O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
“Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 8-fevraldagi PQ-2761-son qaroriga muvofiq:
normativ-huquqiy hujjatlarning matnlari imzolangan sanadan e’tiboran bir kun mobaynida va zarur bo‘lgan taqdirda ularga doir axborot-tahliliy materiallar (normativ-huquqiy hujjatning konsepsiyasi bayon etilgan tushuntirish xati, o‘zgartish va qo‘shimchalar tushuntirilgan holdagi taqqoslash jadvali va boshqalar) ularni qabul qilgan organlar tomonidan qog‘ozda va elektron shaklda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboriladi;
normativ-huquqiy hujjatlarni va zarur bo‘lgan taqdirda ularga doir axborot-tahliliy materiallarni boshqa davlat organlariga va tashkilotlarga yuborish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ularning matnlarini ular vazirlikka kelib tushgan kuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha elektron shaklda yo‘llash orqali amalga oshiriladi.
2. Normativ-huquqiy hujjatlar matnlari hamda zarur bo‘lgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ro‘yxati (keyingi o‘rinlarda Ro‘yxat deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki, Ro‘yxatda ko‘rsatilgan davlat organlari va boshqa tashkilotlarga normativ-huquqiy hujjatlar hamda zarur bo‘lgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan xabar beruvchi funksiyali elektron tizim (keyingi o‘rinlarda elektron tizim deb ataladi) orqali yuboriladi.
4. Ro‘yxatda ko‘rsatilgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar:
normativ-huquqiy hujjatlarni elektron tizim orqali qabul qilib olish va ularni rahbarlar va xodimlar e’tiboriga yetkazish uchun mas’ul shaxsni belgilasinlar;
o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek, o‘z faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni o‘zlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtirib borsin;
normativ-huquqiy hujjatlarni ular kelib tushgan kuni o‘z tarkibiy va hududiy bo‘linmalariga elektron shaklda yetkazilishini ta’minlasinlar;
o‘z faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar matnlaridagi normalarning mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga doir, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyat darajasini yuksaltirishga qaratilgan zarur ishlarni tashkil etsinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarning elektron tizim orqali o‘z vaqtida qabul qilib olinishi va o‘z tarkibiy va hududiy bo‘linmalariga yetkazilishi ustidan doimiy monitoring va nazoratni amalga oshirsin;
normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilib olishda va ijrochilarga yetkazishda aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etishga qaratilgan choralar ko‘rsin;
qonun hujjatlarining tarqatilishi, aholi va ijrochilarga ularning mazmun-mohiyati tushuntirilishining amaliy ta’sirini muntazam ravishda hamda har tomonlama monitoring va tahlil qilinishini ta’minlab, zarurat bo‘lganda ularni yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflarni belgilangan tartibda kiritsin;
Oldingi tahrirga qarang.
vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash bo‘yicha idoraviy normativ-huquqiy baza shakllantirilganligi hamda ushbu sohada qabul qilingan buyruq (qaror)lar asosida amalga oshirilayotgan ishlarning holatini muntazam monitoring va tahlil qilib borsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-oktabrdagi 623-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga:
Ro‘yxatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
zarurat bo‘lgan taqdirda, hujjatning mazmunidan kelib chiqib Ro‘yxatda nazarda tutilmagan tashkilotlarga normativ-huquqiy hujjatlarni yuborish huquqi berilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 22-dekabr,
1013-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-son qaroriga
1-ILOVA
Normativ-huquqiy hujjatlar* matnlari hamda zarur bo‘lgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning
RO‘YXATI
1. Markaziy muassasalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi
2. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
3. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi
6. O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi
7. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kenesi
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-iyundagi 429-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2018-y., 09/18/429/1330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-dekabrdagi 1021-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2018-y., 09/18/1021/2335-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjet-soliq tadqiqotlari instituti
(10 va 11-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-fevraldagi 87-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2020-y., 09/20/87/0177-son)
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti
13. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi
15. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi
Oldingi tahrirga qarang.
16. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
17. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi
18. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili
19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil
20. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
21. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
Oldingi tahrirga qarang.
22. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 748-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)
Oldingi tahrirga qarang.
23. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-noyabrdagi 732-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)
Oldingi tahrirga qarang.
24. O‘zbekiston Respublikasi Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyundagi 370-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2020-y., 09/20/370/0746-son)
2. Vazirliklar
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi
Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-iyundagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
5. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi
Oldingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
7. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
8. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
9. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi
10. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
11. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
12. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
13. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
14. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Oldingi tahrirga qarang.
15. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
16. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oldingi tahrirga qarang.
17. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
18. O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
181. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qaroriga asosan 18 va 181-bandlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22. O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
3. Davlat qo‘mitalari
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2020-y., 09/20/87/0177-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi
5. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-iyundagi 393-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son)
7. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 215-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)
10. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
Oldingi tahrirga qarang.
11. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
13. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
14. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi
15. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi
Oldingi tahrirga qarang.
16. O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
4. Agentliklar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2020-y., 09/20/87/0177-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
3. “O‘zbekkino” Milliy agentligi
Oldingi tahrirga qarang.
4. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
5. O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi
Oldingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
5. Qo‘mitalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi
6. Markazlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi
3. O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazi
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-fevraldagi 87-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2020-y., 09/20/87/0177-son)
7. Inspeksiyalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
5. O‘zbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Oldingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
8. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 759-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son)
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi
8. Xo‘jalik boshqaruvi organlari
1. “O‘zdonmaxsulot” aksiyadorlik kompaniyasi
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 367-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2019-y., 09/19/367/3037-son)
3. “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 666-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/666/1433-son)
6. “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati
7. “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati
8. “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati
9. “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati
Oldingi tahrirga qarang.
10. “O‘zsharobsanoat” aksiyadorlik jamiyati
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
11. “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati
12. “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati
Oldingi tahrirga qarang.
13. “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-maydagi 416-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.05.2019-y., 09/19/416/3146-son)
Oldingi tahrirga qarang.
131. “O‘zagroservis” aksiyadorlik jamiyati
(131-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktabrdagi 806-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2018-y., 09/18/806/2014-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-dekabrdagi 766-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2021-y., 09/21/766/1182-son)
15. “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi
16. “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi
17. “O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasi
18. “O‘zbekoziqovkatzaxira” uyushmasi
Oldingi tahrirga qarang.
19. “O‘zcharmsanoat” uyushmasi
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyuldagi 555-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2018-y., 09/18/555/1540-son)
20. “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi
21. Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi
Oldingi tahrirga qarang.
22. “O‘zeltexsanoat” uyushmasi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 367-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2019-y., 09/19/367/3037-son)
9. Mahalliy davlat hokimiyati organlari
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi
2. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
10. Jamg‘armalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat xaridi uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg‘armasi
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi
5. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi
6. O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi
11. Nodavlat notijorat tashkilotlari
1. O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy uyushmasi
5. O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy uyushmasi
6. Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti
7. O‘zbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi
8. O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi
9. O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi
10. O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi
11. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
12. O‘zbekiston jurnalistlar ijodiy uyushmasi
13. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi
14. O‘zbekiston Musulmonlar idorasi
15. O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi
16. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi
17. “Taraqqiyot strategiyasi” markazi
18. “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik Markazi
12. Boshqa tashkilotlar
1. “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi
2. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
3. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi
4. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Oldingi tahrirga qarang.
5. Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son)
* Davlat sirlarini tashkil etuvchi va “Xizmatda foydalanish uchun” grifi ostidagi hujjatlar bundan mustasno
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013 -son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR
1. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qarori bilan tasdiqlangan Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizomning (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 10-son, 33-modda) 20-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan me’yoriy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar matnlari hamda zarur bo‘lgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ro‘yxati bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarga yuboriladi.
Vazirliklar va idoralar, o‘z vakolatlari doirasida o‘zlari tomonidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlar matnlari tarqatilishini ta’minlashi shart.
Vazirliklar va idoralar o‘zlari tomonidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlarni (zarur bo‘lgan taqdirda, axborot-tahliliy materiallari bilan birga) ular rasman e’lon qilingandan keyin bir kundan kechikmay o‘zlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtirishga majburdir.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Xalq so‘zi” — “Narodnoye slovo” gazetalarida muntazam ravishda e’lon qilib borilishi shart”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 09/19/242/2820-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-iyundagi 373-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2021-y., 09/21/373/0559-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-son qaroriga
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilgan ba’zi qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Qonun hujjatlarini turkumlashni takomillashtirish va huquqiy axborotlarni tarqatishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 5-avgustdagi 304-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 8-son, 47-modda).
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasidan keng foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 31-dekabrdagi 340-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 12-son, 83-modda) 6-bandi va qarorga ilova.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-342-son Qonuni)” 2013-yil 7-dekabrdagi 323-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 12-son, 88-modda) ilovaning 3-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish va tarqatish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-son Farmoni)” 2014-yil 8-iyuldagi 183-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 68-modda) ilovaning 2-bandi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2017-y., 09/17/1013/0459-son; 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 08.06.2018-y., 09/18/429/1330-son, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son, 19.07.2018-y., 09/18/555/1540-son, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son, 09.10.2018-y., 09/18/806/2014-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son, 17.12.2018-y., 09/18/1021/2335-son; 25.03.2019-y., 09/19/242/2820-son, 30.04.2019-y., 09/19/367/3037-son, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son, 17.05.2019-y., 09/19/416/3146-son, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son; 18.02.2020-y., 09/20/87/0177-son, 18.02.2020-y., 09/20/88/0178-son, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son, 11.06.2020-y., 09/20/370/0746-son, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son, 31.10.2020-y., 09/20/666/1433-son, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son; 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2021-y., 09/21/373/0559-son; 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son; 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son; 22.12.2021-y., 09/21/766/1182-son; 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son; 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son; 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son; 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son; 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son; 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son; 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)