1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.04 Jamoat fondlari]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari]
Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston ijodkorlarini qoʻllab-quvvatlash “Ilhom” jamoat fondini tashkil etish toʻgʻrisida
Jamiyatimiz hayotida, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda madaniyat, sanʼat va ommaviy axborot vositalarining oʻrni va ahamiyati tobora ortib borayotganini hisobga olgan holda, mamlakatimiz ijodkor ziyolilarining salohiyatini toʻliq roʻyobga chiqarish uchun ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda zarur sharoit va imkoniyat yaratish, shuningdek, Oʻzbekiston Bastakorlar uyushmasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Rassomlar ijodiy birlashmasi (keyingi oʻrinlarda — Oʻzbekiston Rassomlar ijodiy birlashmasi), Oʻzbekiston Teatr arboblari uyushmasi va Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Bastakorlar uyushmasi, Oʻzbekiston Rassomlar ijodiy birlashmasi, Oʻzbekiston Teatr arboblari uyushmasi va Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining Oʻzbekiston ijodkorlarini qoʻllab-quvvatlash “Ilhom” jamoat fondini (keyingi oʻrinlarda — Fond) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Fondning asosiy vazifalari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
Oʻzbekistonda madaniyat, sanʼat va jurnalistikani rivojlantirish uchun mablagʻ ajratish va yoʻnaltirish, bu borada tegishli dastur va loyihalarni amalga oshirish;
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi hamda Qoraqalpogʻiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, Rassomlar ijodiy birlashmasi, Teatr arboblari uyushmasi va Jurnalistlar uyushmasini moddiy taʼminlash va ularning faoliyati bilan bogʻliq sarf-xarajatlarni moliyalashtirish, mazkur uyushmalar aʼzolari boʻlgan va sohani rivojlantirishga munosib hissa qoʻshgan faxriylarga manzilli moddiy yordam koʻrsatish;
(2-bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-iyundagi PQ-294-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2022-y., 07/22/294/0567-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.04 Jamoat fondlari]
Fond tomonidan moliyalashtiriladigan muassasalarning moddiy-texnik bazasini izchil mustahkamlab borish, uning tasarrufidagi mulkni boshqarish, Fond ustavida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish.
3. Oʻzbekiston ijodkorlarini qoʻllab-quvvatlash “Ilhom” jamoat fondining Vasiylik kengashi tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston ijodkorlarini qoʻllab-quvvatlash “Ilhom” jamoat fondining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlasin.
Belgilab qoʻyilsinki, Fondning Vasiylik kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va ozod qilinadigan ijrochi direktor rahbarlik qiladigan Ijroiya direksiyasi Fondning ijro organi hisoblanadi.
Fondning Vasiylik kengashi raisiga Fond tomonidan moliyalashtiriladigan muassasalar tuzilmasiga, xodimlarning cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
4. Fondning Vasiylik kengashi (A. Aripov):
Fond daromad va xarajatlari boʻyicha prognoz koʻrsatkichlarni har yili tasdiqlasin;
Fond mablagʻlaridan foydalanishning asosiy yoʻnalishlarini belgilasin va tasdiqlasin;
Fond zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun manfaatdor davlat, nodavlat va jamoat tashkilotlarini, shuningdek, homiylarni jalb etsin;
Fond Ijroiya direksiyasining daromadlari, xarajatlari asosli ekani va mablagʻlardan maqsadli foydalanish boʻyicha faoliyati tizimli nazorat qilinishini taʼminlasin.
5. Quyidagilar fond mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.04 Jamoat fondlari]
Fondga Oʻzbekiston Bastakorlar uyushmasi Rassomlar ijodiy birlashmasi, Teatr arboblari uyushmasi va Jurnalistlar uyushmasi hududiy boʻlimlarining xodimlari mehnatga haq toʻlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish uchun ajratiladigan budjet mablagʻlari (subsidiyalar);
(5-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-iyundagi PQ-294-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2022-y., 07/22/294/0567-son)
Fond ixtiyoriga oʻtkaziladigan ijod uylarini ijaraga berish va Fondning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya mablagʻlari;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
6. Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining Fond hisob raqamiga 7 milliard soʻmni xayriya asosida oʻtkazish toʻgʻrisida;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Oliy sudning Fondga noqonuniy yoʻl bilan topilgan va musodara etilgan daromadlar hisobidan 13 milliard soʻm yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi tashabbuslari maʼqullansin.
7. Belgilansinki, Fond tomonidan moliyalashtiriladigan muassasalar xodimlari mehnatga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi Fondning Vasiylik kengashi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda oʻrnatiladi.
8. Fond va u moliyalashtiradigan muassasalar 2022-yil 1-yanvarga qadar barcha soliqlar, shuningdek, davlat maqsadli fondlariga majburiy toʻlovlardan ozod qilinsin.
Ushbu imtiyozlar taqdim etilishi munosabati bilan boʻshaydigan mablagʻlar faqat Fond zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishga yoʻnaltirilishi belgilab qoʻyilsin.
9. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, Soyliq qishlogʻi manzili boʻyicha joylashgan “Oqtosh” ijod uyi Fond tomonidan moliyalashtiriladigan ijodiy uyushmalar va birlashmalar aʼzolarining toʻlaqonli dam olishi uchun sharoitlar yaratish maqsadida Fond boshqaruviga oʻtkazilsin.
Fondning Ijroiya direksiyasi Fond boshqaruviga oʻtkaziladigan mulkdan samarali va maqsadli foydalanishni taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2017-yilning 1-oktabridan boshlab Fondga Oʻzbekiston Bastakorlar uyushmasi, Rassomlar ijodiy birlashmasi, Teatr arboblari uyushmasi va Jurnalistlar uyushmasi hududiy boʻlimlarining xodimlar mehnatiga haq toʻlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish uchun budjetdan mablagʻlar (subsidiyalar) ajratsin.
(10-bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-iyundagi PQ-294-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2022-y., 07/22/294/0567-son)
Belgilab qoʻyilsinki, Fondning mablagʻlari mazkur qarorning 9-bandida koʻrsatilgan muassasaning sarf-xarajatlarini qoplash uchun ham ajratiladi.
11. Vasiylik kengashi:
bir oy muddatda Fond ustavi, shuningdek, Fond mablagʻlarini shakllantirish toʻgʻrisidagi Nizom va ulardan foydalanish tartibini;
ikki oy muddatda mazkur qarorning 9-bandida qayd etilgan Ijod uyining kotejlari va mehmonxonalarini Oʻzbekiston Bastakorlar uyushmasi, Rassomlar ijodiy birlashmasi, Teatr arboblari uyushmasi va Jurnalistlar ijodiy uyushmasi aʼzolariga ular ijod qilish uchun borganlarida berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va oʻrnatilgan tartibda tasdiqlasin.
12. Fondning Ijroiya direksiyasi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Toshkent shahar, Alisher Navoiy nomidagi milliy bogʻ hududidagi binosida joylashtirilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda bir oy muddatda amaldagi qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 9-avgust,
PQ-3184-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-avgustdagi PQ-3184-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston ijodkorlarini qoʻllab-quvvatlash “Ilhom” fondining Vasiylik kengashi
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Vasiylik kengashi raisi
lavozim boʻyicha
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi
K.K. Kuranbayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi raisi
R.T. Mamatov
—
Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri
M.M. Muratov
—
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri
I.U. Madjidov
—
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri
U.I. Inoyatov
—
Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlim vaziri
A.A. Karimov
—
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari
L.X. Tangriyev
—
Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori
B.S. Yuldashev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti
A.V. Nuridinov
—
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi, Oʻzbekiston Rassomlar ijodiy birlashmasi raisi
M. Xazratkulov
—
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori
X.M. Mirzaxidov
—
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi
M.A.Axmedov
—
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi
S. Xakimov
—
Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi
R. Abdullayev
—
Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi
lavozim boʻyicha
—
Oʻzbekiston teatr arboblari uyushmasi raisi
Sh.S. Javlonov
—
Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi
M. Toirov
—
Oʻzbekiston xalq shoiri
M. Bafoyev
—
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi, kompozitor
M. Yoʻlchiyeva
—
Oʻzbekiston xalq artisti
E. Kamilov
—
Oʻzbekiston xalq artisti
Sh. Jabborov
—
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist
R. Xudoyberganov
—
Oʻzbekiston xalq rassomi
Izoh. Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-iyundagi PQ-294-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2022-y., 07/22/294/0567-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-avgustdagi PQ-3184-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston ijodkorlarini qoʻllab-quvvatlash “Ilhom” fondining
tashkiliy tuzilmasi
Ijroiya direksiyasi xodimlarining cheklangan soni — 10 nafar shu jumladan boshqaruv xodimlari — 5 nafar.
Xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar soni oʻrnatilgan meʼyorlarga muvofiq belgilanadi
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 33-son, 836-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 06/18/5398/1004-son; 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son; 28.06.2022-y., 07/22/294/0567-son)