Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 15.04.2020
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lish va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish tartibining takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son va “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmonlari)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarori ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.X. Komilov, tashqi savdo vaziri E.M. G‘aniyev, investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi A.I. Axmedxadjayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 12-oktabr,
817-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-oktabrdagi 817-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 16-martdagi 140-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 3-son, 16-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi to‘g‘risidagi nizomning 4-bandi quyidagi mazmundagi o‘n oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“siyosiy hamkorlik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar va hamkorlikning boshqa yo‘nalishlarida xalqaro munosabatlarni rivojlantirish maqsadida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari mansabdor shaxslarining xorijiy xizmat safarlari hamda xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar, nodavlat tuzilmalar hamda ishbilarmon doiralar vakillarining O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi natijalari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi ustidan tegishli monitoringni ta’minlaydi”;
o‘n oltinchi — o‘ttiz to‘qqizinchi xatboshilar tegishli ravishda o‘n yettinchi — qirqinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-maydagi 390-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2019-y., 09/19/390/3111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-maydagi 390-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2019-y., 09/19/390/3111-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2017-y., 09/17/817/0102)