Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, shuningdek kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida davlat nazoratini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi, “Fuqaro muhofazasi toʻgʻrisida”gi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 1-iyundagi PF-5066-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, shuningdek kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida davlat nazoratini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2018-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bir oy muddatda quyidagilarni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin:
Kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish qoidalari;
Kichik hajmli kemalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish qoidalari;
Kichik hajmli kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalari;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-avgustdagi 525-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/525/0803-son)
3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri R.M. Djurayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 19-sentabr,
744-son
Vazirlar Mahkamasining
2017-yil 19-sentabrdagi 744-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, shuningdek kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida davlat nazoratini olib borish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, shuningdek kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida davlat nazoratini (keyingi oʻrinlarda davlat nazorati deb ataladi) olib borish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
2. Davlat nazorati Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi, “Fuqaro muhofazasi toʻgʻrisida”gi qonunlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Quyidagilar davlat nazoratini olib borishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
gumanizm, inson hayoti va salomatligining ustuvorligi;
qonuniylik, obyektivlik;
mustaqillik, oshkoralik;
axborotning ishonchliligi va oʻz vaqtida berilishi;
favqulodda vaziyatlardan muhofazalanish choralarini oldindan koʻrish;
yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Davlat nazorati aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, fuqaro muhofazasi, shuningdek kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida huquqbuzarliklarning oldini olish, aniqlash va bartaraf etish maqsadida amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
5. Quyidagilar davlat nazoratining asosiy vazifalari hisoblanadi:
favqulodda vaziyatlarni keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan xavf va tahdidlarning omillarini barvaqt aniqlashni, ularning profilaktikasi va yuzaga kelishining oldini olishni taʼminlash;
aholiga fuqarolarning hayoti, sogʻligʻi yoki mulkiga xavf-xatar tugʻilganda kompleks yordam koʻrsatish, xalq bilan muloqotni, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan bu borada oʻzaro yaqin hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish, mavjud xavf-xatarlar toʻgʻrisida aholini oʻz vaqtida ogohlantirish va xabardor qilish;
harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududlarini, moddiy va madaniy boyliklarini muhofaza qilish tadbirlarining amalga oshirilishini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish, shuningdek, suv obyektlarida kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanishda fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash yuzasidan samarali nazoratni amalga oshirish;
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
favqulodda vaziyatlarning oldini olish, odamlar salomatligi va hayotini saqlash, moddiy va madaniy boyliklarni muhofaza qilish;
ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan obyektlar boʻyicha loyihalar va qarorlarning davlat ekspertizasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va fuqaro muhofazasi talablariga rioya etilishi qismida ishtirok etish;
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan aholini hamda hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi sohasida oʻz vazifalarini bajarishlarini, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida hamda suv obyektlarida odamlarning xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qonunbuzarliklarni aniqlash, oldini olish va bartaraf etish.
(5-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
6. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, yuridik va jismoniy shaxslar davlat nazoratining subyektlari (keyingi oʻrinlarda davlat nazorati subyektlari deb ataladi) hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Aholi va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, shuningdek kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish boʻyicha nazorat ishlarini olib boruvchi subyektlar faoliyati davlat nazorati obyekti hisoblanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
8. Davlat nazorati favqulodda vaziyatlarga olib keluvchi sabab va omillarni aniqlash, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishni taʼminlash maqsadida oldindan koʻriladigan choralarni tahlil qilish va baholash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
9. Quyidagilar davlat nazoratining shakllari hisoblanadi:
aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga amal qilinishini tekshirish;
ishlab chiqarish obyektlari va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan obyektlar boʻyicha ishlab chiqilgan qaror va loyihalarning favqulodda vaziyatlarning oldini olish va fuqaro muhofazasi talablariga mos kelishi yuzasidan davlat ekspertizasi (keyingi oʻrinlarda loyihalar ekspertizasi deb ataladi) oʻtkazilishida ishtirok etish;
Oldingi tahrirga qarang.
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish talablariga rioya etilishini nazorat qilish.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
2-bob. Davlat nazoratini olib boruvchi davlat organi va uning vakolatlari
10. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda FVV deb ataladi) davlat nazoratini olib boruvchi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
11. FVV oʻz vakolati doirasida qabul qilgan qarorlarining davlat nazorati subyektlari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
12. FVVning quyidagi mansabdor shaxslari davlat nazoratini amalga oshirish huquqiga ega:
Favqulodda vaziyatlar vaziri va uning oʻrinbosarlari;
FVV Markaziy apparatining boshqarma, xizmat, inspeksiya va boʻlimlari boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari, ofitserlari va mutaxassislari;
hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalari (boʻlimlari) boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari, ofitserlari, bosh inspektorlari va mutaxassislari;
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-avgustdagi 525-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/525/0803-son)
13. Tekshirishlar shaklida davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtgan boʻlishi va tekshirishlarni oʻtkazishga qoʻyilishi toʻgʻrisidagi maxsus guvohnomaga ega boʻlishi kerak.
14. Davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar quyidagi vakolatlarga ega:
davlat nazorati subyektlariga belgilangan tartibda kirish;
aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablari bajarilishini tekshirish;
shaharsozlik loyihalarining hujjatlarini, quriladigan obyektlar loyihalarini ekspertiza qilishda ularning fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha talablarga amal qilinishi yuzasidan ishtirok etish, shuningdek loyihalar ekspertizasi natijalari boʻyicha xulosalar tuzish;
Oldingi tahrirga qarang.
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish qoidalarini, bunday kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalariga, shuningdek, kemachilikni tartibga soluvchi qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish;
(14-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-dekabrdagi 1002-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2018-y., 09/18/1002/2295-son)
davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, yuridik va jismoniy shaxslardan davlat nazoratini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborot, maʼlumot va tushuntirishlarni soʻrash va olish;
Oldingi tahrirga qarang.
aholi va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, shuningdek kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida qonun hujjatlarining talablari buzilganligini bartaraf etish haqida yozma koʻrsatmalar berish.
(14-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
15. Davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar quyidagilarga majbur:
tekshirilayotgan davlat nazorati subyektlariga tekshirish oʻtkazish huquqini beruvchi zarur hujjatlarni koʻrsatish;
davlat nazorati subyektining faoliyatiga toʻsqinlik yaratmaslik;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirishlarni roʻyxatga olish daftarida yozuvlarni amalga oshirish;
tekshirish jarayonida maʼlum boʻlgan davlat sirlarining, tijoratga oid va boshqa sir tutiladigan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlash;
davlat nazorati subyektlari tomonidan aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi sohasida qonun talablarining bajarilishini tekshirish natijalari yuzasidan dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi sohasidagi qonun hujjatlari, shuningdek kichik hajmli kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalari buzilganligi aniqlanganda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida protokollar tuzish va aybdorlarni maʼmuriy javobgarlikka tortish masalasini hal etish uchun ishni sudga yuborish;
alkogolli ichimliklar, narkotik moddalar isteʼmol qilib mast holatda boʻlgan kema boshqaruvchilarini, shuningdek kichik hajmli kemani alkogolli ichimliklar, narkotik moddalar isteʼmol qilib mast holatda boʻlgan, kemani boshqarish huquqini beruvchi guvohnomaga ega boʻlmagan, kemalarni boshqarish qoidalarini qoʻpol buzayotgan shaxslarni kemani boshqarishdan chetlashtirish. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida protokol tuzish va zarur holatlarda kemani, uning dvigatelini olib qoʻyish va kemalar egalari hisobidan kemalar turadigan bazalarga topshirish;
kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish qoidalari buzilganligi aniqlanganda belgilangan tartibda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish hamda maʼmuriy jazo qoʻllash;
preyskurantga muvofiq aholi va tashkilotlardan koʻrsatilgan xizmatlar uchun tegishli xizmat haqi olish.
16. Davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarga davlat nazorati subyektlariga tashkiliy-xoʻjalik ishlariga oid topshiriqlar berish va moliya-xoʻjalik ishlariga aralashish taqiqlanadi.
17. Davlat nazoratini amalga oshirishga aralashish, uni amalga oshiruvchi mansabdor shaxsning ishiga har qanday shaklda taʼsir oʻtkazish va faoliyatiga toʻsqinlik qilish taqiqlanadi.
18. Davlat nazorati organi mansabdor shaxsining oʻz xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilgan yoki uning qonuniy talablarini bajarmagan shaxslar belgilangan tartibda javob beradi.
19. Davlat nazoratini amalga oshiruvchi shaxslar oʻz faoliyatining qonuniyligi, obyektivligi, qonunchilik doirasida toʻgʻri tashkil etilganligi va amalga oshirilganligi uchun javob berishadi.
3-bob. Davlat nazoratini amalga oshirish tartibotlari
Oldingi tahrirga qarang.
20. Aholi va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, shuningdek kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida davlat nazorati ushbu Nizom ilovasidagi sxema boʻyicha tashkil etiladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi sohasidagi, shuningdek kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida qonunchilik talablariga amal qilinishini tekshirish quyidagi turlarga boʻlinadi:
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
kompleks tekshiruv;
qisqa muddatli tekshiruv;
nazorat tartibidagi tekshiruv.
Kompleks tekshiruv — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri — Fuqaro muhofazasi boshligʻi tomonidan joriy yil uchun tasdiqlangan Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining (keyingi oʻrinlarda FVDT deb ataladi) aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha asosiy tadbirlari rejasi (keyingi oʻrinlarda asosiy tadbirlar rejasi deb ataladi) asosida amalga oshiriladi.
Qisqa muddatli tekshiruvlar jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilganligi faktlari toʻgʻrisidagi murojaatlari asosida rejadan tashqari tekshirish tarzida amalga oshiriladi.
Qisqa muddatli tekshiruvlar, tadbirkorlik subyektlaridan tashqari, quyidagi holatlarda ham amalga oshirilishi mumkin:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlaridan kelib chiqadigan tekshirishlar zarurati paydo boʻlganda;
FVV va uning tarkibiy tuzilmalariga davlat nazoratidagi subyektlar tomonidan aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi sohasidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar talablari buzilishi faktlari haqida qoʻshimcha rasmiy maʼlumotlar kelib tushganda;
favqulodda vaziyatlar sodir boʻlishini bartaraf etish uchun;
sanitariya-epidemiologik vaziyat keskinlashganda, shuningdek chegaradosh davlatlardan yuqumli kasalliklar kirib kelishi va tarqalishi xavfi paydo boʻlganda.
Nazorat tartibidagi tekshiruv — davlat nazorati subyektlari tomonidan oʻtgan tekshiruvda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilishini taʼminlash maqsadida bir ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
22. Quyidagilar davlat nazorati subyektlarini tekshirish uchun asos hisoblanadi:
a) kompleks tekshiruvlar uchun:
asosiy tadbirlar rejasi;
asosiy tadbirlar rejasi asosida tekshirishning maqsadi, tekshiruvchilar tarkibi va muddati koʻrsatilgan holda Favqulodda vaziyatlar vaziri yoki hududiy boshqarmalar (boʻlimlar) boshliqlari tomonidan chiqarilgan buyruq;
b) qisqa muddatli tekshiruvlar uchun:
maxsus vakolatga ega boʻlgan organ yoki uning tegishli hududiy tuzilmalarining navbatdan tashqari tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisidagi tekshiriladigan obyekt nomi, muddati, maqsadi va tekshirish sabablari koʻrsatilgan qarori;
Favqulodda vaziyatlar vaziri va hududiy boshqarmalar (boʻlimlar) boshliqlarining mansabdor shaxslar tarkibi va tekshirish muddati koʻrsatilgan buyrugʻi.
Oldingi tahrirga qarang.
23. FVVning nazorat funksiyalari tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organni xabardor qilgan holda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish hamda tabiiy, texnogen, terroristik-qoʻporuvchilik xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalari, shuningdek meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilab qoʻyilgan roʻyxatga kiruvchi obyektlarda fuqaro muhofazasi talablariga amal qilinishi masalalari yuzasidan olib boriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 886-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/886/3941-son)
24. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tekshirish muddatlari oʻn kalendar kundan oshmasligi lozim. Alohida holatlarda maxsus vakolatli organning qaroriga binoan bu muddat yigirma kundan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin, bunda ushbu qoida kichik tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tatbiq etilishi mumkin emas.
25. FVV va uning hududiy boshqarmalari (boʻlimlari) kompleks tekshiruv oʻtkazilishi toʻgʻrisida davlat nazorati subyektini tekshiruv muddati va predmetini koʻrsatgan holda tekshirish boshlanishidan kamida oʻttiz kun oldin yozma ravishda ogohlantirishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Tekshirishlar, qoidaga koʻra, kunduzgi paytlarda amalga oshiriladi.
Istisno holatlarda (favqulodda vaziyatlar xavfi tugʻilganda, Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri fuqaro muhofazasi boshliqlarining topshiriqlariga koʻra) tekshiruvlar tungi paytlarda ham olib borilishi mumkin.
27. Tekshiruvni oʻtkazish vaqti tekshirilayotgan obyektning ish vaqtidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
28. Tekshiruv boshlanishidan uch kun oldin FVV markaziy apparatida — vazirning birinchi oʻrinbosari — shtab boshligʻi, joylarda esa — shaxsan hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi tomonidan yoʻriqnoma oʻtkaziladi, unda tekshiruv muddati, uning borishi toʻgʻrisida maʼlumot berish tartibi, tekshiruv dalolatnomalarida aks ettirilishi shart boʻlgan masalalarga aniqliklar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Tekshiruv oʻtkazish uchun tekshiruvchilarga vazir, vazirning oʻrinbosarlari, hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalari boshliqlarining yozma taqdimnomasi beriladi, ushbu taqdimnoma tekshiruv oʻtkazish uchun rasmiy hujjat hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Taqdimnomada koʻrsatilmagan shaxslar tekshiruvlarda ishtirok etish huquqiga ega boʻlmaydi.
Taqdimnomasiz tekshiruv oʻtkazish taqiqlanadi.
30. Tekshirilayotgan subyektga tekshirish uchun asos boʻladigan hujjatlar tilxat olingan holda topshirilgan payt tekshirishni oʻtkazish boshlangan payt hisoblanadi. Tekshirilayotgan davlat nazorat subyektining mazkur hujjatlarni olishdan bosh tortganligi tekshirishni bekor qilish uchun asos boʻlmaydi. Tekshirilayotgan subyekt mazkur hujjatlarni olishdan bosh tortgan taqdirda, FVVning mansabdor shaxsi tomonidan uning oʻzi va tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt imzolaydigan dalolatnoma tuziladi. Tekshirilayotgan davlat nazorati subyekti mazkur dalolatnomani imzolashdan bosh tortganda, dalolatnomaga tegishli yozuv kiritiladi. Bu holda dalolatnoma imzolangan payt tekshirishni oʻtkazish boshlangan payt hisoblanadi.
31. Tekshirish ishlari davlat nazorat subyekti vakilining ishtirokida olib boriladi.
Zarur holatlarda tekshiruvga shartnoma asosida ekspertlar va tarjimonlar, shuningdek tekshiruv natijalaridan manfaatdor boʻlmagan boshqa xolislar jalb etilishi mumkin.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari birlashmalarining aʼzosi boʻlgan tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlar tadbirkorlik faoliyati subyektlari soʻroviga koʻra mazkur birlashmalar vakillari ishtirokida amalga oshirilishi mumkin.
Ishlab chiqarish uchastkalarini (sexlarini) davlat nazorati subyekti maʼmuriyatini xabardor qilmasdan, shuningdek kuzatuvchisiz aylanib chiqish (koʻzdan kechirish) taqiqlanadi.
Tekshiruvchi ishlab chiqarish uchastkalarini (sexlarini) aylanib chiqishdan (koʻzdan kechirishdan) oldin texnika xavfsizligi qoidalari boʻyicha yoʻriqnoma bilan tanishib chiqishi shart.
32. Davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar, zarurat boʻlganda, davlat nazorati subyektlari tomonidan maxsus kiyim hamda shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
33. Aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, shuningdek kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida qonunchilik talablarining bajarilishini tekshirish izchilligi FVV tomonidan ishlab chiqilib tasdiqlangan yoʻriqnomalar va uslubiy koʻrsatmalar asosida amalga oshiriladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
34. Tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnoma (maʼlumotnoma) tekshirilayotgan subyektga topshirilgan kun tekshirishni oʻtkazish tugagan kun hisoblanadi.
Tekshirilayotgan davlat nazorati subyekti tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomani (maʼlumotnomani) olishdan bosh tortganda, FVVning mansabdor shaxsi bu haqda tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaga (maʼlumotnomaga) tegishli yozuv kiritadi va shu paytdan eʼtiboran tekshirish tugagan hisoblanadi. Bu holda tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaning (maʼlumotnomaning) bir nusxasi davlat nazorati subyektiga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi.
4-bob. Ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan obyektlarning loyihalari va qarorlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazishda ishtirok etish
35. Ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan obyektlarning loyihalari va qarorlarining davlat ekspertizasi (keyingi oʻrinlarda davlat ekspertizasi deb ataladi) quyidagilarni aniqlash maqsadida oʻtkaziladi:
ishlab chiqarish va ijtimoiy obyektlar boʻyicha loyihalar va qarorlarning aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi sohasidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi;
shaharsozlik hujjatlarida hamda quriladigan obyektlar loyihalarida favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha tadbirlarning asoslanganligi va toʻliqligi.
36. Quyidagilar davlat ekspertizasining obyektlari hisoblanadi:
davlat dasturlari, konsepsiyalari, ishlab chiqarish kuchlarini, iqtisodiyot tarmoqlarini va ijtimoiy sohani rivojlantirish hamda ularni joylashtirish sxemalari loyihalari;
loyihaoldi va loyiha hujjatlari;
shaharsozlik hujjatlarining barcha turlari;
xavfli ishlab chiqarish obyektlarining xavfsizlik deklaratsiyalari;
maxsus huquqiy rejimli obyektlar.
37. FVV davlat ekspertizasining oʻz vaqtida, kompleks, obyektiv va sifatli oʻtkazilishini, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xulosa berilishini taʼminlaydi.
38. Davlat ekspertizasi xulosasini bajarish davlat nazorati subyektlari uchun ularni amalga oshirishda majburiy hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
5-bob. Kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida nazoratni amalga oshirish
(5-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
Oldingi tahrirga qarang.
39. Quyidagilar kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida nazoratni amalga oshirish maqsadlari hisoblanadi:
(39-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish qoidalari, shuningdek bunday kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalari buzilishini aniqlash va bartaraf etish;
Oldingi tahrirga qarang.
kemalarning belgilangan vazifalarga muvofiq ichki suv yoʻllarida xavfsiz suzishi, yoʻlovchilar va kema ekipajlarining hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish, ichki suv yoʻllarida tashiladigan yuklarning butligini taʼminlash, shuningdek, suv obyektlarining kemalar tomonidan ifloslantirilishining oldini olish;
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-dekabrdagi 1002-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2018-y., 09/18/1002/2295-son)
suv havzalarida fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash.
Oldingi tahrirga qarang.
40. Kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish qoidalari buzilishini aniqlash va bartaraf etish reyd tartibidagi nazoratda amalga oshiriladi. Reyd tartibidagi nazoratni amalga oshirish muddatlari va izchilligi FVV tomonidan belgilanadi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
Oldingi tahrirga qarang.
41. Kichik hajmli kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalari, shuningdek, kemachilikni tartibga soluvchi qoidalar buzilishini aniqlash va rasmiylashtirish kompleks va qisqa muddatli teshiruvlar uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-dekabrdagi 1002-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2018-y., 09/18/1002/2295-son)
6-bob. Davlat nazorati natijalarini rasmiylashtirish va amalga oshirish
42. Davlat nazorati natijalarini rasmiylashtirish belgilangan tartibda:
Oldingi tahrirga qarang.
tekshirish natijalari boʻyicha davlat nazorati subyektlari tomonidan aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, shuningdek kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishini tekshirish natijalari boʻyicha maʼlumotnoma yoki dalolatnoma;
(42-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
davlat ekspertizasi natijalari boʻyicha xulosalar tuzish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Davlat nazorati natijalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa usullar bilan ham rasmiylashtirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
43. Aholi va hududlarning tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, kichik hajmli kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalari, tekshirish natijalari belgilangan shakl boʻyicha dalolatnoma yoki maʼlumotnoma tarzda rasmiylashtiriladi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
Oldingi tahrirga qarang.
44. Maʼlumotnoma aholi va hududlarning tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, kichik hajmli kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalari, shuningdek, kemachilikni tartibga solish qoidalari buzilmagan taqdirda tuziladi. Maʼlumotnomada tekshirish oʻtkazilganligi qayd etilib, oʻtkazilgan tekshirish boʻyicha savollar roʻyxati hamda biror-bir kamchilik aniqlanmaganligi koʻrsatiladi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
45. Maʼlumotnoma FVVnig mansabdor shaxsi va tekshiruvda ishtirok etgan boshqa mansabdor shaxslar tomonidan imzolanib, davlat nazorati subyekti rahbariga imzolash yoʻli bilan tanishib chiqish uchun taqdim etiladi (yuboriladi).
Oldingi tahrirga qarang.
46. Dalolatnoma aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, kichik hajmli kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalari, shuningdek, kemachilikni tartibga solish qoidalari buzilgan taqdirda tuziladi. Dalolatnoma tuzishda FVVning mansabdor shaxsi tomonidan reja-topshiriqda koʻzda tutilgan har bir savol boʻyicha mavjud holatdagi kamchiliklar, qonunchilik hujjatlarining nomi va meʼyorlari bayon qilinadi.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
47. Dalolatnoma FVVnig mansabdor shaxsi va tekshiruvda ishtirok etgan boshqa mansabdor shaxslar tomonidan imzolanib, davlat nazorati subyekti rahbariga imzolash yoʻli bilan tanishib chiqish uchun taqdim etiladi (yuboriladi).
48. Tekshiruv natijalari boʻyicha dalolatnoma (maʼlumotnoma) oʻtkazilgan tekshiruvning asosiy hujjati hisoblanadi.
49. Davlat nazoratidagi subyektlar tomonidan aholi va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, shuningdek kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida qonun hujjatlari talablari buzilgan holatlar aniqlanganda davlat nazorati natijalari boʻyicha tuzilgan dalolatnoma asosida maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida protokol tuziladi.
50. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi protokol huquqbuzarlik sodir etilgan yoki aniqlangan vaqtdan boshlab bir sutkadan kechikmay tekshiruv hujjatlari bilan birga maʼmuriy sudga yuboriladi.
Agar huquqbuzarlik natijasida moddiy zarar yetkazilgan boʻlsa, u holda bu haqda ham protokolda qayd etiladi.
Protokol uni tuzgan shaxs hamda maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs tomonidan, agar guvohlar hamda jabrlanuvchilar boʻlsa — ular tomonidan ham imzolanadi.
51. Maʼmuriy sudga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
tekshirishni oʻtkazish uchun taqdimnoma;
obyektni tekshirish boʻyicha reja-topshiriq;
davlat nazoratidagi subyektni tekshirish dalolatnomasi;
komissiyada qatnashgan mutaxassislarning xulosasi;
huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning tushuntirish xati;
maʼmuriy huquqbuzarlik haqida protokol;
imzolashdan bosh tortganlik haqidagi dalolatnoma (agar mavjud boʻlsa);
huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning pasporti (yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatning) nusxasi;
tekshiruvchi mansabdor shaxsning (komissiya raisining), tekshirishni oʻtkazish uchun taqdimnoma bergan FVV mansabdor shaxsi nomiga aniqlangan huquqbuzarliklar, shuningdek maʼmuriy ish materiallarini sudga yuborish haqida raporti;
yuqorida koʻrsatilgan barcha hujjatlar bilan birgalikdagi kuzatuv xati.
52. Materiallar sudga yuborilishidan va sud tomonidan koʻrib chiqilishidan qatʼi nazar, tekshirishni oʻtkazgan FVV mansabdor shaxslari tekshirilgan davlat nazoratidagi subyektning tegishli rahbarlari va masʼul shaxslari tomonidan aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilishini nazorat qilib borishni taʼminlashi shart.
53. Kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish qoidalari buzilganda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va maʼmuriy jazo qoʻllashga FVVning FVDT nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi va katta ofitseri, Kichik hajmli kemalar inspeksiyasi boshligʻi va bosh mutaxassisi, shuningdek hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalarining bosh inspektorlari haqlidirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
54. Davlat nazorati natijalari qonunchilik asosida boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.
55. Kompleks tekshiruv natijalariga koʻra davlat nazoratidagi subyektning favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorgarlik holati quyidagicha baholanadi:
“Tayyor” — aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining talablari toʻliq bajarilishi taʼminlanmoqda;
“Cheklangan tayyor” — aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarining toʻliq bajarilishi taʼminlanmayapti, mavjud kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish mumkin;
“Tayyor emas” — aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarining bajarilishi qisman taʼminlanayapti, ayrim talablar bajarilmagan.
7-bob. Yakunlovchi qoida
56. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, shuningdek kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida davlat nazoratini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, shuningdek kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida davlat nazoratini tashkil etish
Sxemasi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri - Fuqaro muhofazasi boshligʻi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Tashkiliy-nazorat organi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

FVV Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini nazorat qilish inspeksiya xizmati

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar

 

FVV markaziy apparati boshqarma, boʻlim, xizmat boshliqlari, boshliq oʻrinbosarlari, ofitser va mutaxassislari

 

 

Hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari (boʻlimlari) boshliqlari, boshliq oʻrinbosarlari, ofitserlari, bosh inspektorlari va mutaxassislari

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Favqulodda vaziyatlarni keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan xavf va tahdidlarning omillarini barvaqt aniqlashni, ularning profilaktikasi va yuzaga kelishining oldini olishni taʼminlash

 

Aholiga fuqarolarning hayoti, sogʻligʻi yoki mulkiga xavf-xatar tugʻilganda kompleks yordam koʻrsatish, xalq bilan muloqotni, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan bu borada oʻzaro yaqin hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish, mavjud xavf-xatarlar toʻgʻrisida aholini oʻz vaqtida ogohlantirish va xabardor qilish

 

Harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududlarini, moddiy va madaniy boyliklarini muhofaza qilish tadbirlarining amalga oshirilishini taʼminlash

 

Kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish hamda suv obyektlarida odamlar xavfsizligini taʼminlash yuzasidan samarali nazoratni amalga oshirish

 

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish, odamlar salomatligi va hayotini saqlash, moddiy va madaniy boyliklarni muhofaza qilish

 

Ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan obyektlar boʻyicha loyihalar va qarorlarning davlat ekspertizasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va fuqaro muhofazasi talablariga rioya etilishi qismida ishtirok etish

 

Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan aholini hamda hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi sohasida oʻz vazifalarini bajarishlarini, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash

 

Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida hamda suv obyektlarida odamlarning xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qonunbuzar-

liklarni aniqlash, oldini olish va bartaraf etish

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Davlat nazoratining

vazifalari

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Davlat nazorati

obyektlari

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, shuningdek   kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish, odamlarni suv xavzalarida xavfsizligini taʼminlashni nazorat qiluvchi davlat subyektlarining faoliyati davlat nazorati obyektlari hisoblanadi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Davlat nazorati shakllari

 

Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga amal qilinishini tekshirish

 

 

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish talablariga rioya etilishini nazorat qilish

 

Ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan obyektlar boʻyicha qaror va loyihalarning favqulodda vaziyatlarning oldini olish va fuqaro muhofazasi talablariga mos kelishi yuzasidan davlat ekspertizasi oʻtkazilishida (keyingi oʻrinlarda loyihalar ekspertizasi deb ataladi) ishtirok etish

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Loyihalar ekspertizasi natijalari boʻyicha xulosa

 

 

Davlat nazorati natijalarini rasmiylashtirish

 

 

 

 

Dalolatnoma, maʼlumotnoma

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 Natijalarni amalga oshirish

 

 

 

Taqdimnoma, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma, sudga murojaat etish va b.q.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 38-son, 1053-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2018-y., 09/18/1002/2295-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/886/3941-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/525/0803-son; 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son; 08.07.2026-y., 09/26/370/0709-son)