|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 04.10.2024
|
1-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlarning nomlanishi |
Amalga oshirish mexanizmlari |
Amalga oshirish muddatlari |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish va maktabgacha taʼlim muassasalarini malakali kadrlar bilan toʻldirish | ||||
|
1. |
Maktabgacha taʼlim muassasalarini nazorat qilish va boshqarish boʻyicha mustaqil organ yaratish orqali Xalq taʼlimi vazirligining tashkiliy-shtat tuzilmasi, vazifa va funksiyalarini butunlay qayta koʻrib chiqishga qaratilgan maktabgacha taʼlim sohasida davlat siyosati va boshqaruv tizimini takomillashtirish. |
1. Maktabgacha taʼlimning boshqaruvi sohasida xorijiy mamlakatlar qonunchiligi va tajribasini oʻrganish boʻyicha ishchi guruh tarkibini tashkil etish. 2. Maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. 3. Maktabgacha taʼlim tizimini tanqidiy oʻrganish va yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish boʻyicha komissiyaga (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb yuritiladi) loyihani kiritish. |
2017-yil |
Xalq taʼlimi vazirligi, |
|
2. |
Maktabgacha taʼlim sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish. |
1. Maktabgacha taʼlim sohasida band boʻlgan pedagogik tarkibni oʻrganish, mamlakat hududlari kesimida mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojni aniqlash. 2. Kadrlar siyosatini amalga oshirish, maktabgacha taʼlim mutaxassislari rezervini shakllantirish va malaka oshirish kurslarida tizimli oʻtishini taʼminlash sohasida xorijiy davlatlar qonunchiligini tahlil qilish va ilgʻor tajribasini oʻrganish. 3. Pedagogik oliy taʼlim muassasalariga (bakalavriat, magistratura) “Maktabgacha taʼlim boʻyicha pedagog” mutaxassisligi boʻyicha qabul kvotasini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va Komissiyaga kiritish. |
2017-yil 1-noyabrga qadar |
Xalq taʼlimi vazirligi, |
|
3. |
Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish va boʻsh oʻrinlar mavjud boʻlmaganda, shu jumladan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YIDXP) davlat interaktiv xizmatlarini joriy etish orqali navbatga qoʻyish tartibini takomillashtirish. |
1. Davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga bolalarni qabul qilish tartibini tanqidiy oʻrganish boʻyicha ishchi guruh tarkibini tasdiqlash. 2. Davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga bolalarni qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflar ishlab chiqish: qabul toʻgʻrisida elektron arizalarni berish, navbatni onlayn tartibda kuzatib borish imkoniyati orqali zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng jalb qilish; davlat maktabgacha taʼlim muassasalarining faoliyati, ularning reytingi va oʻquv-tarbiyaviy jarayonining tarkibi bilan tanishish uchun yagona elektron axborot maydonini yaratish. 3. Bolalarni qabul qilish tartibini takomillashtirishni, shu jumladan, mazkur sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bosqichma-bosqich joriy etishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturi loyihasini ishlab chiqish. 4. Komissiyaga chora-tadbirlar dasturi loyihasini kiritish. |
2017-yil 1-noyabrga qadar |
Xalq taʼlimi vazirligi, Axborot texnologiyalari |
|
4. |
Davlat maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni yaxshilash |
1. Davlat maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tizimini qayta koʻrib chiqish. 2. Davlat maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tizimini, shu jumladan, bolalar guruhlari (5 dan 6-7 yoshgacha) tarbiyachilarining lavozim maoshini umumtaʼlim maktablari boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining lavozim maoshiga tenglashtirish, shuningdek, ragʻbatlantirish mexanizmlarini tashkil etish yoʻli bilan takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish. 3. Komissiyaga tegishli takliflarni kiritish. |
2017-yil |
Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi |
|
5. |
Hududiy sogʻliqni saqlash organlari tomonidan maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarga tibbiy xizmat koʻrsatish tizimini takomillashtirish. |
1. Maktabgacha taʼlim muassasalarida, shu jumladan, nodavlat muassasalarda bolalarga tibbiy xizmat koʻrsatish tizimini tanqidiy oʻrganish. 2. Komissiyaga tegishli takliflarni kiritish. |
2017-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, |
|
6. |
Sifatli oʻquv-metodik va didaktik materiallar (shu jumladan, oʻyinlar va oʻyinchoqlar) va badiiy adabiyotlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun moʻljallangan bosma materiallarni turli tillarda ishlab chiqishning bozori va turlarini rivojlantirish. |
1. Respublikada maktabgacha taʼlim uchun ishlab chiqilgan, shuningdek, maktabgacha taʼlim muassasalarida foydalanilayotgan oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish. 2. Import qilinayotgan bosma materiallar bozorini oʻrganish. 3. Turli imtiyoz va prefernsiyalarni taqdim qilish orqali xususiy investitsiyalarni keng jalb qilgan holda maktabgacha taʼlim uchun oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlarni tayyorlash, ekspertiza qilish va chop etish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. 4. Komissiyaga chora-tadbirlar dasturini kiritish. |
2017-yil |
Xalq taʼlim vazirligi, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, |
|
7. |
Maktabgacha taʼlim muassasasining namunaviy Ustavi, shuningdek maktabgacha taʼlim muassasasi va ota-onalar oʻrtasidagi namunaviy shartnoma qoidalarini takomillashtirish. |
1. Amaldagi maktabgacha taʼlim muassasasining namunaviy Ustavi, maktabgacha taʼlim muassasasi va ota-onalar oʻrtasidagi namunaviy shartnoma qoidalarini tanqidiy oʻrganish. 2. Komissiyaga tegishli takliflarni kiritish. |
2017-yil |
Xalq taʼlimi vazirligi, Adliya vazirligi, |
|
II. Davlat maktabgacha taʼlim muassasalarining infratuzilmasi va moddiy-texnik taʼminotini yaxshilash | ||||
|
8. |
Davlat maktabgacha taʼlim muassasalarini toʻliq inventarizatsiyadan oʻtkazish, ularning moddiy-texnik jihozlanishi ahvolini oʻrganish, yangi maktabgacha taʼlim muassasalariga, shu jumladan, turar joy massivlari va koʻp qavatli uylarning qurilishi boʻyicha davlat dasturlari amalga oshirilayotganligini hisobga olgan holda real ehtiyoj mavjud boʻlgan hududlarni aniqlash. |
1. Respublika hududlaridagi davlat maktabgacha taʼlim muassasalarini inventarizatsiyadan oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlar tarkiblarini tasdiqlash. 2. Har bir maktabgacha taʼlim muassasasi joylashgan joyga chiqqan holda inventarizatsiyadan oʻtkazish. 3. Inventarizatsiya yakunlarini umumlashtirish va Komissiyaga aniq takliflar kiritish. |
2017-yil |
Xalq taʼlimi vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, |
|
9. |
Yuridik va jismoniy shaxslarga 1991 — 2017-yillar davomida davlat maktabgacha taʼlim muassasalari binolari berilishi (sotish, bepul berish, boshqacha oʻzgaga berilishi)ning qonuniyligi va asosliligini kompleks oʻrganish. |
1. Oʻrganish oʻtkazish uchun ishchi guruhlar tarkiblarini tasdiqlash. 2. Davlat maktabgacha taʼlim muassasalari binolari begonalashtirilishining qonuniyligi va asosliligini oʻrganish. 3. Oʻrganish yakunlarini umumlashtirish va Komissiyaga tegishli takliflarni kiritish. |
2017-yil 1-noyabrga qadar |
Xalq taʼlimi vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, Yergeodezkadastr davlat qoʻmitasi, |
|
10. |
Xorijiy tajribani hisobga olgan holda maktabgacha taʼlim muassasalari uchun zamonaviy binolar qurilishining norma va qoidalarini takomillashtirish. |
1. Davlat maktabgacha taʼlim muassasalarining inventarizatsiyasi natijalariga asosan maktabgacha taʼlim obyektlari qurilishining norma va qoidalarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash. 2. Maktabgacha taʼlim muassasalari uchun zamonaviy binolar qurilishining norma va qoidalarini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish. 3. Qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2018-yil 1-martga qadar |
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
11. |
Yangi maktabgacha taʼlim muassasalarining qurilishiga va amaldagilarini rekonstruksiya qilishga yirik xoʻjalik yurituvchi subyektlarni jalb etish. |
1. Maktabgacha taʼlim muassasalarini qurish va rekonstruksiya qilishga yirik xoʻjalik yurituvchi subyektlarni jalb etish, inventarizatsiya natijalari hamda yangi turar joy massivlari va koʻp qavatli uylar qurilishiga doir davlat dasturlarini hisobga olgan holda chora-tadbirlar dasturi loyihasini ishlab chiqish. 2. Chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish uchun jalb etilgan subyektlarga soliq va boshqa imtiyozlarni taqdim qilish boʻyicha takliflar tayyorlash. 3. Chora-tadbirlar dasturini tasdiqlashni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va uni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2018-yil 1-aprelga qadar |
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirliklari, |
|
12. |
Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarini, eng avvalo, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish hisobiga rivojlantirish uchun qulay tashkiliy-huquqiy asoslarni yaratish. |
1. Nodavlat maktabgacha taʼlimni rivojlantirish sohasidagi xorijiy mamlakatlarning qonunchiligini va ilgʻor tajribasini oʻrganish boʻyicha ishchi guruh tarkibini tasdiqlash. 2. Toshkent va Nukus shaharlarida, viloyat markazlarida nodavlat maktabgacha taʼlimni rivojlantirish, mazkur sohada davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish mexanizmlarini belgilovchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish. 3. Qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2017-yil |
Adliya vazirligi, |
|
13. |
Davlat maktabgacha taʼlim muassasalarining joriy faoliyatini davlat tomonidan moliyalashtirish tartibi va normalarini takomillashtirish. |
1. Maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini davlat tomonidan moliyalashtirish mexanizmining samaradorligi va oqilonaligi nuqtai nazaridan qonunchilikni tanqidiy oʻrganish, shuningdek, moliyalashtirishning eng kam normalarini aniqlashning asosliligini tahlil qilish. 2. Davlat maktabgacha taʼlim muassasalarining faoliyatini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish boʻyicha, shu jumladan, moliyalashtirishning ustuvorligini aniqlashtiruvchi mezonlarni nazarda tutuvchi takliflarni ishlab chiqish. 3. Komissiyaga tegishli takliflarni kiritish. |
2017-yil |
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, |
|
14. |
Shaffof markazlashtirilgan taʼminot tizimini yaratish, yetkazib beruvchilarning sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini oʻz vaqtida yetkazish va narx siyosatiga rioya qilish boʻyicha faoliyatini samarali nazorat qilishni nazarda tutgan holda, davlat maktabgacha taʼlim muassasalarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash tartibini takomillashtirish. |
1. Qonunchilikni tanqidiy oʻrganish, bolalarni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashga toʻsqinlik qiluvchi mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash, shuningdek mazkur sohada xorijiy davlatlarning ilgʻor ijobiy tajribasini tahlil qilish boʻyicha ishchi guruh tarkibini tasdiqlash. 2. Davlat maktabgacha taʼlim muassasalarini oziq-ovqat bilan taʼminlash tartibini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. 3. Davlat maktabgacha taʼlim muassasalarini oziq-ovqat bilan taʼminlashning yangi tizimini sinab koʻrish maqsadida Toshkent shahrida joriy etishning eksperimental loyihasini amalga oshirish. 4. Komissiyaga eksperiment natijalari asosida ishlab chiqilgan aniq takliflarni kiritish. |
2017-yil 1-oktabrga qadar 2017-yil sentabr — dekabr 2018-yil |
Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, |
|
15. |
Bolalarning sogʻlom jismoniy rivojlanishi uchun bolalar mebellarini tayyorlash standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarning sogʻlom jismoniy rivojlanishi uchun zarur standartlarni hisobga olgan holda bolalar mebellarini ishlab chiqarish sohasidagi ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish boʻyicha ishchi guruh tarkibini tasdiqlash. 2. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun bolalar mebellarini tayyorlash standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. 3. Tasdiqlangan standartlarga muvofiq xavfsiz bolalar mebellarini milliy ishlab chiqaruvchilarni yanada ragʻbatlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi loyihasini ishlab chiqish va Komissiyaga kiritish. |
2017-yil 2017-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, vazirliklar va idoralar |
2-ILOVA
|
1. |
Aripov A.N. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Komissiya raisi |
|
2. |
Yunusxodjayev A.N. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi |
|
3. |
Kuranbayev K.K. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi raisi |
|
4. |
Sadikov Sh.M. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi |
|
5. |
Ikramov M.M. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi |
|
6. |
Abdullayev I.B. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori |
|
7. |
Inoyatov U.I. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri |
|
8. |
Shadmanov A.K. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri |
|
9. |
Xodjayev B.A. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri |
|
10. |
Davletov R.K. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri |
|
11. |
Saidova G.K. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri |
|
12. |
Madjidov I.U. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri |
|
13. |
Sayfullayev B.S. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri |
|
14. |
Xaitov A.A. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri |
|
15. |
Shermatov Sh.X. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi |
|
16. |
Gulyamov R.A. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi |
|
17. |
Axmedxodjayev A.I. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi |
|
18. |
Abdullayev A.X. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi |
|
19. |
Muxammadiyev U.N. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) |
|
20. |
Fayziyev Z.O. |
— |
“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi raisi |
|
21. |
Inamova S.T. |
— |
“Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan |
|
22. |
Ikramov A.I. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi |
|
23. |
Mamadaliyeva X.X. |
— |
“Oila” ilmiy-amaliy markazi direktori |
|
24. |
Muxamedov U.S. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshligʻi |
|
25. |
Djurabayev A.A. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi taʼlim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari ATD mudiri, Komissiya kotibi. |
Shuni hisobga olgan holda, oʻtgan davrda Oʻzbekiston Respublikasida maktabgacha taʼlimni rivojlantirish va samarali faoliyat koʻrsatishiga qaratilgan qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi hamda kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Hozirgi vaqtda respublikada 4 893 ta davlat maktabgacha taʼlim muassasasi faoliyat olib borayotgan boʻlib, ularni moliyalashtirishga faqat 2016-yilda Davlat budjetidan 1,6 trillion soʻm ajratilgan.
Ushbu sohada sogʻlom va har tomonlama rivojlangan oʻsib kelayotgan avlodni tarbiyalashga salmoqli hissa qoʻshib kelayotgan 57 mingdan ortiq mutaxassislar mehnat qilmoqda.
Shu bilan birga, maktabgacha taʼlim sohasida davlat siyosatini toʻliq amalga oshirishga ayrim tizimli kamchiliklar toʻsqinlik qilmoqda.
Oʻrganish shuni koʻrsatdiki, maktabgacha taʼlimni boshqarishning amaldagi tizimi mavjud muammolarni oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, mazkur sohani yanada rivojlantirish uchun innovatsion qarorlarni ishlab chiqish va joriy etish imkonini bermayapti.
Maktabgacha taʼlim muassasalari infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasining hozirgi holati bolalarni maktabgacha taʼlim bilan toʻliq qamrab olishni taʼminlashga imkon bermayapti.
Maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishning past darajasi bolalarni tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish masalalarini professional darajada hal etishga qodir malakali mutaxassislar bilan taʼminlay olmaydi.
Maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarning oziq-ovqat, moddiy taʼminoti va ularga tibbiy xizmat koʻrsatishni tashkil etishda ham jiddiy kamchiliklar kuzatilmoqda.
Shu munosabat bilan, Davlat rahbari tomonidan 2017-yil 9-sentabrda qabul qilingan”Maktabgacha taʼlim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror bilan Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining maktabgacha taʼlim sohasidagi faoliyati qoniqarsiz deb topildi.
Qarorda maktabgacha taʼlimni boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, tarbiya va oʻquv jarayonini takomillashtirish, maktabgacha taʼlim muassasalarining infratuzilmasi va moddiy-texnik jihozlanishini yaxshilash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda.
Xususan, 2018-yil 1-yanvardan boshlab Toshkent, Nukus shaharlari va respublikaning viloyat markazlarida eksperiment tariqasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida yangi maktabgacha taʼlim muassasalarini tashkil etish belgilandi.
Davlat rahbari tomonidan tashabbus qilingan davlat-xususiy sheriklik mexanizmi zamonaviy va hammabop maktabgacha taʼlim muassasalarini tashkil etish uchun investorlarga yer uchastkalari va boʻsh turgan binolarni 50 yil muddatga begʻaraz ajratishni koʻzda tutadi.
Investorlar tashkil etilayotgan maktabgacha taʼlim muassasalarida davlat taʼlim talablariga, sanitariya-gigiyena va boshqa normalarga rioya qilish, kelishuv amal qilishining butun muddati davomida faoliyat yoʻnalishini saqlab qolish, shuningdek, maktabgacha taʼlim xizmatini koʻrsatish narxining maqbulligi va arzonligini taʼminlash uchun masʼul boʻlishi nazarda tutilmoqda. Bunda investorlarga keng soliq imtiyozlari va boshqa preferensiyalar, shuningdek, imtiyozli kreditlar taqdim etiladi.
Shuningdek, Toshkent shahridagi davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga tadbirkorlik subyektlari bilan tegishli talablarga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqatlarni yetkazib berish toʻgʻrisida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga eksperiment tariqasida ruxsat berildi.
Mazkur eksperimentlar yakunlari boʻyicha respublikaning boshqa hududlarida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini va maktabgacha taʼlim muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish tartibini joriy etish masalasi koʻrib chiqilishi nazarda tutilmoqda.
Qaror bilan ushbu sohadagi dolzarb muammolarni hal qilish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasida maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ham tasdiqlandi.
Maktabgacha taʼlim tizimini tanqidiy oʻrganish va yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish boʻyicha komissiya tashkil etildi. Komissiya tomonidan maktabgacha taʼlim sohasidagi qonunchilikni undagi boʻshliqlar, korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarni yuzaga keltiruvchi normalarni aniqlash nuqtai nazaridan tahlil etish, shuningdek, maktabgacha taʼlim sohasida davlat siyosatini samarali roʻyobga chiqarishga toʻsqinlik qiluvchi tizimli muammolarni aniqlash hamda kompleks oʻrganish ishlari amalga oshiriladi. Bunda zarur infratuzilmani yaratish va maktabgacha taʼlimning xususiy sektorini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratiladi.
Shu bilan bir qatorda, sifatli maktabgacha taʼlimni tashkil etishga davlat talablari, shu jumladan, maktabgacha yoshdagi bolalarni uygʻun rivojlantirish sohasidagi ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda qayta koʻrib chiqiladi.
Shuningdek, milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob oʻqishga qiziqish uygʻotuvchi oʻquv-metodik, didaktik materiallarni tayyorlash hamda joriy etish ishlari ham zamonaviy talablarga muvofiqlashtiriladi.
Qarorda vakolatli davlat organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish hisobiga maktabgacha taʼlim muassasalariga bolalarni qabul qilishni soddalashtirish ham oʻz ichiga olgan tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutildi.
Nodavlat maktabgacha taʼlim tizimini kengaytirish maqsadida Komissiyaga mavjud amaliyot va ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda, nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini litsenziyalashning soddalashtirilgan tartibini joriy etish, ularning tashkiliy-huquqiy shakllarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash topshirildi.
Oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasiga koʻra, maktabgacha taʼlim sohasida qonun hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyotini yanada takomillashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha taʼlim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining amalga oshirilishi mamlakatda maktabgacha taʼlim tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarish, maktabgacha taʼlim muassasalarining infratuzilmasi va moddiy-texnik jihozlanishini tubdan yaxshilash imkonini beradi.