1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablag‘ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Suv va suvdan foydalanish;
2.Moliya / Investitsiyalar]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“Farg‘ona vodiysida suv resurslarini boshqarish. 2-Faza” loyihasini Jahon banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Farg‘ona vodiysidagi sug‘oriladigan yerlarda qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishni ta’minlash, suv va yer resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek, Jahon banki bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:
2017-yil 30-iyunda Jahon banki Direktorlar kengashi “Farg‘ona vodiysida suv resurslarini boshqarish. 2-faza” loyihasini (keyingi o‘rinlarda — loyiha) amalga oshirish uchun Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (keyingi o‘rinlarda — XTA)ning imtiyozli resurslaridan O‘zbekiston Respublikasiga 144,9 million AQSH dollari miqdorida besh yillik imtiyozli davrni qo‘shib hisoblaganda 25 yil muddatda qaytarish sharti bilan kredit berilishini ma’qulladi:
loyihaning umumiy qiymati 228,2 million AQSH dollarini tashkil etadi, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirishga qo‘shadigan hissasi — 83,3 million AQSH dollari miqdorida bo‘lib, shulardan 36,9 million AQSH dollari — taqdim etiladigan soliq va bojxona imtiyozlari holidadir;
loyihani qo‘shimcha moliyalashtirish uchun 16,4 million AQSH dollari miqdorida Yevropa Ittifoqining granti jalb etiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi loyihani amalga oshirish, kreditlardan maqsadli va samarali foydalanish, shuningdek, loyihaning barcha maqsadli ko‘rsatkichlariga erishishni ta’minlash uchun javob beradigan ijro etuvchi hisoblanadi hamda uning zimmasiga loyihani amalga oshirishni boshqarish va muvofiqlashtirish vazifalari yuklanadi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-son Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.03 Ruxsat berish tartib-taomillari (shuningdek, 09.01.05.03ga qarang);
3.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.02.00 Bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish tartibi]
loyiha doirasida kreditlardan maqsadli foydalanilishi ustidan samarali monitoringni ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligiga loyiha uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida shaxsiy g‘azna hisobvaraq ochishga ruxsat etiladi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi PQ-196-sonli qarori tahririda)
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining boshqa loyihalar bo‘yicha majburiyatlarini so‘ndirishga loyiha uchun ochilgan hisobvaraqlardan mablag‘larni hisobdan chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-son Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.05 Chet el kreditlari va zayomlari. Xorijiy valyutada kreditlar]
XTA kreditini so‘ndirish, shuningdek XTA krediti bo‘yicha vositachilik haqi va boshqa chiqimlarni to‘lash bilan bog‘lik sarf-xarajatlar O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
“Farg‘ona vodiysida suv resurslarini boshqarish. 2-faza” loyihasining tuzatishlar kiritilgan texnik-iqtisodiy asoslanishi asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari bilan 1-ilovaga muvofiq;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi PQ-196-sonli qarori tahririda)
“Farg‘ona vodiysida suv resurslarini boshqarish. 2-faza” loyihasi doirasida XTA kreditini so‘ndirish, kredit bo‘yicha foizlar va vositachilik haqini to‘lashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.08.00 Bepul foydalanish]
4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda Markaz xodimlari faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi va tashkillashtirilishini ta’minlasin, loyihani amalga oshirish davrida Andijon shahri, Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumani va Farg‘ona shahrida tegishli xonalar bepul foydalanish huquqi bilan ajratib berilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.R. Xolmurodov, Andijon viloyati hokimi Sh.K. Abduraxmonov, Namangan viloyati hokimi X.X. Bozarov va Farg‘ona viloyati hokimi Sh.G‘. G‘aniyev zimmasiga loyiha tadbirlarini amalga oshirish uchun tegishli shart-sharoitlarni ta’minlash, shuningdek, Jahon bankining tartib-taomillariga va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq hisobot hamda zarur hujjatlarni tayyorlash va taqdim etishni o‘z vaqtida tashkillashtirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
6. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov O‘zbekiston Respublikasi bilan XTA o‘rtasida moliyalashtirish to‘g‘risidagi Bitimni O‘zbekiston Respublikasi nomidan imzolashga vakil qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi bilan XTA o‘rtasida moliyalashtirish to‘g‘risidagi Bitim yuzasidan belgilangan tartibda huquqiy xulosa bersin.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.03.00 Kapital qo‘yilmalar. Investitsiyalar (qurilishni moliyalashtirish). Narxlar shakllanishi]
7. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirishda 2018-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirish doirasidagi hissasini moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar limitlarini nazarda tutsin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi PQ-196-sonli qarori tahririda)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
8. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi “Qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalashni ko‘llab-quvvatlash” V komponenti qismini moliyalashtirish uchun grantlarni jalb etish masalasini ishlab chiqsin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi PQ-196-sonli qarori tahririda)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha imtiyozlar hamda preferensiyalar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
9. Loyihani amalga oshirish doirasida:
XTA krediti, grantlar va Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari), qo‘shilgan qiymat solig‘i, shuningdek, davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar va yig‘imlar to‘lashdan;
yuridik shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadlari yuridik shaxslarning foyda solig‘idan;
loyihani amalga oshirishda qatnashayotgan jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadlari jismoniy shaxslarning daromad solig‘idan ozod qilinsin.
Belgilansinki, ushbu bandda nazarda tutilgan imtiyozlarni berish natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar summasi O‘zbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirishga qo‘shadigan hissasi bo‘ladi.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.14.00 Qurilish sohasidagi nazorat va huquqbuzarliklar uchun javobgarlik;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.06.00 Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining bajarilishi ustidan nazorat]
10. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasini hamda loyihani amalga oshirish doirasida ado etilayotgan qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan tegishli darajadagi davlat arxitektura-qurilish nazoratini ta’minlasin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi PQ-196-sonli qarori tahririda)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yig‘imlar]
11. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Suv xo‘jaligi vazirligining buyurtmanomalariga binoan ushbu loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarini konsullik va boshqa yig‘imlarni undirmagan holda belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-son Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.03.00 Davlat boji bo‘yicha imtiyozlar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish]
12. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Suv xo‘jaligi vazirligining buyurtmanomalariga binoan ushbu loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ular vaqtincha yashaydigan joyda vaqtinchalik ro‘yxatga olish va uning muddatini uzaytirishni davlat boji undirmasdan ta’minlasin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-son Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.03 Ruxsat berish tartib-taomillari (shuningdek, 09.01.05.03ga qarang);
3.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi]
13. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Suv xo‘jaligi vazirligining buyurtmanomalariga binoan ushbu loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari orasida mavjud bo‘lmaganlarni) O‘zbekiston Respublikasiga jalb etishga ruxsatnomalar, shuningdek, ko‘rsatib o‘tilgan xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda ta’minlasin.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi PQ-196-sonli qarori tahririda)
131. Xalqaro konsultant kompaniyasi bilan imzolangan shartnomaga qo‘shimcha kelishuvlarni imzolash orqali “Milliy irrigatsiya tizimlarini yaxshilash va energiya samaradorligini oshirish” loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishga hamda loyihaning uzaytirilgan muddati davomida xizmat ko‘rsatishga ruxsat berilsin.
(131-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi PQ-196-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmurodov, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sodiqov zimmasiga yuklansin.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 16-sentabr,
PQ-3282-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabrdagi PQ-3282-son qaroriga 1-ILOVA
“Farg‘ona vodiysida suv resurslarini boshqarish. 2-faza” loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishi asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari
Konsultantlar xizmatlari (tender hujjatlarini tayyorlash va ishlab chiqish hamda texnik nazorat, monitoring va baholash, yakka tartibdagi konsultantlar, texnik audit, atrof muhitni boshqarish rejasini yaratish)
ming AQSH dollari
7 230,51
7 230,51
2.5.
ko‘zda tutilmagan jismoniy va narx xarajatlari
ming AQSH dollari
8 385,31
8 385,31
2.6.
boshqa xarajatlar, jami
ming AQSH dollari ekvivalentida
4 492,25
2 692,25
1 800,00
shu jumladan:
EMVda
ming AQSH dollari ekvivalentida
2 692.25
2 692,25
milliy valyutada
ming AQSH ?ollari ekvivalentida
1 800,00
1 800,00
2.7.
Investitsiya davridagi moliyaviy sarf-xarajatlar
ming AQSH dollari ekvivalentida
18 243,83
18 243,83
3.
Soliq va bojxona imtiyozlarini taqdim etish
ming AQSH dollari ekvivalentida
36 965,45
36 965,45
4.
Loyiha bilan qamrab olingan maydon
ga
81 957
5.
Loyihaning qoplanish muddati hisob-kitoblari
yil
11
6.
Investitsiya davrining muddati
oy
84
7.
Tashkil etilayotgan asosiy fondlarning qiymati
ming AQSH dollari
173 006
8.
Kreditni so‘ndirish muddati
yil
25
shu jumladan imtiyozli davr
yil
5
* Yakuniy narx ko‘rsatkichlari o‘tkazilgan tender (tanlov) savdolari natijalariga ko‘ra belgilanadi.
LexUZ sharhi
1-ilova norasmiy tarjima.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabrdagi PQ-3282-son qaroriga 2-ILOVA
“Farg‘ona vodiysida suv resurslarini boshqarish. 2-faza” loyihasi doirasida XTA kreditini so‘ndirish, kredit bo‘yicha foizlar va vositachilik haqini to‘lashning prognoz jadvali
Kredit summasi
144 900,0 ming AQSH dollari
So‘ndirish muddati
25 yil
Imtiyozli davr
5 yil
Xizmat ko‘rsatish uchun vositachilik haqi
1,47 foiz
Majburiyatlar bo‘yicha vositachilik haqi
0,50 foiz
Foiz stavkasi
1,38 foiz
ming AQSH dollari
To‘lov sanasi
Asosiy qarz bo‘yicha to‘lov summasi
Vositachilik bo‘yicha to‘lov summasi
Kredit bo‘yicha foizlarni to‘lash summasi
To‘lanishi kerak bo‘lgan umumiy summa
2018-yil 15-may
362,25
362,35
2018-yil 15-noyabr
353,95
47,33
401,28
2019-yil 15-may
345,64
94,66
440,30
2019-yil 15-noyabr
276,40
489,33
765,73
2020-yil 15-may
276,40
884,00
1 160,40
2020-yil 15-noyabr
165,29
1 122,65
1 287,94
2021-yil 15-may
123,43
1 361.30
1 484,73
2021-yil 15-noyabr
98,76
1 501,91
1 600,67
2022-yil 15-may
74,09
1 642,53
1 716,62
2022-yil 15-noyabr
2 390,85
49.86
1 918,71
4 359,42
2023-yil 15-may
2 390,85
25,63
1 947,55
4 364,03
2023-yil 15-noyabr
2 390,85
14,60
1 976.39
4 381.84
2024-yil 15-may
2 390,85
3,56
1 962.62
4 357,03
2024-yil 15-noyabr
2 390,85
1 928,55
4 319.40
2025-yil 15-may
2 390,85
1 894,48
4 285,33
2025-yil 15-noyabr
2 390,85
1 860,41
4 251,26
2026-yil 15-may
2 390,85
1 826.34
4217,19
2026-yil 15-noyabr
2 390,85
1 792,27
4 183,12
2027-yil 15-may
2 390,85
1 758,20
4 149,05
2027-yil 15-noyabr
2 390,85
1 724,13
4 114,98
2028-yil 15-may
2 390,85
1 690,06
4 080,91
2028-yil 15-noyabr
2 390,85
1 655,99
4 046,84
2029-yil 15-may
2 390,85
1 621,92
4 012,77
2029-yil 15-noyabr
2 390,85
1 587,85
3 978.70
2030-yil 15-may
2 390,85
1 553.78
3 944,63
2030-yil 15-noyabr
2 390.85
1 519,71
3 910,56
2031-yil 15-may
2 390,85
1 485.64
3 876,49
2031-yil 15-noyabr
2 390,85
1 451,57
3 842.42
2032-yil 15-may
2 390,85
1 417,50
3 808,35
2032-yil 15-noyabr
4 854,15
1 383,43
6 237,58
2033-yil 15-may
4 854,15
1 314.26
6 168,41
2033-yil 15-noyabr
4 854.15
1 245.09
6 099,24
2034-yil 15-may
4 854,15
1 175,92
6 030,07
2034-yil 15-noyabr
4 854,15
1 106,75
5 960,90
2035-yil 15-may
4 854.15
1 037,57
5 891,72
2035-yil 15-noyabr
4 854,15
968,40
5 822,55
2036-yil 15-may
4 854,15
899,23
5 753,38
2036-yil 15-noyabr
4 854,15
830,06
5 684,21
2037-yil 15-may
4 854,15
760,89
5 615.04
2037-yil 15-noyabr
4 854,15
691,72
5 545,87
2038-yil 15-may
4 854,15
622,54
5 476,69
2038-yil 15-noyabr
4 854,15
553,37
5 407,52
2039-yil 15-may
4 854,15
484,20
5 338,35
2039-yil 15-noyabr
4 854.15
415.03
5 269,18
2040-yil 15-may
4 854,15
345,86
5 200,01
2040-yil 15-noyabr
4 854,15
276,69
5 130.84
2041-yil 15-may
4 854,15
207,51
5 061,66
2041-yil 15-noyabr
4 854.15
138,34
4 992,49
2042-yil 15-may
4 854,15
69,17
4 923,32
Jami:
144 900,00
2 169,86
56 243,41
203 313,27
* To‘lov summalari kredit mablag‘larining amaldagi o‘zlashtirilishiga qarab aniqlanib boriladi.
LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2017-y., 07/17/3282/0008-son, 08.06.2018-y., 06/18/5457/1324-son, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son; 29.06.2020-y., 06/20/5370/0975-son, 22.07.2020-y., 06/20/6031/1088-son, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)