Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalarida uzoq muddatli uchrashuvlarga xonalar taqdim etganlik uchun tariflarni tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 17-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2964]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-avgustdagi PQ-3200-son “Ichki ishlar organlarining ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlgan jazolarni ijro etish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalarida uzoq muddatli uchrashuvlarga xonalar taqdim etganlik uchun tariflar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2017-yil 29-dekabr,
72-son
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2017-yil 29-dekabr,
190-son
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Moliya vazirligining 2017-yil 29-dekabrdagi 72, 190-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalarida uzoq muddatli uchrashuvlarga xonalar taqdim etganlik uchun
TARIFLAR
Oldingi tahrirga qarang.
|
1. |
2 kishilik xonaga sutkalik toʻlov uchun |
Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 5% |
|
2. |
3 kishilik xonaga sutkalik toʻlov uchun |
Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 10% |
|
3. |
4 kishilik xonaga sutkalik toʻlov uchun |
Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 15% |
Izoh:
1. Mazkur tariflar boʻyicha toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalaridagi (bundan buyon matnda muassasa deb yuritiladi) mahkumlarning yaqin qarindoshlariga uzoq muddatli uchrashuvlar uchun xonalar taqdim etishda sarflangan xarajatlarni qoplash uchun undiriladi.
2. Tarif asosida toʻlovlar:
mahkumlardan;
16 yoshgacha boʻlgan (shu jumladan 16 yoshga toʻlgan) bolalardan (agar bolalar boshqa katta yoshdagi shaxslar bilan birga kelmagan boʻlsa);
I-guruh nogironligi boʻlgan shaxslardan;
kam taʼminlangan oilalardan boʻlgan shaxslardan (fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining kam taʼminlangan oila toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi asosida) undirilmaydi.
3. Tarif asosida undirilgan toʻlovlar uzoq muddatli uchrashuvlar xonalarini joriy va kapital taʼmirlash, asosiy vositalar va tovar moddiy boyliklarini, xoʻjalik inventarlarini xarid qilish (elektr taʼminoti, isitish issiqlik taʼminoti, issiq va sovuq suv taʼminoti, maishiy chiqindilarni olib chiqish uchun toʻlanadigan toʻlovlardan tashqari) xarajatlarni oʻz ichiga oladi.
4. Tarif asosida undirilgan toʻlovlar muassasaning rivojlantirish jamgʻarmasida jamlanadi va mazkur izohning 3-bandida koʻrsatilgan xarajatlarga ishlatiladi.
5. Mazkur tariflar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining rasmiy veb-saytida hamda muassasalarda uzoq muddatli uchrashuvlarga kelgan shaxslar uchun qulay va koʻrinadigan joylarga joylashtiriladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligining 2020-yil 5-maydagi 32qq, 15-sonli qarori (roʻyxat raqami 2964-1, 25.05.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2020-y., 10/20/2964-1/0654-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 10/18/2964/0580-son; 25.05.2020-y., 10/20/2964-1/0654-son)