Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 19-fevraldagi PF-5349-sonli Farmoniga muvofiq:
1. 2018-2019-yillarda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — “Yoʻl xaritasi” deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, vazirliklar va idoralar rahbarlari “Yoʻl xaritasida” nazarda tutilgan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy javobgar hisoblanadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri oʻrinbosari — axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha konsultant, shuningdek, “Xavfsiz shahar” kompleksini barpo etish boʻyicha loyihani oʻz vaqtida, keng koʻlamda va sifatli amalga oshirish uchun masʼul Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri oʻrinbosari lavozimlari tugatilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2020-y., 07/20/4699/0520-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Vazirlikning markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 142 nafar etib belgilansin.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-avgustdagi PQ-5234-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 07/21/5234/0826-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziriga:
zarur hollarda Vazirlikning markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari tuzilmasiga cheklangan boshqaruv xodimlarining belgilangan shtat soniga oʻzgartirishlar kiritish;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Vazirlikning va uning hududiy boshqarmalarining qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish;
Vazirlikka yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish doirasida konsultantlar sifatida davlat organlari va tashkilotlari, loyiha institutlari, fan-taʼlim muassasalari, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yetakchi xalqaro va xorijiy kompaniyalar mutaxassislarini jalb etish;
Oldingi tahrirga qarang.
ishga belgilangan tartibda yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni qabul qilish, shuningdek, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi yoki qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablagʻlari hisobidan ularga ish haqini milliy valyutada yoki xorijdagi hisobvaraqlariga oʻtkazgan holda chet el valyutasida toʻlash huquqi berilsin.
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son — 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
6. Belgilansinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi;
Vazirlikning hududiy boshqarmalari boshliqlari maqomi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga tenglashtiriladi;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari Vazirlik hamda Vazirlik huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasini nazorat qilish inspeksiyasining moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2015-yil 4-fevraldagi PQ-2293-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Vazirlik boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 19-fevral,
PQ-3549-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi PQ-3549-son qaroriga
1-ILOVA
2018-2019-yillarda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. Elektron hukumat tizimini yanada takomillashtirish

1.

Oʻzbekiston Respublikasida elektron hukumatni yanada rivojlantirish strategiyasini nazarda tutuvchi 2018 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida Elektron hukumatni yanada rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash, shuningdek, mazkur strategiyani amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

2018-yil
15-martgacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi,
LBMA,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

2.

Elektron raqamli imzo sohasida quyidagilar orqali davlat siyosatini yanada takomillashtirish:

ishonchli uchinchi tomon xizmatini joriy etish, elektron raqamli imzo kalitlarini qayd etishning boʻysunuvchi markazlarini yaratish;

yuridik shaxslar tomonidan elektron raqamli imzo kalitlarini olish imkoniyatini joriy etish;

mobil qurilmalarda elektron raqamli imzodan foydalanish.

Normativ-huquqiy hujjat

2018-yil
1-avgustgacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Moliya vazirligi,
DSQ,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

3.

Davlat organlari va tashkilotlarining tarkibiy boʻlinmalari zimmasiga loyiha boshqaruvi va mazkur sohani strategik rivojlantirish funksiyalari yuklanishini hisobga olgan holda, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun javobgar boʻlgan ana shu boʻlinmalar faoliyatini takomillashtirishga oid takliflar tayyorlash.

Normativ-huquqiy hujjat

2018-yil
1-sentabrgacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
LBMA, Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar

4.

Davlat organlari va boshqa tashkilotlardagi mavjud axborot tizimlari, maʼlumotlar bazalari hamda boshqa dasturiy mahsulotlarning oʻz funksional vazifalariga, axborot xavfsizligi talablariga va boshqa texnik parametrlarga mosligini aniqlash yuzasidan ularni xatlovdan oʻtkazish.

Xatlov yakunlariga koʻra amaldagi axborot tizimlari, maʼlumotlar bazalari va boshqa dasturiy mahsulotlarni integratsiyalash hamda ulardan birgalikda foydalanish choralarini koʻrish.

Xatlovni oʻtkazish reja-jadvali

2018-yil
1-aprelgacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Hisob palatasi,
Bosh prokuratura huzuridagi Departament,
vazirlik va idoralar

II. Iqtisodiyot tarmoqlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish

5.

2018 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash, bunda, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutish:

elektron tijorat ishtirokchilari uchun qulay shart-sharoitlar, imtiyoz va preferensiyalar tizimini yaratish;

Internet tarmogʻi orqali sotiladigan tovarlarni eksport qilish tartib-taomillarini soddalashtirish;

elektron tijorat obyektlari va tranzaksiyalar hajmini hisobga olish mexanizmini yaratish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2018-yil
1-iyungacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi,
SSP, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, DSQ

6.

2018 2020-yillarda hududlarda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish dasturini hamda ustuvor loyihalarning manzilli roʻyxatini ishlab chiqish va tasdiqlash, ularda quyidagilarni nazarda tutish:

telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish, aholini sifatli mobil aloqa, keng polosali Internet tarmogʻidan foydalanishini taʼminlash;

sogʻliqni saqlash, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, taʼlim, kommunal xizmat koʻrsatish, turizm sohalarida zamonaviy axborot tizimlarini, dasturiy mahsulotlar va maʼlumotlar bazalarini joriy etish, shuningdek, “aqlli” va “xavfsiz” shaharlar hamda hududlarni tashkil etish;

davlat-xususiy sherikligi asosida innovatsion loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, eksportga moʻljallangan dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarilishini qoʻllab-quvvatlash;

joylarda, ayniqsa olis hududlarda elektron davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini yanada kengaytirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2018-yil
1-sentabrgacha

Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Moliya vazirligi

7.

“Blokcheyn” texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish uchun sharoit yaratish, kadrlar salohiyatini oshirish va mazkur texnologiyani oʻzlashtirish uchun mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Mirzo Ulugbek Innovation Center” innovatsion markazi huzurida taqsimlangan reyestr (blokcheyn) texnologiyalari boʻyicha kompetensiya markazini tashkil etish.

Tashkiliy-texnik chora-tadbirlar

2018-yil
1-iyungacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

8.

2019-2020-yillarda iqtisodiyotning real sektori korxonalarida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni yanada joriy etish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

2018-yil
1-oktabrgacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
LBMA,
Iqtisodiyot vazirligi,
xoʻjalik boshqaruvi organlari

9.

Zamonaviy infratuzilmani shakllantirishni hisobga olgan holda dasturiy taʼminotni ishlab chiquvchi mahalliy kompaniyalar uchun texnoparklar tashkil qilish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

2019-yil
1-noyabrgacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

10.

Hamma joyda kontaktsiz toʻlovlar, shu jumladan xalqaro toʻlov tizimlari (Visa, Mastercard, PayPal, Alipay va boshqa)dan foydalangan holda shunday toʻlovlar texnologiyalaridan foydalanishni rivojlantirish va ragʻbatlantirish, mazkur sohadagi normativ bazani takomillashtirish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil
1-iyungacha

Markaziy bank, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

11.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida elektron pullarni huquqiy jihatdan tartibga solish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Qonun

2018-yil
1-sentabrgacha

Markaziy bank, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

12.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida tovarlar (ishlar va xizmatlar) eksportini ragʻbatlantirish maqsadida, jumladan, bank va moliyaviy tartib-taomillarni yanada soddalashtirish.

Qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish

2018-yil
1-oktabrgacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Moliya vazirligi,
Markaziy bank, DSQ,
Tashqi savdo vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

13.

Elektron toʻlov tizimlari vositasida kommunal xizmatlar haqini toʻlash uchun vositachilik toʻlovlarining yagona miqdorlarini belgilash boʻyicha takliflar tayyorlash va kiritish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2018-yil
1-iyungacha

Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, OʻzMAA, kommunal xizmat koʻrsatuvchilar, davriy nashrlar tahririyatlari

14.

Qisqa muddatli va oʻrta muddatli maxsus kurslarni, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni taklif etgan holda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkillashtirish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2018-yil
1-iyungacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

III. Telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish

15.

Telekommunikatsiyalar koʻrsatayotgan xizmatlarning turini kengaytirish va sifatini oshirish, telekommunikatsiyalar tarmoqlarini toʻliq miqyosda modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash, shuningdek, korporativ va loyiha boshqaruvining zamonaviy tizimlarini joriy etish maqsadida “Oʻzbektelekom” AK faoliyatini yanada takomillashtirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

2018-yil
1-iyulgacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
LBMA, Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi, Raqobat davlat qoʻmitasi

16.

Telekommunikatsiya tarmoqlarining operatorlari hamda provayderlarining aktiv va passiv infratuzilmasidan birgalikda foydalanish tartibini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat

2018-yil
1-sentabrgacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

17.

Binolar qurilishi normativlariga muvofiq koʻp qavatli uylar va qishloq joylardagi uylarni loyihalashtirishda telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi vositalari joylashtirilishi toʻgʻrisida majburiy talablar oʻrnatish.

Normat hujjat

2018-yil
1-maygacha

“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

18.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida radiochastota spektri va radioelektron vositalardan foydalanishni boshqarish tartibini takomillashtirish, bunda, jumladan telekommunikatsiyalar tarmoqlarining yangi obyektlarini foydalanishga qabul qilish muddatlarini qisqartirish va tartib-taomillarini optimallashtirish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2018-yil
1-iyungacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Adliya vazirligi

19.

Oʻzbekiston Respublikasida ovozli radio eshittirish tarmogʻini rivojlantirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2018-yil
1-maygacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

20.

Telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish boʻyicha ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shu jumladan:

maʼlumotlarni uzatishning magistral i multiservis tarmogʻini kengaytirish;

tolali-optik aloqa liniyalarini qurish;

IMS (IP Multimedia Subsystem) texnologiyasi boʻyicha kommutatsiya markazlarini modernizatsiya qilish;

mobil aloqa tarmoqlari va Internet tarmogʻidan keng polosali foydalanishni rivojlantirish;

Paket kommutatsiyasi xalqaro markazini kengaytirish.

Investitsiya loyihalari

2018-2019-yillar davomida

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
LBMA, Innovatsion rivojlanish vazirligi, “Oʻzbektelekom” AK, mobil aloqa operatorlari

IV. Pochta aloqasi va logistikani rivojlantirish, unga yangi texnologiyalarni joriy etish

21.

“Oʻzbekiston pochtasi” AJ faoliyatini quyidagi yoʻllar orqali yanada takomillashtirish:

chet ellik maslahatchilarni jalb etish va jamiyatni boshqarishning ilgʻor xalqaro tajribasini oʻrganish;

pochta aloqasining operator va kuryerlar tarmogʻini rivojlantirish, chet ellarga pochta joʻnatmalarining xalqaro ayirboshlash punktlarini tashkil qilish;

pochta aloqasi infratuzilmasini, ushbu sohadagi texnologik jarayonlar va logistikani modernizatsiya qilish, pochta xizmatlari sifatini oshirish;

transchegara Internet-savdosini rivojlantirish va mahalliy ishlab chiquvchilarning mahsulotlari pochta aloqasi orqali eksport qilinishini taʼminlash.

Normativ-huquqiy hujjat

2018-yil
1-iyungacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi,
Tashqi savdo vazirligi, “Oʻzbekiston pochtasi” AJ

22.

“Oʻzbekiston pochtasi” AJ pochta aloqasining milliy operatoriga bank va sugʻurta agenti, shu jumladan toʻlovlarni qabul qilish va oʻtkazish, bank kartalariga xizmat koʻrsatish, aholining boʻsh pul mablagʻlarini jalb etish, ixtiyoriy va majburiy sugʻurtalash boʻyicha xizmatlar hamda autsorsing shartlari asosida boshqa xizmatlar koʻrsatish agenti huquqlarini berish masalasini ishlab chiqish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflarni kiritish.

Qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish

2018-yil
20-aprelgacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Markaziy bank,
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

23.

“Oʻzbekiston pochtasi” AJ pochta aloqasi obyektlarini va “Matbuot tarqatuvchi” AKning tarqatish punktlarini ularning mulkini tasarruf etish samaradorligi va asosliligini oʻrganish maqsadida yoppasiga xatlovdan oʻtkazish.

Xatlov yakunlari boʻyicha takliflar tayyorlash va kiritish.

Idoralararo komissiya tuzish

2018-yil
1-avgustgacha

Davlat raqobat qoʻmitasi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

V. Axborot xavfsizligini taʼminlash choralarini takomillashtirish

24.

Elektron hukumat maʼlumotlarini Idoralararo tarmoq boʻyicha oʻtkazishda elektron hamkorlikni amalga oshirish chogʻida axborot xavfsizligini va maʼlumotlar himoyasini taʼminlash choralarini quyidagi yoʻllar orqali yanada takomillashtirish:

maʼlumotlarni uzatish Idoralararo tarmoqning axborot xavfsizligini taʼminlash tizimini takomillashtirish;

axborot tizimlari komplekslari va elektron hukumat maʼlumotlar bazalarining monitoring tizimini axborot xavfsizligi talablari nuqtai nazaridan modernizatsiya qilish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil
1-maygacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

25.

Axborot xavfsizligiga tahdidlarni monitoring qilish samaradorligi oshirilishini nazarda tutuvchi Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazi faoliyatini yanada takomillashtirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2018-yil
1-sentabrgacha

OʻzMAA,
MXX,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
vazirliklar va idoralar

26.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish:

milliy standartlarni xalqaro talablarga muvofiqlashtirish;

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar fondini tashkil etish, undan ochiq foydalanishni taʼminlash;

telekommunikatsiyalarning texnik vositalarini sertifikatlashtirish tartib-taomillarini yanada soddalashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat

2018-yil
1-iyungacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi

VI. Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish

27.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi tizimida kadrlar tayyorlashni quyidagilar orqali takomillashtirish:

umumtaʼlim maktablarida informatika boʻyicha mashgʻulotlarni koʻpaytirish;

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi sakkizta kasb-hunar kollejlarini Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tuzilmasiga oʻtkazish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2018-yil
1-sentabrgacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Xalq taʼlimi vazirligi,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

28.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faoliyatini quyidagilar orqali tubdan takomillashtirish:

jumladan uning filiallarida ham taʼlimning kredit tizimini joriy etish;

universitetning infratuzilmasi va moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish;

zamonaviy texnologiyalarga asoslangan ilm-fandagi katta yutuqlarni tadqiq etish uchun yangi oʻquv va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini tashkillashtirish;

universitetning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish;

universitetga va uning filiallariga biriktirilgan akademik litseylarda taʼlim sifatini oshirish;

SCOPUS tizimiga kiruvchi xalqaro ilmiy jurnallarda iqtibos keltiriladigan ilmiy maqolalar sonini oshirish uchun universitetning professor-oʻqituvchilarini ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy etish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

2018-yil
1-iyungacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

29.

Davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlari xodimlarining malakasini oshirish tizimini quyidagilar orqali takomillashtirish:

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari tatbiq etilishi uchun masʼul boʻlgan davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlari boʻlinmalari rahbarlarining chet ellarda malaka oshirishini tizimli asosda tashkillashtirish;

xalqaro standartlarga muvofiq axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari joriy etilishi uchun masʼul boʻlgan davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlari boʻlinmalari xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kurslarini takomillashtirish;

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun masʼul boʻlgan davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlari boʻlinmalarining rahbarlari va xodimlari tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalarida stajirovkadan oʻtish tizimini joriy qilish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2018-yil
1-iyulgacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, vazirliklar va idoralar

30.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasida tashkilotlarning kadrlar salohiyatini kuchaytirish, shuningdek, koʻrsatilayotgan xizmatlarni hisobga olishni takomillashtirish maqsadida:

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi mutaxassislar reyestrini;

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida ishlar va xizmatlarning yagona klassifikatorini shakllantirish.

Dasturiy mahsulot





umumiy qabul qilingan klassifikator

2018-yil
1-iyungacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
vazirliklar va idoralar

VII. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirishga oid boshqa chora-tadbirlar

31.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish uchun masʼul boʻlgan davlat organlarining ixtisoslashtirilgan boʻlinmalari rahbarlarini axborot tizimlarini joriy etish, elektron davlat xizmatlari hamda organ va tashkilot faoliyatini axborotlashtirish sohasida erishgan alohida yutuqlari uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan eng kam ish haqining 100 barobari miqdorida mukofotlash orqali moddiy ragʻbatlantirish tartibini tasdiqlash.

Normativ-huquqiy hujjat

2018-yil
15-maygacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi

32.

Koʻrsatilayotgan telekommunikatsiya va pochta aloqasi xizmatlarining yuqori sifatini taʼminlash maqsadida, shuningdek, fonogrammalar, audiovizual asarlar, elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlarni tarqatishda mualliflik huquqlariga rioya etilishi ustidan Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsion texnologiyalar sohasida nazorat boʻyicha inspeksiya faoliyatini takomillashtirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2018-yil
1-iyungacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
vazirliklar va idoralar

33.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun masʼul boʻlgan davlat organlari hamda boshqa budjet tashkilotlari boʻlinmalarining rahbarlari va xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2018-yil
1-aprelgacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Mehnat vazirligi, Adliya vazirligi

34.

Davlat organlarida elektron hujjat aylanishini takomillashtirish, shu jumladan barcha davlat xizmatchilari uchun himoyalangan pochta manzillarini yaratish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil
1-maygacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

35.

Oʻzbekistonda kompyuter sportini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasida kompyuter sportini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Normativ-huquqiy hujjat

2018-yil
1-iyulgacha

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi ,
vazirliklar va idoralar

Izoh: normativ-huquqiy hujjatlar sohalarga va tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish predmetiga qarab yagona hujjatga birlashtirilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
1-ilova norasmiy tarjima.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2020-y., 07/20/4699/0520-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2020-y., 07/20/4699/0520-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2020-y., 07/20/4699/0520-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2018-y., 07/18/3549/0790-son; 25.12.2019-y., 07/19/4552/4201-son; 29.04.2020-y., 07/20/4699/0520-son; 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son, 26.08.2021-y., 07/21/5234/0826-son)