Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
DAVLAT maktabgacha taʼlim tashkilotlari XODIMLARINING AYRIM TOIFALARI MEHNATIGA HAQ TOʻLASHNI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Uzluksiz taʼlim yagona tizimining muhim boʻgʻini sifatida maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, xodimlarning mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirishning munosib shart-sharoitlarini yaratish, yuqori malakali kadrlarni, shu jumladan, yosh bitiruvchilarni jalb etish, jamiyatda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining nufuzini oshirish maqsadida:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlari ayrim toifalarining:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
a) 2018-yil 1-martdan boshlab — direktorlar, tarbiyachilar, metodistlar, oʻqituvchilar, defektologlar, psixologlar, musiqa rahbarlari va tarbiyachining yordamchilari mehnatida haq toʻlashning bazaviy tarif stavkalarini — 30 foizga;
(1-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
b) 2018-yil 1-sentabrdan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
oliy maʼlumotli tayyorgarlik (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) guruhi tarbiyachilari oʻqituvchilar, defektologlar, psixologlar mehnatida haq toʻlashning bazaviy tarif stavkalarini, ularning bazaviy tarif stavkalari miqdorlarini umumtaʼlim maktablari boshlangʻich sinflari oʻqituvchilarining bazaviy tarif stavkalari miqdorlariga tenglashtirgan holda — 30 foizga;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.10.2018-y., 07/18/3955/1978-son)
Oldingi tahrirga qarang.
oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar pedagogik maʼlumotli tarbiyachi yordamchisi mehnatiga haq toʻlashning bazaviy tarif stavkalarini — 20 foizga;
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.10.2018-y., 07/18/3955/1978-son)
Oldingi tahrirga qarang.
maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari mehnatiga haq toʻlashning bazaviy tarif stavkalarini — 10 foizga tabaqalashtirib oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
(1-band “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Kasbi, Mirishkor, Qamashi, Chiroqchi, Nishon, Yakkabogʻ va Gʻuzor tumanlarida, Buxoro viloyatining Olot, Shofirkon, Qorakoʻl, Peshku va Romitan tumanlarida, Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Muzrabot, Oltinsoy, Boysun, Qumqoʻrgʻon, Uzun, Sariosiyo tumanlarida, Samarqand viloyatining Nurobod, Qoʻshrabot, Urgut, Bulungʻur va Paxtachi tumanlarida, Jizzax viloyatining Baxmal, Gʻallaorol, Forish, Mirzachoʻl va Yangiobod tumanlarida, Sirdaryo viloyatining Oqoltin, Mirzaobod, Xovos va Sardoba tumanlari, Fargʻona viloyatining Soʻx tumani xamda Fargʻona tumanining “Shohimardon” va “Yordon” qishloqlarida joylashgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar saqlangani uchun amaldagi ota-onalar toʻlovi miqdori 2023-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda ikki baravar pasaytirilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. 2018-yil 1-martdan boshlab davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyachining yordamchisi mehnatiga haq toʻlash tartibi bazaviy tarif stavkalaridan kelib chiqib joriy etilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
2018-yilda ushbu qarorga muvofiq davlat taʼlim muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning bazaviy tarif stavkalarini oshirish boʻyicha qoʻshimcha xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobiga moliyalashtirilishini taʼminlasin, 2019-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda ushbu xarajatlarni nazarda tutsin;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini moddiy ragʻbatlantirishning maxsus jamgʻarmasini shakllantirishga qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq toʻlash fondining qatʼiy ravishda 15 foizi miqdorida qoʻshimcha mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi moddiy ragʻbatlantirishning maxsus jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli va manzilli foydalanilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari xarajatlari smetalarida ular alohida satrda ajratilishini nazarda tutsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qarorining 32-ilovasiga ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.V. Akmalov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 28-fevral,
PQ-3571-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-fevraldagi PQ-3571-sonli qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-sonli qarorining 32-ilovasiga kiritiladigan oʻzgartirishlar
Izoh quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“* Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati, Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlari va Zarafshon shahri, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Kasbi, Mirishkor, Qamashi, Chiroqchi, Nishon, Yakkabogʻ va Gʻuzor tumanlarida, Buxoro viloyatining Olot, Shofirkon, Qorakoʻl, Peshku va Romitan tumanlarida, Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Muzrabot, Oltinsoy, Boysun, Qumqoʻrgʻon, Uzun, Sariosiyo tumanlarida joylashgan davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida ota-onalar tomonidan har oyda bolalar taʼminoti uchun toʻlanadigan haq miqdori oʻrnatilgan tarifning 50 foizi miqdorida belgilanadi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2018-y., 07/18/3571/0829-son; 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son, 09.08.2018-y., 07/18/3904/1637-son, 01.10.2018-y., 07/18/3955/1978-son; 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)