1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.08.00 Bandlikka ko‘maklashuvchi Davlat jamg‘armasi (shuningdek, 06.03.03.00, 07.07.02.01larga qarang)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash byurolarini tashkil etish to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-iyuldagi 410-sonli “Vaqtincha, mavsumiy va bir martalik ishlarda band bo‘lgan fuqarolarning mehnat faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 25-iyuldagi F-1218-son farmoyishi bilan tashkil etilgan fuqarolarning yollanib (kunbay) ishlashi to‘g‘risidagi masalani o‘rganish bo‘yicha Respublika komissiyasi tomonidan fuqarolar tomonidan vaqtinchalik bir martalik ishlar bajarilishi masalalari o‘rganib chiqildi.
Tahlillar vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajaruvchi ko‘pchilik shaxslar, eng avvalo yoshlar, ishga joylashishda qiyinchiliklarga duch kelayotganligini, zarur mehnat ko‘nikmalari, kasblar va malakaga ega emasligini ko‘rsatdi. Shu bilan birga fuqarolarning muayyan qismi vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarish bahonasi bilan o‘z oilaviy majburiyatlarini bajarishdan, o‘z oilalarini moddiy ta’minlashdan bosh tortishining ko‘plab hollari mavjud, ular pasport tizimi qoidalarini buzmoqdalar.
Joylardagi hokimiyat va boshqaruv organlari tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan hodisalarni tug‘diruvchi sabablarni o‘rganish bo‘yicha ishlar juda qoniqarsiz olib borilayotganligini normal hol deb hisoblash mumkin emas, kichik va o‘rta biznesni, xizmat ko‘rsatish sohasini, kasanachilik mehnatini hamda aholini mehnat faoliyatiga jalb etishning boshqa shakllarini keng rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar ta’minlanmayapti.
Ishsizlikning sabablarini o‘rganish va uni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining va uning joylardagi organlarining ishini qoniqarli deb bo‘lmaydi. Mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilish mahalliy organlari tomonidan o‘tkazilayotgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari zarur samara bermayapti, ularda vaqtinchalik bir martalik ishlarni izlovchi shaxslar, shuningdek mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va tashkilotlar faol qatnashmayapti.
Ish bilan mashg‘ul bo‘lmagan aholi bilan ishlash, fuqarolarni ishga joylashtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish yuzasidan ichki ishlar organlari, mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilish organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘zaro hamkorligi sust tashkil etilgan.
Fuqarolar vaqtinchalik bir martalik ishlarga yollanadigan o‘z-o‘zidan shakllanayotgan joylarda zarur jamoat tartibi va zarur ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlarning yo‘qligiga toqat qilib bo‘lmaydi.
Vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajaruvchi fuqarolarning mehnat faoliyatini tartibga solish, ular uchun zarur ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish va ularni ishga joylashtirishga ko‘maklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi (Obidov), Ichki ishlar vazirligi (Almatov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuqorida bayon etilgan salbiy hollarni keltirib chiqargan sabablarni, shuningdek fuqarolarni vaqtinchalik bir martalik ishlar bilan ta’minlash bozorini tashkil etishdagi jiddiy kamchiliklarni bartaraf etish mas’uliyati yuklansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tuzilmasida tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari huzurida filial shaklida Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash byurolari tashkil qilinsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
3. Quyidagilar Vaqtinchalik ish bilan ta’minlash Byurolarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
vaqtinchalik bir martalik ishlarga yollanishda fuqarolarga ko‘maklashish;
vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajaruvchi fuqarolarga yangidan tashkil etilgan va bo‘sh ish joylarida ishga joylashish, kasb-kor tayyorgarligi, o‘z ishini tashkil etish va yuritish masalalari bo‘yicha maslahat va kasbga yo‘llash xizmatlari ko‘rsatish;
vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarish uchun fuqarolarni yollashda ish beruvchi xususiy shaxslarga ko‘maklashish;
vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi fuqarolarni keng xabardor qilish uchun xususiy ish beruvchilar tomonidan beriladigan ish turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bankini shakllantirish;
vaqtinchalik bir martalik ishga yollanuvchi fuqarolarni vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishda jamoat tartibiga rioya qilish, pasport rejimi qoidalari, shuningdek mehnat xavfsizligining asosiy qoidalari to‘g‘risida xabardor qilish;
manfaatdor ish beruvchilar va vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi shaxslar ishtirokida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarini muntazam ravishda o‘tkazish;
vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi fuqarolar uchun zarur ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish, ovqatlanish shoxobchalari tashkil etish;
jamoat tartibini saqlash, vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajaruvchi fuqarolar tomonidan qonun hujjatlari buzilishining oldini olish.
4. Quyidagilar:
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash Byuro to‘g‘risidagi Namunaviy nizom 1-ilovaga muvofiq;
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash Byuroning namunaviy tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki:
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash byurosi huzurida Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash byurosi tashkil etilayotgan tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktorining rasmiy tavsiyasi asosida tegishli hududiy mehnat organi rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadigan direktor rahbarlik qiladi;
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash byurosi xodimlari va Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash byurosida doimiy ravishda bo‘ladigan shahar (tuman) ichki ishlar bo‘limining mas’ul xodimi mehnatiga haq to‘lash tegishli ravishda tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi va ichki ishlar bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi;
Byurolarni tashkil etish va saqlab turish, shu jumladan, Byuro xodimlari mehnatiga haq to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi fuqarolarga, shuningdek ish beruvchi xususiy shaxslarga xizmatlar Byuro tomonidan tekin ko‘rsatiladi.
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash byurosi tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarining O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining qarori bilan o‘rnatiladigan va ularni saqlash xarajatlari Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan qo‘shimcha xodimlari hisobidan butlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi Byurolar xodimlari o‘z lavozim majburiyatlarini bajarishlari ustidan qat’iy nazoratni ta’minlasinlar, ularning vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi fuqarolarga nisbatan o‘z xizmat mavqeyini suiiste’mol qilishlariga yo‘l qo‘ymasinlar.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
5. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
fuqarolar vaqtinchalik bir martalik ishlarga yollanadigan joylarni hisobga olgan holda ikki hafta muddatda Markazlarning joylashtirilishini belgilasinlar va bir oy muddatda ushbu Markazlarni tashkil etsinlar;
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash byurolari huzurida ovqatlanish shoxobchalari tashkil etilishini va ish izlovchi fuqarolar uchun boshqa zarur ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlasinlar;
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda aholining, birinchi navbatda kasb tayyorgarligiga ega bo‘lmagan yoshlarning, ayollarning va sudning hukmi bilan jazoni o‘tagan shaxslarning ish bilan ta’minlanishi darajasini oshirish yuzasidan dasturiy maqsadli chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar. Ushbu dasturlarda kichik va o‘rta biznesni, xususiy tadbirkorlikni, kasanachilik mehnatini rivojlantirish, maishiy xizmatlar sohasini kengaytirish yo‘li bilan fuqarolarni doimiy yashash joylarida ishga joylashtirish nazarda tutilsin;
(5-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
ichki ishlar organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarish uchun doimiy yashash joyidan tashqariga muntazam ravishda ketib qolayotgan, oilani moddiy ta’minlashga oid majburiyatlarini bajarishdan bosh tortib yurgan, jamoatga zid turmush tarzi olib borayotgan shaxslarni ular doimiy yashaydigan joylarda ish bilan ta’minlash maqsadida monitoring olib borsinlar.
6. O‘zbekiston Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining buyurtmalari bo‘yicha Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash markazlarini zarur telefon aloqasi bilan jihozlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, basharti vaqtinchalik bir martalik ishlar Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash markazlari orqali bajarilsa, bunday ishlardan olingan fuqarolarning daromadlarini soliq solishdan ozod qilishni nazarda tutuvchi amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni o‘n kun muddatda ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.A. Xudoyberganov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 18-may,
223-son
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 18-maydagi 223-son qaroriga 1-ILOVA
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash byuro to‘g‘risida
NAMUNAVIY NIZOM
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
1. Mazkur Nizom Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash byuroning vazifalari, funksiyalari va faoliyati tartibini belgilab beradi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
2. Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash byurosi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tuzilmasida tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi huzurida fuqarolarning vaqtinchalik bir martalik mehnat faoliyatini tartibga solish maqsadida tashkil etiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
3. Byuro yuridik shaxs huquqlari bilan tashkil etiladi va o‘z faoliyatini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Byurolarni joylashtirish vaqtinchalik bir martalik ishlarga yollashning shakllangan joylari hisobga olingan holda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda belgilanadi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
4. Quyidagilar Byuroning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari hisoblanadi:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
vaqtinchalik bir martalik ishga yollanishda fuqarolarga ko‘maklashish;
vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajaruvchi fuqarolarga yangidan tashkil etilgan va bo‘sh ish joylarida ishga joylashish, kasb-kor tayyorgarligi, o‘z ishini tashkil etish va yuritish masalalari bo‘yicha maslahat va kasbga yo‘llash xizmatlari ko‘rsatish;
vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarish uchun fuqarolarni yollashda ish beruvchi xususiy shaxslarga ko‘maklashish;
vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi fuqarolarni keng xabardor qilish uchun xususiy ish beruvchilar tomonidan beriladigan ish turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bankini shakllantirish;
vaqtinchalik bir martalik ishga yollanuvchi fuqarolarni vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishda jamoat tartibiga rioya qilish, pasport rejimi qoidalari, shuningdek mehnat xavfsizligining asosiy qoidalari to‘g‘risida xabardor qilish;
manfaatdor ish beruvchilar va vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi shaxslar ishtirokida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarini muntazam ravishda o‘tkazish;
Byuroda vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi fuqarolar uchun zarur ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish, ovqatlanish shoxobchalari tashkil etish;
(4-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
jamoat tartibini saqlash, vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajaruvchi fuqarolar tomonidan qonun hujjatlari buzilishining oldini olish.
5. Byuroning ish vaqti va tartibi tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazining takliflari bo‘yicha shahar, tuman hokimligi tomonidan mazkur joyda fuqarolar tomonidan vaqtinchalik bir martalik ishlarning bajarilishi borasida yuzaga kelgan xususiyatlar e’tiborga olingan holda belgilanadi. Qoidaga ko‘ra, Byuroning ish vaqti soat 6.00 da boshlanadi, ishni tugatish vaqti soat 16.00. Byuro dam olish kunlarisiz ishlaydi.
Zaruratga qarab, tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazining taklifiga ko‘ra tuman (shahar) hokimligi Byuroning boshqacha ish tartibi va vaqtini belgilashi mumkin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
6. Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash byurosi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan amalga oshiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
7. Markazda ichki ishlar organlarining bir nafar xodimi doimiy ravishda ishlaydi.
Markazning qo‘shimcha xodimlariga sarflanadigan xarajatlar Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Markazda doimiy bo‘luvchi shahar (tuman) ichki ishlar bo‘limi xodimining mehnatiga tegishli shahar (tuman) ichki ishlar bo‘limi tomonidan haq to‘lanadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
8. Byuroning shtatdagi xodimlari:
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
fuqarolarga xususiy ish beruvchilar va yuridik shaxslarning vaqtinchalik bir martalik ishlarning muayyan turlarini bajarishga doir mavjud buyurtmanomalari to‘g‘risida ma’lumotlar berishga;
xususiy ish beruvchilar va yuridik shaxslarning vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishga doir buyurtmanomalarini qabul qilish va ro‘yxatdan o‘tkazishga;
vaqtinchalik bir martalik ishlarning aniq turlariga bo‘lgan ehtiyoj to‘g‘risida ma’lumotlar bankini shakllantirish va muntazam ravishda yangilab turishga;
vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishga yollanishda, shuningdek yangidan tashkil etilayotgan va bo‘sh ish o‘rinlariga doimiy asosda ishga kirishda fuqarolarga ko‘maklashishga;
mehnat to‘g‘risidagi qonunlar, kasb-hunarga o‘qitish va qayta o‘qitish, o‘z ishini yo‘lga qo‘yishni tashkil etish masalalari bo‘yicha fuqarolarga maslahat xizmatlari ko‘rsatishga;
zarurat bo‘lganda aniq masalalarni hal etish uchun mehnat organlarining boshqa mutaxassislarini jalb etishga yoki yuzaga kelayotgan masalalarni hal etishda yordam olish uchun fuqarolarni tegishli mahalliy organlarga yo‘llashga;
(8-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
fuqarolarni vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishning asosiy qoidalari bilan tanishtirishga;
Byuro tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi muntazam o‘tkazilishida bevosita ishtirok etishga;
(8-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
yuridik shaxslar fuqarolarni vaqtinchalik bir martalik ishlarga yollash masalalari yuzasidan Markazga murojaat qilgan hollarda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomalari rasmiylashtirilishida ko‘maklashishga majburdirlar.
9. Byuroda doimiy ravishda bo‘luvchi ichki ishlar organlarining xodimi:
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarayotgan fuqarolar tomonidan jamoat tartibiga, pasport rejimiga rioya etilishini ta’minlashga;
vaqtinchalik bir martalik ish qidirayotgan fuqarolar tomonidan huquqni buzishlarning oldini olish yuzasidan profilaktika chora-tadbirlarini o‘tkazishga majburdir.
10. Byuro orqali vaqtinchalik bir martalik ishlarga yollanayotgan fuqarolar Byuroda:
vaqtinchalik bir martalik ishlarga doir takliflar va tuman (shahar) korxonalaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
Byuro xodimlarining mehnat va ish bilan ta’minlash to‘g‘risida amaldagi qonun normalari, shuningdek ayrim ish turlari bo‘yicha xavfsiz ish usullari to‘g‘risidagi maslahatni;
yuridik shaxslar fuqarolarni vaqtinchalik bir martalik ishlarga yollash masalalari yuzasidan Byuroga murojaat qilgan hollarda mehnat shartnomalarini rasmiylashtirishda ko‘makni tekin olish huquqiga egadirlar.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
11. Vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi fuqarolarga ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha vaqtinchalik bir martalik ish bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi guvohnoma beriladi.
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi guvohnoma olishga ariza berishda fuqarolar vaqtincha turgan joyi yoki doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan bo‘lishlari, qonun hujjatlarida belgilangan pasport rejimiga va jamoat tartibiga rioya etishlari shart.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
111. Boshqa mintaqalardan kelgan fuqarolar uchun vaqtinchalik bir martalik ish bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi guvohnoma Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish muddatiga, shuningdek Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha hisobga olish muddatiga beriladi. Bunda vaqtinchalik bir martalik ish bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi guvohnoma muddati olti oydan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
112. Vaqtinchalik bir martalik ish bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi guvohnoma olish uchun fuqaro tomonidan Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash byuroga:
(112-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
(112-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)
(112-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)
113. Vaqtinchalik bir martalik ish bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi guvohnoma ushbu Nizomning 112-bandida nazarda tutilgan barcha hujjatlar taqdim etilgandan keyin ikki ish kuni mobaynida beriladi.
(111 — 113-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-fevraldagi 54-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2016-y., 9-son, 88-modda)
12. Fuqarolarni vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishga yollayotgan ish beruvchilar:
yollangan fuqarolarga xavfsiz mehnat sharoitini yaratib berishga;
fuqarolar tomonidan bajarilgan ishlar uchun ish haqini og‘zaki kelishuvga muvofiq to‘liq hajmda va o‘z vaqtida to‘lashga;
fuqarolar vaqtinchalik bir martalik ishni bajarayotgan vaqtida ularga zarur ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlarni ta’minlashga;
yollangan xodim tomonidan amaldagi qonun hujjatlari talablari buzilishi va xodim vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarayotgan vaqtida u bilan yuz bergan baxtsiz hodisalar to‘g‘risida Byuroga yoki vakolatli organlarga zudlik bilan xabar berishga majburdir.
(12-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
13. Quyidagilarga:
O‘zbekiston Respublikasi hududida taqiqlangan faoliyat turlariga kiritilgan vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarish uchun fuqarolarni yollashga;
16 yoshga to‘lmagan shaxslarni vaqtinchalik bir martalik ishlarga mustaqil ravishda yollashga yo‘l qo‘yilmaydi.
14. Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash byuro ko‘rgazmali axborotlar o‘rin olgan stendlar bilan jihozlanadi, ularda:
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
vaqtinchalik bir martalik ishlarga oid takliflar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
tuman (shahar) korxonalaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
mehnat va ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi amaldagi qonun hujjatlaridan ko‘chirmalar;
mehnat xavfsizligi qoidalariga doir yo‘riqnomalar, boshqa zarur ma’lumotlar joylashtiriladi.
15. Vaqtinchalik bir martalik ish qidirayotgan fuqarolarni ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar bilan ta’minlash maqsadida tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori tadbirkorlik subyektlariga Byuro hududidagi bo‘sh turgan bino va maydonlarda:
ovqatlanish shoxobchasi, sanitariya uzellari, shuningdek o‘tiradigan joylarni;
vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarish uchun kerak bo‘ladigan inventarlar va uskunalarni sotish va ijaraga berish shoxobchasini tashkil etish uchun belgilangan minimal ijara stavkalari bo‘yicha berish huquqiga ega.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
16. Byuroni barpo etish va uni joriy ta’minlash xarajatlari Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasining mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Vaqtinchalik bir martalik ish qidirayotgan fuqarolarga, shuningdek ish beruvchi xususiy shaxslarga Byuro bepul xizmat ko‘rsatadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
17. Mazkur Nizom fuqarolar va ish beruvchilarni Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash byuroning faoliyat ko‘rsatish qoidalari bilan tanishtirish maqsadida qulay va ko‘rinarli joyga joylashtiriladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash byuro to‘g‘risidagi namunaviy nizomga 1-ILOVA
(old tomoni)
_____________________________________________________da (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahri) vaqtinchalik bir martalik ish bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi _______-son guvohnoma
Familiyasi
Muhr bilan tasdiqlangan fotosurat uchun joy
Ismi
Otasining ismi
Tug‘ilgan yili
Tug‘ilgan joyi
Doimiy yashash joyi manzili
Vaqtinchalik yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish manzili
Pasportning seriyasi va raqami, kim tomonidan va qachon berilgan
Guvohnomaning amal qilish muddati
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash byuro rahbarining F.I.O.
imzo va muhr
(Orqa tomoni)
Guvohnoma egasiga eslatma
Guvohnoma egasi guvohnomani pasport bilan birgalikda olib yurishi, zarur tarzda saqlashi va uni uchinchi shaxslarga bermasligi shart. Guvohnoma egasining doimiy yoki vaqtincha yashash joyi yoxud turgan joyi bo‘yicha hisobga olish manzili o‘zgargan taqdirda, u 5 kecha-kunduz mobaynida bu haqda Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash byuroga ma’lum qilish shart. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish maqsadida guvohnoma egasi Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash byuroga guvohnomaning amal qilish muddati tamom bo‘lishidan 5 sutka oldin murojaat qilishi kerak. Agar Sizga nisbatan ish beruvchi tomonidan noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilgan taqdirda, Siz Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash byuroga telefonlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash markazi to‘g‘risidagi namunaviy nizomga 2-ILOVA
SO‘ROVNOMA
So‘rovnomaning tartib raqami _________
So‘rovnoma to‘ldirilgan sana 20 yil “___” ____________
Ismi
Familiyasi
vavavaiaivaiaivaivaivaaiva
Otasining ismi
Tug‘ilgan sanasi
Tug‘ilgan joyi
Jinsi
Doimiy yashash joyi manzili
Vaqtinchalik yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish manzili
Pasportning seriyasi va raqami
Kim tomonidan va qachon berilgan
Ma’lumoti
Mutaxassisligi
Mutaxassislik bo‘yicha ish staji
Vaqtinchalik bir martalik ish izlash sababi
Qachon va qaysi xorijiy mamlakatlarga chiqqan
Xorijiy mamlakatlarga chiqishning maqsadi
Jinoiy javobgarlikka tortilganmi
Agar jinoiy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa, qachon va Jinoyat kodeksining qaysi moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortilgan
So‘rovnomani qabul qilgan shaxsning F.I.O.
So‘rovnomaga kiritilgan ma’lumotlarning haqiqiyligini kafolatlayman
Ariza beruvchining imzosi
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 18-maydagi 223-son qaroriga 2-ILOVA
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash byurosining namunaviy
TAShKILIY TUZILMASI
* Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash byurosi mahalliy mehnat bozorining konyunkturasi va vaqtinchalik bir martalik ishlarning mavsumiyligini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining qarori bilan qo‘shimcha xodimlar hisobidan butlanadi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 10-son, 61-modda; 2003-y., 4-son, 42-modda; 2007-y., 19-20-son, 195-modda; 2010-y., 13-son, 96-modda; 2012-y., 17-son, 191-modda; 2016-y., 9-son, 88-modda; 2017-y., 15-son, 249-modda, 37-son, 990-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)