Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Madaniyat va sanʼat tashkilotlari, ijodiy uyushmalar va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, soha xodimlari mehnatini ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻshimcha sharoitlar yaratishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Madaniyat va sanʼat tashkilotlari, ijodiy uyushmalar va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, shu sohada mehnat qilayotgan, oʻzining badiiy, ijtimoiy-siyosiy ruhdagi ijodiy asarlari bilan xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirish, jamiyatimizda tinchlik-osoyishtalik, oʻzaro hamjihatlik va mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga munosib hissa qoʻshayotgan shoir va yozuvchilar, rassomlar, madaniyat va sanʼat xodimlari, jurnalistlar mehnatini ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻshimcha sharoitlar yaratish maqsadida:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari shaharlarda barpo etiladigan koʻp kvartirali arzon uylar hamda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar asosida barpo etilayotgan arzon uy-joylarga muhtoj fuqarolar roʻyxatini belgilangan tartibda shakllantirishda Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi tashkilotlar, Oʻzbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi aʼzolari va xodimlari, jumladan, ushbu sohalardagi isteʼdodli va istiqbolli yoshlarning uy-joyga boʻlgan ehtiyoji inobatga olinsin.
2. Quyidagilar:
Ilm-fan, adabiyot va sanʼat asarlari nashr etilgani uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari — 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy ijro uchun dramatik, musiqali va musiqali-dramatik, adabiy asarlar yaratish boʻyicha buyurtmalarni bajargani uchun, haykaltaroshlik asarlari, tasviriy sanʼat asarlari yaratgani, badiiy loyihalashtirish va konstruksiyalash ishlari uchun mualliflik haqi hamda dramatik, musiqali va musiqali-dramatik asarlarni sahnalashtirganlik uchun haq toʻlashning eng kam stavkalari, shuningdek, ushbu pul Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan toʻlanganida uning eng yuqori stavkalari — 2-ilovaga muvofiq;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, televideniye va radio kanallari orqali beriladigan materiallar uchun haq toʻlashning eng kam stavkalari — 3-ilovaga muvofiq;
kinofilmlar uchun adabiy ssenariylar, original musiqa va qoʻshiqlar matnini yaratgani uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari — 4-ilovaga muvofiq;
kinofilmlar uchun maslahatlar berish boʻyicha mutaxassislar mehnatiga haq toʻlashning eng kam stavkalari — 5-ilovaga muvofiq;
kinofilmlar postanovkasi uchun ularning badiiy darajasiga koʻra suratga olish guruhlarining ijodiy xodimlariga postanovka qilgani uchun toʻlanadigan haqning eng kam stavkalari — 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2018-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
Belgilansinki, mualliflik haqi va unga doir boshqa toʻlov turlarini ushbu qarorning 1 — 6-ilovalarida belgilangan darajadan kam miqdorda toʻlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi, ijodiy uyushmalar hamda mualliflik haqi va unga doir boshqa toʻlov turlarini Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan toʻlaydigan tashkilotlar yuqorida koʻrsatib oʻtilgan maqsadlar uchun sarflanadigan xarajatlarni har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladigan budjet mablagʻlari doirasida boʻlishini qatʼiy taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 7-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.M. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 14-avgust,
PQ-3201-son
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-avgustdagi PQ-3201-son qaroriga
1-ILOVA
Fan, adabiyot va sanʼat asarlari nashr etilganligi uchun mualliflik haqining eng kam
STAVKALARI
1. Bitta kitobning boshlangʻich narxi (qiymati)dan foiz stavkalari tarzida toʻlanadigan mualliflik haqining eng kam stavkalari

Mualliflar

Bitta kitobning boshlangʻich narxi (qiymati)dan foiz stavkalari tarzida toʻlanadigan eng kam stavka

1. Original asarlarni nashr etish:

- asar muallifiga

10

2. Tarjima asarlarni nashr etish:

- original asar muallifiga

6

- tarjimonga

4

3. Oraliq tarjimadan foydalangan holda nashr etilgan taqdirda:

- original asar muallifiga

6

- oraliq tarjima tarjimoniga

2

- nashr etilgan til tarjimoniga

4

2. Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan koeffitsiyent boʻyicha toʻlanadigan mualliflik haqining eng kam stavkalari

Tiraj normasi,

ming nusxa

Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan koeffitsiyent boʻyicha bir mualliflik tabogʻi uchun mualliflik haqining eng kam stavkasi

a) Original adabiy-badiiy asarlar, dramaturgiya, adabiyotshunoslik, sanʼatshunoslik asarlari

1.

Badiiy nasr

5 gacha

1,06

10 gacha

1,76

20 gacha

2,8

20 va undan ortiq

4,22

2.

Pyesalar, kinossenariylar

5 gacha

2,11

5 dan ortiq

2,46

3.

Bir mualliflik tabogʻigacha boʻlgan badiiy hikoya

butun asar uchun

2,11

4.

Bir pardali pyesa

-

5,3

5.

Xalq ijodiyoti asarlarini yozib olish va qayta ishlash:

nasrda

5 gacha

1,23

10 gacha

1,76

20 gacha

2,46

20 va undan ortiq

3,52

sheʼriyatda (1 satri uchun)

5 gacha

0,053

10 gacha

0,008

20 gacha

0,009

20 va undan ortiq

0,012

6.

Sheʼriyat (shu jumladan, bolalar uchun sheʼriy pyesalar) (1 satri uchun)

5 gacha

0,008

10 gacha

0,009

20 gacha

0,012

20 va undan ortiq

0,018

7.

30 satrgacha sheʼr va hajmidan qatʼi nazar, qoʻshiqning sheʼriy matni

-

2,4

butun asar uchun

8.

Epigramma, plakat uchun sheʼriy matn

-

0,7

9.

Maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalar uchun asarlar (1 mualliflik tabogʻigacha nasrda, 100 satrgacha nazmda)

5 gacha

1,76

10 gacha

2,46

20 gacha

3,17

20 va undan ortiq

4,22

10.

Adabiy asarlarni bolalar uchun qayta hikoya qilib berish va qayta ishlash

5 gacha

1,23

10 gacha

1,76

20 gacha

2,46

20 va undan ortiq

2,81

11.

Bolalar uchun ilmiy-ommabop adabiyotlar

5 gacha

1,76

10 gacha

2,46

20 gacha

3,17

20 va undan ortiq

3,9

12.

Adabiy-tanqidiy, adabiyotshunoslik asarlari

5 gacha

1,76

10 gacha

2,46

20 gacha

3,17

20 va undan ortiq

3,9

13.

Adabiy-tanqidiy taqrizlar (0,5 mualliflik tabogʻigacha)

-

1,76

butun asar uchun

14.

Original bibliografik ishlar, kitobga annotatsiyalar, kitobdagi bibliografik koʻrsatkichlar

-

1,76

15.

Sharhlar va izohlar

-

1,76

16.

Kirish maqolalari, soʻzboshilar, soʻnggi soʻzlar

-

4,22

17.

Adabiy miniaturalar

-

1,06

butun asar uchun

b) Siyosiy, ilmiy, ishlab chiqarish-texnika, oʻquv va boshqa adabiyotlarga oid original asarlar

1.

Ilmiy-nazariy masalalarga doir adabiyotlar, bilimlarning barcha sohalari boʻyicha monografiyalar (adabiyotshunoslik va sanʼatshunoslik boʻyicha adabiyotlar bundan mustasno)

Ushbu boʻlim boʻyicha nusxa normasi hisobga olinmaydi

2,81

2.

Ommaviy-siyosiy adabiyotlar

-

2,11

3.

Fan va texnikaning barcha turlari boʻyicha (bolalar uchun ilmiy-ommabop adabiyotlardan tashqari) ilmiy-ommabop adabiyotlar

-

2,81

4.

Bilimlar va xalq xoʻjaligining barcha tarmoqlari boʻyicha ishlab chiqarish-texnika adabiyotlari, ilmiy-texnika va boshqa maʼlumotnomalar, statistik toʻplamlar, taqvim-maʼlumotnomalar, asbob-uskunalar uchun maʼlumotnoma-kataloglar, yoʻl koʻrsatkichlar

-

1,76

5.

Oʻquv adabiyotlari

Umumtaʼlim maktablari, oʻrta-maxsus va oliy oʻquv yurtlari uchun darsliklar (original asar)

-

2,64

Umumtaʼlim maktablari, oʻrta-maxsus va oliy oʻquv yurtlari uchun darsliklar tarjimasi

-

- original asar muallifiga

-

1,6

- tarjimonga

-

1,06

Oʻquv va metodik qoʻllanmalar, lugʻatlar, diktantlar toʻplamlari va xrestomatiyalar, maʼruzalar matnlari (original asar)

-

2,11

Oʻquv va metodik qoʻllanmalar, lugʻatlar, diktantlar toʻplamlari va xrestomatiyalar, maʼruzalar matnlari tarjimasi

- original asar muallifiga

1,23

- tarjimonga

0,879

Oʻquv adabiyotlari: koʻrgazmali qoʻllanmalar, jadvallar, albomlar, oʻyinlar, xaritalar, plakatlar

-

0,703

6.

Qomuslar va qomusiy lugʻatlar uchun maqolalar

-

2,81

belgilar soniga qarab

a) 40000 dan ortiq belgilar uchun har bir mualliflik tabogʻi hisobiga qoʻshimcha haq toʻlanadi

-

3,52

7.

Izohli lugʻatlar, maxsus atamalar, sinonimlar lugʻatlari, leksik va orfografik lugʻatlar

-

2,64

8.

Referatlar va obzorlar

-

1

9.

Kirish maqolalari, soʻzboshilar, soʻngsoʻzlar

-

2,64

10.

Original bibliografik ishlar, koʻrsatkichlar, annotatsiyalar, voqealar taqvimi, hayot va faoliyat solnomalari

-

1,06

11.

Texnikaviy va boshqa albomlar

-

1,94

12.

Sharhlar va izohlar

-

1,06

13.

Yirtma taqvimlar, krossvordlar, chaynvordlar, kriptogrammalar, viktorinalar, rebuslar, sharadalar (topishmoqning turi), boshqotirmalar, topishmoqlar

-

1,94

butun asar uchun

14.

Mavzular va plakatlar, shu jumladan plakatlarning barcha turlari boʻyicha matn va raqamli materiallar tayyorlash

-

0,352

15.

Stol usti-bosma oʻyinlari

-

2,11

16.

Maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalar uchun albomlar va yigʻmalar, kitob-oʻyinchoqlar, mavzular, konstruksiyalar tayyor-lash va tushuntirish matnini yozish

-

1,76

v) Musiqali va musiqali-adabiy asarlar

1.

Operalar, baletlar, musiqali komediyalar, operetta, myuzikl

0,05 klavir

0,02 partitura

14,05

2.

Simfonik orkestrlar uchun asarlar — simfoniya, oratoriya, kantata va boshqalar

0,05 klavir

0,02 partitura

0,05 klavir

0,02 partitura

0,05 klavir

0,02 partitura

5,3

3.

Xalq cholgʻu asboblari orkestrlari va duxovoy orkestrlar uchun asarlar

0,03 klavir

0,03 partitura

2,81

1,41

4.

Estrada orkestrlari va ansambllari uchun asarlar

0,07 klavir

0,03 partitura

1,76

0,8

5.

Kamer asarlar

0,5 dan 3 gacha

klavir

2,11

6.

Vokal asarlar

1 dan 5 gacha

klavir

3,41

7.

Musiqali asarlar uchun matnlar

nusxalari musiqa asarlarining tegishli turlari boʻyicha belgilanadi

3,1

g) Asarlar toʻplamlari

1.

Toʻplamlar tuzish

-

1,06

nusxalar sonidan qatʼi nazar, haq toʻlanadi

2.

Lugʻatlar uchun soʻzliklar

-

0,002

(bitta soʻz uchun)

d) Asarlar tarjimalari

Adabiy-badiiy asarlar

1.

Badiiy nasr (shu jumladan bolalar uchun pyesalar, ssenariylar, ilmiy-badiiy, badiiy-hujjatli adabiyotlar, tanqid, adabiyotshunoslik, sanʼatshunoslik asarlari)

-

1,6

2.

Sheʼriyat (shu jumladan bolalar uchun sheʼriy pyesalar)

-

0,02

(1 satri uchun)

3.

Qoʻshiqlarning sheʼriy matni, hajmidan qatʼi nazar, adabiy miniaturalar

-

1,06

asar uchun tarjimonga

4.

Ijtimoiy-iqtisodiy, oʻquv, falsafiy, yuridik, tabiiy-ilmiy, ilmiy-nazariy asarlar, ishlab chiqarish-texnika adabiyotlari, maʼlumotnomalar

-

1,06

5.

Boshqa adabiyotlar

-

0,527

3. Asarlar reprografiyasi uchun A-4 (30 x 21 cm) oʻlchamli bitta sahifa uchun mualliflik haqining mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori boʻyicha eng kam stavkalari

Asarlar turlari

Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan koeffitsiyent boʻyicha bir sahifa uchun mualliflik haqining eng kam stavkasi

1. Darsliklar va pedagogik adabiyotlar

0,0018

2. Monografiyalar, musiqa asarlari notalari, arxiv hujjatlari, fotorasmlar va boshqalar

0,0025

3. Badiiy adabiyot:

- nasr

0,0007

- sheʼrlar

0,0018

4. Mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan boshqa materiallar

0,0025

Izohlar:
1. Mualliflik tabogʻi — 40 000 bosma belgilarga, sheʼriy asarlarni nashr etishda 700 satrga, grafik materialni (rasmlar, diagrammalar, jadvallar, musiqa notalari va hokazolar) nashr etishda 3000 kv. santimetrga teng boʻlgan nashr etiladigan asar hajmini oʻlchash birligi. Harflar, tinish belgilari, raqamlar va boshqalar hamda soʻzlar oʻrtasidagi har bir oraliq bosma belgilar hisoblanadi.
2. Kitobning birlamchi narxi (qiymati) (mualliflik haqi foizlarda hisoblab chiqilganda) — kitoblar turkumini (tirajini) sotish uchun savdo shoxobchasiga berish kunida nashriyot tomonidan belgilangan kitobning narxi (sotuvchining savdo ustamasini hisobga olmasdan).
3. Tiraj normasi — nashr etishda mazkur ilovada yoki shartnomada nazarda tutilgan bir tarif stavkasi miqdorida mualliflik haqi toʻlanadigan kitoblar soni.
4. Oraliq tarjima — original asarning toʻgʻridan-toʻgʻri boʻlmagan tarjimasi, yaʼni ilgari boshqa tilga tarjima qilingan asar matnini tarjima qilish.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-avgustdagi PQ-3201-son qaroriga
2-ILOVA
Ommaviy ijro uchun dramatik, musiqali va musiqali-dramatik, adabiy asarlar yaratish boʻyicha buyurtmalarni bajargani uchun, haykaltaroshlik asarlari, tasviriy sanʼat asarlari yaratgani, badiiy loyihalashtirish va konstruksiyalash ishlari uchun mualliflik haqi hamda dramatik, musiqali va musiqali-dramatik asarlarni sahnalashtirganlik uchun haq toʻlashning eng kam stavkalari, shuningdek, ushbu pul Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan toʻlanganida uning eng yuqori
STAVKALARI
1. Ommaviy ijro etish uchun dramatik, musiqali va musiqali-dramatik asarlar yaratishga buyurtmalarni bajarganlik uchun mualliflik haqi stavkalari

Asarlarning turi

Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan koeffitsiyent boʻyicha bir asar uchun mualliflik haqi

haq toʻlashning eng kam miqdori

davlat budjeti mablagʻlari hisobiga haq toʻlashda haq toʻlashning eng koʻp miqdori

Dramatik asarlar

Koʻp pardali va bir pardali pyesalar:

nasrda

28,1

79,1

nazmda

35,15

105,4

Inssenirovkalar (bir pardali, koʻp pardali)

9,5

26,35

Pyesalarning tarjimalari
(bir pardali, koʻp pardali):

nasrda

4,6

29,9

nazmda

5,3

36,9

Dramatik asarlarni tahrir qilish
va taqriz qilish

3,52

4,22

Sheʼrlarni tahrir qilishda har bir satr uchun

0,025

0,18

Musiqali asarlar

Opera, balet (koʻp pardali)

105,4

702,5

Operetta, musiqali komediya, musiqali drama (koʻp pardali), myuzikl

70,25

158,1

Kantata, konsert, bir qismdan iborat yirik cholgʻu asari, fantaziya, simfonik poema, ballada, rapsodiya, prelyudiya va fuga, syuita, variatsiya, uvertyura, simfonetta va boshqalar

17,6

52,7

Oratoriya, simfoniya

105,4

175,6

Romanslar, bir qismdan iborat kichik asarlar, marshlar, raqslar va estrada orkestrlari, xalq cholgʻu orkestrlari va boshqa orkestrlar uchun kichik pyesalar

7,05

21,1

Kamer ansambllar va kamer musiqalar

7,05

35,15

Oʻquv-pedagogik repertuar uchun kamer ansambllar va kamer musiqalar

3,52

17,6

Turli janrdagi xor asarlari

7,05

24,6

Pyesalarga musiqalar

5,3

10,55

Bolalar va oʻquv repertuariga moʻljallangan qoʻshiqlarga musiqa

3,52

7,05

Sirk nomeri, sirk attraksioni, pantomima, bir boʻlimdan iborat syujetli sirk spektakli, muz ustida balet uchun musiqalar

3,52

7,05

Teatr-dramatik postanovkalar va qoʻgʻirchoq spektakllari uchun musiqalar

10,55

35,15

Musiqa asarlariga taqriz

1,06

2,81

Musiqa bilan bogʻliq adabiy asarlar

Koʻp pardali: opera, operetta, musiqali komediya librettosi

28,1

56,2

Koʻp pardali balet librettosi

14,05

21,1

Oratoriya, kantata librettosi

7,05

14,05

Opera, operetta, musiqali komediya librettosining tarjimasi

14,05

21,1

Koʻp pardali balet xoreografiyasi

43,91

61,5

Koʻp pardali musiqali drama-pyesa

35,15

70,3

Operada, operettada bitta balet nomeri xoreografiyasi

3,52

7,05

Estrada va sirk uchun asarlar

Sketchlar (kichik hajviy yoki kulgili pyesalar), dramatik etyudlar, felyetonlar, miniaturalar, intermediyalar, konferanslar, hikoyalar, novellalar, monologlar

4,71

8,8

Qoʻshiqlar uchun matnlar

1,76

5,3

Kupletlar va laparlar

0,352

0,703

Kupletlar uchun musiqalar

0,352

0,703

Estrada va original janr nomerlari montajlari, kompozitsiyalari, adabiy bezaklari

0,352

0,703

Boshlovchi uchun kirish monologi

1,06

2,4

Jamoa ijrosi uchun moʻljallangan muqaddima va xotima

6,8

8,1

Qisqa dialog, qisqa sheʼriy matn

0,92

1,2

Rayok

2,81

3,73

Antreni adabiy qayta ishlash

2,32

3,73

Masxaraboz antresi, musiqali ekssentriklar uchun antre

5,62

9,35

Alohida repriz

1,9

3,73

Pantomima, syujetli sirk tomoshasi (libretto va matn)

21,1

35,15

Ssenariy:

- sirk nomeri uchun

7,05

14,05

- sirk attraksioni uchun

14,05

28,1

Sirk yoki estrada tomoshasi uchun musiqali muqaddima, musiqali antrakt

2,32

4,7

Marsh, galop, vals, polka, romans va boshqa kichik pyesalar

4,71

5,9

Sirk va estrada nomeriga joʻr boʻlish uchun moʻljallangan kichik musiqa asarlari

0,703

1,1

Sirk yoki estrada nomerini musiqali kompilyativ bezash

0,92

0,95

Syujetli estrada tomoshalari ssenariylari va matnlari

28,1

52,7

Ommaviy bayramning adabiy ssenariysi

11,74

12,3

Libretto:

- sahnada kamida 4 daqiqa eshittiriladigan vokal-xoreografik postanovka uchun

7,05

11,74

- teatrlashtirilgan mavzuli konsert uchun

7,05

8,2

- syujetli balet nomerlari uchun (kamida 2 ijrochi ishtirokida)

5,62

9,35

- yakka holda ijro etiladigan balet raqslari uchun

3,52

7,05

Izohlar:
1. Bir pardali opera, balet, operetta, musiqali komediya, musiqali dramaga asarning ahamiyatiga qarab haq toʻlash toʻliq miqdorining 45 foizidan 75 foizigacha haq toʻlanadi.
2. Simfonik va xalq, duxovoy va boshqa orkestrlar uchun instrumental ilovalarga original asar uchun haq toʻlash toʻliq miqdorining 50 foizigacha miqdorda haq toʻlanadi.
3. Xalq qoʻshiqlarini qayta ishlash va qoʻshiqlar aranjirovkasi uchun original asar uchun muallif haqi miqdorining 50 foizigacha miqdorda haq toʻlanadi.
2. Haykaltaroshlik asarlari, tasviriy sanʼat asarlari yaratganlik, badiiy loyihalashtirish va konstruksiyalash uchun mualliflik haqi stavkalari

Asarlar turlari

Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori nisbatan koeffitsiyent boʻyicha bir asar uchun mualliflik haqi

haq toʻlashning eng kam miqdori

davlat budjeti mablagʻlari hisobiga haq toʻlashda haq toʻlashning eng koʻp miqdori

Tasviriy sanʼat asarlari

Maxsus dastgohda ishlangan suratlar va mahsulotlar

4,92

263,44

Plakatlar yaratish

21,1

175,63

Kompozitsiyalar yaratish

35,15

87,82

Materialda bajarish

2,11

12,3

Manzarali-amaliy sanʼat, qoʻlda toʻqish texnikasi asarlarini yaratish

14,05

263,44

Badiiy konstruksiyalash asarini yaratish

9,14

263,44

Foreskiz yaratish

35,15

175,63

Xomaki loyihalar

14,05

52,7

Badiiy bezash sanʼati asarlarini yaratish

0,703

17,6

Xomaki loyihalar

4,92

26,3

Konturda bajarish

2,11

175,63

Badiiy-chizma asarlar yaratish

0,703

35,15

Haykaltaroshlik asarlari

Ansambl, kompozitsiya, byust haykali

12,3

263,44

Kompozitsiyaning ishchi modeli

8,8

87,82

Inshoot kattaligidagi model

17,6

175,63

Monumental-manzarali va maxsus dastgohda ishlangan haykal

Yumaloq haykal

70,25

263,44

Animalistik haykal

14,05

52,7

Shaklli relyeflar va relyeflarning boshqa turlari

2,11

61,5

Kichik haykalcha

14,05

52,7

Maxsus dastgohda ishlangan suratlar va chizmalar, etyudlar, eskizlar, xomaki suratlar

4,92

175,63

Foreskizlar, eskiz

14,05

35,15

Karton, masshtabli karton, kalko-shablon

1,76

10,55

3. Dramatik, musiqali va musiqali-dramatik asarlarni sahnalashtirganlik uchun haq toʻlash stavkalari:

Asarlar turi

Bitta spektaklni sahnalashtirganlik uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan koeffitsiyent boʻyicha haq toʻlash

haq toʻlashning eng kam miqdori

davlat budjeti mablagʻlari hisobiga haq toʻlashda haq toʻlashning eng koʻp miqdori

Opera, balet spektakllari (koʻp pardali va bir pardali)

Sahnalashtiruvchi rejissor

35

105

Sahnalashtiruvchi baletmeyster

35

105

Dirijor

35

88

Sahnalashtiruvchi rassom

35

88

Kiyimlar boʻyicha rassom

35

70

Musiqali (operetta), musiqali-dramatik spektakllar (koʻp pardali va bir pardali)

Sahnalashtiruvchi rejissor

35

88

Sahnalashtiruvchi baletmeyster

35

88

Dirijor

35

70

Sahnalashtiruvchi rassom

35

70

Kiyimlar boʻyicha rassom

28

63

Dramatik spektakllar, bolalar (shu jumladan qoʻgʻirchoq) spektakllari (koʻp pardali va bir pardali)

nazmda

Sahnalashtiruvchi rejissor

28

77

Sahnalashtiruvchi rassom

28

70

Kiyimlar boʻyicha rassom

28

63

nasrda

Sahnalashtiruvchi rejissor

28

70

Sahnalashtiruvchi rassom

28

63

Kiyimlar boʻyicha rassom

28

53

Izoh. Sahnalashtiruvchi guruh (sahnalashtiruvchi rejissor, sahnalashtiruvchi baletmeyster, dirijor, sahnalashtiruvchi rassom, kiyimlar boʻyicha rassom) ushbu ilovada nazarda tutilgan stavkalar boʻyicha haqni faqat birinchi sahnalashtirishi uchun oladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-avgustdagi PQ-3201-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi kanallari orqali, televideniye va radioda beriladigan materiallar uchun haq toʻlashning eng kam
STAVKALARI

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi kanallari orqali, televideniye va radioda beriladigan materiallar uchun

Materiallar turi

Haq toʻlash stavkasi

Axborot janrlari

1,41

Tahliliy janrlar

1,76

Maxsus buyurtma materiallar (akkord)

1,76

Tarjima materiallar:

Axborot janridagi materiallar tarjimasi uchun

1,06

Tahliliy materiallar tarjimasi uchun

1,41

Maxsus buyurtma materiallar tarjimasi uchun (akkord)

1,41

Rasmiy, tezkor, axborot-tahliliy materiallar tahriri

1,41

Fotomateriallar (berilgan va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan suratlar)

0,36

Televideniye va radioda beriladigan materiallar uchun

Materiallarning turi

Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan koeffitsiyent boʻyicha haq toʻlash stavkalari

Axborot janrlari

0,5

Tahliliy janrlar

0,8

Badiiy-publitsistik janrlar

2,64

Murakkab dasturlar (ijtimoiy siyosiy va sotsial iqtisodiy), bayram, teleradio-shou

5,3

Badiiy va hujjatli filmlar, serial, multfilmlarning tarjimasi (dublyaj)

1,06

Bolalar uchun teledasturlar

1,41

Xalqaro va mahalliy sport oʻyinlari va futbol reportajlari

0,527

Video, -radio rolik, anons (har bir tayyorlangan mahsulot uchun)

0,071

Ilmiy ommabop koʻrsatuvlar

1,4

Sahnalashtirish toʻlovlari

Telekoʻrsatuvlar postanovkasi

3,03

Radioeshittirishlar postanovkasi

2,53

Translyatsiya

2,46

Dublyaj postanovkasi

1,76

Video, -radio rolik, anons postanovkasi

5,3

Izoh: Ushbu ilovaning maqsadlari uchun maxsus buyurtma (akkord) materiallar — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va Qonunchilik palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi hamda davlat organlarining maxsus buyurtmasi boʻyicha Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti (farmonlar, qarorlar, farmoyishlar, rasmiy tashriflar, safarlar, matbuot konferensiyalari, bayonotlar, maʼruzalar, uchrashuvlar, nutqlar), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, boshqa davlat organlari faoliyati toʻgʻrisida, shuningdek, muhim rasmiy tadbirlar, xalqaro voqealar toʻgʻrisida, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar, Oʻzbekiston Respublikasining siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, maʼnaviy-maʼrifiy, sport sohalaridagi muhim voqealar hamda chet ellarda sodir boʻlayotgan voqealar toʻgʻrisida yozilgan materiallar.
Televideniye va radioda beriladigan materiallar uchun toʻlovlar bir soatlik koʻrsatuv hajmidan kelib chiqib belgilanadi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-avgustdagi PQ-3201-son qaroriga
4-ILOVA
Kinofilmlar uchun adabiy ssenariylar, original musiqa va qoʻshiqlar matnlarini yaratganlik uchun mualliflik haqining eng kam
STAVKALARI
1. Badiiy kinofilmlarning adabiy ssenariylarini yaratganlik uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari:

Mualliflik haqi toʻlovlari

Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan koeffitsiyent boʻyicha mualliflik haqining eng kam stavkalari

original ssenariy

eʼlon qilingan adabiy asarlar motivlari boʻyicha yaratilgan ssenariy

toʻla metrajli

Ssenariy kinostudiya tomonidan tasdiqlanganda

32,32

16,9

Tayyor kinofilm qabul qilib olinganda

49,2

25,3

qisqa metrajli

Ssenariy kinostudiya tomonidan tasdiqlanganda

3,52

2,11

Tayyor kinofilm qabul qilib olinganda

9,84

4,92

2. Multiplikatsion filmlarning adabiy ssenariylarini yaratganlik uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari:

Mualliflik haqi toʻlovlari

Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan koeffitsiyent boʻyicha mualliflik haqining eng kam stavkalari

toʻla metrajli multiplikatsion

filmlar

qisqa metrajli multiplikatsion filmlar (1 qismdan 4 qismgacha hajmli)

Original adabiy ssenariylar

Ssenariy kinostudiya tomonidan tasdiqlanganda

11,24

1 qism — 2,11

2 qism — 4,22

3 qism — 5,3

4 qism — 6,35

Tayyor kinofilm qabul qilib olinganda

12,65

1 qism — 2,11

2 qism — 2,81

3 qism — 3,52

4 qism — 4,22

Eʼlon qilingan adabiy asarlar motivlari boʻyicha yaratilgan ssenariylar

Ssenariy kinostudiya tomonidan tasdiqlanganda

8,43

3,9

Izoh: Qisqa metrajli multiplikatsion filmning bitta qismi 10 daqiqadan iborat boʻladi.
3. Hujjatli, ilmiy-ommabop, oʻquv, maʼnaviy-maʼrifiy, voqeali kinofilmlar, kinojurnallar, kinosolnomalar va videoroliklarning adabiy ssenariylarini yaratganlik uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari:
3.1. Materialni oldindan oʻrgangan va toʻplagan holda, shuningdek, suratga olish joyini va obyektlarini oʻrgangan holda mavzuni mustaqil ravishda original tarzda ijodiy hal qilish bilan bogʻliq ssenariylar:

Kinofilmning turi va hajmi

Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan koeffitsiyent boʻyicha mualliflik haqining eng kam stavkalari

Qisqa metrajli xronikal-hujjatli va ilmiy-ommabop kinofilmlar va kinojurnallar:

1 qism

6,35

2 qism

9,5

3 qism

11,95

4 qism

14,8

5 va undan koʻp qismdan iborat boʻlgan toʻla metrajli xronikal-hujjatli va ilmiy-ommabop kinofilmlar

23,54

Qisqa metrajli oʻquv va maʼnaviy-maʼrifiy kinofilmlar:

1 qism

1,76

2 qism

3,52

3 qism

5,3

4 qism

7,05

5 va undan koʻp qismdan iborat boʻlgan toʻla metrajli kinofilmlar

8,8

3.2. Mazmuni asosan suratga olinayotgan voqea materiali bilan aniqlanadigan kinofilmlar ssenariylari:

Kinofilmning turi va hajmi

Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan koeffitsiyent boʻyicha mualliflik haqining eng kam stavkalari

Qisqa metrajli voqeali xronikal-hujjatli kinofilmlar va kinosolnomalar:

1 qism

2,46

2 qism

3,52

3 qism

4,92

4 qism

6,7

5 va undan koʻp qismdan iborat boʻlgan toʻla metrajli voqeali xronikal-hujjatli kinofilmlar

8,8

Kinoalmanaxlar

1 qism uchun 5,3

4. Toʻla metrajli va qisqa metrajli kinofilmlar uchun qoʻshiqlar matnlarini yaratganlik uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari:

Mualliflik haqi toʻlovlari

Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan koeffitsiyent boʻyicha mualliflik haqining eng kam stavkalari

Bitta qoʻshiq matni uchun

7,05

5. Kinofilmlar uchun original musiqa yaratganlik uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari:
5.1. Badiiy kinofilmlarga original musiqa yaratganlik uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari:

Mualliflik haqi toʻlovlari

Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan koeffitsiyent boʻyicha mualliflik haqining eng kam stavkalari

musiqali badiiy filmlar

badiiy kinofilmlar

Musiqa kinostudiya tomonidan qabul qilib olinganda

foydali ovozning
1 daqiqasi uchun 0,5

foydali ovozning
1 daqiqasi uchun 0,352

5.2. Qisqa metrajli xronikal-hujjatli, publitsistik, ilmiy-ommabop va voqeali xronikal-hujjatlar kinofilmlar va kinosolnomalarga original musiqa yaratganlik uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari:

Mualliflik haqi toʻlovlari

Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan koeffitsiyent boʻyicha mualliflik haqining eng kam stavkalari

Musiqa kinostudiya tomonidan qabul qilib olinganda

foydali ovozning 1 daqiqasi uchun 0,28

Izoh: Ushbu ilovada belgilangan haq toʻlashning eng kam stavkalari video-telefilmlar uchun ham qoʻllanadi.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-avgustdagi PQ-3201-son qaroriga
5-ILOVA
Kinofilmlar uchun maslahatlar berish boʻyicha mutaxassislar mehnatiga haq toʻlashning eng kam
STAVKALARI
1. Xronikal-hujjatli, oʻquv, maʼnaviy-maʼrifiy kinofilmlar va kinosolnomalar uchun maslahatlar berish boʻyicha mutaxassislar mehnatiga haq toʻlashning eng kam stavkalari:

Kinofilmning hajmi

Filmlar uchun maslahatlar berish boʻyicha mutaxassislar mehnatiga haq toʻlashning mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan eng kam stavkalari

adabiy ssenariy yaratish boʻyicha maslahatlar berish

kinofilmni qabul qilib olishda maslahatlar berish

1 qism

1,41

2,46

2 qism

2,46

3,52

3 qism

3,52

5,3

4 qism

5,3

7,05

Toʻla metrajli — 5 va undan koʻp qismli

7,05

8,8

2. Ilmiy-ommabop kinofilmlar uchun maslahatlar berish boʻyicha mutaxassislar mehnatiga haq toʻlashning eng kam stavkalari:

Kinofilmning hajmi

Filmlar uchun maslahatlar berish boʻyicha mutaxassislar mehnatiga haq toʻlashning mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan eng kam stavkalari

adabiy ssenariy yaratish boʻyicha maslahatlar berish

kinofilmni qabul qilib olishda maslahatlar berish

1 qism

2,46

4,22

2 qism

4,92

7,4

3 qism

7,4

9,84

4 qism

9,84

12,3

Toʻla metrajli — 5 va undan koʻp qismli

11,24

14,05

(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-avgustdagi PQ-3201-son qaroriga
6-ILOVA
Kinofilmlar postanovkasi uchun ularning badiiy darajasiga koʻra suratga olish guruhlarining ijodiy xodimlariga postanovka qilganlik haqining eng kam
STAVKALARI
1. Toʻla metrajli va qisqa metrajli badiiy kinofilmlar postanovkasi uchun suratga olish guruhlari xodimlariga postanovka qilganlik haqining eng kam stavkalari:

Ijodiy xodimlarning toifalari

Postanovka haqining mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan stavkalari koeffitsiyenti

toʻla metrajli

qisqa metrajli, har 10 daqiqa uchun

Postanovkachi kinorejissor

70,25

10,55

Kinorejissor

17,6

2,46

Postanovkachi kinooperator

35,2

4,92

Postanovkachi rassom

24,6

3,52

Kiyimlar boʻyicha postanovkachi rassom

10,55

1,41

Ovoz operatori

10,55

1,41

Murakkab suratga olishlar boʻyicha kinooperator

7,05

1,06

Murakkab suratga olishlar boʻyicha rassom

7,05

1,06

Pardozchi rassom

7,05

1,06

Montajchi

7,05

1,06

Suratga olish guruhi direktori

10,55

1,41

2. Badiiy-publitsistik kinofilmlar postanovkasi uchun suratga olish guruhlari xodimlariga postanovka qilganlik haqining eng kam stavkalari:

Ijodiy xodimlarning toifalari

Postanovka haqining mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan koeffitsiyent boʻyicha eng kam stavkalari

Postanovkachi kinorejissor

63,23

Kinorejissor

14,05

Postanovkachi kinooperator

31,65

Ovoz operatori

10,55

Montajchi

10,55

Suratga olish guruhi direktori

10,55

3. Multiplikatsion filmlar yaratganlik uchun suratga olish guruhlari xodimlariga postanovka qilganlik haqining eng kam stavkalari:
3.1. Toʻla metrajli (5 va undan koʻp qismli) multiplikatsion filmlar yaratganlik uchun postanovka qilganlik haqining eng kam stavkalari:

Ijodiy xodimlarning toifalari

Postanovka haqining mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan koeffitsiyent boʻyicha eng kam stavkalari

chizma multiplikatsion filmlar

qoʻgʻirchoq multiplikatsion filmlar

Kinorejissor

35,15

35,15

Kinooperator

10,55

10,55

Postanovkachi rassom

35,15

35,15

Ovoz operatori

3,52

3,52

Suratga olish guruhi direktori

5,3

5,3

3.2. Kompyuter chizmasi asosida toʻla metrajli multiplikatsion filmlar yaratganlik uchun postanovka qilganlik haqining eng kam stavkalari:

Ijodiy xodimlarning toifalari

Postanovka haqining mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan koeffitsiyent boʻyicha eng kam stavkalari

Kinorejissor

17,6

Kompyuter chizmasi dasturchisi

28,1

Postanovkachi rassom

24,6

Ovoz operatori

1,76

Guruh direktori

1,76

3.3. Qisqa metrajli multiplikatsion filmlar yaratganlik uchun suratga olish guruhlari xodimlariga postanovka qilganlik haqining eng kam stavkalari:

Ijodiy xodimlarning toifalari

Postanovka haqining mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan koeffitsiyent boʻyicha eng kam stavkalari

1 qismli

filmlar

2 qismli

filmlar

3 qismli

filmlar

4 qismli

filmlar

Chizma multiplikatsion filmlar

Kinorejissor

17,6

24,6

28,1

31,65

Kinooperator

7,05

7,4

8,43

9,5

Postanovkachi rassom

17,6

24,6

28,1

31,65

Ovoz operatori

3,52

4,22

4,6

4,92

Suratga olish guruhi direktori

3,52

4,22

4,6

4,92

Qoʻgʻirchoq multiplikatsion filmlar

Kinorejissor

17,6

24,6

28,1

31,65

Kinooperator

7,05

7,4

8,43

9,5

Postanovkachi rassom

17,6

24,6

28,1

31,65

Ovoz operatori

3,52

4,22

4,6

4,92

Suratga olish guruhi direktori

3,52

4,22

4,6

4,92

Qisqa metrajli multiplikatsion filmning bir qismi bir biridan mustaqil, alohida syujetlardan iborat boʻlishi mumkin. Har bir syujet uchun haq summasi toʻliq daqiqagacha yaxlitlanadi hamda qisqa metrajli multiplikatsion filmning oʻndan bir qismiga proporsional miqdorda toʻlanadi.
4. Toʻla metrajli badiiy filmlarni dublyaj qilganlik uchun suratga olish guruhlari xodimlariga postanovka haqining eng kam stavkalari:

Ijodiy xodimlarning toifalari

Postanovka haqining mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan koeffitsiyent boʻyicha eng kam stavkalari

xorijiy filmlarni oʻzbek tiliga dublyaj qilish

milliy filmlarni chet tillarga dublyaj qilish

toʻla metrajli

qisqa metrajli

toʻla metrajli

qisqa metrajli

Kinorejissor

10,54

5,3

10,55

5,3

Ovoz operatori

4,22

2,11

4,22

2,11

Suratga olish guruhi direktori

4,22

2,11

4,22

2,11

5. Toʻla metrajli va qisqa metrajli badiiy filmlarni chet ellarda reklama qiladigan 1 qismli kinofilmlarni yaratganlik uchun suratga olish guruhlari xodimlariga postanovka qilganlik haqining eng kam stavkalari:

Ijodiy xodimlarning toifalari

Postanovka haqining mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori nisbatan koeffitsiyent boʻyicha eng kam stavkalari

Kinorejissor

1,76

Murakkab suratga olishlar boʻyicha kinooperator

1,06

Murakkab suratga olishlar boʻyicha rassom

0,703

Ovoz operatori

0,703

Suratga olish guruhi direktori

0,703

6. Xronikal-hujjatli, ilmiy-ommabop, oʻquv va maʼnaviy-maʼrifiy kinofilmlar postanovkasi uchun suratga olish guruhi xodimlariga postanovka qilganlik haqining eng kam stavkalari:
6.1. Toʻla metrajli xronikal-hujjatli, ilmiy-ommabop, oʻquv va maʼnaviy-maʼrifiy kinofilmlar postanovkasi uchun postanovka qilganlik haqining eng kam stavkalari:

Ijodiy xodimlarning toifalari

Postanovka haqining mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori nisbatan koeffitsiyent boʻyicha eng kam stavkalari

Kinorejissor

12,3

Kinooperator

9,5

Montajchi

3,52

Ovoz operatori

3,52

Suratga olish guruhi direktori

3,52

6.2. Qisqa metrajli xronikal-hujjatli, voqeali, ilmiy-ommabop, oʻquv va maʼnaviy-maʼrifiy kinofilmlar postanovkasi uchun postanovka haqining stavkalari:

Ijodiy xodimlarning toifalari

Postanovka haqining mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan koeffitsiyent boʻyicha eng kam stavkalari

1 qismli

filmlar

2 qismli

filmlar

3 qismli

filmlar

4 qismli

filmlar

Kinorejissor

4,22

5,62

7,4

9,84

Kinooperator

2,81

4,22

5,3

7,73

Montajchi

1,06

1,76

2,11

2,81

Ovoz operatori

1,06

1,76

2,11

2,81

Suratga olish guruhi direktori

1,06

1,76

2,11

2,81

7. Xronikal-hujjatli kinoalmanaxlar va kinojurnallar postanovkasi uchun postanovka haqining eng kam stavkalari:

Ijodiy xodimlarning toifalari

Postanovka haqining mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan koeffitsiyent boʻyicha eng kam stavkalari

Kinorejissorga

7,73

Shu jumladan:

kinoalmanaxni montaj qilganlik uchun

1,41

kinoalmanaxga kiritilgan syujet uchun

2,11

Kinooperatorga umuman kinoalmanax uchun

6,35

Shu jumladan, kinoalmanaxga kiritilgan syujet uchun

2,11

Ovoz operatoriga umuman kinoalmanax uchun

4,22

Suratga olish guruhi direktoriga umuman kinoalmanax uchun

4,22

Shu jumladan, kinoalmanaxga kiritilgan syujet uchun

0,879

Izoh: Xronikal-hujjatli kinoalmanax — bir nechta hujjatli, voqeali syujetlar birlashmasi.
8. Kinosolnomalar uchun syujetlar postanovkasi uchun postanovka haqining eng kam stavkalari:

Ijodiy xodimlarning toifalari

Postanovka haqining mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan koeffitsiyent boʻyicha bitta syujet uchun eng kam stavkalari

Operator

2,11

Ovoz operatori

0,879

Suratga olish guruhi direktori

0,879

Izoh:
1. Kinosolnoma — tarix uchun haqiqiy voqealarni suratga olish.
2. Ushbu ilovaning 1, 2, 6 va 8-bandlarida belgilangan haq toʻlash stavkalari video-telefilmlarni yaratishda haq toʻlashning belgilangan stavkalarining 75 foizi hisobidan qoʻllanadi.
3. Videofilm — videokamera yordamida magnitli tasmaga suratga olingan kinokartina”.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-avgustdagi PQ-3201-son qaroriga
7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2018-yil 1-yanvardan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mualliflik haqi va boshqa haq toʻlash turlari stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2007-yil 8-yanvardagi 8-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 1-son, 4-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2017-yil 11-maydagi 270-son qarorining 23-bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 33-son, 839-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)