|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 30.04.2021
|
Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiningayrim Farmonlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-fevraldagi “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4944-son Farmoniga muvofiq:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 23-apreldagi “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi PF-1990-son Farmonining 1-bandi va uning ilovasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-4631-son Farmoni ilovasining 5-bandi.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 13-iyul,
PF-5112-son