|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 23.02.2019
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
YaRMARKA SAVDOSINI TAShKIL ETIShNI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 28-avgustdagi PF-5527-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Aholining to‘lovga qodir talabini yanada to‘laroq qondirish, ichki iste’mol bozorining barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, uni vatanimizda ishlab chiqarilgan yuqori sifatli raqobatbardoshli tovarlar bilan to‘ldirish, ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan savdo tashkilotlari o‘rtasida barqaror aloqalarni o‘rnatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksi huzurida 1-ilovaga* muvofiq tarkibda Yarmarka savdolari o‘tkazish bo‘yicha respublika kengashi tashkil etilsin.
* 1-ilova berilmaydi.
Respublika kengashi tomonidan uning vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlar, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun majburiy hisoblanadi.
2. Quyidagilar Yarmarka savdolari o‘tkazish bo‘yicha respublika kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin:
respublikaning iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalari bilan savdo tashkilotlari o‘rtasida mustahkam, uzoq savdo-iqtisodiy aloqalarni o‘rnatishda, ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlashda ko‘maklashish;
iste’mol tovarlari sotish bo‘yicha doimiy ishlovchi va mavsumiy ulgurji yarmarkalar faoliyatini muvofiqlashtirish;
ichki iste’mol bozorining ahvolini tahlil qilish va iste’mol tovarlarining aholi ko‘plab talab qiladigan, ilgari respublikada ishlab chiqarilmagan yangi turlarini ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha tavsiyanomalar ishlab chiqish;
iste’mol tovarlari ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan yangi texnologiyalarni, asbob-uskunalarni va “nou-xau”larni namoyish qilish bo‘yicha ko‘rgazmalar hamda ko‘rgazma-savdolar tashkil etish;
oziq-ovqat tovarlari, yengil sanoat buyumlari, boshqa nooziq-ovqat tovarlar sotish bo‘yicha yarmarka qo‘mitalarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan o‘zi ishlab chiqargan iste’mol tovarlarining firma savdosi shoxobchalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar kiritish;
respublika ulgurji yarmarkalarini o‘tkazish muddatlari va tartibini, yarmarkalar ishida qatnashish uchun jalb etiladigan ishlab chiqaruvchi korxonalar doirasini aniqlash.
3. Respublika kengashi tarkibida asosiy tovar guruhlari – oziq-ovqat tovarlari, yengil sanoat tovarlari va nooziq-ovqat tovarlar bo‘yicha doimiy ishlovchi yarmarka qo‘mitalari tashkil etilsin.
Ko‘rsatib o‘tilgan tovar guruhlariga kiruvchi iste’mol tovarlari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq belgilansin.
Yarmarka qo‘mitalariga:
doimiy ishlovchi ulgurji yarmarkalar hamda iste’mol tovarlari ko‘rgazma-savdolarini tashkil etish va o‘tkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
savdo tashkilotlari bilan tovar yetkazib berish shartnomalari tuzish maqsadida iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning, shu jumladan kichik biznes korxonalarining keng doirasini ulgurji yarmarkalarda qatnashish uchun jalb qilish;
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 3-son, 31-modda)
iste’mol tovarlarining tegishli nomenklaturasi bo‘yicha respublika aholisi ehtiyojlarini aniqlash hamda ularni respublika korxonalarida ishlab chiqarish yuzasidan buyurtmanomalarni joylashtirishga ko‘maklashish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchilar va ularni xarid qiluvchilarning ulgurji yarmarkalarda ishtirok etishi bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal etish.
Yarmarka qo‘mitalarining shaxsiy tarkibi 3—5-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
* 3—5-ilovalar berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 99-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan —O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 22-son, 195-modda)
5. Vazirlar Mahkamasining Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda Yarmarka savdolari o‘tkazish bo‘yicha respublika kengashi to‘g‘risidagi Nizomni hamda Yarmarka qo‘mitasi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomni ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
6. Yarmarka savdolari o‘tkazish bo‘yicha respublika kengashi (Usmonov), yarmarka qo‘mitalari vazirliklar, idoralar, uyushmalar, korporatsiyalar, kompaniyalar, xo‘jalik birlashmalari va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar ishtirokida:
2002-yil 20-dekabrgacha bo‘lgan davrda 2003-yilda iste’mol tovarlari yetkazib berish yuzasidan shartnomalar tuzish bo‘yicha ulgurji yarmarkalar o‘tkazish jadvalini bir hafta muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
2003-yildan boshlab doimiy ishlovchi ulgurji yarmarkalar bilan bir qatorda mavsumiy (kuz-qish, bahor-yoz) hamda ixtisoslashtirilgan yarmarkalar o‘tkazilishini ta’minlasinlar;
xaridorgir iste’mol tovarlarining aniq turlari va nomenklaturasini ishlab chiqarish yuzasidan buyurtmanomalarni shakllantirish va respublika korxonalarida joylashtirish ishlarini faollashtirsinlar.
7. Toshkent, Urganch, Buxoro, Samarqand va Farg‘ona shaharlarida doimiy asosda iste’mol tovarlarini sotish bo‘yicha mintaqaviy ulgurji-chakana savdo yarmarkalari tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi mintaqaviy ulgurji-chakana savdo yarmarkalari faoliyatini tashkil etishda har tomonlama ko‘maklashsinlar, ularni zarur binolar, zamonaviy savdo-texnologiya asbob-uskunalari, aloqa tizimlari bilan ta’minlasinlar.
8. Uyushmalar, korporatsiyalar, kompaniyalar, xo‘jalik va jamoat birlashmalariga, iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga:
doimiy ishlovchi ulgurji yarmarkalar va iste’mol tovarlari ko‘rgazma-savdolarini tashkil etish va o‘tkazishda faol qatnashish;
shartnomalarning ustuvor ravishda doimiy ishlovchi ulgurji yarmarkalarda tuzilishini va o‘z mahsulotlari sotilishini ta’minlash tavsiya qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-iyuldagi 300-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 13-son, 104-modda)
10 Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 13-noyabr,
391-son
Asosiy tovar guruhlariga kiruvchi iste’mol tovarlari
ro‘yxati
I guruh — oziq-ovqat tovarlari
Go‘sht va go‘sht mahsulotlari, kolbasa mahsulotlari, go‘sht va baliq konservalari
Sut va sut mahsulotlari, mol yog‘i, pishloq va brinza, muzqaymoq va boshqalar
Shakar
Choy
Un, non va non-bulka mahsulotlari, yorma, guruch
Qandolatchilik (xamirli va shakarli) mahsulotlari, sharq shirinliklari, makaron mahsulotlari, xamirturush
O‘simlik yog‘i, margarin, kir sovun va atir sovun
Quruq mevalar va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari
Vino-aroq, konserva mahsulotlari, pivo va alkogolsiz ichimliklar
Tamaki mahsulotlari
Sintetik kir yuvish vositalari, tish pastasi, attorlik mahsulotlari
II guruh — yengil sanoat tovarlari
Tikuvchilik mahsulotlari, trikotaj mahsulotlar, paypoq buyumlari, tikuvchilik galantereyasi
Ip gazlama, shoyi, jun gazlama, gilam va gilam mahsulotlari
Poyabzal (shu jumladan rezina poyabzal), charm-galantereya va mo‘yna buyumlar
Chinni mahsulotlar, shtamplangan alyuminiy idish-tovoq, billur va shishadan tayyorlangan buyumlar
III guruh — nooziq-ovqat tovarlar
(yengil sanoat buyumlaridan tashqari)
Mebel, mebel aksessuarlari, qog‘oz, qog‘oz buyumlar, bosma mahsulotlar
Murakkab maishiy texnika
Zargarlik buyumlari
Qurilish materiallari
Madaniy-maishiy va xo‘jalik buyumlari
Tomorqa-bog‘dorchilik ashyolari va boshqa nooziq-ovqat tovarlar
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 21-son, 171-modda; 2003-y., 13-son, 104-modda; 2004-y., 3-son, 31-modda; 7-son, 81-modda; 20-son, 236-modda; 30-son, 344-modda; 2006-y., 22-son, 195-modda; 2007-y., 1-2-son, 13-modda; 2013-y., 23-son, 304-modda)