|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.08.2004
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MEHNATGA HAQ TOʻLAShNING YAGONA TARIF SETKASINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-iyuldagi 309-sonli “Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 2000-yil 23-iyundagi PF-2644-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda ish haqining ragʻbatlantiruvchi ahamiyatini yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2000-yil 1-avgustdan boshlab boshlangʻich razryadning oyiga 2450 soʻm miqdorida belgilangan eng kam ish haqi tarif stavkasi mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasiga asos qilib olinsin va yangi tarif koeffitsiyentlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 349-son qarori 2000-yil 1-avgustdan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 20-iyul,
280-son
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-iyuldagi 280-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi
|
Mehnatga haq toʻlash razryadlari |
Tarif koeffitsiyentlari |
| 0 | 1,000 |
| 1 | 2,014 |
| 2 | 2,216 |
| 3 | 2,439 |
| 4 | 2,681 |
| 5 | 2,937 |
| 6 | 3,205 |
| 7 | 3,484 |
| 8 | 3,773 |
| 9 | 4,064 |
| 10 | 4,361 |
| 11 | 4,663 |
| 12 | 4,973 |
| 13 | 5,288 |
|
14 |
5,606 |
|
15 |
5,931 |
|
16 |
6,259 |
|
17 |
6,593 |
|
18 |
6,930 |
|
19 |
7,273 |
|
20 |
7,620 |
|
21 |
7,973 |
|
22 |
8,328 |