1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.71.00 (Кучини йукотган) O‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi (litseylar, kolledjlar)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5313-son Farmonini ijro etish yuzasidan:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi negizida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz deb yuritiladi) tashkil etilsin.
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
3.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
tasarrufida kasb-hunar kollejlari bo‘lgan vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari va yirik korxonalar bilan birgalikda kasb-hunar ta’limi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish bo‘yicha o‘rta va uzoq muddatli dasturlarni hayotga tatbiq etish va kasb-hunar kollejlarida o‘quv-tarbiya jarayoniga tashkiliy va metodik rahbarlik qilishni ta’minlash;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
ish beruvchilarning ehtiyojlari va takliflaridan hamda ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqib, shuningdek, iqtisodiyotning real sektoridagi tarkibiy o‘zgarishlarni hisobga olib kasb-hunar kollejlarida o‘rta bo‘g‘inning mehnat bozorida talab etilgan mutaxassislarini tayyorlashning o‘quv rejalari va dasturlari ishlab chiqilishini tashkil etish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni rag‘batlantirish. Turlari va qo‘llash tartibi;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish;
3.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
yuqori professional rahbarlar va pedagog kadrlarni tanlash hamda ular bilan kasb-hunar kollejlarini ta’minlash, ularning malakasi va kasbiy darajasini muntazam ravishda oshirish, shuningdek, ular mehnatini rag‘batlantirish ishlarini tizimli asosda ta’minlash;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
tizimning rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlashning yangi shakllari va usullarini joriy etish;
respublikadagi barcha kasb-hunar kollejlari o‘quv-metodik ishini ularning idoraviy mansubligidan qat’i nazar, muvofiqlashtirish;
kasb-hunar kollejlarida ta’lim sifatini oshirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, ta’lim jarayonini doimiy ravishda takomillashtirish;
umumta’lim maktablari 10-11-sinf o‘quvchilarining kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarida kasb-hunar ta’limi jarayonini muvofiqlashtirish va metodik ta’minlash.
3. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
Markazning tashkiliy tuzilmasi va xodimlarning umumiy cheklangan soni 34 nafar bo‘lgan markaziy apparati tuzilmasi 1- va 2-ilovalarga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalarining (keyingi o‘rinlarda boshqarmalar deb yuritiladi) namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari xodimlarining cheklangan soni 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Markaz direktoriga, zarurat bo‘lganda, xodimlarning belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida markaziy apparat va idoraviy mansub tashkilotlar, boshqarmalar tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
4. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
Markaz O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha uning huquqiy vorisi hisoblanadi;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.02 Mahalliy vakillik organlarining vakolatlari]
Markazning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi;
Markazga direktor — O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari rahbarlik qiladi;
Markaz direktori O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining taqdimnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Markaz direktori O‘zbekiston Respublikasi kasb-hunar ta’limi tizimi sifatli va samarali tashkil etilishi, normativ-huquqiy boshqarilishi, unga yuklangan vazifalar to‘laqonli va o‘z vaqtida bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi huzuridagi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi huzuridagi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini axborot-metodik ta’minlash xizmati negizida Markaz huzurida Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti tashkil etilsin, unga quyidagi funksiyalar yuklansin:
ta’lim dasturlari tuzilmasi va mazmunini takomillashtirish ishlarini doimiy ravishda amalga oshirish, ta’limning umumiy metodologiyasi doirasida ularning samaradorligi va moslashishini ta’minlash, yangi o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish va ularni o‘quv jarayoniga joriy etish;
tizimning pedagog kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashning yangi shakllari va usullarini joriy etish, zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda pedagog kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini boshqarishning yangi vertikalini tashkil etish.
6. Markaz huzuridagi xodimlarning cheklangan soni 86 nafar bo‘lgan Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash institutining tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. San’at, madaniyat va olimpiya zaxiralari kasb-hunar kollejlari (kollejlari) 6-ilovaga muvofiq, bitiruvchilariga davlat namunasidagi diplom beriladigan ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari va maktab-internatlariga, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlariga aylantirilsin.
8. Quyidagilar:
a) vazirliklar va idoralarning iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlashga ixtisoslashtiriladigan kasb-hunar kollejlari faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib:
to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun tushadigan mablag‘lar;
vazirliklar va idoralarning ushbu maqsadlarga xarajatlar smetasida har yili nazarda tutiladigan budjetdan tashqari mablag‘lari;
(8-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag‘lari;
b) xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari va yirik korxonalarning iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlashga ixtisoslashtiriladigan kasb-hunar kollejlari faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib:
to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun tushadigan mablag‘lar;
xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari va yirik korxonalarning mablag‘lari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag‘lari;
v) ko‘p tarmoqli kasb-hunar kollejlari faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib — mutaxassislarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish va qayta tayyorlash uchun ota-onalar va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlarining mablag‘lari belgilansin.
Kam ta’minlangan oilalardan o‘quvchilar kasb-hunar (ko‘p tarmoqli) kollejlarida, ularning idoraviy mansubligidan qat’i nazar, bepul asosda o‘qitiladigan tartib o‘rnatilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi to‘g‘risidagi nizomni;
uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasida kasb-hunar ta’limi to‘g‘risidagi nizomni;
2019-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda:
kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini;
kasb-hunar ta’limining yo‘nalishlari, mutaxassisliklari va kasblari klassifikatorini;
kasb-hunar kollejlarida davlat granti asosida ta’lim olgan bitiruvchilarni, ularning egallagan kasbi bo‘yicha hududlarda kamida uch yil ishlab berish uchun ishga yuborish tartibini nazarda tutuvchi nizomni;
kasb-hunar kollejlariga o‘quvchilarni qabul qilish tartibini tasdiqlasin.
10. Iqtisodiyot vazirligi, Markaz:
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, idoraviy mansub kasb-hunar kollejlariga ega bo‘lgan boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2019-yildan boshlab har yili 1-maygacha bo‘lgan muddatda mutaxassisliklar va kasblar bo‘yicha kasb-hunar kollejlariga qabul qilish bo‘yicha kelishilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining ko‘rib chiqishi uchun kiritsinlar;
ikki oy muddatda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda kasb-hunar kollejlariga qabul kvotalarini shakllantirish tartibini ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaz va boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar hamda xo‘jalik birlashmalari bilan kelishgan holda har yili kasb-hunar kollejlarida o‘qitishning shakllanayotgan jami xarajatlarini va Vazirlar Mahkamasining qabul qilingan qarorlarini hisobga olgan holda, to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati miqdorlarini belgilasin.
12. Vazirliklar va idoralarga quyidagi vazifalarning bajarilishini ta’minlash, xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari va yirik korxonalarga amalga oshirish tavsiya etilsin:
o‘quvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini, qoidaga ko‘ra, ishlab chiqarishning idoraviy mansub obyektlarida kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini keyinchalik ularda ishga joylashtirish maqsadida tashkil etish;
kasb-hunar kollejlarini saqlash, ularning xarajatlarini moliyalashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
kasb-hunar kollejlarining o‘zini o‘zi qoplashini oshirish maqsadida belgilangan tartibda ta’lim xizmatlari ko‘rsatilishini, faoliyatining tadbirkorlik, maslahatlar berish, ekspert, noshirlik, ishlab chiqarish, innovatsion va boshqa turlarini yo‘lga qo‘yish.
13. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Markaz va Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda tugatiladigan va qayta tashkil etiladigan kasb-hunar kollejlari xodimlarini ishga joylashtirishda yordam bersinlar.
14. Markaz O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 3-fevral,
PQ-3504-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3504-son qaroriga 1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Kasb-hunar ta’limi markazining
TASHKILIY TUZILMASI
Kasb-hunar ta’limi markazi
Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti
Idoraviy mansub kasb-hunar kollejlari
Metrologik nazorat xizmati
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari
Nodavlat kasb-hunar kollejlari
LexUZ sharhi
1-ilova norasimy tarjima.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3504-son qaroriga 2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Kasb-hunar ta’limi markazi markaziy apparatining
TUZILMASI
Hay’at
Markaz direktori — oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari
Ilmiy-metodik kengash
Kadrlar bo‘yicha inspektor
1
Direktorning birinchi o‘rinbosari
Direktor o‘rinbosari
Bosh yuriskonsult
1
Kasb-hunar kollejlari faoliyatini o‘quv-metodik muvofiqlashtirish boshqarmasi
4
O‘quv jarayonini metodik ta’minlashni takomillashtirish va progressiv pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘limi
2
Moliya-xo‘jalik bo‘limi
3
Pedagogik kadrlarni tanlash va rivojlanishini tashkil etish bo‘limi
2
Davlat kasbiy standartlarini ishlab chiqish va kasbiy faoliyat yo‘nalishlarini unifikatsiyalash bo‘limi
2
Ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati
2
Ma’naviy-ma’rifiy tarbiya bo‘limi
2
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash hamda ijro intizomi bo‘yicha bosh mutaxassis
1
Darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini ishlab chiqish bo‘limi
2
Xalqaro hamkorlik bo‘limi
2
Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi
1
Ta’lim sifatini monitoring qilish bo‘limi
2
AKT bo‘yicha mutaxassis
1
Kasb-hunar kollejlarini rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash bo‘limi
2
Devonxona
1
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 34 nafar.
(Xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlar soni o‘rnatilgan me’yorlarga muvofiq belgilanadi).
Izoh. Kasb-hunar kollejlarini 2020-yil 1-sentabrga qadar tegishli vazirliklar, idoralar, tijorat banklari va yirik korxonalarga o‘tkazish yakunlangandan so‘ng, mazkur tuzilma qayta ko‘rib chiqilishi lozim.
LexUZ sharhi
2-ilova norasimy tarjima.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3504-son qaroriga 3-ILOVA
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Boshqarma boshlig‘i
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis
1
Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari
Kasb-hunar kollejlarini o‘quv-metodik ta’minlash bo‘limi
2
Professional kadrlarni tayyorlashni muvofiqlashtirish va monitoring qilish bo‘limi
1-2
Bosh buxgalter
1
Kasb-hunar kollejlariga metodik yordam ko‘rsatish bo‘yicha maslahatchi-metodistlar xizmati
6 — 8
Yuriskonsult
1
Kadrlar bo‘yicha inspektor
1
Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash bo‘limi
1
Ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati
1 — 4
Jami shtat birliklari 17 — 23 birlik, shundan:
boshqaruv xodimlari: 11 — 15 birlik, ishlab chiqarish xodimlari: 6 — 8 birlik.
* Texnik va yordamchi xodimlar soni o‘rnatilgan me’yorlarga muvofiq belgilanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari xodimlarining umumiy cheklangan soni 290 birlik, shundan: boshqaruv xodimlari — 187 birlik, ishlab chiqarish xodimlari — 103 birlik.
Izoh. Kasb-hunar kollejlarini 2020-yil 1-sentabrga qadar tegishli vazirliklar, idoralar, tijorat banklari va yirik korxonalarga o‘tkazish yakunlangandan so‘ng, mazkur tuzilma qayta ko‘rib chiqilishi lozim.
LexUZ sharhi
3-ilova norasmiy tarjima.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3504-son qaroriga 4-ILOVA
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari xodimlarining
CHEKLANGAN SONI
Hudud nomi
Jami
shundan:
boshqaruv xodimlari
ishlab chiqarish xodimlari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
21
13
8
Andijon viloyati
22
14
8
Buxoro viloyati
20
13
7
Jizzax viloyati
19
13
6
Qashqadaryo viloyati
23
15
8
Navoiy viloyati
18
11
7
Namangan viloyati
20
13
7
Samarqand viloyati
23
15
8
Surxondaryo viloyati
20
13
7
Sirdaryo viloyati
17
11
6
Toshkent viloyati
22
14
8
Farg‘ona viloyati
23
15
8
Xorazm viloyati
20
13
7
Toshkent shahri
22
14
8
Jami
290
187
103
Izoh. Kasb-hunar kollejlarini 2020-yil 1-sentabrga qadar tegishli vazirliklar, idoralar, tijorat banklari va yirik korxonalarga o‘tkazish yakunlangandan so‘ng, mazkur xodimlarning cheklangan soni qayta ko‘rib chiqilishi lozim.
LexUZ sharhi
4-ilova norasmiy tarjima.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3504-son qaroriga 5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi huzuridagi Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash institutining
TUZILMASI
Ilmiy kotib
Direktor
Pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari
Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari
Moliyaviy va iqtisodiy masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari
O‘quv dasturlari va normativ-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish bo‘limi
4
Ta’lim muassasalari rahbar kadrlarining zaxirasini tayyorlash va malakasini oshirish fakulteti*
O‘quv-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va joriy qilish boshqarmasi
1
O‘quv-metodik ta’minot boshqarmasi
1
Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilish boshqarmasi
1
Buxgalteriya va moliya-iqtisod bo‘limi
4
O‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining professional salohiyati va pedagogik mahoratini baholash bo‘limi
4
Ijtimoiy ahamiyatga ega va ixtisoslik fanlarini o‘qitishni metodik ta’minlash bo‘limi
4
Kanselyariya va arxiv
2
Kafedralar
Ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy qilish bo‘limi
5
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilish bo‘limi
4
Axborot-nashriyot bo‘limi
2
Ilmiy ishlanmalar va texnologiyalar transferi bo‘limi
4
Maxsus fanlar o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash fakulteti*
Umumprofessional va maxsus fanlarni metodik ta’minlash bo‘limi
11
O‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va joriy qilish bo‘limi
5
Multimedia va elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqish va joriy qilish bo‘limi
Fan, ta’lim va ishlab chiqarishni uzluksiz malaka oshirish tizimiga integratsiya qilish bo‘limi
4
Kafedralar
O‘quv va ishlab chiqarish amaliyotini metodik ta’minlash bo‘limi
7
Kadrlar bo‘limi
3
O‘quv jarayonini ilmiy-texnologik, o‘quv-metodik va xalqaro axborot resurslari bilan ta’minlash bo‘limi
10
Umumta’lim fanlari o‘qituvchilarining malakasini oshirish va ularni pedagogik qayta tayyorlash fakulteti*
Yuriskonsult
1
Kafedralar
Xodimlarning cheklangan umumiy soni (yordamchi xodimlardan tashqari) — 86 birlik,
shundan boshqaruv xodimlari — 20 birlik.
* malaka oshirish fakultetlari, ekspluatatsiya-xo‘jalik bo‘limi xodimlari qonunchilikda o‘rnatilgan me’yorlarga muvofiq belgilanadi.
LexUZ sharhi
5-ilova norasmiy tarjima.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3504-son qaroriga 6-ILOVA
Maxsus maktablar va maktab-internatlarga aylantiriladigan san’at, madaniyat va olimpiya zaxiralari kasb-hunar kollejlari (kollejlari)
RO‘YXATI
T/r
Qayta tashkil etilayotgan kasb-hunar kollejlarining nomi
Tuzilmalariga qayta tashkil etilayotgan kollejlar o‘tkazilayotgan vazirlik va idoralarning nomi
Tashkil etilayotgan maxsus maktablar va maktab-internatlar nomi
I. San’at va madaniyat kollejlari
1.
Nukus madaniyat va san’at kolleji
Madaniyat vazirligi
Nukus ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi
2.
Ellikqal’a pedagogika va san’at kasb-hunar kolleji
Madaniyat vazirligi
Ellikqal’a ixtisoslashtirilgan san’at maktabi
3.
Andijon san’at kasb-hunar kolleji
Madaniyat vazirligi
Andijon ixtisoslashtirilgan san’at maktabi
4.
Buxoro madaniyat kolleji
Madaniyat vazirligi
Buxoro ixtisoslashtirilgan madaniyat maktab-internati
5.
Buxoro san’at kolleji
Madaniyat vazirligi
Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabi
6.
Jizzax san’at kolleji
Madaniyat vazirligi
Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktabi
7.
Qarshi madaniyat va turizm kasb-hunar kolleji
Madaniyat vazirligi
Qarshi ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi
8.
Qarshi san’at kolleji
Madaniyat vazirligi
Qarshi ixtisoslashtirilgan san’at maktabi
9.
Navoiy madaniyat va san’at kolleji
Madaniyat vazirligi
Navoiy ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi
10.
Namangan san’at kolleji
Madaniyat vazirligi
Namangan ixtisoslashtirilgan san’at maktabi
11.
Namangan madaniyat kolleji
Madaniyat vazirligi
Namangan ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi
12.
Samarqand san’at kasb-hunar kolleji
Madaniyat vazirligi
Samarqand ixtisoslashtirilgan san’at maktabi
13.
Termiz san’at kolleji
Madaniyat vazirligi
Termiz ixtisoslashtirilgan san’at maktabi
14.
Guliston san’at kolleji
Madaniyat vazirligi
Guliston ixtisoslashtirilgan san’at maktabi
15.
Toshkent viloyati madaniyat va san’at kasb-hunar kolleji
Madaniyat vazirligi
Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi
16.
Bekobod san’at kolleji
Madaniyat vazirligi
Bekobod ixtisoslashtirilgan san’at maktabi
17.
Farg‘ona san’at kolleji
Madaniyat vazirligi
Farg‘ona ixtisoslashtirilgan san’at maktabi
18.
Qo‘qon tasviriy amaliy san’at kasb-hunar kolleji
Badiiy akademiya
Qo‘qon ixtisoslashtirilgan san’at maktabi
19.
Urganch san’at kolleji
Madaniyat vazirligi
Urganch ixtisoslashtirilgan san’at maktabi
20.
Toshkent madaniyat kolleji
Madaniyat vazirligi
Respublika musiqa va san’at kolleji
21.
Respublika dizayn kolleji
Badiiy akademiya
Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi
22.
Respublika san’at kolleji
Badiiy akademiya
Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi
23.
Toshkent xoreografiya kasb-hunar kolleji
Madaniyat vazirligi
Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati
24.
Respublika estrada-sirk kolleji
Madaniyat vazirligi
Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk kolleji
II. Olimpiya zaxiralari kolleji
25.
Nukus olimpiya zaxiralari kolleji
Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi
Nukus ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati
26.
Andijon olimpiya zaxiralari kolleji
Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi
Andijon ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati
27.
Buxoro olimpiya zaxiralari kolleji
Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi
Buxoro ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati
28.
Jizzax olimpiya zaxiralari kolleji
Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi
Jizzax ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati
29.
Qarshi olimpiya zaxiralari kolleji
Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi
Qarshi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati
30.
Navoiy olimpiya zaxiralari kolleji
Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi
Navoiy ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati
31.
Namangan olimpiya zaxiralari kolleji
Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi
Namangan ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati
32.
Samarqand olimpiya zaxiralari kolleji
Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi
Samarqand ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati
33.
Toyloq olimpiya zaxiralari kolleji
Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi
Toyloq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati
34.
Termiz olimpiya zaxiralari kolleji
Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi
Termiz ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati
35.
Guliston olimpiya zaxiralari kolleji
Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi
Guliston ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati
36.
Chirchiq olimpiya zaxiralari kolleji
Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi
Chirchiq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati
37.
Farg‘ona olimpiya zaxiralari kolleji
Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi
Farg‘ona ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati
38.
Urganch olimpiya zaxiralari kolleji
Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi
Urganch ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati
39.
Toshkent shahar respublika olimpiya zaxiralari kolleji
Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi
Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati
Izoh:
1. Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning umumiy soni — 39 ta, shu jumladan:
ixtisoslashtirilgan madaniyat va san’at maktablari (maktab-internatlari) — 24 ta;
ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari — 15.
2. Kasb-hunar ta’limi tizimini yanada takomillashtirishni muvofiqlashtirish respublika komissiyasi qaroriga muvofiq, zarur hollarda, mazkur ro‘yxatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
LexUZ sharhi
6-ilova norasmiy tarjima.
LexUZ sharhi
6-ilovaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.02.2018-y., 07/18/3504/0654-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son)