Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 31.03.2015
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 31-martdagi PQ-2327-sonli “Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish boʻyicha komissiya tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiylashtirilgan korxonalarning ustav fondidagi davlat ulushini boshqarish boʻyicha davlatning ishonchli vakillari va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarning faoliyati samaradorligini oshirish, davlat aktivlarini professional investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarga ishonchli boshqaruvga berish jarayonlarini jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-iyuldagi PQ–423-son Qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 30-son, 289-modda)
Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
xoʻjalik jamiyatlari ustav fondidagi davlat ulushini boshqarish samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat ulushi investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarga boshqaruvga berilgungacha boʻlgan muddatga respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondidagi davlat ulushini boshqarish boʻyicha davlatning ishonchli vakilini tayinlash, shuningdek ularni yuklangan vazifalardan ozod qilish;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondidagi davlat ulushlarini ishonchli boshqarish huquqi uchun oʻtkazilgan tanlovlar natijalarini tasdiqlash;
xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondidagi davlat ulushi boʻyicha dividendlar davlat budjetiga toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlash ishlarini tashkil etish;
xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari, davlat ishonchli vakillari va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarning aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanayotgan davlat vakillarining davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha faoliyatlarining natijalari toʻgʻrisidagi axborotlarini muntazam ravishda eshitib borish.
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanayotgan davlat vakillarini tayinlash va ozod qilish.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 12-sentabrdagi 193-sonli qarori asosida yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 37-38-son, 386-modda)
3. Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasining ishchi organi funksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markaziga yuklansin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
4. Davlat mulki qoʻmitasi Davlat statistika qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi bilan birgalikda uch oy muddatda ustav fondida davlat ulushi boʻlgan davlat unitar korxonalari, xoʻjalik jamiyatlarini hisobga olish, davlat ulushiga hisoblangan dividendlarni davlat budjetiga tushirish boʻyicha idoralar oʻrtasida oʻzaro hamkorlik va axborot almashish tizimini ishlab chiqsin va joriy etsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 25-iyun,
295-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-iyuldagi PQ-423-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 30-son, 289-modda)
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 25-iyundagi 295-son qaroriga
2-ILOVA
Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb yuritiladi) faoliyatini tartibga soladi va uning asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlarini belgilab beradi.
2. Ushbu Nizomning amal qilishi tijorat banklar ustav fondidagi aksiyalarning davlat ulushini boshqarishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Komissiyaning oʻz vakolati doirasida davlatning ishonchli vakillari va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarni tayinlash, ozod etish va ularning faoliyatiga tegishli boʻlgan masalalar boʻyicha qabul qilgan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
4. Komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oliy Majlisning qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, mazkur Nizomga va boshqa normativ hujjatlarga amal qiladi.
II. Komissiyaning vazifalari va funksiyalari
5. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
xoʻjalik jamiyatlari ustav fondidagi davlat ulushini boshqarish samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat ulushi investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarga boshqaruvga berilgungacha boʻlgan muddatga respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondidagi davlat ulushini boshqarish boʻyicha davlatning ishonchli vakilini tayinlash, shuningdek ularni yuklangan vazifalardan ozod qilish;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondidagi davlat ulushlarini ishonchli boshqarish huquqi uchun oʻtkazilgan tanlovlar natijalarini tasdiqlash;
xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondidagi davlat ulushi boʻyicha dividendlar davlat budjetiga toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlash ishlarini tashkil etish;
xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari, davlat ishonchli vakillari va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarning aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanayotgan davlat vakillarining davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha faoliyatlarining natijalari toʻgʻrisidagi axborotlarini muntazam ravishda eshitib borish.
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanayotgan davlat vakillarini tayinlash va ozod qilish;
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 12-sentabrdagi 193-sonli qarori asosida yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 37-38-son, 386-modda)
6. Quyidagilar Komissiyaning funksiyalari hisoblanadi:
respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondidagi davlat ulushini boshqarish uchun tanlov gʻoliblari — davlatning ishonchli vakillarini davlat ulushi investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilariga berilgungacha boʻlgan muddatga tayinlash va investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilarini tasdiqlash;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanayotgan davlat vakillarini tayinlash va ozod qilish;
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 12-sentabrdagi 193-sonli qarori asosida uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 37-38-son, 386-modda)
respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondidagi davlat ulushlarini ishonchli boshqarish huquqiga tanlovlar natijalarini tasdiqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha faoliyatida davlatning ishonchli vakillari, investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarning asosiy maqsad va vazifalarini belgilash;
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
xoʻjalik jamiyatlaridagi davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha davlatning ishonchli vakillarini ularga yuklangan majburiyatlardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ozod etish;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha shartnomaviy munosabatlarni investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar bilan davom ettirish maqsadga muvofiqligini koʻrib chiqish;
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
davlatning ishonchli vakillari, investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarning hisobot shakllarini tasdiqlash;
(6-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi davlat ulushlarini boshqarish samaradorligi yuzasidan doimiy monitoringni amalga oshirish va tahlil qilish, uni takomillashtirish boʻyicha takliflar va mexanizmlarni ishlab chiqish.
xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi davlat ulushi boʻyicha dividendlarni va davlat korxonalarining sof foydasidan davlat budjetiga ajratmalarni hisoblashning prognoz parametrlarini belgilash.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-sentabrdagi 258-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 37-son, 381-modda)
III. Komissiyaning huquq va majburiyatlari
7. Komissiya quyidagi huquqlarga ega:
oʻz ish tartibini mustaqil ishlab chiqish va tasdiqlash, respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari roʻyxatini belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
davlatning ishonchli vakillarini, shuningdek aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanayotgan davlat vakillarini tayinlash uchun nomzodlarni tanlash talablarini va shartlarini belgilash;
(7-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 12-sentabrdagi 193-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 37-38-son, 386-modda)
oʻz vakolatlari doirasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga topshiriqlar berish.
respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan, ustav fondlaridagi davlat ulushi ishonchli boshqaruvga beriladigan xoʻjalik jamiyatlari roʻyxatini tasdiqlash;
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-sentabrdagi 258-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 37-son, 381-modda)
davlat ishonchli vakillarini attestatsiyadan oʻtkazishning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan tartibini kelishish.
(7-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
8. Komissiya quyidagilarga majbur:
xoʻjalik jamiyatlaridagi davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha davlatning ishonchli vakillari, shuningdek aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanayotgan davlat vakillarini va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarni tayinlashni tashkil etish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini bajarish;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Komissiya majlislarida qabul qilingan qarorlarning oʻz vaqtida bajarilishi yuzasidan nazorat va monitoringni amalga oshirish.
IV. Komissiyaning ishini tashkil etish
9. Komissiya ishini Rais tashkil qiladi, u Komissiya ish tartibini tasdiqlaydi, majlis oʻtkaziladigan sanani va kun tartibini belgilaydi, oʻzi oʻrnida boʻlmagan hollarda komissiya aʼzolaridan birini oʻrinbosar etib tayinlaydi.
Komissiyaning majlislari zaruriyatga qarab davriy, ammo chorakda kamida bir marta uning aʼzolarining uchdan ikki qismidan kam boʻlmagan aʼzolari ishtirokida oʻtkaziladi.
Komissiya qarori Komissiya aʼzolarining majlisida ishtirok etuvchilarning oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlganda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Komissiya qarori majlisda ishtirok etuvchi Komissiya aʼzolari imzolaydigan va Komissiya raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadigan protokol bilan rasmiylashtiriladi. Protokolni imzolash vaqtida Komissiya aʼzolari oʻzlarining alohida mulohazalarini bildirish huquqiga ega.
V. Komissiyaning ishchi organi
10. Komissiya majlisini tayyorlash va oʻtkazishni tashkil etishni amalga oshiruvchi Komissiyaning ishchi organi Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi hisoblanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
11. Ishchi organ:
xoʻjalik jamiyatlaridagi davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha davlatning ishonchli vakillarini, shuningdek aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanayotgan davlat vakillarini tayinlash va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarni tasdiqlash boʻyicha;
xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi davlat ulushlarini boshqarish majburiyatlaridan davlatning ishonchli vakillari, shuningdek aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanayotgan davlat vakillarini va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarni ozod etish boʻyicha;
davlat ulushlarini ishonchli boshqarish boʻyicha davlatning ishonchli vakillari, shuningdek aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanayotgan davlat vakillarini va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarning faoliyatini tartibga soladigan normativ hujjatlarni takomillashtirish boʻyicha;
(11-bandning ikkinchi—toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
davlat ulushlarini ishonchli boshqarish boʻyicha faoliyatga tegishli boʻlgan boshqa masalalar yuzasidan takliflarni Komissiyaga koʻrib chiqish uchun kiritish huquqiga ega.
12. Komissiyaning ishchi organi quyidagilarga majbur:
Komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlarni oʻz vaqtida va zarur darajada bajarish;
Komissiyaning davlatning ishonchli vakillari, investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingandan keyin oʻn ish kuni mobaynida yangi tayinlangan davlatning ishonchli vakillari, investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar bilan ishonchli boshqaruvga shartnomalar tuzish;
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-sentabrdagi 258-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 37-son, 381-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
davlatning ishonchli vakillari, investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar hamda aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanayotgan davlat vakillari tomonidan taqdim etiladigan hisobotlar (axborotlar)ni yigʻish, tartibga keltirish va ishlash;
(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida va chet ellarda egalik huquqi davlatga tegishli boʻlgan mol-mulkni saqlash va samarali boshqarish yuzasidan investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar va davlatning ishonchli vakillarining, shuningdek aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanayotgan davlat vakillarining faoliyati natijadorligi boʻyicha monitoring oʻtkazish;
(12-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
ustav fondida davlat ulushi boʻlgan davlat unitar korxonalari, xoʻjalik jamiyatlari, ularning xoʻjalik faoliyatining asosiy natijalari toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasini yuritish;
xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha davlatning ishonchli vakillari, investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar, shuningdek aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanayotgan davlat vakillari faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni Komissiyaga har chorakda taqdim etish;
xoʻjalik boshqaruv organlari rahbarlari, davlatning ishonchli vakillari va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarning ishlari samaradorligi monitoringi va ular ishining samaradorligi tahlili asosida davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha ularning faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlari, shuningdek aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanayotgan davlat vakillarining oʻz vakolatlarini amalga oshirish boʻyicha hisobotlari Komissiya tomonidan eshitilishini tashkil etish;
(12-bandning yettinchi va sakkizinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Komissiya majlisini chaqirish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarini hal qilish;
Komissiyaning ish yuritishini aniq va toʻliq olib borish, Komissiya yozishmalarini hisobga olish va tasniflash, Komissiyaning barcha majlislari protokollarini oʻz vaqtida va toʻliq rasmiylashtirish.
13. Komissiyani qayta tashkil etish va tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 25-iyundagi 295-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 42-son, 417-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-iyundagi 112-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 23-son, 210-modda)
3. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki ayrim obyektlarini investitsiya majburiyatlari evaziga bepul berishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 5-maydagi 209-son qaroriga 2-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 5-son, 45-modda) 6-bandining “a” va “v” kichik bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 26-son, 298-modda; 2005-y., 8-9-son, 67-modda; 2006-y., 23-son, 210-modda, 30-son, 289-modda, 42-son, 417-modda; 2007-y., 37-38-son, 386-modda; 2009-y., 52-son, 568-modda; 2011-y., 37-son, 381-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda)