|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 15.04.2020
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-son Qonuni)
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son va “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmonlari)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-son Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.X. Komilov va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 8-sentabr,
705-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 705-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 16-martdagi 140-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 3-son, 16-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi toʻgʻrisidagi nizomning 7-bandida:
a) quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qoʻshilsin:
“bir yilda ikki marta Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga oʻz faoliyati toʻgʻrisida axborot taqdim etadi”;
b) oltinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda yettinchi — oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 714-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 997-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 37-son, 992-modda, 37-son, 997-modda)