1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.03.00 Maʼmuriy-hududiy boʻlinish;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang)]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Maʼmuriy-hududiy tuzilish;
2.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Toshkent viloyatining maʼmuriy-hududiy tuzilishini hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Toshkent viloyatida olib borilayotgan keng koʻlamli ishlarni yanada jadallashtirish, ayniqsa shaharlardagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridagi mavjud tizimli muammolarni bartaraf etish, viloyatning iqtisodiy salohiyatini yanada yuksaltirish, ushbu vazifalarni amalga oshirishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini takomillashtirish va ularning masʼuliyatini yanada kuchaytirish, shuningdek shahar va tumanlar aholisining farovonligini oshirish va turmush sifatini yaxshilash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining:
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.04.00.00 Hudud / 19.04.02.00 Davlat hududiy tuzilishi va oʻzgartirish]
Toshkent viloyatining Oʻrtachirchiq tumanidagi Toʻytepa shahrini viloyat boʻysunuvidagi shahar turkumiga kiritish hamda uni Toshkent viloyatining maʼmuriy markazi etib belgilash;
Toshkent viloyatining Ohangaron va Yangiyoʻl shaharlarini viloyat boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish hamda Zangiota tumani hududi chegarasi doirasida Zangiota va Toshkent tumanlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maqullansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Toshkent viloyatining Oʻrtachirchiq tumanidagi Toʻytepa shahri negizida viloyat boʻysunuvidagi shahar turkumiga kiradigan Toʻytepa shahrini tuzish va uni Toshkent viloyatining maʼmuriy markazi etib belgilash, Toshkent viloyatining Ohangaron va Yangiyoʻl shaharlarini viloyat boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish hamda Zangiota tumani hududi chegarasi doirasida Zangiota va Toshkent tumanlarini tashkil etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatiga taklif kiritsin.
3. Toshkent viloyati hokimining shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimi joriy etilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
aholining ehtiyoj va talablarini oʻrganish asosida shaharlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha qisqa va uzoq muddatli dasturlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirilishini taʼminlash;
shaharlarning muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash, zamonaviy tejamkor texnologiyalar bilan jihozlash tadbirlarini amalga oshirish;
shaharlardagi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish.
4. Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota, Yangiyoʻl, Chinoz tumanlari va yangidan tashkil etiladigan Toshkent tumani hokimliklarining meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib borish hamda ularga amaliy yordam koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi U.U. Rozukulov zimmasiga yuklansin.
Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota, Yangiyoʻl, Chinoz tumanlari va yangidan tashkil etiladigan Toshkent tumanining tuman prokuraturalari, ichki ishlar boʻlimlari, davlat soliq inspeksiyalari hamda yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlarining tumanda meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilishga koʻmaklashish hamda yer resurslaridan samarali foydalanishni taʼminlash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish toʻgʻridan-toʻgʻri tegishliligiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi tomonidan amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bogʻdorchilik. Uzumchilik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.05 Sabzavotchilik;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.02.00 Tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqaruvi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti tarkibida 4 ta shtat birligidan iborat Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota, Yangiyoʻl, Chinoz tumanlari va yangidan tashkil etiladigan Toshkent tumanida meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish masalalari boʻyicha shuʼba tashkil qilinsin.
5. Toshkent viloyatidagi avval xususiylashtirilgan qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini aniqlash va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish boʻyicha respublika komissiyasi 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
6. Respublika komissiyasi (A. Aripov):
bir oy muddatda avval xususiylashtirilgan qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazilishini taʼminlasin va ularning roʻyxatini shakllantirsin;
roʻyxatga kiritilgan har bir qurilishi tugallanmagan obyekt va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydoni boʻyicha undan samarali foydalanish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlasin hamda uni amalga oshirish boʻyicha tegishli choralar koʻrsin;
amalga oshiriladigan yangi loyihalar doirasida xorijiy va mahalliy investorlarni jalb qilgan holda eksportbop va import oʻrnini bosuvchi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishni taʼminlasin;
qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalanish hamda kelajakda yangi loyihalarni amalga oshirish istagini bildirmagan mulkdorlarga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan taʼsirchan choralarni koʻrish boʻyicha qarorlar qabul qilsin;
ikki hafta muddatda komissiya reglamenti loyihasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddatda Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati tuzilmasiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga taklif kiritsin.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.03.00 Mahalliy ijroiya organlarining tuzilmasi va shtatlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm]
9. Toshkent viloyati hokimining turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari kotibiyatiga qoʻshimcha 5 ta shtat birligi ajratilsin hamda 35 ta shtat birligidan iborat boʻlgan Toshkent viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti tashkil qilinsin.
Belgilansinki:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
Toshkent viloyati hokimining turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari kotibiyatiga qoʻshimcha ajratilayotgan 5 ta hamda tashkil etilayotgan Toshkent viloyati Turizmni rivojlantirish departamentining 35 ta shtat birligi moliya, soliq va iqtisodiyot organlari shtat birliklarini qisqartirish hisobidan shakllantiriladi;
Toshkent viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti ikki tomonlama — viloyat hokimligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga boʻysunadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
10. Toshkent viloyati hokimligi boshqaruv apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda oʻn kun muddatda mazkur qaror talablaridan kelib chiqib Toshkent viloyati hokimligi boshqaruvi apparati xodimlarining shtatlar jadvalini qayta koʻrib chiqsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.02.00 Hokimni tayinlash va tasdiqlash. Vakolatlari;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.01.00 Umumiy masalalar]
11. Toshkent viloyati hokimligi bir oy muddatda Toshkent viloyati hokimining shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarining funksional vazifalari va uning kotibiyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Toshkent viloyati Turizmni rivojlantirish departamentining tuzilmasi va nizomini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.10.00 Budjet jarayoni]
13. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qarorni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni 2017-yilda ajratsin, 2018-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “Parkent” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi U.S. Ismailov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 20-iyul,
PQ-3142-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-iyuldagi PQ-3142-son qaroriga 1-ILOVA
Toshkent viloyatida avval xususiylashtirilgan qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini aniqlash va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish boʻyicha respublika komissiyasi
TARKIBI
Aripov A.N.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, respublika komissiyasi raisi
Azimov M.B.
—
Bosh prokurorning birinchi oʻrinbosari, respublika komissiyasi raisining oʻrinbosari
Gulyamov R.A.
—
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi, respublika komissiyasi raisining oʻrinbosari
Babayev Sh.X.
—
Toshkent viloyati hokimi
Saidova G.K.
—
Iqtisodiyot vaziri
Begalov B.A.
—
Davlat statistika qoʻmitasi raisi
Zakirov B.I.
—
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi
Abdullayev A.X.
—
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi
Abduraxmanov M.S.
—
Toshkent viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari
Joʻrayev N.S.
—
Adliya vazirining birinchi oʻrinbosari
Raimov B.Ya.
—
Davlat bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari
Yuldashev A.A.
—
Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari
Xadjizadayev Sh.R.
—
Markaziy bank raisining oʻrinbosari
Jasimov I.K.
—
Savdo-sanoat palatasi ra�sining birinchi oʻrinbosari
Aripov J.A.
—
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktorining birinchi oʻrinbosari
Aminov R.A.
—
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, respublika komissiyasi kotibi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-iyuldagi PQ-3142-son qaroriga 2-ILOVA
Toshkent viloyati hokimligi boshqaruv apparatining
Hokimning sanoatni rivojlantirish, iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari
Hokimning shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari
Hokimning investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va kichik sanoat zonalari hamda turizmi rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari
Hokimning kapital qurilish va kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari
Hokimning qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi
Hokimning turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari
Hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari
Hokimning jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosari
Hokim oʻrinbosari — mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi
Tashkiliy-nazorat guruhi:
rahbar — 1
bosh mutaxassis — 2
yetakchi mutaxassis — 1
1-toifali mutaxassis — 1
5
Kotibiyat:
mudir — 1
yetakchi mutaxassis — 1
1-toifali mutaxassis — 1
3
Kotibiyat:
mudir — 1
bosh mutaxassis — 1
yetakchi mutaxassis — 1
3
Kotibiyat:
mudir — 1
bosh mutaxassis — 1
yetakchi mutaxassis — 1
3
Kotibiyat:
mudir — 1
bosh mutaxassis — 1
yetakchi mutaxassis — 1
1-toifali mutaxassis — 1
4
Kotibiyat:
mudir — 1
bosh mutaxassis — 1
1-toifali mutaxassis — 1
3
Kotibiyat:
mudir — 1
bosh mutaxassis — 2
yetakchi mutaxassis — 2
1-toifali mutaxassis — 1
6
Kotibiyat:
mudir — 1
bosh mutaxassis — 1
yetakchi mutaxassis — 1
1-toifali mutaxassis — 1
4
Kotibiyat:
mudir — 1
1
Kotibiyat:
bosh mutaxassis — 1
1
Tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish, eksportga koʻmaklashish va qoʻllab-quvvatlash guruhi
rahbar — 1
bosh mutaxassis — 1
yetakchi mutaxassis — 1
3
Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari guruhi
4
Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyati
2
Yuridik xizmat:
boshliq — 1
bosh yuriskonsult — 1
2
Axborot-
tahlil guruhi:
rahbar — 1
bosh mutaxassis — 2
yetakchi mutaxassis — 3
6
Ishlar boshqarmasi
7
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-dekabrdagi PQ-413-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2024-y., 07/24/413/0992-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 29-son, 691-modda; 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son; 03.12.2024-y., 07/24/413/0992-son)