Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 07.01.2011
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “TADBIRKORLIK FAOLIYATINING AYRIM TURLARI BILAN ShUGʻULLANIShNI TARTIBGA SOLISh TOʻGʻRISIDA” 2002 YIL 4 IYuNDAGI 197-SON QARORIGA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-sonli “Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan faoliyatning ayrim turlari amalga oshirilishini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2003-yil 1-yanvardan boshlab qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faqat yuridik shaxs shaklida tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatning ayrim turlari roʻyxatiga ulgurji savdo faoliyati kiritilsin.
2. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faqat yuridik shaxs shaklida tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatning ayrim turlari roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shugʻullanishni tartibga solish toʻgʻrisida” 2002-yil 4-iyundagi 197-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 6-son, 30-modda):
1-bandning birinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
1-bandning ikkinchi xatboshidagi “ilova qilinayotgan roʻyxatga” soʻzlari “Tadbirkorlik subyektlari — faqat yuridik shaxslar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan faoliyatning ayrim turlari roʻyxatiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 5-noyabr,
380-son
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 5-noyabrdagi 380-son qaroriga
ILOVA
Tadbirkorlik subyektlari — faqat yuridik shaxslar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan faoliyatning ayrim turlari
ROʻYXATI
Faoliyat turining nomi
1. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarni yoxud bunday materiallar qoʻllanilgan buyumlarni sotib olish va sotish
2. Muhr va shtamplar tayyorlash
3. Mehmonxonalar, otellar va kempinglar tashkil etish
4. Yuridik shaxslarga kapital qurilish, qurilish-montaj ishlari boʻyicha xizmatlar koʻrsatish
5. Loyiha, loyiha-konstruktorlik faoliyati hamda loyihalar va smetalarni ekspertizadan oʻtkazish
6. Neft mahsulotlarining barcha turlarini sotish
7. Ulgurji savdo
Oldingi tahrirga qarang.
8. Umumiy ovqatlanish sohasida xizmatlar koʻrsatish (uy sharoitlarida yoki joylardagi davlat hokimiyati organlari qarori bilan maxsus ajratilgan joylarda oʻtirish oʻrinlari tashkil etmasdan donali taomlarning ayrim turlarini tayyorlash va sotish boʻyicha xizmatlar bundan mustasno).
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-martdagi 129-son qaroriga muvofiq kiritilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 5-6-son, 50-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Texnologiya jarayonlari va ishlab chiqarishni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlariga, raqamli dastur bilan boshqariladigan pretsizion va dastgoh asbob-uskunalarining radioelektron apparatlariga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash.
10. Telekoʻrsatuvlarni tarqatish (translatsiya qilish) — kabel tarmogʻi boʻyicha teleradiodasturlarni qayta translatsiya qilish tarmoqlariga xizmatlar koʻrsatish, shuningdek telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalanish va telekommunikatsiyalar xizmatlari koʻrsatish.
11. Birjalarda brokerlik faoliyati.
(9—11-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-dekabrdagi 610-son qaroriga bilan kiritilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 52-son, 523-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Avtomobil transportida tijorat asosida shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻlovchilar tashish faoliyati.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 98-son qarori bilan kiritilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 22-son, 194-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-sentabrdagi 190-son qarori bilan kiritilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 36-son, 362-modda)
14. Oʻsimlik yogʻi ishlab chiqarish va sotish
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-iyuldagi 190-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 29-son, 332-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Alkogolli mahsulotlarni sotish.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27-apreldagi 2007-yil 85-son qarori bilan kiritilgan — OʻR QHT, 2007-y., 17-18-son, 182-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Baholash faoliyati.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 12-iyundagi 128-sonli qarori bilan kiritilgan — OʻR QHT, 2008-y., 24-25-son, 224-modda)
17. Goʻshtli yarimfabrikatlarni sanoat yoʻli bilan qayta ishlash va ishlab chiqarish, shuningdek kolbasa mahsulotlari, goʻsht va baliq konservalarini sanoat yoʻli bilan ishlab chiqarish.
18. Xom sutni sanoat yoʻli bilan qayta ishlash va sut mahsulotlari (pasterizatsiya qilingan sut, slivka, qaymoq, tvorog, qatiq mahsulotlari), shu jumladan pishloq, brinza, mol yogʻi, bolalar oziq-ovqat mahsulotlari (Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan maʼqullangan barcha turlari), quruq sut, muzqaymoq va quyiltirilgan sut ishlab chiqarish.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-iyuldagi 190-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 29-son, 332-modda)
(17 va 18-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 7-martdagi 58-sonli qarori bilan kiritilgan — OʻR QHT, 2009-y., 10-11-son, 111-modda)
19. Quyidagilar:
margarin va mayonez mahsulotlari;
konfet va shokolad (milliy shirinliklardan tashqari);
tuxum kukuni;
mineral suvlar, sharbatlar va salqin ichimliklarning boshqa turlari (shisha idishda, plastik, aseptik va noaseptik oʻramlarda);
shaxsiy gigiyena buyumlari;
qurilish materiallari (qoʻlda va qoʻl asboblari hamda kichik mexanizatsiya vositalaridan foydalangan holda tayyorlanadigan materiallardan tashqari);
mebellar (badiiy xalq hunarmandchiligi va amaliy-dekorativ sanʼat buyumlaridan tashqari) ishlab chiqarish.
20. Polietilen xomashyosini sanoat yoʻli bilan qayta ishlash va undan tayyor mahsulot ishlab chiqarish.
21. Kinovideomahsulotlarni ishlab chiqarish, koʻpaytirish, dublyaj qilish, sotish va ularning prokati.
(19—21-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-iyuldagi 190-sonli qarori bilan kiritilgan — OʻR QHT, 2009-y., 29-son, 332-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Yangi import avtomobillarni chakana savdoda sotish.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-sonli qarori bilan kiritilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 560-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 22-son, 174-modda; 2003-y., 5-6-son, 50-modda; 2004-y., 52-son, 523-modda; 2006-y., 22-son, 194-modda, 36-son, 362-modda; 2007-y., 9-10-son, 84-modda, 17-18-son, 182-modda; 2008-y., 24-25-son, 224-modda; 2009-y., 10-11-son, 111-modda, 29-son, 332-modda, 52-son, 560-modda)