlanishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlari uchun amaldagi qurilish norma va qoidalarini ushbu inshootlarga, jumladan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun foydalanish imkoniyatini yaratish boʻyicha qoʻyiladigan zamonaviy talab va normalarga muvofiqlashtirish maqsadida ularni qayta koʻrib chiqishni taʼminlasin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda uning hududiy boʻlinmalarini saqlab turish va moddiy-texnik jihozlash uchun mablagʻlarni nazarda tutsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi umumtaʼlim maktablari va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan sport musobaqalari va turnirlarini ommaviy axborot vositalarida muntazam va keng yoritishga koʻmaklashsin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-avgustdagi PF-5787-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2019-y., 06/19/5787/3650-son)
11. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi ikki oy muddatda:
Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda umumtaʼlim va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilaridan iborat sport jamoalari oʻrtasida (sport turlari boʻyicha) ushbu muassasalar, tuman(shahar)lar, viloyatlar va respublika darajasida ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish tartibini tasdiqlasin;
Moliya vazirligi bilan birgalikda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlarga biriktiriladigan, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan xizmat yengil avtomobillarining cheklangan umumiy sonini tasdiqlash toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Toshkent shahri, A. Qodiriy koʻchasi, 2-uy manzili boʻyicha joylashtirilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki oy muddatda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hududiy boʻlinmalari joylashtirilishini, ularning mebel, kompyuter texnikasi, aloqa va boshqa zarur vositalar bilan jihozlanishini taʼminlasin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-2779-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.V. Akmalov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S. Kasimov, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 5-mart,
PQ-3583-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PQ-3583-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining tashkiliy
TUZILMASI
Oʻzbekiston Respublikasi
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining
Nukus filiali
Tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport boʻlimlari
“Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti” federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasining Samarqand filiali
Oliy sport mahorati maktablari
“Sport obyektlari infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi
Olimpiya zaxiralari kollejlari
“Sertifikatlashtirish va kompyuterlashtirish markazi” davlat korxonasi , “Jismoniy tarbiya va sport” standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita
Uychi jismoniy tarbiya va sport texnikumi
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy-metodik taʼminlash, mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi hamda uning Samarqand, Fargʻona va Nukus filiallari
Futbol mahorati maktablari
Olimpiya shon-shuhrati muzeyi,
“Sport media markazi” davlat korxonasi
Sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari
Sport yakka kurashlari, sport oʻyinlari, sportning qishki va murakkab texnik turlari, gimnastika, suv sporti, yengil atletika turlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktablari;
Respublika oʻsmirlar oliy sport mahorati maktabi;
Gimnastika boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-oʻsmirlar sport maktabi;
Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi;
Sportning eshkak eshish turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari respublika bolalar-oʻsmirlar sport maktabi;
Suv sporti turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari respublika bolalar-oʻsmirlar sport maktabi;
Suv sporti turlarini rivojlantirish respublika markazi;
Respublika olimpiya zaxiralari kolleji
Sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan
bolalar-oʻsmirlar sport maktablari
Bolalar-oʻsmirlar sport maktablari
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6099/1450-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PQ-3583-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi markaziy apparatining
TUZILMASI
Boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni — 55 nafar.
(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6099/1450-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PQ-3583-son qaroriga 3-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining
TUZILMASI
Vazir
Vazir oʻrinbosari
Ommaviy sport tadbirlarini
tashkil etish boʻlimi
3
Ommaviy sportni rivojlantirish va tuman (shahar)larni ixtisoslashtirish boʻlimi
2
Oliy sport yutuqlari va
saralash (seleksiya) boʻlimi
3
Kadrlar boʻyicha bosh
mutaxassis
1
Bosh yuriskonsult
1
Milliy sport turlarini rivojlantirish boʻyicha bosh mutaxassis
1
Markazlashtirilgan buxgalteriya xizmati
2
Axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari boʻyicha bosh mutaxassis
1
Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish va sport obyektlaridan foydalanishni tashkil etish boʻyicha bosh mutaxassis
1
Boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni — 17 nafar.
(3-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6099/1450-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PQ-3583-son qaroriga 4-ILOVA
Viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Boshliq
Boshliq
oʻrinbosari
Ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish boʻyicha bosh mutaxassis
1
Ommaviy sportni rivojlantirish va tuman (shahar)larni ixtisoslashtirish boʻlimi
2-3
Oliy sport yutuqlari
va saralash (seleksiya) boʻlimi
2-3
Kadrlar boʻyicha bosh
mutaxassis
1
Bosh yuriskonsult
1
Milliy sport turlarini rivojlantirish boʻyicha bosh mutaxassis
1
Markazlashtirilgan buxgalteriya xizmati
2
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha bosh mutaxassis
1
Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish va sport obyektlaridan foydalanishni tashkil etish boʻyicha bosh mutaxassis
1
Boshqaruv xodimlarining jami shtatlar soni 14 — 16 nafar kishini tashkil etadi.
(4-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6099/1450-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PQ-3583-son qaroriga 5-ILOVA
Tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport boʻlimlarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Boshliq
Sportni rivojlantirish va saralash (seleksiya) boʻyicha bosh inspektor
1
Ommaviy sportni rivojlantirish va jismoniy tarbiya-sport tadbirlarini tashkil etish boʻyicha bosh inspektor*
Boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni — 3-4 nafar.
* ushbu qarorning 7-ilovasiga muvofiq 1-toifali tuman (shahar)larda ommaviy sportni rivojlantirish va jismoniy tarbiya-sport tadbirlarini tashkil etish boʻyicha bosh inspektor lavozimi nazarda tutilgan.
(5-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6099/1450-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PQ-3583-son qaroriga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hududiy boʻlinmalari boshqaruv xodimlarining
ChEKLANGAN SONI
T/r
Hududlar
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni
jumladan:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalarida
Tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport boʻlimlarida
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
76
17
59
2.
Andijon viloyati
69
14
55
3.
Buxoro viloyati
58
14
44
4.
Jizzax viloyati
58
14
44
5.
Qashqadaryo viloyati
69
14
55
6.
Navoiy viloyati
50
14
36
7.
Namangan viloyati
57
14
43
8.
Samarqand viloyati
73
15
58
9.
Sirdaryo viloyati
52
14
38
10.
Surxondaryo viloyati
66
14
52
11.
Toshkent viloyati
92
16
76
12.
Fargʻona viloyati
81
15
66
13.
Xorazm viloyati
59
14
45
14.
Toshkent shahri
60
16
44
Jami:
920
205
715
(6-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6099/1450-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PQ-3583-son qaroriga 7-ILOVA
Jismoniy tarbiya va sport boʻlimlari xodimlarining cheklangan sonidan kelib chiqqan holda toifalangan shaharlar — viloyat markazlari, tuman (shahar)lar
ROʻYXATI
T/r
Hududlar
Tumanlar va shaharlar
1-toifa
2-toifa
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Nukus shahri
Qoʻngʻirot tumani
Xoʻjayli tumani
Beruniy tumani
Toʻrtkoʻl tumani
Chimboy tumani
Ellikqalʼa tumani
Amudaryo tumani
Shumanay tumani
Qonlikoʻl tumani
Kegeyli tumani
Boʻzatov tumani
Moʻynoq tumani
Qoraoʻzak tumani
Taxtakoʻpir tumani
Nukus tumani
Taxiatosh tumani
2.
Andijon viloyati
Andijon shahri
Qoʻrgʻontepa tumani
Shahrixon tumani
Andijon tumani
Jalaquduq tumani
Izboskan tumani
Marhamat tumani
Xonobod shahri
Asaka tumani
Baliqchi tumani
Boʻston tumani
Buloqboshi tumani
Paxtaobod tumani
Oltinkoʻl tumani
Xoʻjaobod tumani
Ulugʻnor tumani
3.
Buxoro viloyati
Buxoro shahri
Gʻijduvon tumani
Romitan tumani
Qorakoʻl tumani
Shofirkon tumani
Kogon shahri
Jondor tumani
Peshku tumani
Olot tumani
Buxoro tumani
Vobkent tumani
Kogon tumani
Qorovulbozor tumani
4.
Jizzax viloyati
Jizzax shahri
Zomin tumani
Doʻstlik tumani
Gʻallaorol tumani
Forish tumani
Baxmal tumani
Sh. Rashidov tumani
Paxtakor tumani
Mirzachoʻl tumani
Arnasoy tumani
Zarbdor tumani
Zafarobod tumani
Yangiobod tumani
5.
Qashqadaryo viloyati
Qarshi shahri
Shahrisabz tumani
Nishon tumani
Muborak tumani
Mirishkor tumani
Chiroqchi tumani
Gʻuzor tumani
Yakkabogʻ tumani
Koson tumani
Qamashi tumani
Shahrisabz shahri
Qarshi tumani
Kitob tumani
Dehqonobod tumani
Kasbi tumani
6.
Navoiy viloyati
Navoiy shahri
Zarafshon shahri
Uchquduq tumani
Qiziltepa tumani
Xatirchi tumani
Karmana tumani
Konimex tumani
Navbahor tumani
Nurota tumani
Tomdi tumani
7.
Namangan viloyati
Namangan shahri
Kosonsoy tumani
Norin tumani
Uchqoʻrgʻon tumani
Chust tumani
Pop tumani
Toʻraqoʻrgʻon tumani
Chortoq tumani
Mingbuloq tumani
Namangan tumani
Uychi tumani
Yangiqoʻrgʻon tumani
8.
Samarqand viloyati
Samarqand shahri
Kattaqoʻrgʻon shahri
Urgut tumani
Narpay tumani
Jomboy tumani
Samarqand tumani
Ishtixon tumani
Payariq tumani
Pastdargʻom tumani
Kattaqoʻrgʻon tumani
Bulungʻur tumani
Nurobod tumani
Paxtachi tumani
Oqdaryo tumani
Qoʻshrabod tumani
Toyloq tumani
9.
Sirdaryo viloyati
Guliston shahri
Sirdaryo tumani
Boyovut tumani
Sayxunobod tumani
Xovos tumani
Shirin shahri
Yangiyer shahri
Sardoba tumani
Oqoltin tumani
Guliston tumani
Mirzaobod tumani
10.
Surxondaryo viloyati
Termiz shahri
Denov tumani
Shoʻrchi tumani
Sherobod tumani
Jarqoʻrgʻon tumani
Sariosiyo tumani
Muzrabod tumani
Qumqoʻrgʻon tumani
Uzun tumani
Angor tumani
Boysun tumani
Qiziriq tumani
Oltinsoy tumani
Termiz tumani
Bandixon tumani
11.
Toshkent viloyati
Nurafshon shahri
Olmaliq shahri
Angren shahri
Bekobod shahri
Chirchiq shahri
Boʻstonliq tumani
Qibray tumani
Zangiota tumani
Oʻrta Chirchiq tumani
Yangiyoʻl tumani
Ohangaron shahri
Yangiyoʻl shahri
Ohangaron tumani
Oqqoʻrgʻon tumani
Bekobod tumani
Boʻka tumani
Quyi Chirchiq tumani
Parkent tumani
Piskent tumani
Chinoz tumani
Yuqori Chirchiq tumani
Toshkent tumani
12.
Fargʻona viloyati
Fargʻona shahri
Qoʻqon shahri
Margʻilon shahri
Quva tumani
Bagʻdod tumani
Beshariq tumani
Oʻzbekiston tumani
Toshloq tumani
Uchkoʻprik tumani
Quvasoy shahri
Buvayda tumani
Dangʻara tumani
Oltiariq tumani
Qoʻshtepa tumani
Rishton tumani
Fargʻona tumani
Yozyovon tumani
Soʻx tumani
Furqat tumani
13.
Xorazm viloyati
Urganch shahri
Hazorasp tumani
Xiva tumani
Xonqa tumani
Bogʻot tumani
Shovot tumani
Xiva shahri
Urganch tumani
Qoʻshkoʻpir tumani
Gurlan tumani
Yangiariq tumani
Yangibozor tumani
Tuproqqalʼa tumani
14.
Toshkent shahri
Olmazor tumani
Bektemir tumani
Mirobod tumani
M. Ulugʻbek tumani
Sergeli tumani
Uchtepa tumani
Chilonzor tumani
Shayxontohur tumani
Yunusobod tumani
Yakkasaroy tumani
Yashnobod tumani
Jami
106
97
1-toifa — 4 nafar shtat birligi soni belgilanadi (boshliq — 1, sportni rivojlantirish va saralash (seleksiya) boʻyicha bosh inspektor — 1, ommaviy sportni rivojlantirish va jismoniy tarbiya-sport tadbirlarini tashkil etish boʻyicha bosh inspektor — 1, bosh buxgalter — 1);
2-toifa — 3 nafar shtat birligi soni belgilanadi (boshliq — 1, sportni rivojlantirish va saralash (seleksiya) boʻyicha bosh inspektor — 1, bosh buxgalter — 1);
jami 715 ta shtat birligi (boshliq — 203 nafar, sportni rivojlantirish va saralash (seleksiya) boʻyicha bosh inspektor — 203 nafar, ommaviy sportni rivojlantirish va jismoniy tarbiya-sport tadbirlarini tashkil etish boʻyicha bosh inspektor — 106 nafar, bosh buxgalter — 203 nafar).
Bunda mazkur bandga asosan boshqaruv xodimlarining cheklangan soniga kiritilgan oʻzgartirishlar bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
(7-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6099/1450-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PQ-3583-son qaroriga 8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi terma jamoalarini shakllantirish uchun sportchilarni tanlab olish boʻyicha faoliyatni tashkil etish
(9-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son)