O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 106-son “Bitimlarni notarial tasdiqlash tartibini idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
qaroriga muvofiq, buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 30-martdagi 64-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090, 2010-yil 30-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 13-son, 99-modda) bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi
yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi hamda Huquqiy targ‘ibot va axborot boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga — yetkazilishini, “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.
“25. Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan notarial harakatlar reyestrda ro‘yxatga olinadi va “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga (keyingi o‘rinlarda Tizim deb yuritiladi) kiritiladi. Reyestrdagi yozuvlar qalam bilan yozilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.”;
“Bitta hujjatning bir nechta nusxasi to‘g‘riligi shahodatlantirilganda, ular bitta reyestr raqami bilan qayd etiladi va tasdiqlovchi yozuvda hujjatning nechta nusxada tasdiqlanganligi ko‘rsatiladi.”.
2. Quyidagi mazmundagi 341-band bilan to‘ldirilsin:
“341. Notarial harakatlarni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxslarga notarial harakatlar uchun undiriladigan davlat boji, gerb yig‘imi hamda huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun to‘lovlar bo‘yicha kvitansiyalar Tizim orqali chiqarib beriladi.
Notarial harakatlar to‘lovlar amalga oshirilganligi haqidagi ma’lumotlar Tizimga kelib tushgandan so‘ng amalga oshiriladi.
To‘lovlar amalga oshirilganligi haqidagi ma’lumot Tizim orqali chop etiladi va hujjatlar yig‘majildiga tikiladi.”.
3. 35
2-bandning
birinchi xatboshisidagi “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan (keyingi o‘rinlarda Tizim deb yuritiladi)” degan so‘zlar “Tizimdan” degan so‘z bilan almashtirilsin.
11.
1351-banddagi “ijaraga berish bilan bog‘liq ishonchnomalar” degan so‘zlar “ijaraga berish shartnomalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
“xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi ijaraga berilganda, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari (Toshkent shahrida — “Toshkent shahrida uy-joyga davlat orderlari va ma’lumotlar berish markazi” davlat unitar korxonasi) tomonidan berilgan xususiylashtirishda rozilik bergan shaxslar haqidagi ma’lumotnoma (nusxasi olinib, asli qaytariladi) va ularning roziligi;”.
13.
281-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Ko‘chmas mol-mulkni va avtomototransport vositasini sotib olish yuzasidan zakalat to‘g‘risida kelishuvni tasdiqlashda, kelishuvda ko‘rsatilgan mulkka va belgilangan muddatga taqiq qo‘yiladi va Tizimga kiritiladi. Mazkur taqiq muddatidan oldin kelishuvda ko‘rsatilgan majburiyat bajarilganda yoki taraflar o‘rtasida ushbu kelishuvni bekor qilish haqida qo‘shimcha kelishuv tasdiqlanganda bekor qilinadi.”.
14.
Ilovaning 13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: