Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.09.2024
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublikada soya yetishtirish hajmlarini yanada ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
So‘nggi yillarda respublikada noan’anaviy qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish va yetishtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, 2017-yilda respublikada birinchi marta 12 ming gektardan ortiq maydonga soya ekilib, 14 ming tonna soya doni yetishtirildi va ushbu xomashyoni qayta ishlash hisobiga aholiga 2 ming tonnadan ortiq soya yog‘i, parrandachilik korxonalariga 10 ming tonna yuqori ozuqali soya shroti yetkazib berildi.
Shu bilan birga, 2017-yilda soya yetishtirishda bir qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yildi. Xususan:
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi tomonidan soyaning yangi navlarini yaratish, birlamchi urug‘chiligini tashkil etish, ilmiy tavsiyalarni ishlab chiqishda seleksionerlar, urug‘chi-olimlar va soha mutaxassislarini keng jalb qilish ishlari qoniqarsiz tarzda amalga oshirilgan. Shuningdek, soya yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari bilan ilmiy muassasalar va olimlar o‘rtasida uzviy hamkorlik yo‘lga qo‘yilmagan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari tomonidan soya ekinini ilmiy asoslangan holda joylashtirishga e’tibor berilmagan, soya ekish uchun yer unumdorligi past, suv bilan yetarli darajada ta’minlanmagan maydonlar ajratilgan, agrotexnika tadbirlarini o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish tashkil etilmagan;
“O‘zpaxtayog‘” AJ va uning tarkibidagi yog‘-moy korxonalari tomonidan soya yetishtiruvchi xo‘jaliklar bilan yog‘-moy korxonalari o‘rtasida kontraktatsiya shartnomalarini tuzish ishlari to‘liq tashkil etilmagan hamda zarur miqdorda urug‘lik yetkazib berilmagan. Shuningdek, ayrim yog‘-moy korxonalari tomonidan soya yetishtirish va agrotexnika tadbirlarini o‘tkazish uchun avans mablag‘lari o‘z vaqtida ajratilmagan hamda soya urug‘i fermer xo‘jaliklariga yetarli hajmda yetkazib berilmagan. Natijada, 2017-yilda respublikada asosiy maydonlarda ekilgan soyaning o‘rtacha hosildorligi gektaridan 16 sentnerni, takroriy maydonlarda esa gektaridan atigi 5,9 sentnerni tashkil etgan.
Yuqoridagilarni inobatga olib hamda respublikada soya ekini maydonlarini yanada kengaytirish, serhosil va ertapishar soya navlarini yaratish, birlamchi urug‘chilikni tashkil etish, soya yetishtirishda yangi zamonaviy agrotexnologiyalarni qo‘llash, aholining soya yog‘iga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash, parrandachilik korxonalariga soya shroti mahsulotini yetkazib berish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda respublikada soya ekishni ko‘paytirish va soya dukkakli ekinlarini o‘stirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2832-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2017-yilda soya yetishtirishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan:
a) soya ekinini ilmiy asoslangan holda joylashtirishga e’tibor berilmaganligi, soyaning yangi navlarini yaratish, birlamchi urug‘chiligini tashkil etish, uni yetishtirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalarni ishlab chiqish yo‘nalishida ilmiy muassasalar faoliyati qoniqarsiz tashkil etilganligi uchun O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi direktori B. Xoliqovga hamda Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti direktori R. Siddiqovga “hayfsan” e’lon qilinsin;
b) “O‘zpaxtayog‘” AJ (Salixov) tomonidan yog‘-moy korxonalarida soya yetishtiruvchi xo‘jaliklar bilan kontraktatsiya shartnomalarini tuzish ishlari to‘liq tashkil etilmaganligi, xo‘jaliklarga zarur miqdorda urug‘lik yetkazib berilmaganligi, soya yetishtirish va agrotexnika tadbirlarini o‘tkazish uchun avans mablag‘lari o‘z vaqtida ajratilmaganligi va bu borada tizimli nazorat o‘rnatilmaganligi uchun “O‘zpaxtayog‘” AJning Ishlab chiqarish va investitsiyalar bo‘yicha direktori G‘. Pardayevga hamda tizimdagi yog‘-moy korxonalari — “Surxonoziqovqatsanoati” AJ (Nurmatov), “Guliston yog‘ ekstrakt” AJ (Allanazarov), “Agroxizmat Shindong” MChJ (Radjabov), “Toshkent yog‘-moy kombinati” AJ (Roziqov) rahbarlariga “hayfsan” intizomiy jazo chorasi e’lon qilish masalasi ko‘rib chiqilsin;
v) yer unumdorligi past, suv bilan yetarli darajada ta’minlanmagan maydonlarda soya ekini joylashtirilishi natijasida belgilangan hosil olinmaganligi, soyani yetishtirishda agrotexnika tadbirlarini o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish ta’minlanmaganligi bo‘yicha kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi Andijon (Abduraxmonov), Buxoro (Barnoyev), Navoiy (Tursunov), Namangan (Bozorov), Sirdaryo (Mirzayev), Toshkent (Ibragimov), Xorazm (Sobirov) viloyatlari hokimlariga, Qo‘rg‘ontepa (Ergashev), Shofirkon (Tursunov), Xatirchi (Aliyev), Guliston (Ibodullayev), Bekobod (Isroilov), Shovot (Ataxonov), Zarbdor (Anqayev), Uzun (Normatov), Pop (Sultonov), Dang‘ara (Abdusalomov) tumanlari hokimlariga ko‘rsatib o‘tilsin;
2018-yilda soya yetishtirish prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishi ta’minlanmagan taqdirda yuqorida qayd etilgan rahbarlar ularga nisbatan vazifasidan ozod qilishgacha bo‘lgan intizomiy jazo choralari ko‘rilishi to‘g‘risida qat’iy ogohlantirilsin.
2. Quyidagilar:
2018-yil hosili uchun asosiy maydonlarda soya ekinini navlar bo‘yicha joylashtirish 1-ilovaga muvofiq;
2018-yilda soya doni yetishtirish uchun talab etiladigan avans mablag‘lari, yoqilg‘i-moylash mahsulotlari va mineral o‘g‘itlar hajmi 2-ilovaga muvofiq;
soya urug‘ligi yetishtirishga ixtisoslashtirilgan urug‘chilik fermer xo‘jaliklari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklariga:
bir oy muddatda mazkur qarorga 1-ilovada keltirilgan soya ekini ekiladigan maydonlarni fermer xo‘jaliklari va konturlar (eng kamida 5 gektar va suv bilan ta’minlangan maydon) bo‘yicha joylashtirish;
“O‘zpaxtayog‘” AJ tizimidagi yog‘-moy korxonalari bilan soya yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari o‘rtasida kontraktatsiya shartnomalari tuzilishini tashkil etish;
soyani optimal muddatlarda ekish, parvarish qilish, soya hosilini tashkiliy ravishda o‘rib-yig‘ib olish tadbirlarining o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishini ta’minlash vazifalari yuklansin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va tumanlar hokimlariga soya ekinini to‘liq hajmlarda ekish, o‘z vaqtida va sifatli parvarish qilish hamda mo‘ljallangan hosilni yig‘ib olish masalalarining nazorat qilinishi yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
4. 2018-yil hosili uchun asosiy maydonlarda soya ekinini joylashtirish, yetishtirish va doimiy monitoring olib borish bo‘yicha respublika ishchi guruhi tarkibi (keyingi o‘rinda Respublika ishchi guruhi deb ataladi) 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Respublika ishchi guruhi (Z.T. Mirzayev):
hududlarning tuproq-iqlim sharoitlariga mos ravishda suv ta’minoti yaxshi bo‘lgan, unumdor yer maydonlariga soya ekinini joylashtirishda;
fermer xo‘jaliklariga yog‘-moy korxonalari tomonidan avans mablag‘larini o‘z vaqtida ajratish, urug‘lik, mineral o‘g‘it, yoqilg‘i-moylash materiallari, kimyoviy vositalarni yetkazib berish, agrotexnika tadbirlari muddatida, sifatli o‘tkazilishini tashkil etish, yetishtirilgan mahsulotlarni belgilangan narxlarda xarid qilish va yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirishda;
soya yetishtiruvchi rivojlangan davlatlar bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, yangi zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, soya yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari va soha mutaxassislari malakasini doimiy ravishda oshirib borishni tashkil etishda amaliy yordam berilishini ta’minlasin.
5. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi hududlarning iqlim sharoitlariga mos, serhosil, kasallik va zararkunandalarga chidamli soya urug‘ligini xorijiy mamlakatlardan olib kelish yuzasidan soya navlari va talab etiladigan hajmi bo‘yicha “O‘zpaxtayog‘” AJga o‘z takliflarini 20 kun muddatda kiritsinlar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Mikrobiologiya instituti bir oy muddatda mahalliy tuproq-iqlim sharoitida soya urug‘lariga ishlov beradigan biopreparatlar ishlab chiqarishni tashkil etsin.
7. “O‘zpaxtayog‘” AJ, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda tumanlar hokimliklarining:
2018-yil 1-aprelgacha soya yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari va buyurtmachilar o‘rtasida tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va soya yetishtiruvchi xo‘jaliklarga yuqori sifatli urug‘liklarni sertifikatlangan holda avans mablag‘i hisobidan yetkazib berilishini ta’minlash;
soya yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari “O‘zpaxtayog‘” AJ tizimidagi yog‘-moy korxonalari o‘rtasida tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq mahsulot yetishtiruvchilarga agrotexnika tadbirlarini o‘tkazish uchun beriladigan soya urug‘ligini hisobga olgan holda shartnoma qiymatining 50 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda avans mablag‘larini bosqichma-bosqich to‘lab berish choralarini ko‘rish;
“O‘zpaxtayog‘” AJning ijro etuvchi apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni doirasida yog‘-moy korxonalari ilmiy-texnika markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda xomashyo bazasini rivojlantirish bo‘limini, shuningdek, tizimdagi barcha yog‘-moy korxonalarida mutaxassis agronom lavozimini joriy etish haqidagi takliflariga rozilik berilsin.
8. Tijorat banklariga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga bir oy muddatda “O‘zpaxtayog‘” AJ tizimidagi yog‘-moy korxonalariga soya yetishtiruvchilarni avans berish uchun zarur bo‘ladigan kreditlarni belgilangan tartibda ajratish tavsiya etilsin.
Belgilab qo‘yilsinki, soyani ekish va parvarish qilish ishlari fermer xo‘jaliklariga ushbu maqsadlar uchun ochilgan maxsus hisob raqami orqali amalga oshiriladi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi 2018-yil 15-maygacha, hududiy boshqarmalarni jalb etgan holda, soya ekilgan maydonlarni nazorat o‘lchovidan o‘tkazsin va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 10-fevral,
105-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-fevraldagi 105-son qaroriga
1-ILOVA
2018-yil hosili uchun asosiy maydonlarda soya ekinini navlar bo‘yicha joylashtirish

T/r

Hududlar va yog‘-moy
korxonalarining nomi

Ekin
maydoni,
ga

Seleksiya navlari, ga

Selekta 302

Nafis

O‘zbek-6

Baraka

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1500

1500

-

-

-

“Turon Xo‘jayli” AJ

800

800

-

-

-

1.

Nukus

400

400

-

-

-

2.

Xo‘jayli

400

400

-

-

-

“Yog‘gar” Beruniy AJ

700

700

-

-

-

1.

To‘rtko‘l

150

150

-

-

-

2.

Amudaryo

150

150

-

-

-

3.

Beruniy

200

200

-

-

-

4.

Ellikqa’la

200

200

-

-

-

Andijon viloyati

1600

1439

59

59

44

“Andijon yog‘-moy” AJ

800

720

29

29

22

1.

Andijon

300

274

10

10

7

2.

Jalaquduq

250

223

10

10

7

3.

Paxtaobod

250

223

10

10

7

“Asaka yog‘” AJ

800

720

29

29

22

1.

Qo‘rg‘ontepa

300

274

10

10

7

2.

Asaka

500

446

20

20

15

Buxoro viloyati

2000

2000

-

-

-

“Kogon yog‘ ekstraksiya” AJ

1200

1200

-

-

-

1.

Buxoro

300

300

-

-

-

2.

Vobkent

300

300

-

-

-

3.

Shofirkon

300

300

-

-

-

4

G‘ijduvon

300

300

-

-

-

“Yevrosnar” MChJ

800

800

-

-

-

1.

Peshku

400

400

-

-

-

2.

Romiton

400

400

-

-

-

Jizzax viloyati

1500

1366

49

49

36

“Bo‘ston Olami” MChJ

700

633

24

24

18

1.

Zomin

700

633

24

24

18

“Nurli Don” MChJ

800

733

24

24

18

1.

Zarbdor

800

733

24

24

18

Qashqadaryo viloyati

2200

1951

90

90

68

“Qarshi yog‘ ekstraksiya” AJ

1000

885

42

42

31

1.

Shahrisabz

600

519

29

29

22

2.

Yakkabog‘

400

366

12

12

9

“Koson yog‘ ekstraksiya” AJ

1200

1065

49

49

36

1.

Shahrisabz

200

173

10

10

7

2.

Kitob

600

546

20

20

15

3.

Yakkabog‘

400

346

20

20

15

Navoiy viloyati

700

700

-

-

-

“Vang‘ozi Agro Eksport” MChJ

500

500

-

-

-

1.

Karmana

150

150

-

-

-

2.

Qiziltepa

250

250

-

-

-

3.

Xatirchi

100

100

-

-

-

“Kontinent-N yog‘-moy” MChJ

200

200

-

-

-

1.

Navbahor

200

200

-

-

-

Namangan viloyati

1900

1699

73

73

55

“Uchqo‘rg‘on yog‘” AJ

1200

1066

49

49

36

1.

Kosonsoy

400

346

20

20

15

2.

Chust

300

260

15

15

11

3.

Chortoq

500

460

15

15

11

“Namangan tola tekstil” MChJ

700

633

24

24

18

1.

Yangiqo‘rg‘on

400

373

10

10

7

2.

Pop

300

260

15

15

11

Samarqand viloyati

1000

893

39

39

29

“Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy” AJ

1000

893

39

39

29

1.

Tayloq

300

273

10

10

7

2.

Bulung‘ur

200

180

7

7

5

3.

Jomboy

200

180

7

7

5

4.

Oqdaryo

150

130

7

7

5

5.

Payariq

150

130

7

7

5

Sirdaryo viloyati

800

800

-

-

-

“Guliston yog‘ ekstrakt” AJ

800

800

-

-

-

1.

Sirdaryo

150

150

-

-

-

2.

Guliston

200

200

-

-

-

3.

Sayxunobod

150

150

-

-

-

4.

Oqoltin

150

150

-

-

-

5.

Boyovut

150

150

-

-

-

Surxondaryo viloyati

1200

1039

59

59

44

“Surxonoziqovqatsanoati” AJ

800

693

39

39

29

1.

Sariosiyo

300

260

15

15

11

2.

Denov

400

346

20

20

15

3.

Sho‘rchi

100

87

5

5

4

“Agroxizmat Shindong” MChJ

400

346

20

20

15

1.

Sho‘rchi

150

130

7

7

5

2.

Oltinsoy

250

216

12

12

9

Toshkent viloyati

2000

1785

78

78

58

“Yangiyo‘l yog‘-moy” AJ

1000

893

39

39

29

1.

Quyichirchiq

300

273

10

10

7

2.

Oqqo‘rg‘on

400

360

15

15

11

3.

Chinoz

300

260

15

15

11

“Toshkent yog‘-moy kombinati” AJ

1000

893

39

39

29

1.

O‘rtachirchiq

500

446

20

20

15

2.

Yuqorichirchiq

500

446

20

20

15

Farg‘ona viloyati

1500

1353

54

54

40

“Qo‘qon yog‘-moy” AJ

700

633

24

24

18

1.

Beshariq

300

273

10

10

7

2.

Buvayda

200

180

7

7

5

3.

O‘zbekiston

200

180

7

7

5

“Farg‘ona yog‘-moy” AJ

800

720

29

29

22

1.

Oltiariq

200

180

7

7

5

2.

Qo‘shtepa

200

180

7

7

5

3.

Quva

200

180

7

7

5

4.

Farg‘ona

200

180

7

7

5

Xorazm viloyati

600

600

-

-

-

“Urganch yog‘” AJ

600

600

-

-

-

1.

Urganch

600

600

-

-

-

0

Jami

18500

17125

501

501

374

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-fevraldagi 105-son qaroriga
2-ILOVA
2018-yilda soya doni yetishtirish uchun talab etiladigan avans mablag‘lari, yoqilg‘i-moylash mahsulotlari va mineral o‘g‘itlar hajmi

Hududlar va yog‘-moy
korxonalarining nomi

Ekin
maydoni
(ga)

Bo‘nak mablag‘i,
mln so‘m

Yoqilg‘i hajmi
(tn)

Mineral o‘g‘it
hajmi (tn)

azotli

fosforli

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1500

3060

165

75

150

“Turon-Xodjeyli” AJ

800

1632

88

40

80

“Yog‘gar” AJ

700

1428

77

35

70

Andijon viloyati

1600

3264

176

80

160

“Andijon yog‘-moy” AJ

800

1632

88

40

80

“Asaka yog‘” AJ

800

1632

88

40

80

Buxoro viloyati

2000

4080

220

100

200

“Kogon yog‘ ekstraksiya” AJ

1200

2448

132

60

120

“Yevrosnar” MChJ QK

800

1632

88

40

80

Jizzax viloyati

1500

3060

165

75

150

“Bo‘ston Olami” MChJ

700

1428

77

35

70

“Nurli Don” MChJ

800

1632

88

40

80

Qashqadaryo viloyati

2200

4488

242

110

220

“Koson yog‘ ekstraksiya” AJ

1200

2448

132

60

120

“Qarshi yog‘ ekstraksiya” AJ

1000

2040

110

50

100

Navoiy viloyati

700

1428

77

35

70

“Vang‘ozi agroeksport” MChJ

500

1020

55

25

50

“Kontinent-N yog‘-moy” MChJ

200

408

22

10

20

Namangan viloyati

1900

3876

209

95

190

“Uchqo‘rg‘on yog‘” AJ

1200

2448

132

60

120

“Namangan tola tekstil” MChJ

700

1428

77

35

70

Samarqand viloyati

1000

2040

110

50

100

“Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy” AJ

1000

2040

110

50

100

Sirdaryo viloyati

800

1632

88

40

80

“Guliston yog‘ ekstrakt” AJ

800

1632

88

40

80

Surxondaryo viloyati

1200

2448

132

60

120

“Surxonoziqovqatsanoati” AJ

800

1632

88

40

80

“Agroxizmat Shindong” MChJ QK

400

816

44

20

40

Toshkent viloyati

2000

4080

220

100

200

“Toshkent yog‘-moy kombinati” AJ

1000

2040

110

50

100

“Yangiyo‘l yog‘-moy” AJ

1000

2040

110

50

100

Farg‘ona viloyati

1500

3060

165

75

150

“Qo‘qon yog‘-moy” AJ

800

1632

88

40

80

“Farg‘ona yog‘-moy” AJ

700

1428

77

35

70

Xorazm viloyati

600

1224

66

30

60

“Urganch yog‘” AJ

600

1224

66

30

60

Jami

18500

37740

2035

925

1850

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-fevraldagi 105-son qaroriga
3-ILOVA
Soya urug‘ligi yetishtirishga ixtisoslashtirilgan urug‘chilik fermer xo‘jaliklari

T/r

Hududlar va fermer xo‘jaligi nomi

Xo‘jalik rahbari,
F.I.Sh.

Yer maydoni, ga

Jami

Soya urug‘chiligi uchun

Andijon viloyati

746

150

1

“Asaka oil plant seeds” f/x (Asaka tumani)

Abidov A.

74

30

2

“Oqsuv” ilmiy eks. f/x (Qo‘rg‘ontepa tumani)

Axmedov A.

600

100

3

“Andijon zamin Sardori” f/x (Izboskan tumani)

Obidov A.

72

20

Qashqadaryo viloyati

291

100

4

“Suyunov M.N.” f/x (Yakkabog‘ tumani)

Suyunov F.

106

35

5

“Abdurazzaqov Asliddin” f/x (Yakkabog‘ tumani)

Bo‘riyev. A.

90

35

6

“Boyjigit bobo” f/x (Yakkabog‘ tumani)

Boyjigitov Sh.

95

30

Namangan viloyati

127

55

7

“Qo‘rg‘oncha nurli istiqboli” FX (Uchqo‘rg‘on tumani)

Nuritdinov R.

57

25

8

“Shuxrat Baxrom Kozim” f/x (Chortoq tumani)

Xaitov S.

70

30

Samarqand viloyati

128

50

9

“Paxtakor” f/x (Narpay tumani)

Xakberdiyev S.

77

30

10

“Elbek Ilg‘or Paxtakor” f/x (Narpay tumani)

Ismoilov B.

51

20

Toshkent viloyati

1168

321

11

“Madoniz” f/x (O‘rtachirchiq tumani)

Axmedova M.

155

50

12

“Geo agro biznes” f/x (O‘rtachirchiq tumani)

Axmedov N.

111

55

13

“Shon-Sharaf Biznes” f/x (O‘rtachirchiq tumani)

Axmedov Sh.

185

46

14

“Raximjon Asalxon” agrofirma (Oqqo‘rg‘on tumani)

Saidaxmedov O.

316

100

15

“Ultuv” f/x (Quyichirchiq tumani)

Urazbayev M.

400

70

Jami:

2459

676

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-fevraldagi 105-son qaroriga
4-ILOVA
2018-yil hosili uchun asosiy maydonlarda soya ekinini joylashtirish, yetishtirish va doimiy monitoring olib borish bo‘yicha respublika ishchi guruhi
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.

1.

Z. Mirzayev

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Respublika ishchi guruhi rahbari

2.

Sh. Teshayev

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari, Respublika ishchi guruhi rahbari o‘rinbosari

3.

M. Salixov

“O‘zpaxtayog‘” AJ bosh direktori, Respublika ishchi guruhi rahbari o‘rinbosari

Ishchi guruh a’zolari:

4.

A. Abdullayev

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi

5.

B. Yusupov

Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi

6.

B. Mirusmanov

Davlat statistika qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

7 .

Y. Xoliyarov

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi o‘rinbosari

8.

M. Sarimsoqov

“O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari

9.

R. Ochilov

“O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi o‘rinbosari

10.

R. Axmedov

“O‘zagroservis” aksiyadorlik jamiyati raisi

11.

T. Meyliyev

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Paxtachilik va texnika ekinlarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi

(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 759-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/105/0695-son, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son)