Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 21-fevraldagi PF-4966-sonli Farmonini hamda 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni ijro etish, shuningdek, sudlov ishlarini yurgizish samaradorligi va aholining odil sudlovdan xabardorlik darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini sudlar faoliyatida keng qoʻllashni taʼminlash maqsadida:
1. Quyidagilar sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada keng joriy etishning asosiy vazifalari etib belgilansin:
birinchidan — sudlar faoliyatining ochiqligi, shaffofligi va tezkorligini taʼminlash, sudlov ishlarini yurgizish sifati va aholining odil sudlovdan xabardorlik darajasini oshirish, sud xodimlari tomonidan sansalorlik, byurokratizm va suiisteʼmolchilik faktlariga barham berish;
ikkinchidan — sudlarda ishlarning oʻz vaqtida koʻrilishini nazorat qilishning samarali tizimini yaratish, sudlov ishlarini yurgizishdagi muammolar va kamchiliklarni aniqlash hamda ularni hal etish choralarini koʻrish maqsadida sudlar ishlarini avtomatlashtirish va ularning faoliyati toʻgʻrisidagi axborotlarni tizimlashtirish;
uchinchidan — odil sudlovni amalga oshirish hamda sudlar qarorlarining ijrosini taʼminlashda sudlarning surishtiruv, dastlabki tergov va majburiy ijro organlari bilan samarali hamkorligini taʼminlash;
toʻrtinchidan — sudlarda ish yuritish samaradorligi oshirilishini, sudlar faoliyati toʻgʻrisidagi axborot ochiqligini, shuningdek, aholiga va tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatiladigan interaktiv xizmatlar roʻyxati kengaytirilishi hamda sifati yaxshilanishini taʼminlaydigan axborot tizimlari va resurslarini takomillashtirish;
beshinchidan — sudyalar va sudlar xodimlarining ishda zamonaviy kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishda ularning kompyuter savodxonligi, amaliy koʻnikmalari darajasini oshirish;
oltinchidan — sudlar tizimida axborot xavfsizligini va elektron hujjatlarning xavfsiz aylanishini taʼminlash.
2. 2017 — 2020-yillarda Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish Dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki, Dastur tadbirlarini amalga oshirishni moliyalashtirish Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, shuningdek, xalqaro moliya institutlarining texnik koʻmaklashish mablagʻlari va grantlari hamda donor tashkilotlarning mablagʻlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oliy sud va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda:
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirishni, jumladan, zamonaviy uskunalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan, fuqarolar erkin kelishlari va respublika boʻyicha ochiq sud majlislarini real vaqt rejimida kuzatib borishlari uchun “Odil sudlov saroyi” kompleksida maxsus zal tashkil etilishini taʼminlasin;
sudlar faoliyatiga joriy etiladigan yagona korporativ tarmogʻining, dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va maʼlumotlar bazasining axborot xavfsizligini taʼminlash choralarini koʻrsin;
sudlov ishlarini yurgizish Yagona axborot tizimining axborot tizimlari komplekslari va “Elektron hukumat” tizimining markaziy maʼlumotlar bazalari bilan integratsiyasini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Oʻzbektelekom” AK bilan birgalikda tola-optik aloqa liniyalarini loyihalash va qurishda ularning barcha sud binolariga oʻtkazilishini nazarda tutsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamentiga, istisno tariqasida, tanlov savdolari oʻtkazmasdan:
“Oʻzbektelekom” AK bilan — sudlarda mahalliy hisoblash tarmoqlarini qurish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining korporativ tarmogʻini yaratish, mahalliy tarmoqlarni korporativ tarmoqqa birlashtirish toʻgʻrisida;
“UNICON.UZ” DUK bilan — sudlar faoliyatiga joriy etiladigan dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish haqida shartnoma tuzishga ruxsat berilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda Dasturni amalga oshirish doirasida olib kelinadigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan tovarlarning bojxona toʻlovlaridan ozod etilishini (bojxona yigʻimlari bundan mustasno) nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini zarurat boʻlganda belgilangan tartibda kiritsin va shunday tovarlar roʻyxatini tasdiqlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Oliy sud bilan birgalikda Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlari hamda donor tashkilotlarning texnik koʻmaklashish mablagʻlari va grantlarini jalb etish masalasini ishlab chiqsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 30-avgust,
PQ-3250-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-avgustdagi PQ-3250-son qaroriga
ILOVA
2017 — 2020-yillarda Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish
DASTURI

T/r

Tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddati

Baholash qiymati*

(mln soʻm.)

Moliyalashtirish manbai**

Masʼul idoralar

I. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish

1.

Yangi tashkil etilayotgan iqtisodiy va maʼmuriy sudlarning sudyalari va xodimlarini zarur miqdordagi zamonaviy kompyuter va ofis texnikasi bilan taʼminlash.

1. Kompyuter va ofis texnikasiga boʻlgan ehtiyojni belgilash.

2017-yil
1-oktabr

6 000,0

Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi

Oliy sud (B. Isakov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(O. Umarov)

2. Kompyuter va ofis texnikasini belgilangan tartibda xarid qilish

2018-yil
1-iyul

2.

Tumanlararo (tuman, shahar) sudlari darajasidagi sudlar oʻrtasida maʼlumot ayirboshlashga moʻljallangan yagona korporativ tarmoqni tashkil etish uchun tolali optik aloqa liniyasi (TOAL) qurilishi.

Optik tolali aloqa liniyasi (TOAL) qurilishi

2018-yil
1-oktabr

12 500,0

“Oʻzbektelekom” AK mablagʻlari

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(J. Maxsudov), “Oʻzbektelekom” AK
(Sh. Qodirov) Oliy sud
(B. Isakov)

Optik tolali aloqa liniyasidan foydalanish (abonent toʻlovi)

Doimiy

Shartnoma asosida

Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi

3.

Harbiy, maʼmuriy va iqtisodiy sudlarda mahalliy hisoblash tarmoqlarini yaratish.

1. Texnik topshiriqni ishlab chiqish.

2017-yil
31-dekabr

10 000,0

Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi

Oliy sud (B. Dehqonov,
B. Isakov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(O. Umarov)

2. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2018-yil
1-iyul

3. Mahalliy hisoblash tarmoqlarini yaratishga shartnoma tuzish.

2018-yil
1-oktabr

4.

Oliy sudda Sud organlar uchun joriy etilayotgan axborot tizimlari va resurslari, dasturiy mahsulotlar va elektron reyestrlar maʼlumotlarini ishlab chiqish va saqlash markazi (SOD) tashkil etish.

1. Texnik topshiriqni ishlab chiqish.

2018-yil
1-aprel

3 000,0

Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi

Oliy sud (B. Isakov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(O. Umarov)

2. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2018-yil
1-avgust

3. Tanlov savdolarini oʻtkazish va shartnoma tuzish.

2018-yil
1-noyabr

4. Server uskunalari xarid qilish, montaj qilish va foydalanishga topshirish.

2018-yil
31-dekabr

II. Sudlar faoliyatini avtomatlashtirish uchun axborot tizimlari va resurslarini ishlab chiqish va joriy etish hamda aholi va tadbirkorlik subyektlariga sud hokimiyati organlari bilan elektron hamkorlik qilish imkonini berish

5.

Sud ishlarini yuritishda, shu jumladan axborot tizimlari Oliy sudning “E-SUD” axborot tizimida mavjud axborot tizimlarini hisobga olgan holda “E-XSUD” axborot tizimi negizida quyidagi yoʻllar orqali yagona axborot tizimini yaratish:

birinchi instansiya sudlarida fuqarolik, iqtisodiy, maʼmuriy va jinoiy ishlarni koʻrib chiqish imkoniyatini joriy qilish;

sudlarda fuqarolik, iqtisodiy, maʼmuriy va jinoiy ishlarni apellatsiya va kasatsiya tartibida koʻrib chiqish imkoniyatini joriy qilish;

fuqarolik, iqtisodiy, maʼmuriy va jinoiy ishlarni nazorat tartibida koʻrib chiqish imkoniyatini joriy etish;

sud hujjatlarini ijroga elektron shaklda boshqa axborot tizimlari bilan integratsiyalash orqali yuborish imkoniyatini joriy etish;

sud hujjatlarining banki (depozitariysi)ni tashkil etish va yuritish;

sudga murojaat qilinganda davlat boji va yigʻimlari summasini hisobga olish uchun yagona billing tizimini yaratish;

elektron hukumatdan jismoniy va yuridik shaxslarning markaziy maʼlumotlar bazasidan idoralararo integratsiya platf�rmasidan foydalanuvchilarning yagona identifikatsiya tizimi bilan integratsiyalashuv;

birinchi instansiya sudlarida ishlarni avtomatlashtirilgan tarzda taqsimlash imkoniyatini joriy etish;

elektron hujjatlar aylanishining yagona tizimini joriy etish.

1. Texnik topshiriqni ishlab chiqish.

2017-yil
31-dekabr

1 000,0

Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi

Oliy sud (B. Dehqonov,
X. Yodgorov, B. Isakov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(O. Umarov), Markaziy bank (T. Ishmetov), Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi (B. Qudratxoʻjayev)

2. Sud ishlarini yuritish tizimida, shu jumladan “E-SUD” axborot tizimidagi mavjud axborot tizimlarini hisobga olgan holda “E-XSUD” axborot tizimini puxta ishlab chiqish va takomillashtirish.


2020-yil
1-iyul

6.

“Odil sudlov saroyi” kompleksida zamonaviy uskunalar va respublika boʻyicha ochiq sud majlislarini fuqarolar real vaqt rejimida erkin kelib kuzata olishlari uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan maxsus zal barpo etish.

1. Texnik topshiriqni ishlab chiqish.

2018-yil
31-dekabr

500,0

Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi

Oliy sud (B. Dehqonov,
X. Yodgorov, B. Isakov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(O. Umarov)

2. �oyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2019-yil
1-mart

3. Tanlov savdolarini oʻtkazish va shartnoma tuzish.

2019-yil
1-avgust

4. Dasturiy taʼminotni ishlab chiqish

2019-yil
31-dekabr

5. Uskunalarni xarid qilish, montaj qilish va ishga tushirish

2020-yil
1-iyul

7.

Sud majlislarini audio va videoda qayd etish maqsadida apparatlarni bosqichma-bosqich sotib olish.

1. Texnik topshiriqni ishlab chiqish.

2017-yil
31-dekabr

1 000,0

Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi

Oliy sud (B. Dehqonov,
X. Yodgorov, B. Isakov),
Moliya vazirligi
(A. Karimov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(O. Umarov)

2. Tanlov savdolarini oʻtkazish va shartnoma tuzish.

2018-yil
1-aprel

3. Uskunalarni xarid qilish, montaj qilish va ishga tushirish

2019 yil
31-dekabr

8.

Elektron stenografiya qilish funksiyasi bilan sud majlislarini audio-videoda qayd etishning milliy dasturiy taʼminotini ishlab chiqish.

1. Texnik topshiriqni ishlab chiqish.

2017-yil
31-dekabr

1 500,0

Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi

Oliy sud (B. Dehqonov,
X. Yodgorov, B. Isakov),
Moliya vazirligi
(A. Karimov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(O. Umarov)

2. Dasturiy taʼminotni ishlab chiqish

2019-yil
1-iyul

9.

Fuqarolik, jinoiy, maʼmuriy va iqtisodiy sudlarda videokonferens-aloqa tizimini bosqichma-bosqich joriy etish.

1. Texnik topshiriqni ishlab chiqish.

2018-yil
1-aprel

12 000,0

Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi

Oliy sud (B. Dehqonov,
X. Yodgorov, B. Isakov),
Moliya vazirligi
(A. Karimov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(O. Umarov)

2. Tanlov savdolarini oʻtkazish va shartnoma tuzish.

2018-yil
1-avgust

3. Uskunalarni xarid qilish, montaj qilish va ishga tushirish

2019-yil
1-aprel

10.

Shaxsiy hayot siri, tijorat siri saqlanishini taʼminlash va sud majlislari qatnashchilarining roziligini inobatga olgan holda sud qarorlari (yopiq sud majlislarida chiqarilgan sud qarorlari bundan mustasno) Internet butunjahon axborot tarmogʻida eʼlon qilinishi boʻyicha dasturiy taʼminotni ishlab chiqish va joriy etish.

1. Texnik topshiriqni ishlab chiqish.

2017-yil
31-dekabr

150,0

Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi

Oliy sud (B. Isakov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(O. Umarov)

2. Dasturiy taʼminotni ishlab chiqish

2018-yil
1-aprel

11.

Iqtisodiy sudlarda ishlarni elektron shaklda rasmiylashtirish boʻyicha dasturiy taʼminotni ishlab chiqish va joriy etish

1. Texnik topshiriqni ishlab chiqish.

2017-yil
31-dekabr

150,0

Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi

Oliy sud (B. Isakov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(O. Umarov)

2. Dasturiy taʼminotni ishlab chiqish

2018-yil
1-aprel

12.

Sudlardagi ishlarni elektron arxivlashtirish boʻyicha dasturiy taʼminotni ishlab chiqish va joriy etish.

1. Texnik topshiriqni ishlab chiqish.

2019-yil
31-dekabr

200,0

Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi

Oliy sud (B. Dehqonov,
X. Yodgorov, B. Isakov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(O. Umarov)

2. Dasturiy taʼminotni ishlab chiqish.

2020-yil
1-iyul

13.

Sudyalar faoliyatiga taalluqli murojaatlarni tezkorlik bilan koʻrib chiqish, shuningdek, kamchiliklar va xatolarni tezkor bartaraf etish maqsadida Sudyalar oliy kengashining Vertual qabulxonasini va kechayu kunduz ishlaydigan “ishonch telefoni”ni tashkil etish.

1. Texnik topshiriqni ishlab chiqish.

2017-yil
1-oktabr

200,0

Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi

Oliy sudyalar kengashi
(M. Usmanov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(O. Umarov)

2. Axborot tizimini ishlab chiqish.

2017-yil
31-dekabr

III. Sud organlari faoliyatida axborot xavfsizligini, hujjatlar aylanishi xavfsizligini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining tegishli darajada faoliyat yuritishini taʼminlash

14.

Axborot texnologiyalaridan foydalanish va axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha idoraviy hujjatlarni tasdiqlash.

Idoraviy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2018-yil
31-dekabr

Oliy sud (B. Dehqonov,
X. Yodgorov, B. Isakov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(O. Umarov)

15.

Sud ishlarini yuritish tizimining axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish.

Idoraviy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2018-yil
31-dekabr

Oliy sud (B. Dehqonov,
X. Yodgorov, B. Isakov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(B. Olmatov)

16.

Sud organlarining axborot tizimlarida xizmatga oid maʼlumotlar va fuqarolarning shaxsiga oid maʼlumotlarni himoya qilish, shuningdek, axborot xavfsizligini buzish bilan bogʻliq ehtimol tutilgan hodisalarga tezkorlik bilan chora koʻrish tadbirlarini amalga oshirish.

Tashkiliy-texnik choralar koʻrish.

Doimiy

Oliy sud (B. Dehqonov,
X. Yodgorov, B. Isakov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(B. Olmatov)

17.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarning tegishli darajada ishlashini taʼminlash.

AKTni, axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni texnik jihatdan quvvatlash boʻyicha zarur choralar koʻrish.

Doimiy

Oliy sud (B. Dehqonov,
X. Yodgorov, B. Isakov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(O. Umarov)

18.

Barcha sudyalarni va sud xodimlarini belgilangan tartibda elektron raqamli imzo bilan taʼminlash.

1. Sudyalar va sud xodimlaridagi mavjud elektron raqamli imzolar inventarizatsiyasini oʻtkazish.

2. Elektron raqamli imzolarni olish boʻyicha zarur choralarni koʻrish.

Har yili

40,0

Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi

Oliy sud (B. Dehqonov,
X. Yodgorov, B. Isakov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(O. Umarov)

IV. Sud organlari xodimlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish borasidagi amaliy koʻnikmalarini takomillashtirish

19.

Sudyalar hamda sud xodimlarining malakasi va kompyuter savodxonligini oshirish, axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligiga oʻqitish.

Treninglar, seminarlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish.

Doimiy

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (T. Teshabayev), Oliy sud (B. Dehqonov, X. Yodgorov, B. Isakov)

20.

Sudyalar va sud xodimlarining kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan ishda foydalanishlari boʻyicha bilimlarini tekshirish.

Reja-jadvalni tasdiqlash.

2017-yil
31-dekabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(O. Umarov), Oliy sud
(B. Dehqonov, X. Yodgorov,
B. Isakov)

Jami

48 240,0

shu jumladan,

Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobiga

35 740,0

“Oʻzbektelekom” AK mablagʻlari hisobiga

12 500,0

* Loyihalarni amalga oshirishning uzil-kesil qiymati loyiha hujjatlari ishlab chiqilib, tasdiqlangandan keyin, tender (tanlov) savdolari oʻtkazilgandan soʻng, shuningdek, amalda tarkib topayotgan narxlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
** Tadbirlarni moliyalashtirish xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarining texnikaviy koʻmagi mablagʻlari, grantlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan ham amalga oshirilishi mumkin.