1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.10 Asalarichilik. Baliqchilik]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
2018-yilda baliq mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Soʻnggi yillarda respublikamizda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish, jumladan, ichki bozorni sifatli va arzon baliq mahsulotlari bilan toʻldirish, oziq-ovqat mahsulotlarining talab yuqori boʻlgan turlariga narxlar barqarorligini taʼminlashga qaratilgan maqsadli dasturlar qabul qilindi va amalga oshirilmoqda.
Natijada mamlakat miqyosida 3 mingdan ortiq baliqchilik xoʻjaliklari faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Baliqchilik xoʻjaliklarini rivojlantirishni tizimli qoʻllab-quvvatlash maqsadida tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratilmoqda va ushbu kreditlar suv omborlarida hamda tabiiy havzalardagi sunʼiy qurilmalarda intensiv usulda baliq yetishtirishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etishga yoʻnaltirilmoqda.
Shu bilan birga, baliqchilik sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, mavjud havzalar imkoniyatlaridan samarali foydalanish, yangi inkubatsion sexlarni qurish va baliq pitomniklarini tashkil etish, intensiv texnologiyalar asosida baliq yetishtirish hajmlarini oshirish hamda baliqchilik xoʻjaliklarining ozuqa bazasini mustahkamlash va mazkur sohani moliyalashtirish boʻyicha chora-tadbirlar lozim darajada amalga oshirilmayapti.
Xususan, Qashqadaryo, Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridagi sunʼiy havzalar, suv omborlari va Aydar-Arnasoy koʻllar tizimining tabiiy havzalari imkoniyatlaridan toʻliq hajmda foydalanilmayapti, respublikaning barcha hududlaridagi suv havzalarini baliqlantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar lozim darajada amalga oshirilmayapti.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.10 Asalarichilik. Baliqchilik]
Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish asosida baliq yetishtirish hajmlarini oshirish, mazkur sohadagi iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xorijiy davlatlarning ijobiy tajribasini tizimli joriy etishni tashkillashtirish va intensiv usulda baliq yetishtirishning innovatsion texnologiyalarini oʻzlashtirish maqsadida:
1. Baliqchilik tarmogʻini rivojlantirish sohasidagi ustuvor vazifalar etib quyidagilar belgilansin:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.10 Asalarichilik. Baliqchilik]
birinchi, baliqchilikni ilmiy asosda tashkil etish, inkubatsion sexlar va baliq pitomniklarini qurish, mavjud suv havzalarini modernizatsiya qilish va kengaytirish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.10 Asalarichilik. Baliqchilik;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.05 Suvdan baliqchilik xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish]
ikkinchi, baliqchilikning innovatsion intensiv texnologiyalarini keng koʻlamda joriy etish, shu jumladan sunʼiy qurilmalar oʻrnatish, yopiq suv taʼminoti sikliga ega sunʼiy hovuzlar va inshootlarni tashkil etish, shuningdek, sholi maydonlarida baliqchilikni tashkil etish hisobiga respublikada baliq yetishtirish hajmlarini oshirish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.10 Asalarichilik. Baliqchilik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.06 Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, xomashyolari va oziq-ovqatlari garovi]
uchinchi, baliqlarni oziqlantirish uchun toʻliq va boyitilgan ishlab chiqarish boʻyicha mavjud sanoat quvvatlarini modernizatsiya qilish va yangilarini tashkil etish orqali baliqchilikning ozuqa bazasini mustahkamlash;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.10 Asalarichilik. Baliqchilik;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.09.00 Baliq ovlash va baliqchilikni tartibga solish]
toʻrtinchi, baliqlarni ovlash orqali olishni tashkil qilish, baliq mahsulotlarini qayta ishlash va qadoqlash boʻyicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, sohaning eksport salohiyatini oshirish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.10 Asalarichilik. Baliqchilik]
beshinchi, baliqchilik xoʻjaliklarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida ularni aylanma mablagʻlar bilan taʼminlash, baliq va baliq mahsulotlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga bank kreditlarini, xorijiy investitsiyalarni hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalarni jalb qilish.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi va boshqa manfaatdor idoralar tomonidan ishlab chiqilgan:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.10 Asalarichilik. Baliqchilik]
2018-yilda suv havzalari va sholi ekin maydonlarini baliqlantirishning prognoz parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.10 Asalarichilik. Baliqchilik;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.05 Suvdan baliqchilik xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish]
2018-yilda baliq yetishtirish inshootlari va qurilmalarini barpo etishning prognoz parametrlari 3-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.10 Asalarichilik. Baliqchilik;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.09.00 Baliq ovlash va baliqchilikni tartibga solish]
2018-yilda baliqlarni oziqlantirish va hovuz hosildorligini oshirish uchun sarflanadigan omuxta yem va mineral oʻgʻit yetkazib berishning prognoz parametrlari 4-ilovaga muvofiq;
2018-yilda baliq pitomniklarini tashkil etish, baliq chavoqlari yetishtirish hamda baliqni saqlash va qayta ishlash quvvatlarini tashkil etishning prognoz parametrlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, keyingi yillarda baliq yetishtirishning prognoz parametrlarini ishlab chiqish va tasdiqlash mazkur qaror bilan belgilangan ustuvor vazifalarni hamda 2018-yil yakuni boʻyicha baliq yetishtirishning amaldagi hajmlarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
3. Quyidagilarga:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.02.00 Hokim;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlariga — mazkur qaror bilan tasdiqlangan prognoz parametrlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan;
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligiga (Sh.R. Xamroyev) — suv omborlarining mavjud imkoniyatlaridan keng koʻlamli foydalanish orqali sunʼiy qurilmalarda intensiv texnologiyalar asosida baliq yetishtirish hajmlarini oshirish boʻyicha ishlarni samarali tashkil etish yuzasidan javobgarlik yuklansin.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi direksiyasi” davlat unitar korxonasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qaror bilan tasdiqlangan prognoz parametrlariga soʻzsiz erishishni taʼminlaydigan 2018-yilda baliqchilik tarmogʻini kompleks rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Dasturni ishlab chiqishda quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlarga alohida eʼtibor qaratilsin:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.05 Suvdan baliqchilik xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish]
birinchi, sunʼiy suv havzalarini yaratish va yopiq suv taʼminoti sikliga ega zamonaviy inshootlarni barpo etish, har bir xoʻjalik kesimida aniq moliyalashtirish manbalari va baliq yetishtirish hajmlarini belgilagan holda inkubatsion sexlar va baliq pitomniklarini qurish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.05 Suvdan baliqchilik xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish]
ikkinchi, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash, baliq yetishtirishning zamonaviy intensiv va resurs tejamkor texnologiyalarini joriy etish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.05 Suvdan baliqchilik xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish]
uchinchi, tumanlar kesimida ixtisoslashish holati va suv bilan taʼminlanganlik darajasi, baliqchilik fermer xoʻjaliklarining mavjud imkoniyatlari va boshqa muhim omillar hisobini yuritish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.10 Asalarichilik. Baliqchilik]
toʻrtinchi, baliqchilik fermer xoʻjaliklari va yetkazib beruvchi tashkilotlar oʻrtasida moddiy-texnik resurslarni yetkazib berish boʻyicha shartnomalar tuzish, agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida moliyalashtirish va sifatli amalga oshirish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.03.00 Hisob-kitoblar va kassa operatsiyalari (shuningdek, 03.11.17.00, 07.21.04.00 larga qarang)]
beshinchi, baliqchilik fermer xoʻjaliklari tomonidan yetishtirilgan mahsulotlarni hisobga olish tizimini takomillashtirish, mahsulotlarni sotishdan tushgan pul mablagʻlari xizmat koʻrsatuvchi banklar orqali aylanishini taʼminlash.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari loyiha tashabbuskorlari buyurtmalariga koʻra sunʼiy suv havzalarini yaratish, yopiq suv taʼminoti sikliga ega inshootlarni barpo etish va baliqni qayta ishlash quvvatlarini tashkil etish maqsadida yer uchastkalari belgilangan tartibda ajratilishini taʼminlasin.
6. “Oʻzdonmahsulot” AJ, “Oʻzkimyosanoat” AJ intensiv texnologiyalar asosida yetishtiradigan baliqlarni oziqlantirish uchun boyitilgan va granulalangan (ekstrudirovka qilingan) omuxta yem, shuningdek, hovuz hosildorligini oshirish uchun mineral oʻgʻitlar mazkur qarorning 4-ilovasiga muvofiq zarur miqdorda ishlab chiqarilishini taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan baliqlar uchun omuxta yemlar (ekstrudirovka qilingan, boshlangʻich, mahsulot holiga keltirilgan) (TIF TN kodi 2309 90) 2020-yil 1-yanvarga qadar bojxona toʻlovlarini toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) ozod qilinsin.
8. “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va loyiha tashabbuskorlari buyurtmalariga koʻra baliqchilik xoʻjaliklariga zarur uskunalar, maxsus transport vositalari va zamonaviy texnikalar, intensiv texnologiyalar asosida baliq yetishtirish uchun sunʼiy qurilmalarni lizing kompaniyalari orqali yetkazib berishni tashkil qilish tavsiya etilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi bilan birgalikda:
respublikada Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida amalga oshirilayotgan “Oʻzbekiston Respublikasida chorvachilik tarmogʻini rivojlantirish” loyihasi mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish toʻgʻrisida”gi PQ-3437-son qarori bilan belgilangan tartibda mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun jalb qilsin;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.06 Urugʻchilik. Seleksiya. Tajriba xoʻjaliklari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.10 Asalarichilik. Baliqchilik]
tabiiy va sunʼiy suv havzalarida yuqori mahsuldor baliq turlarini yetishtirishni yoʻlga qoʻyish va yanada koʻpaytirish, baliqchilik tarmogʻi tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Xitoy, Vyetnam, Indoneziya va boshqa davlatlardan tajribali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish hamda baliqchilikning ilgʻor xorijiy texnologiyalarini respublikaga keng jalb qilish.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda Toshkent davlat agrar universiteti va uning Nukus filialida 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab baliqchilik taʼlim yoʻnalishi boʻyicha sirtqi boʻlimni tashkil etish yuzasidan kelishilgan takliflarni tayyorlasin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 3-fevral,
PQ-3505-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3505-son qaroriga 1-ILOVA
2018-yilda suv havzalari va sholi ekin maydonlarini baliqlantirishning