|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.04.2024
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining tayyor dori vositalari va tibbiyot buyumlarini import qilishni tartibga solish bilan bogʻliq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining “2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika farmatsevtika sanoatini jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2911-son qarorini bajarish yuzasidan hamda respublika farmatsevtika tarmogʻini yanada rivojlantirishni, ichki bozorni sifatli va samarali mahalliy dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan toʻldirishni, importning oʻrnini bosuvchi dori preparatlari ishlab chiqarishni kengaytirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga* muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab uch oy oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 22-sentabr,
752-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2017-y., 09/17/752/0047)