Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 06.02.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
DORIXONA MUASSASALARI TOMONIDAN TAYYoRLANADIGAN VA IDIShLARGA JOYLANADIGAN DORI VOSITALARINI TAShQI BEZAGIGA DOIR QOIDALARNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 18-aprelda 1129-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2017-yil 25-yanvardagi 76-sonli “Dorixona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan va idishlarga joylanadigan dori vositalarini tashqi bezagiga doir qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1129-1, 03.02.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublika hududida faoliyat koʻrsatayotgan mulkchilik shaklidan qatʼi nazar dorixona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan va idishga joylanadigan dori vositalarini sifati, saqlash sharoitlari, yaroqlilik muddati, ularni toʻgʻri va oʻz vaqtida ishlatilishi ustidan nazoratni kuchaytirish va tashqi bezagini yagona tartibini joriy qilish maqsadida, buyuraman:
1. “Dorixona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan va idishga joylanadigan dori vositalarini tashqi bezagiga doir qoidalar” tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq 2002-yil 1-iyuldan kuchga kiritilsin.
3. Ushbu buyruq kuchga kiritilishi munosabati bilan SSVning 2002-yil 30-yanvardagi 35-son buyrugʻi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur buyruq kuchga kirishi munosabati bilan sobiq SSSR Sogʻliqni saqlash vazirligining 1972-yil 19-iyuldagi 583-sonli “Dorixona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan dori vositalarini tashqi bezashni yagona qoidalarini tasdiqlash haqida”gi va unga qoʻshimcha 1982-yil 4-iyunda chiqarilgan 530-sonli buyruqlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllanilmasin.
5. Sogʻliqni saqlash vazirligi Davolash profilaktika yordami Bosh boshqarmasi boshligʻiga (F.O. Ilxomov), ushbu buyruqni barcha tibbiyot va dorixona muassasalari rahbarlariga yetkazish vazifasi topshirilsin.
6. Mazkur buyruqni ijrosi ustidan nazoratni vazirning birinchi muovini D.A. Asadov va vazir muovini M.X. Xodjibekovlar zimmasiga yuklatilsin.
Vazir F.Gʻ. NAZIROV
Toshkent sh.,
2002-yil 15-aprel,
177-son
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni
saqlash vazirligining 2002-yil 15-apreldagi
177-sonli buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Dorixona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan va idishga joylanadigan dori vositalarini tashqi bezagiga doir
Qoidalar
Ushbu qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 9-moddasiga muvofiq ishlab chiqilib, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar dorixona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan va idishga joylanadigan dori vositalarini tashqi bezashda qoʻllaniladi.
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Mazkur qoidalar mulkchilik shaklidan qatʼi nazar barcha dorixona muassasalari uchun taalluqlidir.
2. Dorixona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan va idishga joylanadigan dori vositalarini tashqi bezashda tegishli yorliqlardan foydalaniladi, ularni qoʻllanilishiga qarab quyidagilarga boʻlinadi hamda tegishli ajratish rangli hoshiyalar bilan farqlanadi.
a) “Sirtqi” — toʻq sariq rangli;
b) “Ichish uchun” — yashil rangli;
v) “Koʻz tomchisi” — pushti rangli;
g) “Koʻz surtmasi” — pushti rangli;
d) “Inyeksiya uchun” — koʻk rangli.
3. Dorixona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan va idishga joylanadigan dori vositalarini tashqi bezashda ishlatiladigan yorliqlarning barchasida quyidagi shartli belgi va yozuvlar boʻlishi kerak:
a) emblema (ilon oʻralgan vaza);
b) dorixonaning nomi;
v) dorining nomi;
g) qoʻllash usuli;
d) Bolalardan ehtiyot qiling;
e) Salqin va yorugʻlik tushmaydigan joyda saqlansin degan ogohlantiruvchi yozuvlar;
j) “Sirtqi” ishlatiladigan surtma dorilar yorligʻida “Surtma” degan, “Ichish uchun” ishlatiladigan kukun dorilar yorligʻida “Kukun dori” degan yozuv, “Koʻz tomchisi” dorisi yorligʻida tomchi va koʻzning rasmi, “Koʻz surtmasi” dorisi yorligʻida koʻzning rasmi, “Inyeksiya” uchun ishlatiladigan dorilar yorligʻida “Sterillangan” degan yozuv hamda ignali shprits rasmi boʻladi.
4. Alohida saqlash sharoitini, ehtiyotlik bilan ishlatishni talab qilinadigan dori vositalariga asosiy yorliqdan tashqari, qoʻshimcha ogohlantiruvchi yozuvlar yopishtiriladi (1-sonli ilova). Ular quyidagi matnda davlat tilida yoziladi va tegishli ajratish ranglarga boʻyaladi:
a) “Qoʻllashdan oldin chayqatilsin” — asosi oq rangda, harflari yashil;
b) “Yorugʻlik tushmaydigan joyda saqlansin” — asosi koʻk rangda, harflari oq;
v) “Salqin joyda saqlansin” — asosi havo rangda, harflari oq;
g) “Bolalar uchun” — asosi yashil rangda, harflari oq;
d) “Ehtiyotlik bilan!” — asosi oq rangda, harflari qizil;
e) “Yurak dorisi” — asosi toʻq sariq rangda, harflari oq;
j) “Olovdan saqlang” — asosi qizil rangda, harflari oq.
5. Yorliqlar dori vositalari solinadigan idish hajmiga va turiga qarab quyidagi oʻlchamlarda boʻladi:
a) hajmi 10 ml/dan 100 ml boʻlgan idishlar uchun — 63x30 mm;
b) hajmi 100 ml/dan 200 ml boʻlgan idishlar uchun — 90x48 mm;
v ) hajmi 200 ml/dan katta boʻlgan idishlar uchun — 120x65 mm;
g) dorilarga ishlatiladigan karton quti, qogʻoz paketlar uchun — 70x50 mm;
d) hajmi 10 gr/dan 30 gr boʻlgan bankalar uchun — 66x20 mm;
e) hajmi 30 gr/dan katta boʻlgan bankalar uchun — 81x27 mm.
6. Ogohlantiruvchi yozuvlar yorliqlarining oʻlchami — 10x50 mm.
7. Sham dorilar, tibbiyot qalamchalari va burun tomchicini tashqi bezashda “Sirtqi” yorligʻi ishlatiladi va dori turi qoʻlda yozib qoʻyiladi.
8. Dorixonalar tomonidan tayyorlanadigan va idishga joylanadigan dori vositalarini tashqi bezashda ishlatiladigan yorliqlarni tipografiya usulida tayyorlatish yoki tegishli shtamplardan foydalanish mumkin. Ularning matni davlat tilida yoziladi. Shtamplardan foydalanilganda yorliqlar umumiy qoidalarning 2-bandiga asosan tegishli ajratish ranglariga boʻyaladi.
9. Yorliqda dori vositasining nomi lotin alifbosida, bemorning ismi familiyasi, buyurtma raqami, qoʻllash usuli, tayyorlangan sanasi, yaroqlilik muddati, seriyasi, tahlili, bahosi, tayyorlagan, tekshirgan va ruxsat bergan mutaxassislarning familiyasi davlat tilida qoʻl bilan yoziladi.
II. DORIXONA MUASSASALARI TOMONIDAN YaKKA TARTIBDA TAYYoRLANADIGAN DORI VOSITALARINI TAShQI BEZAGI
10. Yakka tartibda tayyorlanadigan dori vositalarini tashqi bezashda ishlatiladigan yorliqlarda umumiy qoidalarning 3-bandida koʻrsatilgan shartli belgilar va yozuvlardan tashqari quyidagi yozuvlar boʻlishi kerak (2-sonli ilova):
a) ____ -buyurtma raqami;
b) bemor (F.I.Sh.)_____________;
v) tayyorlangan sana _________;
g) bahosi _______.
11. Yorliqlarda dori turlarini qoʻllashning batafsil usuli quyidagicha ifodalanadi:
a) sirtqi va koʻz surtmasi dori turlari yorliqlarida qoʻllash usulini qoʻlda yozib qoʻyish uchun joy qoldiriladi;
b) ichishga qoʻllaniladigan suyuq dorilar uchun:
_____ qoshiqda, ovqatdan _______, ___ mahal;
v) ichishga qoʻllaniladigan kukun dorilar uchun:
____ oʻramdan, ovqatdan _______, ____ mahal;
g) koʻz tomchilari uchun:
____ koʻzga, ______ tomchidan ______mahal;
d) inyeksiyaga ishlatiladigan dori turlari uchun:
yaroqlilik muddati_____, seriyasi_____, tahlili_____.
III. DORIXONA MUASSASALARI TOMONIDAN OLDINDAN TAYYoRLAB QOʻYILADIGAN DORI VOSITALARINING TAShQI BEZAGI
12. Oldindan tayyorlab qoʻyiladigan va idishga joylanadigan dori vositalarini tashqi bezashda ishlatiladigan yorliqlarda umumiy qoidalarning 3-bandida koʻrsatilgan shartli belgilar va yozuvlardan tashqari quyidagi yozuvlar boʻlishi kerak (3-sonli ilova):
a) tayyorlangan sana _______;
b) yaroqlilik muddati _______;
v) seriyasi ______;
g) tahlili ______;
d) bahosi _____.
13. Dorilarning yorliqlariga qoʻyilgan seriya va tahlil raqami, qadoqlash va kimyoviy tahlil kitoblaridagi tegishli tartib raqamlariga mos holda son bilan yoziladi.
VI. DAVOLASh PROFILAKTIKA MUASSASALARI UChUN DORIXONALAR TOMONIDAN TAYYoRLANADIGAN DORI VOSITALARINING TAShQI BEZAGI
14. Davolash profilaktika muassasalari uchun dorixonalar tomonidan tayyorlanadigan va idishga joylanadigan dori vositalari yorliqlarida umumiy qoidalarning 3-bandida koʻrsatilgan shartli belgilar va yozuvlardan tashqari quyidagi yozuvlar boʻlishi kerak (4-sonli ilova):
a) DPM nomi;
b) boʻlimning nomi;
v) tayyorlangan sana _________;
g) yaroqlilik muddati _______;
d) seriyasi ______;
e) tahlili _______;
j) tayyorladi ________;
z) tekshirdi ________;
i) ruxsat berdi ________.
Dorixona muassasalari tomonidan
tayyorlanadigan va idishga joyla-
nadigan dori vositalarini tashqi
bezagiga doir qoidalarga 1-sonli
ILOVA
Alohida saqlash sharoitini, ehtiyotlik bilan ishlatishni talab qilinadigan dori vositalariga yopishtiriladigan ogohlantiruvchi yozuvlar
NAMUNASI
Dorixona muassasalari tomonidan
tayyorlanadigan va idishga joyla-
nadigan dori vositalarini tashqi
bezagiga doir qoidalarga 2-sonli
ILOVA
Dorixona muassasalari tomonidan yakka tartibda tayyorlanadigan dori vositalarini tashqi bezashda ishlatiladigan yorliqlar
NAMUNASI
Dorixona muassasalari tomonidan
tayyorlanadigan va idishga joyla-
nadigan dori vositalarini tashqi
bezagiga doir qoidalarga 3-sonli
ILOVA
Dorixona muassasalari tomonidan oldindan tayyorlab qoʻyiladigan dori vositalarini tashqi bezashda ishlatiladigan yorliqlar
NAMUNASI
Dorixona muassasalari tomonidan
tayyorlanadigan va idishga joylanadigan
dori vositalarini tashqi
bezagiga doir qoidalarga 4-sonli
ILOVA
Davolash profilaktika muassasalari uchun dorixonalar tomonidan tayyorlanadigan dori vositalarini tashqi bezashda ishlatiladigan yorliqlar
NAMUNASI
(Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y.,8-son)