1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.01.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (yigʻin)]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-445-son Qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisida namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tasdiqlangan Namunaviy nizom asosida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan bir oy muddatda tegishli nizomlar tasdiqlanishiga hamda ularning oʻz faoliyatini ushbu nizomlar asosida tashkil etishiga koʻmaklashsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 31-iyuldagi 562-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 31-son, 777-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi raisining birinchi oʻrinbosari Sh.S. Javlonov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 5-yanvar,
7-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-yanvardagi 7-son qaroriga ILOVA
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisida
NAMUNAVIY NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga (keyingi oʻrinlarda Qonun deb ataladi) muvofiq fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari (keyingi oʻrinlarda murojaat deb ataladi) bilan ishlash tartibini belgilaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga murojaat qilish huquqiga ega.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
ariza — huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimos bayon etilgan murojaat;
taklif — davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarni oʻz ichiga olgan murojaat;
shikoyat — buzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklash va qonuniy manfaatlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi talab bayon etilgan murojaat;
anonim murojaat — jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yoki yuridik shaxsning toʻliq nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilmagan yoxud ular haqida yolgʻon maʼlumotlar koʻrsatilgan murojaat, shuningdek, uni identifikatsiya qilish imkoniyatini bermaydigan elektron murojaat yoxud imzo bilan tasdiqlanmagan yozma murojaat;
murojaatning dublikati — ayni bir jismoniy yoki yuridik shaxs murojaatining koʻchirma nusxasi;
takroriy murojaat — ayni bir jismoniy yoki yuridik shaxsdan kelib tushgan, uning avvalgi murojaati yuzasidan qabul qilingan qaror ustidan shikoyat qilinayotgan yoki boshqacha tarzda norozilik bildirilayotgan, shuningdek, agar takroriy murojaat kelib tushgan paytga kelib qonun hujjatlarida belgilangan koʻrib chiqish muddati tugagan boʻlsa, ilgarigi murojaati oʻz vaqtida koʻrib chiqilmaganligi toʻgʻrisida xabar qilinayotgan murojaat;
elektron murojaat — belgilangan tartibda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida berilgan, shu jumladan davlat organining, tashkilotning rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan murojaat, real vaqt rejimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda berilgan ogʻzaki murojaatlar bundan mustasno;
ommaviy qabul — mahalla fuqarolar yigʻini raisining yoki bu borada vakolat berilgan mansabdor shaxsining jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari bilan ommaviy uchrashuvlarida murojaatlarni qabul qilishga doir harakati;
videokonferensaloqa — uzoqda joylashgan bir nechta abonentlarning real vaqt rejimida audio va videoaxborot almashish imkoniyati bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda interaktiv hamkorlik qilishi.
4. Murojaatlar ogʻzaki, yozma yoxud elektron shaklda boʻlishi mumkin.
Arizalar, takliflar va shikoyatlar murojaatlarning turlari hisoblanadi.
Murojaatlar, ularning shakli va turidan qatʼi nazar, bir xil ahamiyatga ega boʻladi.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga telefon orqali qilingan murojaatlar ogʻzaki murojaat sifatida ushbu Nizomda belgilangan tartibda qayd etiladi, roʻyxatga olinadi va koʻrib chiqiladi.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining rasmiy veb-sayti orqali yoki ularning rasmiy elektron pochta manziliga kelib tushgan murojaatlar elektron murojaatlar tarzida qayd etiladi va ushbu Nizomda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari, Virtual qabulxonasi, Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va boshqa tashkilotlarning portallari orqali tushgan murojaatlar elektron murojaatlar tarzida qayd etiladi va ushbu Nizomda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Ommaviy axborot vositalari tahririyatlaridan kelib tushgan murojaatlar ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda koʻrib chiqiladi.
5. Jismoniy va yuridik shaxslar yakka tartibda yoki jamoa boʻlib murojaat etishlari mumkin.
6. Murojaatlar davlat tilida va boshqa tillarda berilishi mumkin.
7. Murojaatda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (jismoniy shaxs uchun);
yuridik shaxsning toʻliq nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (yuridik shaxs uchun);
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining aniq nomi va murojaatning mohiyati.
Murojaatlarda murojaat qiluvchilarning elektron pochta manzili, aloqa telefonlari va fakslari raqamlari koʻrsatilishi mumkin.
Yozma murojaat murojaat qiluvchi jismoniy shaxsning imzosi yoki murojaat qiluvchi yuridik shaxs vakolatli shaxsining imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim. Jismoniy shaxsning yozma murojaatini murojaat qiluvchining imzosi bilan tasdiqlash imkoni boʻlmagan taqdirda, bu murojaat uni yozib bergan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi (ismi, otasining ismi) ham qoʻshimcha ravishda yozib qoʻyilishi kerak.
Murojaat qiluvchilarning vakillari orqali berilgan murojaatlarga ularning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
8. Murojaatlarni berish muddatlari, qoidaga koʻra, belgilanmaydi. Ayrim hollarda, agar bu fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining murojaatni koʻrib chiqish boʻyicha imkoniyatlariga, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini oʻz vaqtida amalga oshirish va himoya qilishni taʼminlash zaruratiga bogʻliq boʻlsa, shuningdek, qonunlarda nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra tegishli fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga murojaatni berish muddati belgilanishi mumkin.
9. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemaga binoan amalga oshiriladi.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari ushbu Nizom talablariga muvofiq murojaatlar bilan ishlashda elektron hujjat aylanishi tizimini joriy qilishi mumkin.
10. Fuqarolar yigʻinlarining murojaatlar bilan ishlash sohasidagi faoliyati Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy kengashlari tomonidan muvofiqlashtiriladi.
2-bob. Murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi
11. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida murojaatlarni qabul qilish, roʻyxatga olish va koʻrib chiqish uchun yuborish, shuningdek, ularning koʻrib chiqilishini nazorat qilish fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi masʼul kotibi (keyingi oʻrinlarda masʼul kotib deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
12. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga kelib tushgan murojaat oʻsha kunning oʻzida, ish vaqti tugaganidan keyin kelib tushgan taqdirda esa, keyingi ish kuni roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
Elektron murojaatlar tushgan kunida qogʻozga bosib chiqarilishi, ish vaqti tamom boʻlgandan keyin tushgan taqdirda esa, keyingi ish kunida qogʻozga bosib chiqarilishi kerak.
13. Yozma va elektron (qogʻozga bosib chiqarilgan) murojaatlar masʼul kotib tomonidan murojaatlarni roʻyxatga olish jurnaliga tegishli yozuvlarni kiritish, ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha hisobga olish kartochkasini toʻldirish va murojaatning birinchi sahifasi quyi oʻng qismida qayd etish shtampini qoʻyish yoʻli bilan roʻyxatga olinadi.
Murojaatni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Murojaatlarni roʻyxatga olish jurnalida murojaatning tartib raqami va kelib tushgan sanasi, murojaat qiluvchi jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), yuridik shaxsning nomi, manzili, murojaatning qisqacha mazmuni, dublikat yoki murojaatlarning takroriyligi, nazoratga olinganligi toʻgʻrisidagi belgi, ijrochi etib belgilangan shaxsning ismi, sana koʻrsatilgan holda ijro etish toʻgʻrisida belgi koʻrsatiladi.
Qayd etish shtampida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining rasmiy nomi, murojaatning tushgan sanasi va qayd raqami koʻrsatiladi.
Murojaatlarning tartib raqamlari har yil boshidan yangidan hisoblanadi.
14. Murojaat pochta orqali konvertga solib berilganda konvertda murojaat va uning ilovalari borligi tekshiriladi.
Konvertda murojaatning mavjud emasligi yoki uning yaroqsizlanganligi, shuningdek, murojaatda koʻrsatilgan ilovalarning yoʻqligi aniqlanganda, ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ulardan biri fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organida qoladi, ikkinchisi murojaat qiluvchiga konvertda koʻrsatilgan manzil boʻyicha joʻnatiladi.
Kelib tushgan murojaatlarning konvertlari murojaat qiluvchining manzilini, murojaatning joʻnatilgan va olingan vaqtini aniqlash uchun saqlab qolinishi mumkin.
15. Ogʻzaki murojaatlar bilan kelgan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari fuqarolar yigʻini raisi yoxud fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi boshqa masʼul xodimlari tomonidan qabul qilinadi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
Murojaat qiluvchining shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlar tekshirilgandan keyin ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha qayd etish kartochkasi toʻldiriladi. Qayd etish kartochkasi ogʻzaki murojaat sifatida roʻyxatga olinadi.
16. Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga ogʻzaki murojaat qilishganda, ular tomonidan taqdim etilgan yozma murojaatlar hamda boshqa materiallar qabul qilinishi va ushbu Nizomning 15-bandiga muvofiq toʻldirilgan qayd etish kartochkasiga ilova qilinishi kerak.
17. Roʻyxatga olingan murojaat kelib tushgan paytdan boshlab bir ish kunidan kechikmay fuqarolar yigʻini raisiga yoki uning oʻrinbosariga kiritiladi, u masʼul xodimni belgilagan holda murojaatni koʻrib chiqish boʻyicha rezolyutsiya (topshiriq beradi) qoʻyadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
18. Rezolyutsiya (topshiriqnoma) qoʻyilgan paytdan boshlab bir ish kuni mobaynida masʼul kotib murojaatni ijro etuvchi sifatida belgilangan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi xodimiga imzo qoʻydirgan holda beradi.
19. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga kelib tushgan murojaatlar ularning ish yurituviga qabul qilinishi yoki tegishliligi boʻyicha boshqa tashkilotlarga yuborilishi mumkin.
20. Qoʻyilgan masalalarni hal etish oʻzining vakolati doirasiga kirmaydigan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga kelib tushgan murojaat besh kun muddatdan kechiktirmay fuqarolar yigʻini raisi tomonidan imzolangan xat bilan tegishli organlarga yuboriladi, bu haqda murojaat qiluvchiga yozma yoxud elektron shaklda xabar qilinadi. Bunda kelib tushgan elektron murojaat elektron shaklda yuborilishi mumkin.
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
Murojaatni koʻrib chiqish uchun asossiz ravishda boshqa organlarga oʻtkazish taqiqlanadi.
Agar murojaatlarda ularni tegishli organlarga yuborish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar mavjud boʻlmasa, u holda ular besh kun muddatdan kechiktirmay asoslantirilgan tushuntirish bilan murojaat qiluvchilarga qaytariladi.
21. Agar murojaatni koʻrib chiqish davomida murojaatning dublikati kelib tushsa, mazkur murojaat avval kelib tushgan murojaat bilan birgalikda koʻrib chiqiladi.
Agar murojaatning dublikati murojaat koʻrib chiqilganidan va javob yuborilganidan keyin kelib tushsa, bu haqda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi murojaat qiluvchini tegishli tartibda xabardor qiladi.
22. Murojaatlarning turlariga kiritilmagan xatlarni (tashakkurnomalar, tabriknomalar, taklifnomalar, fikr-mulohazalarni) koʻrib chiqish fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan uning oʻz ixtiyoriga koʻra amalga oshiriladi.
23. Murojaatni toʻliq, xolis va oʻz vaqtida koʻrib chiqish uchun qoʻshimcha maʼlumotlar, maʼlumotnomalar va materiallarga zaruriyat yuzaga kelgan taqdirda, murojaatni koʻrib chiquvchi murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxsdan, shuningdek, oʻz vakolatlari doirasida — belgilangan tartibda boshqa organlardan qoʻshimcha axborotni soʻrab olishi mumkin.
24. Agar murojaatda joyning oʻzida oʻrganishni talab etuvchi holat bayon qilingan boʻlsa, shuningdek, boshqa zarur hollarda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi murojaatni joyning oʻzida koʻrib chiqishni taʼminlashi mumkin. Murojaatni joyning oʻzida koʻrib chiqish fuqarolar yigʻini raisining topshirigʻi yoki uning roziligi bilan amalga oshiriladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
25. Murojaatni murojaat qilgan yoki boshqa shaxsning ishtirokisiz koʻrib chiqishning imkoniyati boʻlmaganda, ular fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining mansabdor shaxsi tomonidan chaqirilishi mumkin. Chaqirilgan murojaat qiluvchi kelmagan taqdirda, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining mansabdor shaxsi murojaatni uning ishtirokisiz koʻrib chiqish mumkin emasligi toʻgʻrisida javob yuboradi.
26. Agar murojaatda oʻrtaga qoʻyilgan masalalar xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga daxldor boʻlsa, ularning vakillari murojaatni koʻrib chiqishda ishtirok etish uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida jalb etiladi.
27. Zarur hollarda murojaatni koʻrib chiqish uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan tegishli mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
28. Murojaatni koʻrib chiqayotgan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi oʻz tashabbusiga koʻra yoxud murojaat qiluvchining iltimosiga koʻra uni eshitishni tashkil etishi mumkin.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi murojaat qiluvchiga murojaatda koʻtarilgan masalalar boʻyicha oʻz fikrini bildirish va murojaat boʻyicha qoʻshimcha axborot taqdim etish imkoniyatini beradi.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi murojaat qiluvchini eshitishga ekspertlarni, mutaxassislarni va manfaatdor tashkilotlarning vakillarini jalb etishi mumkin.
29. Murojaatni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan tegishli qaror qabul qilinadi, bu haqda darhol yozma yoxud elektron shaklda murojaat qiluvchiga xabar beriladi.
Murojaatni qanoatlantirmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi qarorni fuqarolar yigʻini raisi va uning oʻrinbosarlari qabul qiladi.
(29-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
Jamoaviy murojaatlarga javob xati, agar murojaatda javob xatini boshqa shaxsga yuborish talab etilmagan boʻlsa, murojaat qiluvchilarning roʻyxatida birinchi koʻrsatilgan shaxsga yuboriladi.
Murojaatga javob xati murojaatda koʻrsatilgan har bir masala boʻyicha vajlarni inkor etuvchi yoki tasdiqlovchi aniq asoslarni (zaruratga qarab qonun hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda) oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak.
30. Murojaatga javob xati fuqarolar yigʻini raisi yoki uning oʻrinbosarlari tomonidan imzolanadi.
(30-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
Murojaatlarga javob xati, mumkin qadar, murojaat etilgan tilda bayon qilinadi.
31. Jismoniy yoki yuridik shaxslar jamoa boʻlib murojaat qilgan taqdirda, ularning murojaatlari qonun talablariga muvofiq koʻrib chiqiladi. Bunda murojaatga javob murojaat qilganlarning roʻyxatida birinchi boʻlib koʻrsatilgan shaxsga yoki ularning talabiga koʻra boshqa shaxsga yuboriladi.
32. Murojaat, unda koʻtarilgan barcha masalalar qonun talablariga muvofiq koʻrib chiqilgan va murojaat qiluvchiga tegishli javob yuborilgan taqdirda koʻrib chiqilgan hisoblanadi.
Murojaat qiluvchiga javob yuborilgan kun murojaatni koʻrib chiqish tugallangan kun hisoblanadi, bu haqda masʼul kotib murojaatlarni roʻyxatga olish jurnaliga va qayd etish kartochkasiga belgi qoʻyadi.
33. Agar murojaatni koʻrib chiqish jarayonida murojaatning dublikati olinsa, ushbu murojaat avval tushgan murojaat bilan birgalikda koʻrib chiqiladi hamda natijasi boʻyicha yagona javob beriladi.
Agar murojaatning dublikati murojaat koʻrib chiqilgan va javob yuborilgandan keyin olinsa, u holda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi murojaat qiluvchini bu haqda yozma ravishda xabardor qiladi.
34. Takroriy murojaatlar umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi, mazkur Nizomning 44-bandida koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno.
35. Jismoniy yoki yuridik shaxsning iltimosiga koʻra murojaatni koʻrib chiqqan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi murojaatga javobni uning mazmunini oʻzgartirmasdan tushuntirishi, shuningdek, yoʻl qoʻyilgan xatolar va arifmetik xatolarni oʻz tashabbusiga koʻra yoki murojaat qiluvchining iltimosiga koʻra, murojaatga javobning mazmuniga daxl qilmagan holda tuzatishi shart.
Murojaat qiluvchining murojaatga javobni tushuntirish va uni tuzatish toʻgʻrisidagi iltimosi u kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida koʻrib chiqiladi.
36. Koʻrib chiqilgan murojaatlarni va ular bilan bogʻliq materiallarni saqlash belgilangan tartibda masʼul kotib tomonidan amalga oshiriladi.
3-bob. Murojaatlarni koʻrib chiqish muddatlari
37. Ariza yoki shikoyat masalani mazmunan hal etish shart boʻlgan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh kun mobaynida, qoʻshimcha oʻrganish va (yoki) tekshirish, qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish talab etilganda esa — bir oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqiladi.
Ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqish uchun tekshirish oʻtkazish, qoʻshimcha materiallarni soʻrab olish yoxud boshqa chora-tadbirlar koʻrish zarur boʻlgan holatlarda, ularni koʻrib chiqish muddatlari tegishli fuqarolar yigʻini raisi tomonidan, istisno tariqasida, koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bu haqda murojaat qiluvchiga xabar qilinadi.
(37-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
38. Taklif fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan olingan kundan eʼtiboran bir oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqiladi, qoʻshimcha oʻrganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno boʻlib, bu haqda taklifni kiritgan jismoniy yoki yuridik shaxsga oʻn kun muddatda yozma shaklda xabar qilinadi.
39. Ayrim hollarda fuqarolar yigʻini raisi yoki uning oʻrinbosarlari murojaatlarni koʻrib chiqish muddatlarini qisqartirishlari mumkin.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
40. Murojaatlar bilan ishlash muddatlari ular fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga kelib tushgan kundan boshlab hisoblanadi. Agar tegishli muddatning oxirgi kuni dam olish va bayram kunlariga toʻgʻri kelsa, navbatdagi ish kuni muddat tugaydigan kun hisoblanadi.
4-bob. Murojaatlarni koʻrmay qoldirish va koʻrib chiqishni tugatish
41. Quyidagi murojaatlar koʻrib chiqilmaydi:
anonim murojaatlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda;
qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq boʻlmagan murojaatlar.
42. Murojaatni anonim deb eʼtirof etish masʼul kotib tomonidan amalga oshiriladi.
Murojaat anonim deb eʼtirof etilganda, bu haqda xulosa tuziladi. Xulosada murojaatni anonim deb eʼtirof etish uchun asoslar koʻrsatiladi. Murojaatni anonim deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi xulosa fuqarolar yigʻini raisi tomonidan tasdiqlanadi.
(42-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga telefon orqali kelib tushgan murojaatlar qonunda va ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda anonim deb eʼtirof etilishi mumkin.
Anonim deb eʼtirof etilgan murojaat xulosa tasdiqlangan paytdan boshlab nazoratdan yoki ijrodan olinadi.
43. Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar kelib tushganda, masʼul kotib ularning vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjudligini tekshiradi.
Agar murojaatda jismoniy va yuridik shaxs vakilining vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud boʻlmasa, bu haqda masʼul kotib tomonidan tasdiqlanadigan xulosa tuziladi.
Jismoniy va yuridik shaxs vakilining vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud emasligi toʻgʻrisidagi xulosa tasdiqlangan paytdan boshlab, ushbu murojaat koʻrib chiqilmaydi, bu haqda murojaat qiluvchi yozma ravishda xabardor qilinadi.
44. Murojaatlarni koʻrib chiqish quyidagi hollarda tugatiladi:
agar takroriy murojaatda yangi vajlar yoki yangidan ochilgan holatlar keltirilmagan boʻlsa, ilgarigi murojaat materiallarida esa tekshiruvlarning toʻla-toʻkis materiallari mavjud boʻlsa va murojaat qiluvchiga belgilangan tartibda javoblar berilgan boʻlsa;
agar murojaat qiluvchi oʻz murojaatini yozma yoki elektron tartibda chaqirib olgan boʻlsa yoki uni koʻrib chiqishni tugatish toʻgʻrisida ogʻzaki ravishda, shu jumladan telefon orqali iltimos qilgan boʻlsa;
yashash joyi, turgan joyi (pochta manzili), elektron pochta manzili yoki boshqa rekvizitlari oʻzgarganligi toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilmaganligi tufayli chaqirishning imkoni yoʻqligi sababli murojaatni murojaat qiluvchining ishtirokisiz koʻrib chiqish imkoniyati boʻlmaganda;
murojaatni murojaat qiluvchining ishtirokisiz koʻrib chiqish imkoniyati mavjud emasligi sababli fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan chaqirilgan murojaat qiluvchi kelmay qolgan taqdirda;
agar murojaat qiluvchi jismoniy shaxs vafot etgandan soʻng murojaatni koʻrib chiqish huquqiy vorislikka yoʻl qoʻymasa.
45. Fuqarolar yigʻini raisi murojaatni koʻrib chiqishni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
46. Takroriy murojaatni koʻrib chiqish mazkur Nizomning 44-bandi ikkinchi xatboshiga muvofiq tugatilganda, murojaat qiluvchi takroriy murojaatning asossizligi va ushbu masala yuzasidan u bilan yozishmalar toʻxtalishi toʻgʻrisida yozma yoki elektron shaklda xabardor qilinadi.
Yozishmalar olib borish tugatilgan murojaat qiluvchidan takroriy murojaat kelib tushgan taqdirda, bunday murojaatni koʻrib chiqish fuqarolar yigʻini raisi tomonidan tasdiqlanadigan xulosa orqali murojaat qiluvchini bu haqda xabardor qilmasdan tugatiladi.
(46-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
47. Murojaatni koʻrib chiqish uni chaqirib olish toʻgʻrisidagi ariza boʻyicha tugatilganda, murojaat murojaat qiluvchiga fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining xati bilan birga uch kun ichida qaytariladi.
Murojaatni chaqirib olish toʻgʻrisidagi ariza qonun buzilishlarini aniqlash va bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar koʻrilishini istisno etmaydi.
48. Murojaatni koʻrib chiqish chaqirilgan jismoniy shaxsning yoki yuridik shaxs vakilining kelmay qolganligi sababli tugatilganda, murojaat qiluvchi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining murojaatni koʻrib chiqishni tugatish toʻgʻrisidagi xati orqali yozma yoki elektron shaklda xabardor qilinadi.
5-bob. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishni tashkil etish
49. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida belgilangan kunlar va soatlarda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish tashkil etiladi.
Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish fuqarolar yigʻini raisi yoxud boshqa vakolatli shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
(49-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
50. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi har qanday masalalar, shu jumladan oʻz vakolatlariga kirmaydigan masalalar boʻyicha murojaat etilganda qabulni rad etishga haqli emas, mazkur bandning ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish, agar ularning shunday xususiyatga ega boʻlgan avvalgi murojaati boʻyicha qaror qabul qilingan va bu haqda ularga mazkur Nizomda belgilangan tartibda xabar qilingan boʻlsa, rad etilishi mumkin.
51. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ushbu fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan qabul qilinadi.
(51-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi, zaruriyat boʻlganda, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish uchun alohida xona ajratadi.
52. Qabul qilish jadvallari va uni oʻtkazish vaqti, joyi hamda qabulga oldindan yozilish tartibi toʻgʻrisidagi axborot, shuningdek, qabul qilish tartibi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi maʼmuriy binosida hamda mahalla guzarlaridagi stendlarga yoki boshqa texnik vositalarga joylashtirish orqali manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkaziladi.
53. Masʼul kotib qabulga kelgan jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishni, shuningdek, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish bilan bogʻliq ishlarni tashkil etadi.
54. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish masʼul kotib ishtirokida amalga oshiriladi.
Jismoniy shaxs ogʻzaki murojaat etayotganda oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, yuridik shaxsning vakili esa oʻz vakolatlarini tasdiqlaydigan va oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatishi kerak, ommaviy qabul vaqtida kelib tushgan murojaatlar bundan mustasno.
55. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiluvchi fuqarolar yigʻini raisi yoki uning oʻrinbosarlarining koʻrsatmasi boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining boshqa xodimlari ham qabul qilish jarayoniga jalb etilishi mumkin.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
56. Agar jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qilish paytida murojaatda bayon qilingan masalalarni hal etish fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining vakolatiga kirmasligi aniqlangan taqdirda, ularga murojaatda bayon qilingan masalalarni hal etish uchun qaysi organga yoki tashkilotga murojaat qilish kerakligi tushuntiriladi. Bunda jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining talabi bilan bu haqda yozma shaklda javob beriladi.
57. Fuqarolar yigʻini raisi yoki boshqa vakolatli shaxslar tomonidan sayyor shaxsiy qabullar va ommaviy qabullar tashkil etilishi mumkin.
(57-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
Sayyor shaxsiy qabullar va ommaviy qabullar vaqtida masʼul kotib va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining boshqa masʼul xodimlari ishtirok etishi mumkin.
Sayyor shaxsiy qabullar va ommaviy qabullar fuqarolar yigʻini raisi tomonidan tasdiqlanadigan jadvalga muvofiq oʻtkaziladi.
(57-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
Zarur hollarda jadvalda nazarda tutilmagan sayyor shaxsiy qabullar va ommaviy qabullar oʻtkazilishi mumkin.
Ommaviy qabul hovlilarga (kvartiralarga), boshqa binolarga va joylarga birma-bir kirib chiqish orqali ham oʻtkazilishi mumkin.
Sayyor shaxsiy qabullar va ommaviy qabullarni oʻtkazish vaqti, joyi hamda qabulga oldindan yozilish tartibi toʻgʻrisidagi axborot ushbu Nizomning 52-bandida belgilangan tartibda manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkaziladi, shuningdek, mahalliy ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarining sayyor shaxsiy qabullar va ommaviy qabullar vaqtida berilgan ogʻzaki murojaatlari ushbu Nizomning 15-bandiga muvofiq rasmiylashtiriladi va roʻyxatga olinadi hamda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
58. Shaxsiy qabul davomida fuqarolar yigʻini raisi qaroriga koʻra va murojaat qiluvchiga bu haqda xabar bergan holda maxsus texnika vositalari (audio va videoyozuv, shuningdek, fotosuratga olish) qoʻllanilishi mumkin.
(58-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
Ogʻzaki murojaatlar real vaqt rejimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda berilishi mumkin.
6-bob. Murojaatlarni koʻrib chiqishda jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari majburiyatlari
59. Murojaat fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan koʻrib chiqilayotganda jismoniy va yuridik shaxs quyidagi huquqlarga ega:
murojaatni koʻrib chiqishning borishi toʻgʻrisida axborot olish;
vajlarni shaxsan bayon etish va tushuntirishlar berish;
murojaatni tekshirish materiallari va uni koʻrib chiqish natijalari bilan tanishish;
qoʻshimcha materiallar taqdim etish yoki bunday materiallarni boshqa organlardan talab qilib olish toʻgʻrisida iltimos qilish;
advokat yordamidan foydalanish;
murojaatni koʻrib chiqishni tugatish toʻgʻrisida yoxud murojaatga javobni tushuntirish va (yoki) uni tuzatish toʻgʻrisida iltimos qilish;
oʻz murojaatini u koʻrib chiqilguniga qadar va koʻrib chiqilayotgan paytda murojaat boʻyicha qaror qabul qilinguniga qadar yozma yoki elektron shaklda ariza berish yoʻli bilan chaqirib olish;
murojaatni qabul qilishni yoki koʻrib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etganlik yuzasidan tegishli tuman (shahar) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha kengashga yoki bevosita sudga shikoyat qilish.
Jismoniy va yuridik shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq murojaatlarni koʻrib chiqishda boshqa huquqlardan ham foydalanadilar.
60. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari murojaatni koʻrib chiquvchi mansabdor shaxslari yoki boshqa vakolatli shaxslari:
murojaat qiluvchiga uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini, agar ular davlat siri yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sir boʻlgan maʼlumotlarni oʻz ichiga olmasa, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazmasa, taʼminlashi;
murojaat qiluvchiga koʻrib chiqish natijalari hamda qabul qilingan qaror haqida murojaat koʻrib chiqilganidan soʻng yozma yoxud elektron shaklda darhol xabar qilishi, ommaviy qabullar vaqtida tushgan va joyida hal qilingan ogʻzaki murojaatlar bundan mustasno;
murojaat boʻyicha qabul qilingan qaror yuzasidan, agar jismoniy yoki yuridik shaxs ushbu qarorga rozi boʻlmasa, shikoyat berish tartibini tushuntirishi;
murojaatni koʻrib chiqish natijalariga koʻra qabul qilingan qarorning ijrosini nazorat qilishi;
qonunga xilof harakatlarni (harakatsizlikni) bartaraf etish yuzasidan darhol chora-tadbirlar koʻrishi, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablar va sharoitlarni oʻz vakolatlari doirasida aniqlashi;
jismoniy shaxs, uning vakili, ularning oila aʼzolari, yuridik shaxs, uning vakili va yuridik shaxs vakilining oila aʼzolari ularning murojaatlari sababli taʼqib etilishini belgilangan tartibda bartaraf etishi;
agar jismoniy yoki yuridik shaxsga uning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari buzilishi natijasida moddiy zarar yoki maʼnaviy ziyon yetkazilgan boʻlsa, qonunda belgilangan tartibda moddiy zararning oʻrnini qoplash yoki maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish choralarini koʻrishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-bobi.
7-bob. Murojaatlar koʻrib chiqilishini nazorat qilish. Murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish
61. Masʼul kotib murojaatlarning koʻrib chiqilishi yuzasidan doimiy monitoring va nazoratni amalga oshiradi, ularning toʻliq, xolisona va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini taʼminlash choralarini koʻradi.
Masʼul kotib murojaatlarni koʻrib chiqish muddatlari va ijrochilar tomonidan buzilishi toʻgʻrisida fuqarolar yigʻini raisini darhol xabardor qiladi.
(61-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
Masʼul kotib monitoring natijalari boʻyicha har oyda fuqarolar yigʻini raisiga murojaatlar koʻrib chiqilishining holati toʻgʻrisidagi axborotni, zaruriyat boʻlganda, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, murojaatlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishiga yoʻl qoʻygan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi xodimlariga nisbatan javobgarlik choralarini koʻrish yuzasidan tegishli takliflar bilan birgalikda taqdim etadi.
(61-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
62. Nazoratga olingan murojaat ushbu murojaatni nazoratga olgan fuqarolar yigʻini raisi yoki uning oʻrinbosarlari tomonidan nazoratdan va ijrodan chiqariladi.
(62-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
Oraliq javoblar berilgan va toʻliq koʻrib chiqilmagan murojaatlar nazoratdan chiqarilmaydi.
63. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, shuningdek, jamiyatning manfaatlari buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida har chorakda murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilishni taʼminlaydi.
Tahlil natijalari boʻyicha masʼul kotib fuqarolar yigʻini raisiga murojaatlarni koʻrib chiqishning qonuniyligini taʼminlash va samaradorligini oshirish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, shuningdek, jamiyatning manfaatlari buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish, qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi.
(63-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
8-bob. Murojaatlarni koʻrib chiqish muddatlari va tartibi buzilganligi uchun javobgarlik
64. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va koʻrib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish, ularni koʻrib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish, yozma yoxud elektron shaklda javob yubormaslik, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida qonun hujjatlariga zid qaror qabul qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini taʼminlamaganlik, jismoniy shaxslarning shaxsiy hayoti toʻgʻrisidagi yoxud yuridik shaxslarning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ularning roziligisiz oshkor etish, jismoniy va yuridik shaxsni murojaat qilganligi munosabati bilan yoxud bildirilgan fikri va murojaatidagi tanqid uchun taʼqib qilish, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini boshqacha tarzda buzish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
65. Qonun va ushbu Nizom talablariga rioya etilishini taʼminlash uchun javobgarlik fuqarolar yigʻini raisiga, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilariga, masʼul kotibiga yuklanadi.
(65-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomga 1-ILOVA
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash sxemasi
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga (keyingi oʻrinlarda FOʻOʻBO deb ataladi) murojaatlarni taqdim etish.
Ariza beruvchining xohishiga koʻra
↓
↓
2-bosqich
FOʻOʻBO
1. Murojaatni qabul qilish va roʻyxatga olish, murojaatda bayon qilingan masalalarni oʻrganish.
2. Murojaatlarni koʻrib chiqish va FOʻOʻBO masʼul xodimini belgilash boʻyicha rezolyutsiyani (topshiriqnomani) imzolash uchun FOʻOʻBO raisiga kiritish.
3. Murojaatlarni FOʻOʻBO masʼul xodimiga ijro etish uchun yuborish.
1-2) Murojaat kelib tushgan paytdan boshlab bir ish kunidan kechiktirmasdan
3) Rezolyutsiya (topshiriqnoma) imzolangan paytdan boshlab bir ish kunidan kechiktirmasdan
FOʻOʻBO masʼul kotibi
↓
↓
3-bosqich
FOʻOʻBO masʼul xodimi
Qoʻyilgan masalalarni hal etish FOʻOʻBO vakolati doirasiga kirmaydigan murojaatni taalluqliligi boʻyicha tegishli organlarga yuborish va bu haqda murojaat qiluvchiga yozma yoxud elektron shaklda xabar qilish.
Besh ish kun mobaynida
→
Murojaatlarni ish yurituviga qabul qilish
↓
Murojaatlarni koʻrib chiqish, natijasiga koʻra javob xatini tayyorlash
Ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqish
Qoʻshimcha ravishda oʻrganish talab etilmasa, murojaat kelib tushgan paytdan boshlab oʻn besh kundan kechiktirmasdan
Qoʻshimcha ravishda oʻrganish talab etilsa, murojaat kelib tushgan paytdan boshlab bir oygacha boʻlgan muddat ichida
Ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqish uchun tekshirish oʻtkazish, qoʻshimcha materiallarni soʻrab olish yoki boshqa chora-tadbirlarni koʻrish zarur boʻlgan xollarda, ariza yoki shikoyatni koʻrib chiqish muddatlari FOʻOʻBO raisi tomonidan istisno tariqasida koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin va bu haqda murojaat etuvchiga xabar qilinadi.
Takliflarni koʻrib chiqish
Bir oydan kechiktirmasdan
Qoʻshimcha ravishda oʻrganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno, bu haqda taklif kiritgan jismoniy yoki yuridik shaxsga oʻn kun muddatda yozma shaklda maʼlum qilinadi.
↓
↓
4-bosqich
FOʻOʻBO raisi
1. Murojaat qiluvchiga yozma shaklda javob xatini yoʻllash.
1. Koʻrib chiqish natijalari boʻyicha javob xati imzolangan kunda.
2. Murojaatni koʻrib chiqish tugallanganligini qayd etish.
2. Murojaat qiluvchiga
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomga 2-ILOVA
(Old tomoni) Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qayd etish kartochkasi
Tartib raqami:
Savol:
Murojaat qiluvchi:
Manzili:
Murojaat tushgan sana:
Murojaat qiluvchilar soni:
Murojaatning shakli:
Varaqlar soni:
Qabul shakli:
Dublikat/ takroriy
Murojaatning turi:
Oldingi murojaatning sanasi va raqami:
Nazorat turi:
Murojaatning qisqacha mazmuni:
Rezolyutsiyani (topshiriqnomani) imzolagan rais:
Raisning rezolyutsiyasi (topshirigʻi):
Bajarish muddati:
Tarkibiy boʻlinma:
Ijrochi:
(Orqa tomoni)
Murojaatlarni koʻrib chiqishning holati
Yuborilgan sana
Qayerga yuborilgan
Javob xatining raqami va sanasi
Muddati uzaytirilgan:
Kim tomonidan: (imzo)
Javob xati kelgan sana:
Koʻrib chiqish natijalarining qisqacha mazmuni:
Nazoratdan chiqarildi
(kim tomonidan):
Sana:
Bajaruvchining
imzosi:
Bajarilgan sana:
Murojaatni koʻrib chiqish muddati buzilganligi haqidagi belgi:
(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)