|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 26.11.2025
|
Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
2017/2018 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga qabul toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Tizimli va strategik fikrlash koʻnikmalariga ega malakali boshqaruv kadrlarini tayyorlashni tashkil etish samaradorligini oshirish, davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari kadrlari salohiyatini mustahkamlash maqsadida:
1. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) magistraturasiga qabul tanlov asosida faqat davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tavsiya etilgan, 40 yoshdan oshmagan, oliy maʼlumotga va ikki yildan kam boʻlmagan rahbarlik ishi tajribasiga ega shaxslar orasidan amalga oshiriladi.
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, joylarda davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining boshqaruv kadrlariga boʻlgan ehtiyoji asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan Akademiyaga 2017/2018 oʻquv yili uchun kvotalar shakllantirildi.
3. Quyidagilar:
2017/2018 oʻquv yili uchun Akademiya magistraturasida boshqaruv kadrlarini tayyorlash kvotasi 1-ilovaga muvofiq 60 kishi, shu jumladan davlat grantlari boʻyicha — 24 nafar va toʻlov-kontrakt asosida 36 nafar kishi etib belgilansin;
shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Akademiya magistraturasiga davlat granti asosida faqat davlat hokimiyati va boshqaruvi, davlat muassasalari va tashkilotlari xodimlari qabul qilinadi.
4. Akademiya rektoriga nomzodlarning reyting bahosini hisobga olgan holda magistraturaga belgilangan umumiy kvotalar chegarasida qabul parametrlariga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-maydagi PQ-3731-son qaroriga muvofiq 5-band oʻz kuchini yoʻqotgan.
6. Akademiya 2017/2018 oʻquv yilining boshlanishiga qadar magistratura mutaxassisligi boʻyicha belgilangan tartibda oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan 2017/2018 oʻquv yili uchun belgilangan davlat grantlari asosida magistraturaga qabul kvotalarini hisobga olgan holda zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi U. Ismailov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori R. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 8-avgust,
PQ-3177-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3177-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
2017/2018 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida magistrlarni tayyorlash boʻyicha
QABUL KVOTALARI
|
Ixtisosliklarning nomlanishi |
Jami |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
Andijon viloyati |
Buxoro viloyati |
Jizzax viloyati |
Qashqadaryo viloyati |
Navoiy viloyati |
Namangan viloyati |
Samarqand viloyati |
Surxondaryo viloyati |
Sirdaryo viloyati |
Toshkent viloyati |
Fargʻona viloyati |
Xorazm viloyati |
Toshkent shahri | |
|
Davlat boshqaruvi |
grant |
24 |
2 |
1 |
1 |
1 |
2 |
1 |
2 |
1 |
1 |
1 |
2 |
2 |
1 |
6 |
|
kontrakt |
36 |
2 |
1 |
1 |
2 |
2 |
3 |
2 |
2 |
2 |
2 |
2 |
3 |
2 |
10 | |
|
Umumiy kvota |
60 |
4 |
2 |
2 |
3 |
4 |
4 |
4 |
3 |
3 |
3 |
4 |
5 |
3 |
16 | |